Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2016 14.08.2000 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.08.2000 yildagi 320-son
Date of entry into force
14.08.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ishlarni tashkil etishni takomillashtirish, shaharlar, tuman markazlari, shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va qurilishi sifat darajasi oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
320-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 320-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Nizom shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning (keyingi oʻrinlarda aholi yashaydigan joylar deb yuritiladi) bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurishning yagona tartibini belgilab beradi hamda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shahar qurilishi faoliyatining barcha subyektlari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Aholi punktining bosh rejasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, respublikani va uning mintaqalarini rivojlantirish prognozlari, tumanni rejalashtirish sxemalari yoki loyihalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktining oldingi bosh rejasini amalga oshirishning holatini tahlil qilish natijalari asosida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktining bosh rejasi aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini va chegaralarini, ular hududining funksional vazifasini va qurilishni zonalashtirishni, muhandislik, transport ijtimoiy infratuzilmasini kompleks rivojlantirishni, shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirishda shaharsozlik faoliyati reglamentlarini, shu jumladan hududlarni oʻzlashtirishning navbatma-navbatligini, tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlashga, ekologik va sanitariya holatiga qoʻyiladigan talablarni va boshqalarni belgilab beradi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Shaharlarning bosh rejalari 15-20 yil muddatga ishlab chiqiladi. Bosh reja batafsil rejalashtirish loyihalarini, imorat qurish loyihalarini va rivojlantirishning tarmoq sxemasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
(1.4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzlashtirilmagan (qurilmagan) zaxira hududlar mavjud boʻlgan taqdirda hisob-kitob muddati tamom boʻlgandan keyin bosh rejaning amal qilishi yangi (tuzatish kiritilgan) bosh reja belgilangan tartibda tasdiqlangunga qadar tatbiq etiladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Batafsil rejalashtirish loyihasi imoratlar qurishning hajm-makon va arxitektura-badiiy yechimini, binolarning necha qavat boʻlishi va turlarini, tarix va madaniyat yodgorliklarining qoʻriqlash zonalaridan foydalanish rejimini, imorat qurish va yerdan foydalanishni tartibga solishning qizil chiziqlari, chegaralarini, hududlarni funksional va qurish bilan bogʻliq zonalashtirishni, yerdan foydalanuvchilar hududlarining chegaralarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tarkibi va ularni joylashtirishni, magistral muhandislik kommunikatsiyalari trassalarini, koʻchalarning koʻndalang koʻrinishini belgilab beradi, shuningdek, hududlarni muhandislik yuzasidan tayyorlash tadbirlarini, atrof muhitini muhofaza qilishni va transport xizmati koʻrsatishni tashkil etishni va shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirishda belgilanadigan shaharsozlik faoliyatining boshqa reglamentlarini nazarda tutadi.
(1.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6. Batafsil rejalashtirish loyihalari 10—15 yilga shaharsozlik faoliyati sohasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq aholi yashash joylarining ayrim qismlariga va ularning funksional zonalariga, shuningdek, ayrim hollarda aholi yashash joylarining butun hududiga ishlab chiqiladi.
(1.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.7. Qurish loyihasi batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida odamlar yashaydigan yangi yoki rekonstruksiya qilinadigan mikrotumanlar va kvartallarning hududiga, turar joy binolari va jamoat binolari, ishlab chiqarish obyektlari, ilmiy-tadqiqot, oʻquv, tibbiyot, rekreatsion, sport va boshqa shaharsozlik, arxitektura, landshaftli majmualar, ansambllar guruhlari uchastkasiga hamda aholi yashash joylari boshqa rejalashtirish elementlariga ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasisiz qurilish loyihasini bajarishga shaharsozlik faoliyati sohasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(1.7-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINING BUYuRTMAChILARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Quyidagilar bosh reja, batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi va shahar chegarasi loyihasi (keyingi oʻrinlarda shaharsozlik hujjatlari deb yuritiladi)ning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi hududiy xizmatlari — shaharlar va shahar posyolkalarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar hokimliklari, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilmagan, markazlashtirilgan budjet manbalari hisobiga moliyalashtiriladigan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar — imorat qurish loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan buyurtmachilar hisoblanadilar.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Buyurtmachi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchiga aholi yashash joylarining bosh rejalarini loyihalashtirishga va batafsil rejalashtirish loyihalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan, qurilish loyihalarini ishlab chiqishga esa shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlangan topshiriq beradi. Loyihalashtirishga topshiriq majburiy tartibda arxitektura va qurilish hududiy organlari bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Buyurtmachi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchiga belgilangan masshtabdagi ishonchli topografiya asosini loyihalashtiriladigan hududning muhandislik-geologiya qidiruvlari natijalarini, mikroseysmorayonlashtirish xaritasini hamda 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq boshqa birlamchi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Buyurtmachi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlar va hajmlarda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalashtirishning borishi ustidan nazorat qilishga va shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish davrida yer ajratish, obyektlarni joylashtirish, shahar posyolkasi hududidagi joriy qurilish bilan bogʻlik barcha masalalarini ishlab chiquvchi bilan kelishishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh rejalar va joriy qurish amalga oshirilishi monitoringini taʼminlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB ChIQUVChILAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Bosh shaharsozlik loyihalashtirish institutlari — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi aholi yashash joylarining bosh rejalarini ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga boʻlgan yuridik shaxslar batafsil rejalashtirish loyihalari va qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
