28.10.2017 yildagi 877-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.10.2017 yildagi 877-son
Date of entry into force
31.10.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, bandlik masalalarini kompleks hal etish, band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish chora-tadbirlari natijadorligini kuchaytirish, kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, mehnat bozorining muvozanatiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish oʻrinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat buyurtmasining shakllantirilishini muvofiqlashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash metodikasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasining prognoz koʻrsatkichlari oʻz vaqtida va sifatli shakllantirilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 28-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
877-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qaroriga
1-ILOVA

Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom bandlik masalalarini kompleks hal etishni taʼminlash, band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish chora-tadbirlarining natijadorligini kuchaytirish, kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va mehnat bozorining muvozanatiga erishish maqsadida mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlari tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish oʻrinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasi — ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur tashkiliy-texnik tavsiflarga ega boʻlgan muayyan miqdorda ish oʻrinlarini tashkil etishni taʼminlash yuzasidan ish beruvchilarga berilgan topshiriq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmasi — mehnat bozori ehtiyojini malakali kadrlar bilan taʼminlash uchun zarur kasbiy malaka xususiyatlariga ega boʻlgan mutaxassislarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va umumiy oʻrta, shu jumladan nodavlat taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) berilgan topshiriq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etilgan ish oʻrni — ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) hajmini kengaytirish, shuningdek ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va qayta jihozlash munosabati bilan boʻshab qoladigan ish oʻrinlarini toʻldirish uchun ish beruvchi tomonidan yangi yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarida tashkil etilgan ish oʻrni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi — respublika hududlarida, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash prognoz koʻrsatkichlari, shuningdek tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish chora-tadbirlarini, ularni bajarishning aniq muddatlarini va masʼul ijrochilarni oʻz ichiga olgan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar tayyorlash prognoz koʻrsatkichlari — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan taʼlim muassasalariga qabul qilish kvotalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tayyorlashning oldindan belgilangan kasbiy-malaka tuzilmasi hamda ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan band boʻlmagan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda band boʻlmagan shaxslar deb ataladi) ishga joylashtirishga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olib, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kafolatli ishga joylashtirish uchun maqsadli ish oʻrinlarini tashkil etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozoridagi mutaxassislarga oldindan belgilangan ehtiyojini hisobga olib, taʼlim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlashning prognoz koʻrsatkichlarini aniqlash yoʻli bilan kadrlar tayyorlash tuzilmasini maqbullashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari tomonidan ish oʻrinlari tashkil etishga davlat buyurtmasini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ish oʻrinlari tashkil etishga davlat buyurtmasida davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga, hududlarni kompleks rivojlantirish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish dasturlariga (keyingi oʻrinlarda rivojlantirish dasturlari deb ataladi) kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xususiyatlarni aniqlash orqali oldindan belgilangan ish oʻrinlari soni aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ish oʻrinlari tashkil etish davlat buyurtmasi mehnat resurslarini jalb etish ehtiyojlaridan kelib chiqib rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish hamda band boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun kelgusi yil uchun shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning joriy va istiqboldagi tahlili asosida tashkilotlar har yili 1-sentabrgacha yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruv organlariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ish oʻrinlarini tashkil etish ehtiyojining birlamchi koʻrsatkichlarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ish oʻrinlari tashkil etishga ehtiyojning birlamchi koʻrsatkichlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish yoki mavjud quvvatlarni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish va servis, yangi turar joylar qurilishi sohalaridagi obyektlar hamda ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish evaziga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishni kengaytirish, yangi bogʻlar va tokzorlarni barpo etish, chorva mollari sonini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining tadbirkorlik faolligi oʻsishi, yangi tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlarini tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kreditlarini ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun foydalanilmayotgan binolarni investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar asosida “nol” qiymatda taqdim etish hamda davlat mulkini ijaraga berish orqali investitsiya loyihalari va xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish munosabati bilan zarur ish oʻrinlarini aniqlash asosida hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy mansub tashkilotlardan olingan ish oʻrinlari tashkil etish ehtiyojlarining birlamchi koʻrsatkichlari asosida har yili 1-oktabrgacha ish oʻrinlari tashkil etish davlat buyurtmasini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq aholi bandligiga koʻmaklashish Davlat dasturiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushuntirish xati bilan yuboradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili 20-oktabrgacha ish oʻrinlari tashkil etish davlat buyurtmasi belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini va Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi loyihasiga kiritilishini taʼminlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi har yili 1-noyabrdan kechikmay Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini tasdiqlash, amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ish oʻrinlari tashkil etishga davlat buyurtmasining shakllantirilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ish oʻrinlari tashkil etishga davlat buyurtmasini yuqori turuvchi tashkilotlarga ega boʻlmagan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) boʻyicha hududiy rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqib shakllantiradi. Ish oʻrinlari tashkil etish ehtiyojlarining birlamchi koʻrsatkichlari ushbu Nizomning 4 — 9-bandlarida qayd etilgan tartiblarga muvofiq ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shakllantiriladi, aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ish oʻrinlari tashkil etish davlat buyurtmasini shakllantirilish mintaqa hududida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning ishlab chiqarish (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hajmlari kengaytirilishi va oshirilishi uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, yangi