Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023 03.07.2018 yildagi 498-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.07.2018 yildagi 498-son
Date of entry into force
03.07.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qaroriga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 24b-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 3-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
498-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son qaroriga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda FHDY organlari deb ataladi) faoliyatining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar FHDY organlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman va shahar FHDY boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari deb ataladi);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb ataladi) FHDY arxivlari.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. FHDY organlari adliya boshqarmalari tizimiga kiradi va ularning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri FHDY organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDY organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik qilish uchun masʼul hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. FHDY organlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. FHDY organlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. FHDY organlarining faoliyati qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilishini va ularga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni sir tutish tamoyillariga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish munosabati bilan xodimga maʼlum boʻlib qolgan holatlar xizmat siri hisoblanib, ular, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor etilishi yoki eʼlon qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. FHDY organlarining vazifa va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. FHDY organlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY arxivlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga koʻchirma, nusxa va boshqa maʼlumotnomalar berish yoʻli bilan davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. FHDY organlari ularga yuklatilgan vazifaga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi), sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ish yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarining yozma soʻrovnomalariga binoan dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar yoki ulardan koʻchirmalar va maʼlumotnomalar beradi;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda mudofaa ishlari boʻlimlari, sogʻliqni saqlash organlari, bandlikka koʻmaklashish markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari va boshqa vakolatli idoralarning soʻrovlariga asosan yigʻish, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadlarida dalolatnoma yozuvlaridan alohida maʼlumotlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatʼiy hisobda turuvchi gerbli guvohnoma blankalarini hisobga olish, saqlash, sarflashning hisobini yuritadi va bu haqda belgilangan muddatlarda hisobotlar topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan shakllar boʻyicha statistik hisobotlarni yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining elektron maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatlarni belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish masalalari yuzasidan huquqiy targʻibot va tashviqot ishlarini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. FHDY boʻlimlari mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalari (tugʻilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va oʻlim)ni qayd etadi, shuningdek otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish harakatlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklaydi va bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻini raislarining oʻlimni qayd etishdagi ishlarini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy yordam koʻrsatadi, gerbli guvohnomalarning talab darajada saqlanishi va sarflanishi choralarini koʻradi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikohni va tugʻilganlikni tantanali ravishda qayd etadi (fuqarolarning xohishiga koʻra);
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. FHDY arxivlari mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari FHDY boʻlimlarining xabarnomalariga asosan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalariga tegishli oʻzgartirish va belgilar kiritadi hamda ularni bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi mavjud boʻlmagan taqdirda, uning ikkinchi nusxasiga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlari xodimlari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritilayotgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini arxivdagi mavjud hujjatlar bilan solishtirish orqali nazorat qiladi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxasi saqlanayotgan Toshkent shahar hududiy boshqarmasining FHDY arxivi dalolatnoma yozuvlarga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. FHDY organlari oʻzlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni manfaatdor tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. FHDY organlarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. FHDY organlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va adliya boshqarmalariga FHDY sohasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxatlariga muvofiq fuqarolarga pulli xizmatlar koʻrsatish.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. FHDY organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish vaqtida fuqarolar tomonidan qonunchilik buzilganligi aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli tashkilotlarga bu haqda xabar qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishni rad qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv fondini yuritishi va saqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va adliya boshqarmalarining topshiriqlarini bajarishi va ularga FHDY organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim qilishi;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlarining faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda Vazirlik va adliya boshqarmalariga hisobot berishi shart.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. FHDY organlari faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. FHDY organi rahbari (tuman va shahar FHDY boʻlimi mudiri, FHDY arxivi mudiri) lavozimiga quyidagi talablarga javob bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tayinlanishi mumkin, mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik, shu jumladan FHDY organida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi rahbarligiga nomzod boʻlgan shaxs qoida tariqasida FHDY organi rahbarligiga zaxirada turgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya va tegishli tanlovdan oʻtmagan shaxslar FHDY organi rahbarligiga qabul qilinishi mumkin emas.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. FHDY organi rahbari adliya boshqarmalari rahbarlari tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizomning 15-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablar adliya organlari va muassasalarida boshqaruv lavozimlarda ishlayotgan xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. FHDY organi rahbari lavozimiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan nomzod topilmagan taqdirda, ushbu lavozimga Mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida oʻrta maxsus maʼlumotga va FHDY organida kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. FHDY organi rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi, Vazirlikning topshiriqlari belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatʼiy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalarining belgilangan tartibda hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gerbli muhr va shtamplarning but saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillari qabulini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat siri hisoblangan maʼlumotlarni FHDY organlari xodimlari tomonidan oshkor etilmasligi choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organlari xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga hamda ichki tartib qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi xodimlarini ragʻbatlantirish yoki ularga intizomiy choralar koʻrish haqida adliya boshqarmasiga takliflar kiritadi;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻsh (vakant) oʻrinlarni toʻldirish boʻyicha adliya boshqarmasiga takliflar kiritadi.
(19-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. FHDY boʻlimi mudiri mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilganlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda belgilangan tartibda adliya boshqarmasining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikohni qayd etishda uzrli sabablar boʻlganida arizachilarning iltimoslariga koʻra qonunda belgilangan bir oylik muddatni qisqartiradi yoki uzaytiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish daftarlarining va boshqa hujjatlarning yuritilishi va roʻyxatga olinishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikohni va tugʻilganlikni tantanali ravishda qayd etish uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalari oʻz vaqtida toʻgʻri va toʻliq toʻldirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik holati dalolatnomalarini “FHDYning yagona elektron arxivi”ga oʻz vaqtida toʻgʻri va toʻliq kiritilishini taʼminlaydi.
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. FHDY organi rahbari FHDY organiga yuklatilgan vazifa, funksiyalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. FHDY organi mudiri vaqtincha boʻlmagan hollarda (mehnat taʼtili, xizmat safari, betobligi) ularning vazifalarini bajarish Agentlikning hududiy boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan 1-toifali inspektorlar yoki boshqa xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. FHDY organining 1-toifali inspektori lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga va 2-toifali inspektori lavozimiga yuridik mutaxassislik boʻyicha, qoida tariqasida, oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 va 2-toifali inspektor lavozimida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar ham ishlashi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. FHDY organining 1-toifali inspektori lavozimiga oliy yuridik maʼlumotli nomzod topilmagan taqdirda, ushbu lavozimga mazkur Nizomda belgilangan tartibda yuridik mutaxassislik boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxs tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. 1 va 2-toifali inspektorlar Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda, ish yurituvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istisno hollarda, FHDY organi rahbari, 1 va 2-toifali inspektorlari adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 540-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 1-toifali inspektor vaqtincha boʻlmagan hollarda (mehnat taʼtili, xizmat safari, betobligi) uning vazifalarini 2-toifali inspektor bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. FHDY boʻlimida 3 nafar va undan ortiq inspektor mavjud boʻlganda ish yurituvchi lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. FHDY organlari xodimlari oʻzi, eri yoki xotini, oʻzining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillari) toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emas. Bunda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari adliya boshqarmasining yozma koʻrsatmasiga asosan boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida qayd etiladi va bu haqda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining belgilar ustuniga tegishli izoh kiritiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. FHDY organi rahbarlari va inspektorlari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. FHDY organlari xodimlari malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish Markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. FHDY organi xodimlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari tegishli lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FHDY organi xodimlarining lavozim yoʻriqnomasi adliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. FHDY organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda martaba darajalari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. FHDY organlarining shtatlar jadvali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. FHDY organlarining xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. FHDY organlari shtatlar jadvali belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/498/1438-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)