Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
31.07.2023
01.03.2022 02
27.12.2021
01.12.2021
29.03.2021
16.06.2020
29.12.2019
02.04.2018
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2023
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 319-sonli “Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmonining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi A.S. Ibadullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 26-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 26-martdagi 237-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob.Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizomga muvofiq quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulot — qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy texnika — jangovar harakatlarni olib borish va taʼminlash, qoʻshinlarni oʻqitish hamda uning belgilangan maqsadda foydalanishga tayyorlik darajasini taʼminlash uchun moʻljallangan texnika;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurol-yarogʻ — qurol-yarogʻ va uni qoʻllashni taʼminlovchi texnik vositalar hamda oʻq-dorilar jamlanmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurol — tuzilishiga koʻra jonli nishonni yoki boshqa nishonga urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻq-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun moʻljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud boʻlgan qurol-yarogʻ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy texnikaning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlari — katta (tarkibiy) buyumning tarkibiy qismi hisoblangan va taʼmirlash (buyumning soz va ishlashga layoqatli holatini saqlash yoki qayta tiklash) maqsadida foydalanilayotgan shunday qismni almashtirish uchun moʻljallangan qismlar, detallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalanish vositalari — insonni va harbiy texnikani sovuq, oʻq otar qurolning fizik taʼsiridan, shuningdek, parchalardan himoya qilish uchun foydalaniladigan vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar – asosida harbiy maqsadga moʻljallab ishlab chiqariladigan mahsulotdan qatʼiy nazar, qoʻyiladigan alohida talablarga mos keladigan materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus uskuna — harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash, tugatish va qayta ishlashda oʻziga xos (nostandart) texnologik operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan mashinalar, dastgohlar va agregatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy-texnika vositalari — qurolli kuchlarning jangovar harakatlarini va doimiy faoliyatini taʼminlaydigan texnik vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni tugatish (yoʻq qilish) — harbiy maqsadga moʻljallangan va bugungi sharoitda atrof muhit va aholi uchun bartaraf etib boʻlmaydigan xavf tugʻdiradigan mahsulotni u butkul yoʻq qilingunicha qayta ishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni qayta ishlash — harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni uning ekspluatatsiya muddati tugagandan soʻng sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va/yoki shunday mahsulotdan olingan xomashyo, moddalar va materiallardan takroriy foydalanish orqali ishlatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyati litsenziyalash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari mazkur Nizomning 2-moddasida nazarda tutilgan litsenziyalashtiriladigan faoliyat turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlarida koʻzda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Litsenziyani berish, berishni rad qilish, toʻxtatish, qayta tiklash yoki uning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda litsenziya beruvchi organ deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qoʻmitasi Davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshirish boshqarmasining Sifatni nazorat qilish, standartlashtirish va litsenziyalash boʻlimi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni qoʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda namunaviy litsenziyalar beriladi. Bunda talabgorning arizasiga binoan litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovada qayd etilgan barcha faoliyat turlari uchun berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Bunda talabgorning arizasiga asosan litsenziyaning amal qilish muddati kamida besh yil etib belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari hamda shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs shatatida kasbiy maʼlumotga ega va litsenziyalanadigan faoliyat turiga mos malaka talablariga javob beradigan zarur mutaxassislarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnika bazasi, binolar va inshootlarning portlash hamda yongʻin xavfsizligi nomalari va talablariga, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlarni taʼminlash va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalaniladigan uskunalarning texnik xususiyatlari va oʻlchash aniqligining ularga ishlarni bajarish uchun qoʻyiladigan talablarga mos kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifat boʻyicha qoʻyiladigan talablarga mos butlovchi detallar va sarflanadigan materiallardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar, mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash sharoitlarining mavjudligi (utilizatsiya va yoʻq qilish ishlari uchun – qimmatbaho metallarni saqlash shartlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan va taʼmirlanadigan mahsulot nazoratini taʼminlash uchun tajriba laboratoriyasi yoki tajriba ishlarini amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan xizmatlar va ishlar) texnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlari hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini davlat (harbiy) sirini tashkil qiladigan maʼlumotlardan foydalangan holda amalga oshirishda quyidagilar qoʻshimcha litsenziya talablari hamda shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq maxfiy ish yuritish va obyekt ichki tartibiga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xodimda davlat sirlaridan foydalanish uchun ruxsatnomaning mavjudligi. Bunda yuridik shaxs shtatida ruhiy kasalliklari boʻlgan, narkoman, taksikoman va ichkilikka ruju