xususiy va kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish tendensiyalarini tahlil qilish hamda tashkilotlarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkilotlardan olingan ish oʻrinlari tashkil etish ehtiyojining birlamchi koʻrsatkichlari asosida har yili 1-oktabrgacha ish oʻrinlari tashkil etish davlat buyurtmasini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushuntirish xati bilan yuboradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi har yili 1-noyabrgacha ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida belgilangan tartibda ish oʻrinlari tashkil etishga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini, Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturiga kiritilishini va Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi loyihasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasida davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, faoliyatning yangi yoʻnalishlarini, texnologiyalarni va investitsiyalarni joriy etish hamda kadrlar qisqarishini toʻldirish uchun zarur boʻlgan idoraviy mansub tashkilotlarning kadrlar tarkibini toʻldirish uchun taʼlim muassasalarida mutaxassislik va malaka boʻyicha kadrlar tayyorlash tuzilmasi va hajmi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognozlashtirish xodimlarning son va sifat tarkibining oʻrtacha yillik koʻrsatkichlarining oʻzgarishi, korxonalarni rivojlantirish biznes-rejalari va strategiyalari, bozor konyunkturasining marketing tadqiqotlari, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish tendensiya va dinamikasidan kelib chiqib tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kadrlarga boʻlgan ehtiyoj taʼlim muassasalari boʻyicha boshqaruv, ishlab chiqarish, texnik va yordamchi xodimlar bilan toʻldirish uchun ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish maqsadida tashkilotlar har yili 1-oktabrgacha ushbu Nizomga 4-ilovada nazarda tutilgan shaklga muvofiq kadrlarga boʻlgan ehtiyojni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda boʻysunuvda boʻlgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kadrlarga boʻlgan ehtiyoj haqidagi maʼlumotlar hududlarning joriy holati va ularni rivojlantirish istiqbollari hisobga olingan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining istiqboli hisobga olingan holda esa — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan aniqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aniqlashtirilgan maʼlumotlarga asosan yillar boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojni alohida koʻrsatgan holda, taʼlim darajasi boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini har yili 1-noyabrga qadar kelgusi prognoz yili uchun shakllantiriladi va ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Huquqni muhofaza qilish organlari Qurolli Kuchlar, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, davlat bojxona xizmati organlariga kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar (mutaxassislik yoʻnalishlari) boʻyicha buyurtmani shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatoriga kiritilgan mutaxassisliklar (mutaxassislik yoʻnalishlari, ixtisoslik), malakalar (ishchi kasblari, xizmatchilar lavozimlari) asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat organlari kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini amalga oshirishda zarurat tugʻilganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi kasblarni (mutaxassisliklarni) kiritish yoki talab boʻlmagan mutaxassisliklarni (mutaxassislik yoʻnalishlari, ixtisoslik), kasblarni (ishchi kasblari, xizmatchilar lavozimlari) bekor qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-dekabrga qadar kelgusi prognoz yili uchun taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash prognoz koʻrsatkichlarini shakllantiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taʼlim muassasalari boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash prognoz koʻrsatkichlarini tasdiqlash va tasdiqlangan koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat buyurtmasiga muvofiq ish oʻrinlarini tashkil qilish va kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ish oʻrinlarini tashkil qilish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini olgan tashkilotlar va taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz ssuda tarzidagi qaytariladigan subsidiya ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ssuda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qaroriga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ish oʻrinlarini tashkil qiluvchi korxona, tashkilotlarga — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalariga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda beriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ssuda uch yil muddatgacha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ssuda miqdori ish oʻrinlarini tashkil etish uchun davlat buyurtmasi dasturiga muvofiq yaratilgan bitta ish oʻrni yoki davlat buyurtmasi boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil qilingan bitta oʻquvchining oʻrniga qarab, qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 12 barobaridan oshmagan holda hisoblanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ssuda ajratish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki taʼlim muassasasi ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi dasturiga kiritilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki taʼlim muassasasining soliq qarzdorligi, tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kechiktirilgan qarzlari boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ssuda ajratish toʻgʻrisidagi qarorni tayyorlash uchun tashkilot yoki taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ssuda olish uchun ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ssuda berilishining maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash va uning qaytarilishi kafolati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi hisobot davri uchun soliqdan qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida soliq organlari maʼlumoti, shuningdek, muddati oʻtgan kredit qarzlari mavjud emasligi haqida xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidan maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ssuda qaytarilishini taʼminlash, shu jumladan garov, kafillik, bank kafolati yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa taʼminlash turlari.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida ssuda ajratish toʻgʻrisidagi qarorni yangi ish oʻrinlarini tashkil qilgan tashkilotlar boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, taʼlim muassasalari boʻyicha esa — Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelishish uchun yuboradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ssuda kelishilgan va tasdiqlangandan soʻng tashkilot yoki taʼlim muassasasining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ssuda olishning imtiyozli huquqi band boʻlmagan shaxslar uchun, shuningdek ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan tumanlarda ish oʻrinlari yoki taʼlim muassasalarida oʻquvchi oʻrinlari tashkil etuvchi tashkilotlar yoki taʼlim muassasalariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ssuda faqat uni olish uchun arizada koʻrsatilgan maqsadlar uchun, shu jumladan ish oʻrinlarini tashkil qilishda va fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini taʼminlashda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar, texnika, maxsus jihozlar sotib olish va oʻrnatish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Maqsadli foydalanilmagan yoxud ularni olish uchun boshqa shartlarni buzgan holda foydalanilgan ssudalar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash bilan qoplanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Ish oʻrinlarini tashkil etish ehtiyojning prognoz koʻrsatkichlari

