18.09.2018 yildagi 738-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.09.2018 yildagi 738-son
Date of entry into force
20.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan yillar davomida aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari (keyingi oʻrinlarda farmatsevtika mahsulotlari deb ataladi) bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan huquqiy baza mustahkamlandi, farmatsevtika mahsulotlarini tarqatish va realizatsiya qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi, dori vositalarining erkin muomalasini taʼminlash choralari koʻrildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, amaldagi huquqni qoʻllash amaliyotining tahlili aholini va davolash-profilaktika muassasalarini sifatli hamda arzon farmatsevtika mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi qator hal etilmagan muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi, farmatsevtika mahsulotlarini amaldagi qogʻoz shaklida hisobga olish va hisoboti tizimi farmatsevtika hisobini yuritishning zamonaviy talablariga mos kelmaydi, budjet mablagʻlarining maqsadsiz foydalanishni tezkor aniqlash va suiisteʼmol holatlarining oldini olish imkonini bermaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, majburiy identifikatsiyalash mexanizmining mavjud emasligi davlat tibbiyot muassasalari tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini sotib olish haqida toʻliq va ishonchli maʼlumot olishda qiyinchilik tugʻdirmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi, chekka hududlarda joylashgan davlat tibbiyot muassasalarida infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmagani, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sust joriy etilayotgani farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish va hisobotining zamonaviy innovatsion usullarini qoʻllash imkonini bermaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi, respublikada farmatsevtika mahsulotlari harakatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmining mavjud emasligi sertifikatlashtirilmagan va kontrafakt farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, olib kirish va ularning muomalada boʻlishining oldini olishga toʻsqinlik qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimini tubdan takomillashtirish, davlat tibbiyot muassasalarini sifatli dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari haqida batafsil axborot, shu jumladan tovarlarni ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchigacha yetkazib berish jarayonida ishtirok etuvchi ishlab chiqaruvchilar va ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (turi, nomi, ishlab chiqarish hajmi va boshqa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻishni taʼminlaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarini maxsus markalashning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish hamda ushbu mahsulotlar harakatini avtomatlashtirilgan holda kuzatish hamda hisobga olish imkonini beradigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorixonalardan olish uchun asos boʻladigan elektron retsept orqali farmatsevtika mahsulotlarini shifokorlar tomonidan tayinlash tizimini joriy qilish imkoniyatini beradigan “Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari, shu jumladan ishlab chiqilayotgan “Sogʻliqni saqlash” kompleksi bilan kelgusida integratsiyalashtirishni nazarda tutadigan farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda Axborot tizimi deb ataladi) tajriba shaklini yaratish va 2019-yil 1-iyuldan joriy qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimini ishlab chiqish, shu jumladan axborotlashtirish obyektini oʻrganish, texnik va loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ (keyingi oʻrinlarda “Yagona integrator” MChJ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimi va maʼlumotlarni qayta ishlash markazini saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, texnik qoʻllab-quvvatlash va modernizatsiya qilishga masʼul boʻlgan operator funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimining tajriba shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi bazasida sinovdan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimidan foydalanganlik uchun tushadigan mablagʻlar Axborot tizimiga va maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga xizmat koʻrsatish, ularni texnik qoʻllab-quvvatlash va modernizatsiya qilish, shuningdek, ularni saqlash bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Oʻzstandart” agentligi va “Yagona integrator” MChJ mutaxassislaridan iborat idoralararo ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini joriy qilish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini joriy qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari ijro etuvchi sifatida Respublikada farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini joriy qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, jumladan, axborotlashtirish obyektlarini oʻrganish, texnik va loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash boʻyicha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va dorixonalarni Axborot tizimiga ulash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari va donor davlatlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari;
(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat organlari tizimidagi tibbiyot muassasalarini Axborot tizimiga ulash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash boʻyicha — ushbu organlarning budjetdan tashqari oʻz mablagʻlari bu boradagi ishlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar boshqa tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga asosan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab, alkogolli mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi (AMHNHAT) ishlab chiqilishi va joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsharobsanoat” AJga AMHNHATni ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Yagona integrator” MChJga Axborot tizimi loyihasining tegishli hujjatlarini tayyorlashda, jumladan, “AMHNHAT” loyihasining materiallarini taqdim etish orqali amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot tizimining tajriba shaklni sinovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha 2020-yil 20-fevralgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimiga ulanmagan yuridik shaxslarga farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilishni taqiqlashni nazarda tutgan holda, farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish jarayonining barcha ishtirokchilarini Axborot tizimiga ulashning yakuniy muddatlari, shuningdek, maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha yangi markazni tashkil qilish yoki faoliyat koʻrsatayotgan markazni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish, hisobot berish va identifikatsiyalash jarayonlarini avtomatlashtirish va ular haqida zarur axborotni olish imkonini beruvchi majburiy maxsus markirovkalar tizimini joriy etish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun litsenziya talablariga litsenziyalar talabgorlari va egalarining Axborot tizimiga ulanish boʻyicha majburiyatlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimidan pulli asosda foydalanish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda korxonalarning Axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq ulanishini tizimli nazorat qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 18-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
738-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentabrdagi 738-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini joriy qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

(Oʻrganish)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruhni tuzish.

