Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2019 14.12.2017 yildagi 984-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.12.2017 yildagi 984-son
Date of entry into force
18.12.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 14-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
984-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-son qaroriga
1-ILOVA

Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, uzum va poliz ekinlari, quritilgan sabzavot va mevalar (TIF TN boʻyicha tovar kodi 07,08,1202);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, uzum va poliz ekinlari, quritilgan sabzavot va mevalar ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari — ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari roʻyxatiga kiritilmagan sabzavotlar, mevalar, dukkakli, uzum va poliz ekinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan eksport kontraktlari (shartnomalari) tuzgan yoki eksport kontraktisiz (shartnomasisiz) invoys asosida eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
invoys — meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun hisob-faktura;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport kontrakti — eksport qiluvchi va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻrtasida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun tuzilgan xoʻjalik shartnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari joʻnatiladigan mahsulot qiymatining oldindan xorijiy valyutadagi 100 foiz toʻlovi eksport qiluvchilar tomonidan olinganda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha eksport qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Oʻzagroeksport” AJga yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini quyidagi shartlarda eksport qilishga ruxsat etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joʻnatiladigan meva-sabzavot mahsulotlari qiymatining oldindan kamida 30 foizi toʻlanganda, qolgan qismi uchun esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochilganda yoki birinchi toifali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagroeksport” AJning xorijda ochilgan savdo uylari, shuningdek, ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblangan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi toifali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport qiluvchilar tashqi bozorlarga yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini komissiyaning “Oʻzagroeksport” AJ bilan tuziladigan shartnomasi asosida ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida qayd etilgan shartlar boʻyicha yetkazib berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Eksport qiluvchilar, shu jumladan “Oʻzagroeksport” AJ quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan va eksport kontraktlarini siyosiy hamda tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurtalash polisisiz xorijiy valyutada eksport qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Eksport qiluvchining ilgari eksportga yetkazib berish boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi boʻlsa, tovarlarni faqat muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi mavjud boʻlgan xorijiy xaridor uchun olib chiqishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzdorlik paydo boʻlishi uchun bevosita tadbirkorlik subyektlari javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Eksport qiluvchilar eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berish summasi eksport bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha 20 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banklaridagi hisobvaraqlarga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan xorijiy valyutada, shu jumladan bank oʻtkazmalari, xalqaro bank kartalari orqali toʻlovlar, shuningdek, tijorat banklarining ayirboshlash shoxobchalarida sotib olingan milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlarini kiritish shaklida 100 foiz oldindan toʻlov olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuridik shaxslar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etilmasdan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Eksport kontraktlari boʻyicha eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan joygacha transportda tashish paytida ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish uchun qoʻllaniladigan Eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlarining tabiiy yoʻqotishlari normativlari doirasida tabiiy yoʻqotishlar boʻlgan hollarda, eksport qiluvchi bu haqida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYEA) axborot kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yoʻqotishlari mavjud boʻlganda, yoʻqotish summasi debitorlik qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinadi. Yoʻqotish summasi oldindan toʻlov sifatida eʼtirof etilganda, tabiiy yoʻqotishlar summasiga teng tovarlar eksport qiluvchi tomonidan TSOYEAga kiritilgan maʼlumotlar asosida yuklab joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy yoʻqotishlar summasi yetkazib beriladigan mahsulot uchun faqat oldindan toʻlov sifatida olingan mablagʻlardan qaytarilishi mumkin. Tabiiy yoʻqotishlar summasi bank tomonidan eksport qiluvchi tabiiy yoʻqotishlar summasi toʻgʻrisida TSOYEAga kiritgan maʼlumotlar asosida qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari oldindan toʻlov asosida eksport qilinganda, yetkazib berish natijasida yuzaga kelgan yoʻqotish summasi xorijiy sherikka qaytarilishi lozim yoki keyingi yetkazib berishlar uchun oldindan toʻlov deb hisoblanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda eksport bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etilgan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymatiga tuzatishlar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Eksport kontraktlari va ularni bajarishga nisbatan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan talablar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonun hujjatlari talablari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda narx belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Eksport kontraktlari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining, muntazam faoliyat koʻrsatadigan meva-sabzavot maydoni yarmarka savdolari yakunlari boʻyicha yuzaga keladigan oʻrtacha narxlar hisobga olingan holda hamda jahon bozorlaridagi narxlar konyunkturasidan kelib chiqib, talab va takliflar asosida shakllanadigan bozor narxlari boʻyicha tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzagroeksport” AJ har hafta meva-sabzavot mahsulotlari uchun eksport narxlar darajasi toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalari va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxonada qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eksport kontraktlarida qayd etilgan narxlardan past boʻlmagan narxlarda va ushbu Nizomning 3 — 5-bandlari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning faktura qiymati valyuta invoysida koʻrsatiladi. Tijorat banklari tomonidan TSOYEATga milliy valyutadagi naqd mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan taqdirda, tovarlarning milliy valyuta ekvivalentidagi umumiy faktura qiymati bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kunda Markaziy bank kursi boʻyicha TSOYEATda bojxona rasmiylashtiruvi uchun qayd etilgan summadan oshmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarining eksport kontraktlariga xizmat koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Eksport kontraktlariga tijorat banklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki tomonidan 1 kun davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchi zarur hujjatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etgan paytdan unga xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisob-raqami ochiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli axborot olingan paytdan TSOYEAga oldindan toʻlov, tasdiqlangan akkreditiv ochilgani yoki birinchi toifali xorijiy bank kafolati toʻgʻrisida axborot kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlar kelib tushgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat banklari tomonidan toʻlov valyutasida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tadbirkorlik subyektlari yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq eksport qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Eksport qiluvchilar, tijorat banklari va davlat bojxona xizmati organlari TSOYEAga tegishli axborotning oʻz vaqtida kiritilishi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Nizom qoidalari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorining 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) eksport operatsiyalari boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chet eldagi tashkilotlarga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shuʼba korxonalar, firma doʻkonlar, dilerlik shoxobchalari va konsignatsiya omborlari), shuningdek — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolari — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiqilayotgan tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan;