(3.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Batafsil rejalashtirish loyihalarini va aholi yashash joylari alohida funksional zonalari loyihalarini hamda qurilish loyihalarini bajarishga tanlov asosida yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik hujjatlari shartnomada belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini, hujjatlarning amaldagi normativ hujjatlar talabiga javob beruvchi va tarixiy rivojlanishning uzviyligini, aholi yashash joylarining mintaqaviy shart-sharoitlarini hisobga oluvchi sifatini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirishning dastlabki va uzil-kesil bosqichlarida belgilangan tartibda kelishishga va himoya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda joriy qurilish ustidan mualliflik nazoratini va shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi monitoringini olib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat ekspertizasi organlari, kelishuvchi tashkilotlarning mulohazalari boʻyicha ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, qoidaga koʻra, alohida boʻlimlarni ishlab chiqishga bosh loyihalashtirish institutlarini jalb etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar arxitektura va shaharsozlik hududiy organlariga, alohida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi loyihalash tashkilotlariga maslahat yordami va uslubiy yordam koʻrsatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Batafsil rejalashtirish loyihalarini va qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar loyihalarni bosh shaharsozlik loyihalash instituti bilan kelishishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB ChIQUVChILARNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. “Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarini mikroseysmorayonlashtirish xaritalari tuzishni moliyalashtirishni, ekologik ekspertiza xulosalarini, favqulodda vaziyatlar yuz berganda aholini himoya qilish sxemalari va boʻlimlarini, shaharsozlik hujjatlarini kelishishni va davlat ekspertizasidan oʻtkazishni hisobga olgan holda markazlashtirilgan budjet manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjet hisobiga qurilishlarning har yilgi aniq roʻyxatini tuzishda aholi yashash joylari shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishi mablagʻ bilan taʼminlanishini, topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi yashash joylarining mikroseysmorayonlashtirish xaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks sxemalari tuzilishini, loyihalash tashkilotlari tomonidan joriy qurilish ustidan mualliflik nazorati va aholi yashash joylari bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi oʻtkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishilishini va ekspertizadan oʻtkazilishini nazarda tutishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. AHOLI YaShASh JOYLARINI QURISh UChUN ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI KELIShISh VA TASDIQLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Shaharsozlik hujjatlarini kelishish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, arxitektura va qurilish sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Aholi yashash joylarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurilish loyihalari, qurilish loyihalari buyurtmachilar koʻmagida shaharsozlik faoliyati sohasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibga muvofiq ularni ishlab chiquvchi bilan kelishiladi.
(5.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarix, arxeologiya, shaharsozlik, arxitektura va monumental sanʼat yodgorliklariga ega boʻlgan aholi yashash joylarining bosh rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan ham kelishilishi kerak.
(5.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.21. Shaharsozlik hujjatlarini vazirliklar, idoralar va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish muddati bir oydan ortiq boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar kelishuvchi vazirlik, idora yoki vakolatli tashkilot oʻz xulosasini belgilangan muddatda yubormasa va uni koʻrib chiqish muddatini uzaytirishni kelishmasa, shaharsozlik hujjatlari kelishilgan deb hisoblanadi.
(5.21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.22. Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash masalalariga daxl qiluvchi oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari oʻzgarganligini “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi eʼtiboriga majburiy tartibga yozma shaklda yetkazadi.
(5.22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Aholi yashash joylarining shaharsozlik hujjatlari majburiy tartibda Davlat ekspertizasi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. Shaharlarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari tasdiqlangunga qadar keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoni bilan belgilangan Toshkent, Nukus shaharlarining, viloyatlar va yirik sanoat markazlarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolgan aholi yashash joylarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.6. Toshkent, Nukus shaharlari, viloyat markazlari hamda tarix, arxeologiya, shaharsozlik va arxitektura yodgorliklariga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.7. Qolgan aholi yashash joylarini batafsil rejalashtirish loyihalari shaharlar (tumanlar) hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.8. Qurilish loyihalari buyurtmachilarning taqdimnomasiga koʻra hamda arxitektura va qurilish loyihalari hududiy organlari bilan kelishilgan holda shaharlar (tumanlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI AMALGA OShIRISh VA AHOLI YaShASh JOYLARINI QURISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Aholi yashash joylari qurilish bosh reja talablariga qatʼiy muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Qurilish olib boruvchilar oʻzlariga ajratilgan hududda qurilishni amalga oshirishda birlamchi-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiq qurilish sifati va hajmini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga faqat ularni tasdiqlangan organlarning qaroriga koʻra belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli birlamchi-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlarisiz, shuningdek ularni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan aholi yashash joylari hududida obyektlarni loyihalashtirish va qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar, posyolkalar va tuman markazlarida qurilishi tugallangan massivlar, koʻp qavatli turar joy kichik dahalari (mavzelar) hududida tasdiqlangan bosh rejalarda nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis xizmat koʻrsatish va bozor infratuzilmasining alohida turgan obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish va qurish taqiqlanadi.
(6.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.6. Bosh shaharsozlik loyihalashtirish institutlari — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi oʻz vakolatlari doirasida aholi yashash joylari hududida shaharsozlik faoliyati va qurilishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
(6.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.7. Tasdiqlangan bosh rejalar va batafsil loyihalashtirish loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, bosh loyihalashtirish institutlari — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Arxitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi amalga oshiradilar.
(6.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)