Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 21.01.1992 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.01.1992 yildagi 23-son
Date of entry into force
21.01.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-YILDA RESPUBLIKA QIShLOQ XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY KOʻRSATKIChLARI VA QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI YETIShTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish, respublika xalq xoʻjaligi va aholisining unga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida, shuningdek, jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy ahvolini mustahkamlash, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida qishloq xoʻjaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirishni koʻzlab, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar boshqaruv organlari, Iqtisodiyot qoʻmitasi, qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, Davlat oʻrmonchilik qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik fanlari akademiyasining, “Uzplodoovoshchvinprom” konsernining, “Uzkoopzagot-torg”ning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 1992-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xomashyo tayyorlash hajmlari va ularni yetkazib berish uchun davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1992-yilda jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari paxta tolasi, pilla, don, sholi, quruq mevalar, chorva, parranda, sut, tuxum boʻyicha belgilangan topshiriqning 85 foizini hamda meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka boʻyicha belgilangan topshiriqning 50 foizini cheklangan xarid narxlarida respublika fondiga yetkazib beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotning belgilangan topshiriqdan qolgan qismi va topshiriqdan ortiqcha olingan mahsulot yetishtiruvchilarning oʻz xohishlariga koʻra shartnomaviy (erkin) xarid narxlarida sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat buyurtmasiga binoan yetkazib beriladigan oziq-ovqat va texnika ahamiyatidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarining cheklangan xarid narxlari 2- va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi mana shu ilovalarga muvofiq yangi cheklangan xarid narxlarining preyskurantlarini 10 kun muddat ichida aniqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur ilovalarda hisobga olinmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining boshqa turlariga (paxtadan tashqari) shartnomaviy (erkin) xarid narxlari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublikaning tayyorlov tashkilotlari ushbu qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyo xarid qilish toʻgʻrisidagi oldindan tuzilgan shartnomalarga zarur aniqliklar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, Davlat oʻrmonchilik qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni, “Uzkoopzagottorg”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy boshqaruv organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning taxminiy yigʻma koʻrsatkichlari boʻyicha zarur materiallarni 1992-yilning 15-fevraligacha respublika komissiyasining koʻrib chiqishi uchun taqdim etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, mahalliy qishloq xoʻjaligi organlari rahbarlari va mutaxassislarining diqqat-eʼtiborini gʻoʻza hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish sxemalariga muvofiq joylashtirish, sabzavot va ozuqa ekinlari dalalarining qisqarishiga yoʻl qoʻymaslik, bogʻ, tokzorlar maydonlarining qatʼiy hisobini tartibga solish zarurligiga qaratsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanish, xoʻjalik yuritishning yangi shakl va usullarini — dehqon (fermer) xoʻjaliklarini, xoʻjaliklar ichidagi va boshqa kooperativlarni joriy etish borasidagi ishlarni hamma joyda avj oldirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyoni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish asosan respublika korxonalari, xoʻjaliklari va aholisi katta taqchillikni sezayotgan oziq-ovqat, xalq isteʼmoli mollari va ishlab chiqarish-texnika ahamiyatidagi mahsulotlarni barter yoʻli bilan ayirboshlash asosida shartnomalarga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 220-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-apreldagi 188-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(10, 11 va 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 220-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining organlari respublika ichkarisida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyoning hech qanday toʻsiqsiz tashilishini hamda ularning Toshkent shahriga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 5-apreldagi 89-son, 1991-yil 29-iyundagi 180-son, 1991-yil 20-iyuldagi 196-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qaror qanday bajarilayotganligini nazorat qilish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H Joʻrabekovga yuklatilsin. Uning amalga oshirilishi 1992-yilning aprelida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 21-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 21-yanvardagi 23-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining cheklangan xarid narxlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mahsulotlar nomi‎

Tonna uchun soʻm (oʻrta hisobda)‎
Boshoqli ekinlar doni‎ 1200*
Sholi‎ 2000*
Makkajoʻxori‎ 1000*‎
Asosiy yogʻlilik darajasi 3,6% boʻlgan sut‎ 1850*‎
Tuxum (1 ming donasi uchun)‎ 580*‎
Qoramol (tirik vaznda)‎ 15300*‎
Choʻchqalar — ” —‎ 15600*‎
Qoʻy va echkilar — ” —‎ 11700*
Parranda — ” —‎ 20100*
Kartoshka: 1-maydan 20-iyungacha‎ 2500‎

21-iyundan mavsum oxirigacha‎

2000‎
Noʻshpiyoz: 21-iyuldan mavsum oxirigacha‎ 2000‎
Karam: 21-iyuldan mavsum oxirigacha‎ 800‎
Bargi qirqilgan yangi ovqatbop sabzi:‎
21-iyuldan 30-sentabrgacha‎ 1500‎
1-oktabrdan mavsum oxirigacha 1000‎
Yangi qizil pomidorlar:‎
16-iyundan 20-iyulgacha‎ 1500‎‎
21-iyuldan 30-sentabrgacha‎ 1000‎
1-oktabrdan mavsum oxirigacha‎ 1500‎
Sanoatda qayta ishlash uchun yangi qizil pomidorlar‎
16-iyundan 31-iyulgacha‎ 800‎
1-avgustdan 16-noyabrgacha‎ 700‎
Yangi bodring: 1-iyundan 31-iyulgacha‎ 1000‎
1-avgustdan 15-oktabrgacha‎ 1200‎
Ertapishar yangi olmalar‎ 2500*‎
Kechpishar yangi olmalar‎ 2000*
Ertapishar noklar‎ 3000*‎
Kechpishar noklar‎ 3500*
Xoʻraki uzum navlari‎ 3000*‎
Quruq mevalar‎ 15000*‎
Kishmish‎ 17000*‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qishloq xoʻjaligi mahsulotining mazkur turi boʻyicha — oʻrta hisobda. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining va chorvachilik mahsulotining konkret turlari boʻyicha cheklangan xarid narxlari preyskurantlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-apreldagi 188-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-apreldagi 188-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)