Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2022 22.12.2017 yildagi 1012-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2017 yildagi 1012-son
Date of entry into force
23.12.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 219-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarni samarali rivojlantirishga yanada koʻmaklashish, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish va raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish, qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlari faoliyat koʻrsatishining mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini tashkil etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini birlashtirish yoʻli bilan ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ish oʻrinlarini yaratish, faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishni taʼminlashning ilmiy-metodik bazasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishning zamonaviy tajribasini oʻrganish hamda uni respublikada joriy etish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida davlat tomonidan ularga koʻmaklashish natijadorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari va mexanizmlari toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markaziga xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarni oʻqitish uchun oʻquv-metodik materiallarni tayyorlashda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyadan chiqarish va iqtisodiyotda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida monopoliyaga qarshi tartibga solish, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimlarining faoliyat koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishni hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini boshqarish institutlari va mexanizmlarini yanada rivojlantirish, xoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etishning ilmiy asoslari va metodik tavsiyalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlarini, ularning infratuzilmasini rivojlantirish holatini tahlil qilish va yoʻnalishlarini aniqlash, institutlar va ularning faoliyat koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha “davra suhbatlari” va seminarlar oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining xodimlari cheklangan umumiy soni 39 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktoriga, zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz huquqlari va majburiyatlari boʻyicha Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralardan Markaz vazifalarini hal etish uchun zarur boʻlgan mavjud statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislarni tadqiqotlarga shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy muassasalar bilan qoʻshma tadqiqotlarni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar toʻgʻrisida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ulardan foydalanish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va maʼlumotlarni taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishga ajratiladigan grantlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun bepul asosda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash va Markaz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olingan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markaziga tegishli boʻlgan va Markazga oʻtayotgan avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirilmagan holda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining ustavini ikki oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlansin va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi taʼminlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasidagi 55-uyda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Markazning egallab turilgan maydonlaridan foydalanish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 22-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1012-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 39 kishi, shu jumladan ilmiy xodimlar — 30 kishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 29-iyuldagi 331-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 37-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 36-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 40-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 23-son, 211-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilovaning 31-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 13-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1012/0457-son)