Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-yanvarda 1204-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1455, 10.03.2005-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan .
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlansin.
2. Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi (M. M. Azmetov), Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (X. Nurmuratov) bilan birgalikda ushbu Nizomni oʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyxatiga olingandan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
4. Mazkur qaror kuchga kiritilishi munosabati bilan Markaziy bank Boshqaruvining 2000-yil 29-iyuldagi 14/9-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish rais oʻrinbosari A. V. Akmalov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
30-noyabr 2002-yil,
26/14-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy bank Boshqaruvining
2002-yil 30-noyabrdagi
26/14-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Markaziy bank Boshqaruvining
2002-yil 30-noyabrdagi
26/14-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
nizom
Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1995-y, 12-son, 247-modda) 51-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqligini aniqlash tartibini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi matnlarda “kasbga muvofiqlikni aniqlash” deb yuritiladi) — bank ishi va amaliyotini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun yuqori malaka va salohiyatga hamda benuqson ishbilarmonlik va jamoa orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan mutaxassislarni tanlash usulidir.
2. Kasbga muvofiqlikni aniqlashning asosiy tamoyillari — ochiqlik, kengashlilik va xolislikdan iborat.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi (keyingi matnlarda “Komissiya” deb yuritiladi) kasbga muvofiqlikni aniqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
4. Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari, rais oʻrinbosarlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), Boshqaruv aʼzolari, bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (boʻlim)lari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
5. Tijorat banklari Boshqaruvi raislari, ularning oʻrinbosarlari, bosh buxgaltyerlari, viloyat va tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va oʻz navbatida ular bu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar;
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilar (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar);
oʻzining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida notoʻgʻri ish olib borish va vijdonan ish yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar;
oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
Alohida hollarda, tijorat banki Boshqaruvi tavsiyasi asosida banklarning tuman filiallari bosh buxgaltyerlari lavozimlariga iqtisodiy oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlarni maʼlumoti boʻyicha Komissiya qaror qabul qilish huquqiga ega. Shuningdek, tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari lavozimlariga oliy maʼlumotga ega boʻlgan hamda iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtida taʼlim olayotgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-4, 26.05.2004-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 256-modda)
6. Bank yoki filial rahbarlari bir bank tarkibida boshqa filialga yoki umuman boshqa bankka teng lavozimlarga oʻtkazilganida ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
7. Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan va tijorat banklari Boshqaruvi raislari lavozimlari bundan mustasno) egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi taqdimnomasi asosida Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, buni tasdiqlovchi buyruq nusxasi 3 ish kuni muddat ichida Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu oʻrinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning 1-ilovada koʻrsatilgan hisob-tavsiflov hujjatlari koʻrib chiqish uchun 15 kun muddatda Komissiyaga taqdim etilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-4, 26.05.2004-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 256-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan nomzod uzogʻi bilan 1 oy muddatgacha mazkur lavozimda vazifani bajaruvchi sifatida ishlab turishi hamda shu muddat ichida Komissiya suhbatidan va (yoki) test sinovidan oʻtishi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-3, 02.04.2004-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 167-modda)
9. Tijorat banklari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlari talablariga rioya qilmagan taqdirda, ularga nisbatan Markaziy bank tomonidan quyidagi choralar qoʻllanilishi mumkin:
oʻrnatilgan minimal ustav kapitali miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima solish;
ushbu holatlar qayta takrorlangan taqdirda, bank filialini yopishgacha boʻlgan choralarni koʻrish.
II. MALAKAGA DOIR TALABLAR
10. Tijorat banklari tomonidan rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan:
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;
bank hisobotlarini tuzish tartibi;
hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi;
bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
kichik biznesni kreditlash tartibi;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-3, 02.04.2004-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 167-modda)
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
bankni korporativ boshqarish tartibi;
ichki audit vazifalari va faoliyati;
emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Respublika bank tizimida olib borilayottan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Shuningdek, nomzod Bazel qoʻmitasining bank faoliyatiga oid asosiy tamoyillarini bilishi lozim.
11. Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari (filiallari), shahar va tuman boʻlimlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar bank tizimida yetarli ish tajribasiga hamda oxirgi ish joyidan tavsiyaga ega boʻlishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 7-iyundagi 12/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-1, 03.07.2003-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son)
12. Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari (filiallari), shahar va tuman boʻlimlari bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar bank tizimida va buxgalteriya sohasida yetarli ish tajribasiga hamda oxirgi ish joyidan tavsiyaga ega boʻlishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 7-iyundagi 12/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-1, 03.07.2003-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son)
III. NOMZODNING KASBGA MUVOFIQLIGINI ANIQLASh TARTIBI
13. Komissiya tarkibi Markaziy bank raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa lavozimga yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda, qoidaga koʻra, ular oʻrniga tayinlangan xodimlar Komissiya tarkibiga tegishli buyruq asosida kiritiladilar.
