Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2020 26.03.2018 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.03.2018 yildagi 230-son
Date of entry into force
27.03.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etish toʻgʻrisida

 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslari (keyingi oʻrinlarda maxsus oʻquv kurslari deb ataladi) tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslarida qayta tayyorlash va malaka oshirish “Oila” markazi tomonidan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar maxsus oʻquv kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ajrashishlarning oldini olish hamda oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

oila institutini mustahkamlash, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish;

er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish;

zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilashda ishtirok etish, zamonaviy oilani rivojlantirish muammolari, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni oʻrganish;

oila-nikoh munosabatlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro tajribani oʻrganish;

oila institutini rivojlantirish va uning zamonaviy shaklini joriy etish.

4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslari oʻtkazish boʻyicha oʻquv-uslubiy rahbarlik va monitoring Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda “Oila” markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslari “Oila” markazi, xotin-qizlar qoʻmitalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi, shuningdek, oila institutini mustahkamlash sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasi oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslari tinglovchilari tarkibini shakllantirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish reja-jadvalini tuzish “Oila” markazining boshqarmalari tomonidan “Oila” markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun soatbay haq toʻlash sharti bilan yetakchi taʼlim, tadqiqot va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan rejasiga kiritilgan va maxsus oʻquv kurslariga oʻqishga yoʻllangan tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida saqlanib qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish uchun maxsus oʻquv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga toʻlanadigan sutkalik pul va taʼlim olish joyiga bir marta borib kelish boʻyicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan oʻquv mashgʻulotlariga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslari tashkil etish uchun “Oila” markazining boshqarmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan ijara toʻlovining “nul” qiymati boʻyicha, tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplash shartisiz oʻquv xonalari ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-maygacha “Oila” markazi boshqarmalarining buyurtmalariga asosan tibbiyot kasb-hunar kollejlaridan maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur xonalar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oila” markazi boshqarmalarining buyurtmalariga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish uchun ajratiladigan xona va auditoriyalarda, zarur hollarda, taʼmirlash-tiklash ishlarini bajarsin, shuningdek, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ularni zarur mebel va jihozlar, kompyuter texnikasi va oʻquv texnikasi vositalari bilan jihozlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslariga yuborilgan tinlovchilarga taʼlim muassasalarining talabalar uylaridan joy ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oila” markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda — qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularning muntazam yangilab borilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda — maxsus oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi jalb etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — oʻquv jarayoni oʻqitishning zamonaviy shakl va usullari, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov va “Oila” markazi direktori zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 26-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 230-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom oila instituti sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarining (keyingi oʻrinlarda maxsus oʻquv kurslari deb ataladi) maqsad va vazifalarini, ulardan oʻtish, shuningdek maxsus oʻquv kurslarining oʻquv jarayonini tashkil etish va tinglovchilarning bilimini baholash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maxsus oʻquv kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda “Oila” markazi deb ataladi), Xotin-qizlar qoʻmitasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida Oila institutini mustahkamlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar xodimlarining ishtiroki tavsiya xususiyatiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maxsus oʻquv kurslari “Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Maxsus oʻquv kurslarining maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maxsus oʻquv kurslarining maqsadi kadrlarning xotin-qizlar va oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlashni tashkil etish, oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sogʻlomlashtirish boʻyicha kasbiy bilimlari, qobiliyatlari va koʻnikmalarini tizimli yangilab borishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar maxsus oʻquv kurslarining vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ajrashishlarning oldini olish hamda oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila institutini mustahkamlash, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilashda ishtirok etish, zamonaviy oilani rivojlantirish muammolari, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila-nikoh munosabatlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro tajribani oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila institutini rivojlantirish va uning zamonaviy shaklini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Maxsus oʻquv kurslaridan oʻtish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomning 2-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan xodimlar muntazam, yiliga kamida bir martda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bepul asosda malaka oshirishdan oʻtishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus oʻquv kurslaridan oʻtish tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi. Oʻquv rejalari va dasturlari har yili oilaga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asosida takomillashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qayta tayyorlashning qancha davom etishi ilgari olingan oliy taʼlim darajasiga, qayta tayyorlashning turi va koʻp mehnat talab qilishiga, oʻqitish shakllariga bogʻliq boʻladi va asosiy ishdan ajralgan holda oʻqitilganda kamida 576 soat boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. Asosiy ishdan ajralgan holda oʻqitishda auditoriya mashgʻulotlarining eng koʻp hajmi haftasiga 24 soat etib belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi fanlar bloklari boʻyicha, kadrlar buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan qayta tayyorlashga talablardan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Malaka oshirish kurslarida oʻqish “Oila” markazi tomonidan tasdiqlangan 72 soatlik oʻquv dasturlari boʻyicha ikki hafta davomida ishdan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. Oʻquv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oila” markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili malaka oshirish kurslaridan oʻtishning belgilangan davriyligiga muvofiq oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha malaka oshirish kurslari tinglovchilari tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maxsus oʻquv kurslariga kelgan tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan reja-jadval asosida “Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tasdiqlangan reja-jadvalga kiritilgan va maxsus oʻquv kurslariga oʻqishga yoʻllangan tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maxsus oʻquv kurslariga yoʻllangan tinlovchilarga taʼlim olish joyiga bir marta borib kelish boʻyicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Maxsus oʻquv kurslari tashkilotchilarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oila” markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslari faoliyatiga oʻquv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda maxsus oʻquv kurslarida qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning doimo yangilanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslari oʻqituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish tizimiga oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlarini, ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish va oʻqitish jarayoni monitoringini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tayyorlash va malaka oshirishning oʻquv-metodik asoslarini ishlab chiqishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibini jalb etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oila” markazining buyurtmanomalari asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish uchun ajratiladigan xona va auditoriyalarda taʼmirlash-tiklash ishlarini bajaradi, shuningdek, ularni zarur mebel va jihozlar, kompyuter texnikasi va oʻquv texnikasi vositalari bilan jihozlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus oʻquv kurslariga yuborilgan tinlovchilarga taʼlim muassasalarining talabalar uylaridan joy ajratilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish va tinglovchilarning bilimlarini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maxsus oʻquv kurslari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlarini hisobga olgan holda, kurslar faoliyatini va resurs taʼminotini budjetdan tashqari moliyalashtirish asosida, tinglovchilarni sifatli oʻqitish uchun moddiy-texnik baza, professor-oʻqituvchilar tarkibi mavjud boʻlgan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar tarkibi shartnoma asosida jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼruza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
interaktiv seminar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy mashgʻulot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sayyor mashgʻulot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba almashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil oʻqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruv ishini himoya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda maxsus oʻquv kurslari masofadan oʻqitish usullari qoʻllanilgan holda tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Auditoriyada oʻtkaziladigan barcha mashgʻulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni, qoidaga koʻra, kamida 15 — 20 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Uzrli sabablar bilan oʻqishni davom ettira olmaydigan tinglovchilar oʻz arizasiga koʻra tinglovchilar safidan chiqariladi. Uzrsiz sabablar bilan 30 soatdan koʻp hajmda mashgʻulotlarda qatnashmaganlik uchun kurslarning tinglovchilari “Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi rahbarining buyrugʻi bilan tinglovchilar safidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilar safidan chiqarish “Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maxsus oʻquv kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazishga shartnoma asosida yuqori malakali kadrlar, xorijiy mutaxassislar, oʻquv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bilimi bitiruv ishini himoya qilish, malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimi esa suhbat asosidan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilarini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun “Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tegishli sohalarning ilgʻor mutaxassislari orasidan kamida 3 — 5 kishidan iborat komissiya shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Baholash jarayonida uzrli sabab bilan ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq davlat namunasidagi qayta tayyorlash toʻgʻrisida diplom, malaka oshirish oʻquv dasturlari talablarini bajargan tinglovchilarga esa — ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Qayta tayyorlash haqida
DIPLOM
(tavsifi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom A4 formatli oq qogʻozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi bilan davlat tilida “Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi qisqartmasi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplom:

bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;

yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

maxsus qogʻozlar;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat gerbi tasviri

‎Qayta tayyorlash
‎haqida

‎DIPLOM
‎QT № 000000

‎________________________________________________________________________________________________
‎( Mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil _________________________________________________ dan 20_____________________________ gacha
‎______________________________________________________________________________________________ da

(Qayta tayyorlash muassasasining nomi)‎‎

‎‎________________________________________________________________________________ soatga moʼljallangan
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(Qayta tayyorlash kursining nomi)

‎‎qayta tayyorlsh kursida taʼlim olib, ______________________________________________________________________
‎______________________________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya
‎komissiyasida ______________________________________________________________ bahoga himoya qildi va unga
‎_____________________________________________________________________________________ huquqi berildi

Muhr oʼrni
‎‎
Direktor ____________‎
‎Sana ______________
‎‎
‎Qayd raqami ________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish haqida
SERTIFIKAT
(tavsifi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi bilan davlat tilida “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi qisqartmasi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqshli rastr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus qogʻozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat gerbi tasviri

‎Malaka oshirish haqida

‎SERTIFIKAT
‎MO № 000000

‎________________________________________________________________________________________________
‎(Mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎20___yil ___________________dan 20 ___________ gacha
‎______________________________________________________________________________________________da
‎(Malaka oshirish muassasasining nomi)
‎jami _________________________________________________________________________________________soatli
‎________________________________________________________________________________________________
‎(Malaka oshirish kursining nomi)

‎‎bo`yicha malakasini oshirdi.

Muhr o`rni‎
‎‎Boshqarma boshlig`i ______________
‎Sana ________________ Qayd raqami______
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 09/18/230/0951-son)