qoʻygan hamda dispanser hisobidan turadigan, shuningdek, sudlangani qoplanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarning mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalangan faoliyat turi amalga oshirilishi taxmin qilinayotgan obyektlar ishonchli qoʻriqlanishining taʼminlanishi, ularni qoʻriqlash boʻyicha jismoniy va texnik tadbirlar oʻtkazilishi, ularni qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda boshqa texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Litsenziyani olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziyani olish uchun quyidagilar koʻrsatilgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan joyi (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank muassasasining nomi va hisobraqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud boʻlsa - telefon, faks raqami, elektron pochtasi va veb-sayti manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalangan faoliyat turi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziya talabgorida texnologik sinov uskunalari va oʻlchov vositalari, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni (koʻrsatiladigan xizmatlar va ishlar) texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish taxmin qilinayotgan obyektning yongʻin, ekologiya va sanitariya xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) obyektning texnik jihozlangani va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar qoʻriqlash organlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulangani toʻgʻrisida maʼlumotlar - davlat (harbiy) sirini tashkil qiladigan maʼlumotlardan foydalangan holda ishlarni (xizmatlarni) amalga oshirish taxmin qilinayotgan obyektlar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) hujjatlar, materiallar, yarim fabrikatlar, mahsulotning butlovchi buyumlarini (namunalarini) saqlash tashkil etilgani haqida maʼlumotlar (utilizatsiya va tugatish ishlari uchun – qimmatbho metallarni saqlash shartlari);
(12-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Litsenziya talabgoridan Nizomda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Litsenziya talabgori hujjatlarni litsenziyalovchi organga bevosita pochta aloqasi vositasi yoki elektron shaklda yuboradi va hujjatlar olinganligi hakida litsenziya oluvchiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha xabarnomani elektron shaklda axborot tizimlari orqali olishga roziligini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziyalovchi organ hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi va nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonunga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga Mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manabalaridan biri sifatida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechganda yoki litsenziyalovchi organ talabgorga litsenziya berishni rad etgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga ular qabul qilib olingan kunda litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni 25 kundan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ishchi organ xulosasi asosida litsenziyani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning litsenziyaladagina faoliyat turini amalga oshirish uchun talab etiladigan sharoitlarinijoyiga borib baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan mahsulotning (koʻrsatiladigan xizmatlar va ishlar) texnik tartibga solish sohasida amaldagi normativ hujjatlarga muvofiqligini belgilangan tartibda baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziyalovchi organ litsenziya berishga qaror qabul qilingandan soʻng uch ish kuni mobaynida litsenziya talabgoriga bank hisobraqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi. Bitim quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolaydigan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki asl nusxada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilib, litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch ish kuni mobaynida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiylashtirilgan litsenziyalar litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Ushbu Nizomning 8-bobida belgilangan tartibda litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlar kitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agar, litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab, uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shuningdek, elektron shaklda axborot tizimi orqali yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab, oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroran taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organga qabul kunida kiritiladi. Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan koʻp boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ ishchi organ xulosalari asosida toʻrt kun muddatda litsenzyai berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan arizasi yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Quyidagi holatlarda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun litsenziyaning amal qilish muddati toʻxtatilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayd etilgan oʻzgartirishlar mavjud boʻlganda, litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizani oʻzgartirishlardan soʻng bir oy muddatda taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar litsenziya beruvchi tashkilotga bevosita aloqa pochta vositalari yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim qilingan hujjatlar litsenziya oluvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan yoki litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun litsenziyaning amal qilish muddatini toʻxtatish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida qayta rasmiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga Mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manabalaridan biri sifatida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziyaning amal qilish muddati tugundan soʻng u litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziyaning amal qilish muddati oldingi litsenziya blankiga maxsus belgi qoʻyish orqali uzaytiriladi. Bunda litsenziya bitimining amal qilish muddati avtomatik tarzda