qolgan eksport qiluvchilar uchun tovarlar, ishlar va xizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 120 kundan oshib ketmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar, shuningdek, “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni 30 bank kunidan ortiq taʼminlamagan import qiluvchilar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 10 foiziga teng miqdorda;

belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari summasining yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 20 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari summasining yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 70 foiziga teng miqdorda respublika budjeti daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qarorda belgilangan jarimalar qoʻllanilgan taqdirda, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik undirilishi muddatlaridan qatʼi nazar, ayni bir predmet boʻyicha qarzdorlik va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi eksporti hajmi boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga takroriy sanksiyalar qoʻllanilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tashqi savdo kontraktining sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta qoplamasi summasi (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) tadbirkorlik subyektlari hisob raqamiga tushganda ushbu tashqi savdo kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun tushgan sugʻurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
invoys — tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportiga schyot-faktura;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) II bobning nomiga “Tashqi savdo kontraktlariga” soʻzlaridan keyin “va invoys” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagi mazmundagi 41 band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadlari uchun invoyslarda quyidagi asosiy maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari;

invoys summasi;

eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR);

tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi;

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning oʻlchov birligi;

tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori;

tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish qiymati;

INKOTERMS boʻyicha yetkazib berish shartlari;

tashish turi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Invoyslar eksport qiluvchining (mavjud boʻlganda) imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 8-bandning uchinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda maʼlumotnoma faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga ilovada koʻrsatilgan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va xomashyo tovarlarini eksport qilishda (keyingi oʻrinlarda xomashyo tovarlari deb ataladi) va invoys asosida eksport qilishda rasmiylashtiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda eksportga bojxona rasmiylashtiruvi, invoys asosida eksport qilinadigan xomashyo tovarlari va tovarlardan tashqari, TSOYEAga hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarsiz amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) quyidagi mazmundagi 122-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eksport qiluvchilar tovarlar (xomashyo tovarlari bundan mustasno), ishlar va xizmatlar) eksportini toʻliq toʻlov ularning Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga tushgandan va ushbu axborot TSOYEATga kiritilgandan keyin eksport kontraktisiz invoys asosida amalga oshirish huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkakliklar, shuningdek, quritilgan sabzavotlar va mevalarni eksport qilish eksport bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha 20 ming AQSh dollariga teng boʻlgan miqdordan ortiq boʻlmagan summaga amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14.Eksport operatsiyalari boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chet eldagi tashkilotlarga (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shuʼba korxonalar, firma doʻkonlar, dilerlik shoxobchalari va konsignatsiya omborlari), shuningdek — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi aʼzolari — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiqilayotgan tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan eksport qiluvchilar uchun tovarlar, ishlar va xizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 120 kundan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar, shuningdek, “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni 30 bank kunidan ortiq taʼminlamagan import qiluvchilar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 10 foiziga teng miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 20 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari yoki “erkin muomala uchun chiqarish” rejimida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar) summasining 70 foiziga teng miqdorda respublika budjeti daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomda belgilangan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan taqdirda, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik undirilishi muddatlaridan qatʼi nazar, ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning amaldagi eksporti hajmi boʻyicha eksport qiluvchiga takroriy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport kontraktining sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta qoplamasi summasi (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) eksport qiluvchining hisob raqamiga tushganda, ushbu eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun tushgan sugʻurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 2-ilovaga quyidagi mazmundagi “g” band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) invoys boʻyicha umumiy maʼlumot *:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
invoys summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning oʻlchov birligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
INKOTERMS boʻyicha yetkazib berish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashish turi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Bojxona rasmiylashtiruvi kunidan boshlab 180 kun mobaynida eksport qiluvchi u tomonidan shartnomalar (kontraktlar) asosida chet eldagi korxonalar manziliga olib chiqib ketilgan tovarlar boʻyicha valyuta tushumi tushishini taʼminlashi, yoxud ushbu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda xorijiy valyutadagi tushumning tushishi muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi 30 bank kunidan ortiq (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchiga belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin soliq organlari tomonidan:

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 10 foiziga teng miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 20 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda -tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 70 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha sanksiyalar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi 30 bank kunidan ortiq (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchiga belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin soliq organlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar shartnomani (kontraktni) bojxona organida hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi. Bunda eksport qiluvchiga moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport kontraktining sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta qoplamasi summasi (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) eksport qiluvchining hisob raqamiga tushganda ushbu eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun tushgan sugʻurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshiga “tashqi savdo kontraktlari” soʻzlaridan keyin “va invoys” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxati

1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 22-maydagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 31-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati II boʻlimining 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 207-son qarorining 1-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda) va qarorga 1-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda) 1-ilovaning 20-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son qarori)” 2016-yil 14-noyabrdagi 385-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 102-modda) ilovaning 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)