07.03.2018 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.03.2018 yildagi 183-son
Date of entry into force
07.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga muvofiq avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati bilan davlat taʼlim muassasalari, shuningdek, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarni avtotransport vositalarini boshqarishga oʻrgatish mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarning foydalanishi uchun respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash mazkur shaxslarning buyurtmalariga asosan “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzavtosanoat” AJ 2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarning buyurtmalari boʻyicha respublikada ishlab chiqariladigan “Spark” va “Matiz” rusumli yengil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash uchun “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlarini zarur vositalar va uskunalar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil avtotransport vositalarini boshqarish uchun nogironligi boʻlgan shaxslarga qoʻyiladigan tibbiy mezonlarini kiritgan holda qayta koʻrib chiqsin hamda uning ijrosini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalari toʻxtab turish joylarining kirish va chiqish qulay boʻlgan qismidan belgilangan tartibda toʻxtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turishi uchun ajratilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining toʻxtab turishi uchun vaqtinchalik toʻxtab turish joylarini tashkil etsin va ushbu joylarga Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga 1-ilovaga muvofiq “5.15. “Toʻxtab turish joyi” va “7.17. “Nogironlar” yoʻl belgilari oʻrnatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi hamda “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalarini toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda amaliyotga joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, quyidagi shaxslardan avtotransport vositalarining toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil” taniqlik belgisi oʻrnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnomasi boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshgacha nogiron bolasi boʻlgan ota-onalar (yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxslar) — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi boʻlganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalari toʻxtab turish joylaridan boshqa avtotransport vositalari haydovchilarining foydalanganligi uchun ularning javobgarligini oʻrnatish boʻyicha qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligiga ushbu qarorning mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.Z. Salimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 7-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183-son