2018-yil

1-oktabr


“Yagona integrator” MChJ,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, idoralararo ishchi guruh

1. Axborotlashtirish obyektlarini Axborot tizimini joriy etish yuzasidan oʻrganish.

2. Xalqaro tajribani, shu jumladan joyiga chiqqan holda oʻrganish.

2018-yil

1-dekabr


2-bosqich (Texnik va loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Yagona integrator” MChJ,

idoralararo ishchi guruh

1. Axborot tizimi Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Axborot tizimining dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2019-yil

1-fevral

2019-yil

1-mart

2019-yil

10-aprel


3-bosqich

(Axborot tizimini ishlab chiqish, unga ulanish va sinovdan oʻtkazish)

“Yagona integrator” MChJ,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

idoralararo ishchi guruh

Axborot tizimining tajriba shaklini ishlab chiqish va joriy qilish.

2019-yil

1-iyul


“Yagona integrator” MChJ,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Sinov ishtirokchilarini Axborot tizimiga ulash.

2019-yil

1-avgust


“Yagona integrator” MChJ,

Davlat soliq qoʻmitasi,

idoralararo ishchi guruh

Axborot tizimi ishini sinovdan oʻtkazish va ish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish.

2020-yil

1-fevral


4-bosqich

(Integratsiya)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi,
“Oʻzstandart” agentligi

Respublikada Axborot tizimini toʻliq joriy etish uchun normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.

2020-yil

20-fevral


Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Yagona integrator” MChJ, Davlat soliq qoʻmitasi,

davolash muassasalari va dorixonalari mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar

Barcha ishtirokchilarni axborot tizimi bilan bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentabrdagi 738-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini joriy qilish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi/shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda Axborot tizimi deb ataladi) ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruhni tuzish.

Idoralararo ishchi guruh tarkibini tasdiqlash

2018-yil

1-oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat bojxona qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va
idoralar

2.

Axborotlashtirish obyektlarini Axborot tizimini joriy etish yuzasidan oʻrganish.

Tahliliy hisobot
tayyorlash

2018-yil

1-dekabr

“Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, idoralararo ishchi guruh

3.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beruvchi kodifikatsiya, serializatsiya va markirovka qilish boʻyicha xalqaro tajribani, shu jumladan joyiga chiqqan holda oʻrganish.

4.

Yagona axborot tizimi Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiyani
ishlab chiqish

2019-yil

1-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Yagona integrator” MChJ, idoralararo ishchi guruh

5.

Dori vositalarining faol moddalarini va tibbiyot buyumlarni serializatsiyalash va markirovkalash, dori vositalarining faol moddalarining kodifikatsiya/ klassifikatsiya tizimi va/yoki xalqaro standartni qabul qilish va tasdiqlash.

Davlat standarti/ Kodifikatsiya/ klassifikatsiya
tizimi

2019-yil 1-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Yagona integrator” MChJ, “Oʻzstandart” agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik topshiriq

2019-yil 1-mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Yagona integrator” MChJ, idoralararo ishchi guruh

7.

Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish.

Ekspert xulosasi

2019-yil
10-mart

“Yagona integrator” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Axborot tizimining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

Axborot tizimini dastlabki texnik-iqtisodiy
asoslari

2019-yil
1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
idoralararo ishchi guruh

9.

Axborot tizimining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan oʻtkazish.

Ekspert xulosasi

2019-yil
10-aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Axborot tizimining tajriba shaklini ishlab chiqish va joriy qilish.

Axborot tizimining tajriba versiyasi

2019-yil
1-iyul

“Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, idoralararo ishchi guruh

11.

Sinov ishtirokchilarini Axborot tizimiga ulash.

Texnik tadbirlar

2019-yil
1-avgust

“Yagona integrator” MChJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Axborot tizimi ishini sinovdan oʻtkazish va ish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish.

Texnik tadbirlar

2020-yil
1-fevral

“Yagona integrator” MChJ,
Davlat soliq qoʻmitasi, idoralararo ishchi guruh

13.

Quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish:

barcha ishtirokchilarni Axborot tizimiga bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish;

Axborot tizimiga ulanmagan yuridik shaxslarga farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilishni taqiqlash muddatlarini belgilash;

Axborot tizimiga ishtirokchilarning majburiy asosda ulanishini hisobga olgan holda, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha litsenziya talablariga oʻzgartirishlar kiritish;

Maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha yangi markazini tashkil qilish yoki faoliyat koʻrsatayotgan markazni kengaytirish;

Axborot tizimidan pulli asosda foydalanish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil

20-fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat bojxona qoʻmitasi,

“Oʻzstandart” agentligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 09/18/738/1891-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)