20.12.2017 yildagi 1004-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.12.2017 yildagi 1004-son
Date of entry into force
23.12.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish maqsadida ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, shuningdek, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazir Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻyida ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining tegishli “Suvqurilishinvest” DM — buyurtmachilar etib;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyihachi tashkilotlar — eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudratchi tashkilotlar — qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni qurilganhamda rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishga yoʻnaltirish yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar oʻtkazsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2018-yildan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan budjet mablagʻlarini qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qarorining 11-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishda daraxtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining toʻlovlarsiz amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlari barpo etilishiga, rekonstruksiya qilinishiga hamda hududlarning obodonlashtirilishiga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun daraxtlar turlarini aniqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi koʻchatlar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda — qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan ihota va koʻkalamzorlashtiriladigan hamda obodonlashtiriladigan hududlarni yer uchastkalari bilan taʼminlash, ularning saqlanishi va foydalanilishi yuzasidan zarur choralar koʻrsinlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini parvarish qilish, shuningdek, belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilgan obodonlashtirish obyektlari va yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota hamda koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini muhofaza qilish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli nazorat oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev hamda viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1004-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1004-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlari rejasi

T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi obyektlarini modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini tahlil qilish.

Budjet mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari kreditlarining amalda tejalishini belgilash.

Investitsiya loyihalarining komponentlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallari yakunlanishiga koʻra

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Moliya vazirligi

(Y. Tursunov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov)

2.

Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tejalgan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlarini Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, shuningdek, moliyalashtirayotgan xorijiy banklar mablagʻlarini yoʻnaltirishni kelishish.

Tejalgan mablagʻlar aniqlangandan soʻng ikki oy muddatda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Moliya vazirligi

(Y. Tursunov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov)

3.

Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlash.

Tejalgan mablagʻlar aniqlagandan soʻng ikki oy muddatda

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), “Suvqurilishinvest” DM

4.

Amalga oshirilgan investitsiya loyihalari doirasida suv xoʻjaligi obyektlarida qurilgan va rekonstruksiya qilingan uchastkalarni tekshirish va ishchi guruh tuzish.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mavjud daraxtlar
va butalarni, shu jumladan tabiiy omillardan yoki zararkunandalardan, oʻsimlik kasalliklaridan quriyotgan, inson hayotiga va sogʻligʻiga xavf soladigan, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning
mol-mulki, shuningdek, maxsus yetishtirilayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblangan, yogʻoch va mevalar olish uchun daraxt va butalarni xatlovdan oʻtkazish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

5.

Xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab joylashgan yer maydonlarini aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

6.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

7.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash va loyiha smetalarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotini aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari

“Suvqurilishinvest” DM

8.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun ishlab chiqilgan loyiha smetalarini texnik, davlat va ekologik ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

“Suvqurilishinvest” DM

9.

Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda pudratchi tashkilotni aniqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov),

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov),

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

“Suvqurilishinvest” DM

10.

Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM

11.

Ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish uchun zarur boʻlgan tur va miqdordagi koʻchatlarni shartnoma asosida yetishtirish va sotish.

Tuzilgan shartnomalar boʻyicha

Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (G. Qurbonov)

12.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarning tarmoq jad?allarini tasdiqlash.

Pudratchi bilan shartnoma tuzilgandan soʻng

10 kun muddatda

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM,

Bosh pudratchi tashkilotlar

13.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar va kuchli shikastlangan va quriyotgan, kasallangan daraxtlar va butalarni kesish uchun tegishli qarorlarni toʻlovsiz, oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish.

Belgilangan muddatlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev),

14.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va daraxtzorlarni barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvallari boʻyicha

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM,

Bosh pudratchi tashkilotlar

15.

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari sifati va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash.

Loyihalarni amalga oshirish mobaynida

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov),

Bosh pudratchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

“Suvqurilishinvest” DM

16.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish boʻyicha qurilishi tugallangan obyektlarni ishga tushirish uchun davlat qabul qilish komissiyasini shakllantirish.

Loyihalar tugallangandan soʻng bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM

17.

Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va koʻkalamzorlashtirish daraxtzorlarini hamda obodonlashtirilgan hududlarning yer maydonlarini va yaxshi saqlangan hududlarni yer maydonlari bilan taʼminlashni va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Loyihalar tugallagandan soʻng bir oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), “Suvqurilishinvest” DM

18.

Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab belgilangan daraxtzorlarni barpo etish va himoyalashga, shuningdek, obyektlardan maqsadli foydalanishga yoʻnaltirish orqali foydalanish tashkilotlari tomonidan sugʻorish va boshqa qishloq xoʻjaligi agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida olib borish yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash.

Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab barcha etilgan ihota va daraxtzorlar saqlanishini nazorat qilish.

Har oyda jadval boʻyicha

Har oyda jadval boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari,

Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (U. Utayev) va uning hududiy organlari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1004/0450-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)