14. Komissiya yigʻilishi va qarorlari uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori unda ishtirok etgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
15. Komissiya raisi yoʻqligida majlisni uning oʻrinbosari oʻtkazadi.
16. Komissiya ishini tashkil etish (hujjatlarni qabul qilish va oldindan tahlil qilish, Komissiya majlisi bayonnomasini yuritish va h.k.) Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
17. Tijorat banklari tavsiya etilayotgan nomzodlarga oid hujjatlarni taqdim etadilar. Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi komissiyaning barcha aʼzolarini mazkur hujjatlar bilan tanishtirib chiqishi lozim.
Markaziy bank zarurat tugʻilgan hollarda, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydigan axborotlarni nomzodning oʻzidan, shuningdek tegishli vakolatli idoralardan soʻrab, aniqlab olishi mumkin.
18. Tijorat banklarining rahbarlari lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlaridagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
19. Tijorat banklaridagi Markaziy bank nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlari dastlab – tijorat banklari va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilib, soʻng Komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda oʻrganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini oʻzining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.
20. Xodimning lavozimiga muvofiqligi Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga koʻra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror tijorat banklariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkaziladi.
Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari tavsiya etilgan lavozimiga muvofiq deb topilgan sanadan boshlab 10 kun muddat davomida lavozimiga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani mazkur tijorat bankining xodimlar bilan ishlash boʻlinmasi tomonidan Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga taqdim etilishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-4, 26.05.2004-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 256-modda)
21. Faoliyat koʻrsatayotgan bank yoki bank filialining rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar muvofiq emas deb topilganda, tijorat banki (bank Kengashi) Komissiya qaroridan tegishli koʻchirmani olganidan soʻng, 15 kun muddat ichida ushbu lavozimga boshqa malakali nomzod(lar)ni tavsiya etishi lozim.
22. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topilgan nomzodlar ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan lavozimlarga tayinlash uchun kamida bir yil muddat oʻtgandan soʻng qayta tavsiya etilishi mumkin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-sentabrdagi R-896-sonli Farmoyishiga muvofiq holda oʻtkaziladigan attestatsiya yakunlari boʻyicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbar xodimlar 1 yildan soʻng Komissiyaga qayta suhbatga va (yoki) test sinoviga qoʻyilishi mumkin. Buning uchun qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1204-3, 02.04.2004-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 167-modda)
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita aʼzosining fikrnomasi;
v) Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining fikrnomasi;
g) xodimning oʻtgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi, nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shunday tavsiyalar berilgan boʻlsa).
Tavsiya etilayotgan nomzod uchun attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan sanadan 3 yil oʻtgandan soʻng qoʻshimcha ravishdagi hujjatlar talab qilinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan tijorat banklari
va ularning filiallari rahbarlari
hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga
tavsiya etilayotgan nomzodlarga
nisbatan malaka talablari qoʻyish
tartibi toʻgʻrisida Nizomiga
1-ILOVA
banki tomonidan tijorat banklari
va ularning filiallari rahbarlari
hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga
tavsiya etilayotgan nomzodlarga
nisbatan malaka talablari qoʻyish
tartibi toʻgʻrisida Nizomiga
1-ILOVA
Markaziy bank Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari va bosh buxgaltyerlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar
ROʻYXATI:
ROʻYXATI:
Bosh bank Boshqaruvi taqdimnomasi (Bank Kengashi taqdimnomasi);
Soʻrovnoma;
Tarjimai hol;
oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisida diplom nusxasi (agar oliy oʻquv yurtida yoki texnikumda oʻqiyotgan boʻlsa – oʻqiyotgan joyidan maʼlumotnoma);
Oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
tavsiya etilayotgan nomzod bilan respublika bankida oʻtkazilgan suhbat bayonnomasi;
6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
ayni paytda ishlab turgan bank tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi Bank Kengashining rozilik xati (Kengash aʼzolari tomonidan oʻtkazilgan suhbat varaqasi ilova qilinadi).
Nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (Bosh bank va uning viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga 5 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 ta hamda shahar va tumanlardagi boʻlim rahbarlariga 3 ta, bosh buxgaltyerlariga 5 tadan kam boʻlmasligi kerak).
turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki oʻqiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son; 2003-y., 13-14-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 26-modda; 2004-y., 13-son, 167-modda)