17.10.2018 yildagi PQ-3978-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.10.2018 yildagi PQ-3978-son
Date of entry into force
18.10.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining toʻlaqonli rivojiga toʻsqinlik qilayotgan gʻovlarni bartaraf etish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining quyidagi tartibni belgilash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sugʻurta polisisiz amalga oshirish huquqiga egadirlar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari — meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni oʻz vaqtida taʼminlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan toʻlov olish talablari ularga qoʻllangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladilar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarning meva-sabzavot mahsulotlari eksport tushumlariga yagona soliq toʻlovi toʻlanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi, bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi, shuningdek, tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish uchun eksport qiluvchi javobgardir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari oʻzlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sugʻorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha infratuzilma obyektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sugʻorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha infratuzilma obyektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda mazkur qarorning 1-bandi talablarini hisobga olgan holda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi takomillashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari vakolatli davlat organlariga tovar-yoʻl hujjatlaridagi meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan eksport operatsiyalari yuzasidan ishonchli maʼlumotlar taqdim etganliklari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushadigan tushumlar muddatlarini buzganliklari uchun javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salohiyatli hamkorlar izlash, anʼanaviy va yangi sotish bozorlariga chiqish uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, zarurat boʻlganda eksport shartnomasi bajarilishini uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishga amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarining narx konyunkturasini tizimli asosda oʻrganish, shu jumladan, hududlarga chiqqan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar bilan har oyda uchrashuvlar oʻtkazish, shuningdek, oʻrganish natijalari, xususan, meva-sabzavot mahsulotlari eksport narxlari darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻz rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilishini tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarga asosiy sotish bozorlari boʻyicha tahlil natijalari va prognozlarini, xususan, narx konyunkturasining oʻzgarishlari, belgilangan punktlar kesimida yuklash hajmlari hamda meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda texnik talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish orqali taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil ikki hafta muddatda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar hamda eksport qiluvchilarga Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasini tashkil etishlariga koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2019-y., 07/19/4337/3182-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga eksport qiluvchining hududiy mansubligiga qarab toʻsqinlik qilganligi uchun shaxsan javobgarligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borsin va yakunlari boʻyicha respublika boʻylab hamda chet elda mahalliy meva-sabzavotlarni realizatsiya qilish zamonaviy transport-logistika majmualari — “xab”larni oʻz ichiga olgan savdo maydonchalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida yaratish boʻyicha dastlabki loyihasini ishga tushirish borasida aniq takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2018-yil yakuni boʻyicha ekin maydonlarini optimallashtirish doirasida, jumladan, qisqartirilayotgan paxta va don ekinlari maydonlari negizida yaratilayotgan, meva-sabzavotlarni yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksportga yoʻnaltirishga moʻljallangan klasterlarning manzilli roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi respublikada meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha klaster tizimining holatini, jumladan, ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, chuqur tahlil qilsin, natijasi yuzasidan 2019-yil 1-dekabrga qadar klasterlar samarali faoliyat yuritishida mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish va ushbu sohani yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzstandart” agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Global GAP”, “Nalal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiqlikka sertifikatlashtirish boʻyicha xalqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar xalqaro standartlar talablariga muvofiq boʻlgan organik va boshqa mahsulotlarni yetishtirishni rivojlantirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar mamlakatda “Global GAP”, “Nalal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy korxonalarni sertifikatlash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish boʻyicha zamonaviy logistika menejmenti mexanizmlarini joriy etish choralarini koʻrsin, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2019-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yagona darcha” tamoyili asosida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha temir yoʻl hujjatlarini joʻnash stansiyasida rasmiylashtirish ishlarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini yuklash va tushirish boʻyicha tarif va xizmatlarni mahsulot xususiyatlarini inobatga olgan holda soddalashtirish yuzasidan qayta koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk joʻnatuvchilari va yuk egalari buyurtmalari asosida yuk yetib borish muddati va harakatlanish chogʻida vagonning joylashgan yerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatish boʻyicha mexanizmni ishlab chiqsin va joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari uchun tegishli buyurtma kelib tushgan kunidan boshlab uch sutkadan oshmagan muddatda vagon ajratish tartibini joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 2019-yil 1-iyunga qadar meva-sabzavot mahsulotlarini vaqtinchalik saqlash joylarini taglikda qadoqlashning xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan va ularning oʻtkazish qobiliyatini taʼminlaydigan zamonaviy muzlatgich va skanerlovchi uskunalar bilan qayta jihozlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzagroeksport” AJ faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqib, uning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda mazkur qaror talablarini hisobga olgan holda, jumladan, nohalol meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomning tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvariga qadar mamlakatning chegara hududlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari uchun zamonaviy ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport, ijtimoiy infratuzilmalar, shuningdek, “yagona darcha” tamoyili asosida zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va logistika xizmatlari mavjud boʻlgan maxsus zonalarni tuzish masalasi ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar tovar omborxonalari tomonidan beriladigan omborxona guvohnomalariga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar va yetishtiruvchilar uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar berish mexanizmini joriy etish masalasi ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar xorijda meva-sabzavot mahsulotlari realizatsiya qilinishi borasidagi real holatning, eksport qiluvchilar uchun mavjud noqulay sharoitlarning, jumladan, ular bilan muloqot oʻrnatish orqali chuqur oʻrganilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-martga qadar oʻtkazilgan oʻrganishlar yakuni boʻyicha eksport qiluvchilar uchun mavjud noqulay sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilishini va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2019-y., 07/19/4337/3182-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari (Otajonov) — tarmoqning jadal rivojlanishiga hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarning barqaror faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va kiritish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari (Mirzayev) — raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishni, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishning diversifikatsiya qilinishini taʼminlash uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri (Umurzakov) — mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish boʻyicha eksport qiluvchilarga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish uchun;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri (Yusupov) — tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, jumladan, intensiv yetishtirish texnologiyalarini qoʻllash asosida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilish hajmini oshirishni taʼminlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi (Azimov) — eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlarini bojxona hujjatlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek, nohalol meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar reyestri yuritilishni taʼminlash uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori — eksport qilinuvchi meva-sabzavot mahsulotlarining laboratoriya ekspertizasi va karantin tekshiruvini oʻz vaqtida taʼminlash uchun;
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Sagdullayev) va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Hakimov) rahbarlari — meva-sabzavot mahsulotlarini oʻz vaqtida va sifatli chet elga yetkazib berish uchun xalqaro standartlarga mos infratuzilma yaratish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksport qiluvchilari bilan samarali hamkorlik oʻrnatish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksportga joʻnatish klaster tizimini joriy etishga koʻmaklashish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur qaror talablari ijrosini tizimli nazorat qilib borsin va aybdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov va Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3978-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2018-y., 07/18/3978/2067-son; 25.05.2019-y., 07/19/4337/3182-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)