Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2022 12.01.2018 yildagi PQ-3473-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 12.01.2018 yildagi PQ-3473-son
Date of entry into force
12.01.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-iyuldagi PQ-325-sonli ““Qoraoʻzak” va “Gʻallaorol” maxsus sanoat zonalarini tashkil etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivini qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashinasozlik, vagonsozlik, avtomobilsozlik, kimyo, neft-gaz va qurilish tarmoqlari sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, Tebinbuloq titan-magnetit ruda koni negizida mahalliy xomashyodan foydalangan holda zamonaviy poʻlat quyish korxonasini tashkil etish hisobiga oʻzining metallurgiya kompleksini barpo etish, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish va importni qisqartirish maqsadida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining kon-metallurgiya kompleksini 2024-yilda ishga tushirishni nazarda tutgan holda, yiliga 1 million tonnagacha poʻlat mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha)ni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati kompleksi tomonidan 2017-yilning 27-martida “Keyinchalik choʻyan olinadigan Tebinbuloq konini ishlatish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada choʻyan va poʻlat olishning domnadan tashqari texnologiyasini qoʻllash nazarda tutilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibida Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi va uning ishga tushirilishini taʼminlash uchun Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya)ni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-apreliga qadar loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning aniq manbalari boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyihasi amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi direksiyasi — buyurtmachi etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha ishlari bozorida oʻzlarini ijobiy tomondan koʻrsata olgan xorijiy loyiha tashkilotlari, konsultantlari va ekspertlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan Respublika “Oʻzinjiniring” loyiha instituti — bosh loyiha tashkiloti etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, aynan shunday loyihalarni roʻyobga chiqarishda amaliy tajribaga ega boʻlgan xalqaro kompaniyalarni hamda respublikaning ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda konsorsium tuzish huquqi beriladigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tegishli tashkilotlari — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish doirasida Direksiya tomonidan qilingan xarajatlarni moliyalashtirish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi, sarflangan xarajatlar keyinchalik ularni qoplash maqsadida loyihaning umumiy qiymatiga qoʻshilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish ishlarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi komissiya (A.J. Ramatov) zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq jami masalalar kompleksini oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etish boʻyicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi obyektlari hamda loyiha boʻyicha tashqi infratuzilmaning zarur obyektlari qurilishi monitoringini tashkillashtirish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Respublika “Oʻzinjirining” loyiha instituti bilan birgalikda 2018-yilning 30-dekabriga qadar “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasining ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda kelishib olingan texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon-metallurgiya kompleksi qurilishiga doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydonlari, shu jumladan, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va xomashyo karyerlari uchun yer maydonlari ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer maydonlari olib qoʻyilishi munosabati bilan (fermer xoʻjaliklari tomonidan koʻrilgan zararlar, qirqilgan daraxtlar uchun va koʻchirilgan fuqarolarga) mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tovon toʻlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — oʻz mablagʻlari hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi — mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarish maydonchasidan tashqaridagi zarur muhandislik tarmoqlari va infratuzilma obyektlari, jumladan, energiya taʼminoti, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, aloqa, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari boradigan inshootlar loyihalashtirilishi hamda qurilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekenergo” AJ oʻz mablagʻlari hisobidan 2019-yilning 1-yanvariga qadar Tebinbuloq koni negizida barpo etilayotgan kon-metallurgiya kompleksi qurilish maydonchasidagi obyektlar tashqi energotizimlarga ulanishini, shuningdek, 2019 — 2024-yillar davrida — kon-metallurgiya kompleksi qurilmalarini energiya bilan taʼminlash uchun Shimoli-gʻarbiy energotizim uzeli kengaytirilishi va modernizatsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Istisno tariqasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJga loyihani amalga oshirish doirasida:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilning 1-yanvariga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda loyihani amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida, belgilangan tartibda import shartnomalari boʻyicha vakolatli organlarda ekspertiza hamda yuklarni ortib joʻnatishdan oldingi inspeksiyani albatta oʻtkazgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, “tayyor holda topshirish” sharti bilan yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni mahsulot ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan tuzishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda — loyiha yechimlarining obyektlarni ekspluatatsiya qilish ishonchliligi va xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, kon-metallurgiya kompleksi obyektlari qurilishini texnik jihatdan kuzatishni tashkillashtirish maqsadida, aynan shunday loyihalarni loyihalashtirish va amalga oshirish masalalarida amaliy tajribaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari, konsultantlarni tanlov asosida (tender savdolari oʻtkazmasdan) jalb etishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Loyihani amalga oshirish doirasida 2025-yilning 1-yanvariga qadar bosh pudrat va bosh loyiha tashkilotlari, shuningdek ularning subpudratchilari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga binoan olib kelinadigan, shu jumladan, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kelinadigan materiallar, xomashyo, uskunalar, qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, texnologik hujjatlar, jihozlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, asbob va priborlar, maxsus ahamiyatdagi transport vositalari, kompyuter texnikasi, shuningdek, metall prokati boj toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kombinatini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirishda sanoat xavfsizligi talablariga ogʻishmay rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik roʻyxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning buyurtmanomalariga binoan, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda haq undirilmasdan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab respublikaning ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlarida Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi uchun mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 12-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3473-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3473-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish ishlarini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi komissiya rahbari

I.B. Tramuratov

Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ raisining oʻrinbosari, ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

A.Y. Xaydarov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

J.T. Mahsudov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari

D.A. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

B.M. Nizomov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari

K.R. Sariyev

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi

A.I. Axmedxadjayev

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

Sh.A. Vafoyev

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

A.K. Mirsoatov

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi

M.O. Saliyev

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

N.T. Tursunov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

O.Ch. Adilov

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari ― bosh muhandis

K.N. Tlaganov

qurilish vaziri oʻrinbosari

M.I. Ruzmetov

Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

A.U. Karimov

Oʻzstandart Agentligi bosh direktori

A.S. Shukurov

Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ raisining birinchi oʻrinbosari

R.G. Mubarakshin

OʻzbekenergoAJ raisining birinchi oʻrinbosari

U.X. Sayidov

Oʻzbekneftgaz AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

B.K. Zaripov

Oʻzqurilishmateriallari AJ boshqaruvi raisi

X.N. Xasidov

Oʻzbekiston temir yoʻllariAJ bosh muhandisi ― bosh menejer

T.R. Urazayev

Oʻzinjiring respublika loyiha instituti direktori v.b.

T.M. Aliqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

D.O. Isaqulov

Oʻzdavenergonazorat DI boshligʻi

J.T. Mirzamaxmudov

Vazirlar Mahkasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD mudiri

I.R. Mahkamov

Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD mudiri

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 07/18/3473/0556-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)