Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2004 14.09.2001 yildagi 374-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.09.2001 yildagi 374-son
Date of entry into force
14.09.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DON RESURSLARI VA UNNING BOZOR FONDIDAN YaNADA OQILONA VA TEJAMLI FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Don va unning davlat resurslaridan yanada samarali va oqilona foydalanish, unning bozor fondini shakllantirish hamda uni respublika mintaqalari boʻyicha maqbul taqsimlash mexanizmini takomillashtirish, aholining non mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini barqaror taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unning bozor fondi kvotalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlashning yillik va choraklik loyihalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat resurslaridan oziq-ovqatga moʻljallangan bugʻdoydan foydalanish balanslari koʻrsatkichlariga qatʼiy muvofiq holda ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unning bozor fondi kvotalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha shahar va qishloq aholisining soni, sanoat markazlarining mavjudligi, savdo va non yopish tashkilotlarining joylashishi, shuningdek qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari ixtiyorida qolayotgan oziq-ovqatga moʻljallangan bugʻdoy hajmlari hisobga olingan holda taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshoqli don ekinlarining 2002-yil hosilidan boshlab unning bozor fondi qishloq joylari, sanoat markazlari va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlar boʻyicha alohida prognozlashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unning bozor fondi ulardan foydalanishning quyidagi yoʻnalishlari non yopish, chakana savdo, non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi tartib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unning bozor fondi yillik va choraklik kvotalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlash “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksiga yuklanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unning bozor fondi tasdiqlangan kvotalarini tumanlar, shaharlar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlash “Savdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari va “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari unning bozor fondi kvotalari samarali va maqbul taqsimlanishi, ulardan maqsadli foydalanilishi hamda aholi non mahsulotlari bilan uzluksiz, barqaror taʼminlanishi uchun toʻliq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Unning bozor fondi kvotalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ishtirokida unning bozor fondi kvotalarini taqsimlashning har choraklik loyihalari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda navbatdagi chorak boshlanishidan kamida 20 kun oldin ularni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksiga kiritsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlashning Vazirlar Mahkamasining isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi tomonidan tasdiqlangan unning bozor fondi choraklik kvotalarini navbatdagi chorak boshlanishidan 10 kun oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin hamda ularni har oʻn kunda qatʼiy tasdiqlangan jadvallar boʻyicha bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
un resurslari un tortish zavodlari tomonidan savdo tashkilotlari va non yopuvchi tashkilotlarga belgilangan kvotalar va tuzilgan shartnomalarga muvofiq maqsadli berilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ishtirokida 2002-yildan boshlab unning bozor fondlaridan mintaqalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha foydalanilishiga doir har oylik statistika hisobotini amaliyotga joriy etsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (shu jumladan harbiy savdo bosh boshqarmasi), Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati isteʼmolning tasdiqlangan normalariga muvofiq maxsus isteʼmolchilar uchun don mahsulotlari resurslariga boʻlgan ehtiyojga buyurtmalarni belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, don mahsulotlari resurslarini bozor va bozordan tashqari fondlar boʻyicha oluvchi vazirliklar va idoralar ulardan oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida don mahsulotlarini sotishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 2-noyabrdagi 532-son qarorining 5, 7, 8, 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M. Z. Usmonov va R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 14-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
374-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 14-sentabrdagi 374- son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Unning bozor fondi kvotalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Unning bozor fondi kvotalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sxemasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsifi

1. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi unning bozor fondi kvotalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, foydalanish yoʻnalishlari (non yopish, chakana savdo, non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) boʻyicha taqsimlashning yillik va choraklik loyihalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat resurslaridan oziq-ovqatga moʻljallangan bugʻdoydan foydalanish balanslari koʻrsatkichlariga qatʼiy rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ishtirokida ishlab chiqadi, ularni navbatdagi yil choragi boshlanishidan kamida 20 kun oldin Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Unning bozor fondi kvotalari viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha shahar va qishloq aholisi soni, sanoat markazlari mavjudligi, savdo va non yopish tashkilotlarining joylashishi, shuningdek qishloq xoʻjaligi korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoladigan oziq-ovqatga moʻljallangan bugʻdoy hajmi hisobga olingan holda taqsimlanadi. Zarur maʼlumotlar “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqdim etiladi.
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda boshoqli don ekinlarining 2002-yilgi hosilidan boshlab unning bozor fondi qishloq joylar, sanoat markazlari va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlar boʻyicha alohida prognozlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Unning bozor fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda undan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan kvotalari “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi navbatdagi yil choragi boshlanishidan kamida 10 kun oldin qishloq joylari, sanoat markazlari, viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlar, shuningdek undan foydalanish yoʻnalishlari uchun moʻljallangan un hajmlarini koʻrsatgan holda unning tasdiqlangan bozor fondi kvotalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Savdo” va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari bilan birgalikda tumanlar va shaharlar aholisining soniga, yakka tartibdagi tadbirkorlar mavjudligiga (soliq organlari maʼlumotlari boʻyicha), shuningdek qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari ixtiyorida qoladigan oziq-ovqatga moʻljallangan bugʻdoy hajmlariga qarab unning bozor fondi kvotalarini viloyatlar tumanlari va shaharlari boʻyicha taqsimlaydilar hamda ularni tumanlar va shaharlar hokimliklariga yetkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Unning bozor fondi kvotalarining koʻrsatib oʻtilgan taqsimlanishi bir vaqtning oʻzida “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi, ular ushbu kvotalarni viloyatning un tortish zavodlari boʻyicha taqsimlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tumanlar va shaharlar hokimliklari unning bozor fondi kvotalarini chakana savdo korxonalari (savdo tashkilotlarining joylashishiga muvofiq), non zavodlari, ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish korxonalariga, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi boʻlinmalarining unni non va qandolatchilik mahsulotlarini yakka tartibda ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga ulgurji-chakana sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan firma doʻkonlariga taqsimlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chakana savdo korxonalari, non zavodlari, ijtimoiy soha va umumiy ovqatlanish muassasalari, shuningdek “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining non va qandolatchilik mahsulotlarini yakka tartibda ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga un sotish boʻyicha firma doʻkonlari unning bozor fondini olish uchun “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining un tortish korxonalari bilan toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalari tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi unning bozor fondini har 10 kunda qatʼiy tasdiqlangan jadvallar boʻyicha beradi hamda un resurslari un tortish zavodlari tomonidan belgilangan kvotalar va tasdiqlangan shartnomalarga muvofiq savdo va non yopish tashkilotlariga maqsadli berilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* * *
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari unning bozor fondi kvotalari samarali va maqbul taqsimlanishi, ulardan maqsadli foydalanilishi hamda aholi non mahsulotlari bilan uzluksiz, barqaror taʼminlanishi uchun toʻliq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ishtirokida unning bozor fondidan mintaqalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha foydalanilishiga doir har oylik statistika hisobotini yuritadi.
(oxirgi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 17-son, 127-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 20-son, 236-modda; 2004-y., 30-son, 345-modda)