avvalgi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, ammo amal qilish muddati oʻtmagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dublikatni berishda litsenziyalovchi organ tomonidan oldingi litsenziyada koʻrsatilgan amal qilish muddatini oʻz ichiga olgan "DUBLIKAT" belgisi qoʻyilgan yangi litsenziya beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Litsenziyalar dublikatlarini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga oʻtkaziladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish yoki dublikatini berish litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritishni talab qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyaning amal qilish muddati toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish yoxud sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda, litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar toʻgʻrisida xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, bittasi litsenziatga, ikkinchisi litsenziyalovchi organga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish litsenziyalovchi organ tomonidan "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan holatarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalarni hisobga olish jurnalida elektron yoki bosma shaklda litsenziyalari reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziat toʻgʻrisida tashkilotning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismini oʻz ichiga olgan asosiy maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) faoliyatning litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan manzil, aloqa telefoni, faks raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa kontaktlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) faoliyat turi haqida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) litsenziyani bekor qilish asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) dublikat berishning asosi va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Litsenziyalar reyestoridagi axborot litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning muddati uzaytirilgani uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Toʻlangan davlat boji miqdorining 10 foizi litsenziyalovchi organ hisobraqamiga Mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalaridan biri sifatida oʻtkaziladi. Qolgan qismi respublika budjetiga oʻtkiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilova
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1. Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur barcha hujjatlar bilan birga ariza tayyorlaydi.
2. Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga koʻrib �iqish uchun pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda kiritadi.
Litsenziya talabgori
(yuridik shaxs)
I bosqich
Litsenziya talabgorining xohishiga koʻra.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qoʻmitasi Davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshirish boshqarmasining Sifatni nazorat qilish, standartlashtirish va litsenziyalash boʻlimi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi):
1. Hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi va nusxasi ariza beruvchiga qabul qilgan sana belgisi qoʻyilgan xolda yuboriladi.
1. Hujjatlar qabul qilgan kunda.
2. Hujjatlarni koʻrib chiqib, ular boʻyicha litsenziya berish yoki berishni rad etish haqida xulosa tayyorlaydi.
2. Olingan kundan boshlab. yigirma besh kundan oshmaydigan muddatda.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi
3. Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgandan soʻng hujjatlar takroran taqdim etilganda ularni qayta koʻrib chiqadi va xulosa tayyorlaydi.
3. Takroran taqdim qilingan kundan soʻng olti kun mobaynida
II bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qoʻmitasi (litsenziyalovchi organ):
1. Litsenziya berish yoki bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
1. Ishchi organ xulosa bergandan soʻng besh kun mobaynida.
2. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda, shu jumladan elektron shaklda axborot tizimi orqali xabardor qiladi. Bir vaqtning oʻzida litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma bilan birga litsenziya bitimi imzolash uchun yuboriladi.
2. Qaror qabul qilgandan soʻng uch kun mobaynida
3. Litsenziya berish rad etilgani haqida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda shuningdek. elektron shaklda yuboriladi.
3. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur vaqtga mutanosib muddatda.
4. Litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.
4. Bitim imzolanib, davlat bojni toʻlangandan soʻng uch kun mobaynida.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoat davlat qoʻmitasiga litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi haqida hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgandan soʻng uch oydan kechiktirmay.
Litsenziya talabgori
(yuridik shaxs)
III bosqich
1. Talabgor litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etishga haqli.
Hujjat qayga koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
2. Litsenziya berish rad etilgani haqidagi xabarnomada qayd etilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza taqdim etilgan ariza hisoblanadi.
Litsenziya talabgori
(yuridik shaxs)
Litsenziya berish rad etilgani haqidagi xabarnomada qayd etilgan muddatda.
IV bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi
1. Tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi (litsenziat tomonidan litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanib, litsenziya bitimi imzolanganda).
2. Litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi.
Litsenziya bitimi imzolanib, davlat boji toʻlangandan soʻng uch kun muddatda.
V bosqich
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat turlarini hamda boʻshatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA SANOATI DAVLAT QO`MITASI
GOSUDARSTVENNIY KOMITET RESPUBLIKI UZBEKISTAN PO OBORONNOY PROMIShLENNOSTI
___________________________________________________________________ (namuna) L I S E N Z I Ya
№ ______
20__ yil “____” “_____”
____________________________________________
___________________________________________________________amalga oshirish uchun
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)