Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, uning tarmoqlar, hududlarni va mamlakat iqtisodiyoti sohalarini rivojlantirishdagi muvofiqlashtiruvchi rolini oshirish, axborot-tahlil ishlarini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muhim komplekslar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari boʻyicha quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi Apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblansin:
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti.
(1-bandning beshinchi va oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-sentabrdagi 213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Bosh vazir kotibiyati tuzilmasi, Bosh vazir oʻrinbosari apparatining tuzilmasi, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi kotibiyati tuzilmasi va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq.
* 2-ilova berilmaydi.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi axborot-tahlil departamentining tuzilmasi va xodimlari soni 5-ilovaga* muvofiq
* 5-ilova berilmaydi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 336-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda)
Vazirlar Mahkamasi funksional boʻlimlari tuzilmasi va ularning xodimlari soni 11-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 11-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda tasdiqlangan tuzilmalar va xodimlarning soniga muvofiq Axborot-tahlil departamentlari shakllantirilishini taʼminlasin, ularni yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin;
ikki oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan har bir Axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi funksional boʻlimlari xodimlari shtat jadvalini xodimlarning 11-ilovaga muvofiq tasdiqlangan soniga muvofiq qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Vazirlar Mahkamasi Apparatining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
4. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-oktabr,
475-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 224-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 494-modda; 2005-y., 30-31-son, 224-modda, 32-33-son, 248-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 40-son, 396-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda, 44-son, 442-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda, 39-son, 394-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda,36-son, 412-modda)