Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
12.06.2026
11.09.2025 01
16.04.2025
24.10.2024
23.08.2024
16.02.2024
04.08.2022
16.07.2021
30.04.2021
20.03.2020
25.12.2019
16.07.2019
31.10.2018
12.10.2018
18.07.2018
20.06.2018
07.06.2018
07.03.2018
10.10.2017
27.02.2017
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zamonaviy talablar va iqlim xususiyatlariga javob beradigan formali kiyim va farqlovchi belgilarni ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash hamda tayyorlashni yanada tartibga solish va qatʼiy belgilash, harbiy xizmatchilar va davlat tuzilmalari xodimlarini qulay formali kiyim bilan taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, formali kiyim davlat tuzilmalari (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar) vakilining uslubi boʻyicha bir xil koʻrinishdagi yagona qiyofasini yaratishga moʻljallangan. Formali kiyim harbiy, idoraviy va maxsus kiyimlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Formali kiyim yagona namuna-etalonlar, materiallar, bichimlar, rang va farqlovchi belgilar boʻyicha tayyorlanadi hamda himoya va maʼlumot berish vazifasini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy formali kiyim — harbiy atributikaning toʻliq toʻplamidan foydalangan holda harbiylashtirilgan vazirliklar va idoralar harbiy xizmatchilari va xodimlariga moʻljallangan harbiy kiyim-kechak buyumlari toʻplami. Harbiy formali kiyimning namuna-etalonlari mazkur vazirlik va idoralar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy formali kiyim — harbiylashtirilgan vazirlik va idoralarga daxldor boʻlmagan, qisman harbiylar belgisi mavjud yoki undan foydalanmagan holda davlat muassasasi qiyofasini (imidjini) yaratishga moʻljallangan. Idoraviy formali kiyimning namuna-etalonlari tegishli davlat muassasalari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus formali kiyim — idora va tashkilot imidjini yaratish, harbiylar belgisidan foydalanmagan holda ularning xodimlari kiyishi uchun moʻljallangan. Maxsus formali kiyimning namuna-etalonlari tegishli idora va tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Formali kiyim kiyilishi nazarda tutiladigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eskizlar va namuna-etalonlarni kelishib olish tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
formali kiyimlar roʻyxatini (garderob tarkibini), uni kiyish qoidalari, kiyim-kechak buyumlari bilan taʼminlash normalari, undan foydalanish muddatlarini tasdiqlash vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchi yoki tegishli vazirliklar, idoralar va muassasalarning xodimlari boʻlmagan shaxslarning tasdiqlangan harbiy va idoraviy formali kiyimni, shu jumladan, ushbu formali kiyimlarning farqlovchi belgilari va (yoki) ramzlariga ega formali kiyimni kiyishi qatʼiyan man etiladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-iyundagi PQ-222-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 07/26/222/0592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan namunadagi harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh elementlari bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan farqlovchi belgilari va ramzlariga ega boʻlgan formali kiyim-boshni nodavlat tashkilotlar tomonidan joriy etish va ulardan foydalanish taqiqlanadi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-iyundagi PQ-222-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 07/26/222/0592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy va idoraviy formali kiyimni kiyish qonuniyligiga rioya qilinishini nazorat qilish garnizonlar boshliqlari va ichki ishlar organlari zimmasiga yuklanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
formali kiyimni tayyorlashga davlat buyurtmalarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy korxonalarda kiyim-kechak buyumlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, zarur xomashyo va materiallar, zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, harbiy xizmatchilarning har birini alohida himoya qilish vositalari va kiyim-bosh ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yoʻlga qoʻyish hamda ular bilan Qurolli Kuchlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tashkillashtirsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (R. Qosimov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzurida formali kiyimlarni loyihalashtirish boʻyicha ilmiy laboratoriyani 2-ilovaga muvofiq tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriyaning funksional vazifalarini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining tashkiliy tuzilmasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriyaning joriy taʼminoti, uni asbob-uskunalar, tashkiliy texnika bilan jihozlash vazirlikka har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirsin. Formali kiyim va farqlovchi belgilar namunalarini loyihalash ishlarini moliyalashtirish, uni tayyorlash boʻyicha normativ-texnik hujjatlarni tuzish bilan birga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning buyurtmanomalariga muvofiq buyurtmachi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Laboratoriyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrkamlik, gigiyenaga, ergonomika qoidalariga moslik, eskirish, yirtilish, choʻzilishga chidamli, yuqori va past haroratlarga hamda boshqa sifat mezonlariga muvofiq boʻlgan turli ahamiyatdagi qulay formali kiyimlar dizayni va zamonaviy ilmiy asoslangan standartining yagona konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, tayyor mahsulot namunalarini laboratoriya va dala sharoitida sinovdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning buyurtmanomalari boʻyicha formali kiyim va farqlovchi belgilar namunalarini loyihalash va ularni tayyorlash yuzasidan normativ-texnik hujjatlarni tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqimachilik va poyabzal sanoati sohasida ilmiy ishlanmalarni tashkil etish va olib borish, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maxsus maʼlumotlar bazasini yaratish va jamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yangi matolar, boʻyoqlar, koʻrkamlashtiradigan singdiriluvchi moddalar, formali kiyimlar, bosh kiyimlar, poyabzal, atributlarning yangi namunalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va antropologik tadqiqotlar asosida kiyim standartlarini harbiy xizmatchilar, xodimlar va ishchilarning formali kiyimlari oʻlchamlari maksimal darajada mos kelishini taʼminlash, shuningdek, xomashyo va materiallardan oqilona foydalanish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati (I. Haydarov) va “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi (M. Mansurov) tegishli ravishda “Oʻzbekyengilsanoat” AJ va “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi huzurida eng yangi uskunalar va moslamalar bilan jihozlangan matolar ishlab chiqarish va pardozlashga ixtisoslashtirilgan korxona, formali kiyimlar, poyabzal va atributlar tayyorlash boʻyicha alohida fabrikalar ishlashini tashkil etishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (M. Ikromov) Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev) hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Qarordan kelib chiqadigan hamda formali kiyim kiyish huquqi boʻlmagan shaxslarga nisbatan bunday kiyimlarni noqonuniy kiyib yurgani uchun jarima choralari, maʼmuriy va boshqa choralarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 27-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2800-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Formali kiyim kiyilishi nazarda tutilayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Vazirlik, idora va tashkilot nomi
Harbiy formali kiyim
1.
Mudofaa vazirligi
2.
Ichki ishlar vazirligi
3.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
4.
Davlat xavfsizlik xizmati
5.
DXX chegara qoʻshinlari
6.
Davlat bojxona qoʻmitasi
7.
Harbiy prokuratura
8.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati va Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi
9.
Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi
Idoraviy formali kiyim
2.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
3.
Prokuratura organlari
4.
Oʻzbekiston Republikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi
5.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Respublika maxsus aloqa uzeli” DUK
6.
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
8.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Maxsus formali kiyim
1.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK
2.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
3.
Idoraviy va idoraga qarashli boʻlmagan qoʻriqlash boʻlinmalari
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi formali kiyimlarni loyihalashtirish boʻyicha ilmiy laboratoriyaning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriya
boshligʻi
Laboratoriya
ilmiy rahbari
Marketing guruhi
Yagona standartlarni ishlab chiqish guruhi
Matolarni loyihalash guruhi
Matolarni boʻyash va ularga bezak berish guruhi
Maxsus kiyim-kechak dizayni va texnologiyasi guruhi
Teri mahsulotlari dizayni va texnologiyasi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element