_____________________________________________
‎(tashkilot nomi)

(joylashgan joyi)
‎_____________________________________________
(iqtisodiy faoliyat turi kodi)

Kasb (lavozim) nomi

XALIKK-2017*
‎boʻyicha kodi

Yillar boʻyicha ish oʻrinlarini
‎tashkil ehtiyoji, kishi

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎

Jami:

‎‎ ‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot rahbari‎ ________________________________‎

(imzo, muhr)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Ish oʻrinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasi*
‎__________________________________________________________
‎(davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi nomi)
__________________________________________________________
‎(joylashgan joyi)

Iqtisodiy faoliyat turi kodi

‎‎‎‎Ish oʻrinlari toifasi

‎‎Ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz parametrlari, kishi

‎Xodimlarning amaldagi soni‎‎

‎‎‏
‎‎‏
‎‎‏

Boshqaruv xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

‎‎

‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎ ‎‎

‎‎‏
‎‎
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎

‎‎

‎‎Jami:
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

Texnik xodimlar‎‎ ‎‎‎

‎‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎ ‎‎

‎‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Shaklga har bir tashkilot boʻyicha qoʻshimcha ehtiyojning aniqlashtirilgan prognozi Nizomga 1-ilovaga muvofiq ilova qilinadi. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari _______________________________‎

(imzo, muhr)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎‎‎Ish oʻrinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasi*
‎__________________________________________________________
‎(mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi nomi)
‎‎

‎‎‎‎Tashkilotning nomi va joylashgan manzili

Iqtisodiy faoliyat turi kodi

‎‎‎‎Ish oʻrinlari toifasi

‎‎Ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz parametrlari, kishi

‎Xodimlarning amaldagi soni‎‎

‎‎‏
‎‎‏
‎‎‏
‎‎
‎‎‏
‎‎‏
‎‎‏

Boshqaruv xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

‎‎

‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎‏‏
‎‎‏
‎‎

‎‎‏
‎‎
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎

‎‎

‎‎

Texnik xodimlar‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎

‎‎

‎‎

‏ ‎‎Jami: ‎‎ ‎ ‎‎‏
‎‎‏
‎‎

Boshqaruv xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

‎‎

Ishlab chiqarish xodimlari‎‎ ‎‎‎‎

Texnik xodimlar‎‎ ‎‎‎

‎‎‎

Yordamchi xodimlar‎‎ ‎‎

‎‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎* Shaklga har bir tashkilot boʻyicha qoʻshimcha ehtiyojning aniqlashtirilgan prognozi Nizomning 1-ilovaga muvofiq ilova qilinadi.‎ ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Mahalliy ijro hokimiyati organi rahbari _______________________________‎

(imzo, muhr)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida maʼlumot

_____________________________________________
‎(tashkilot nomi)
_____________________________________________
(joylashgan joyi)
‎_____________________________________________
(iqtisodiy faoliyat turi kodi)

Kasb (lavozim) nomi

XALIKK-2017* boʻyicha
‎kodi

Yillar boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj, kishi

‎‎‎ ‎‎
‎‎

Jami: ‎‎

‎‎
‎‎ ‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎Tashkilot rahbari‎ _______________________________‎

(imzo, muhr)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kadrlar tayyorlashga boʻlgan davlat buyurtmasi‎
__________________________________________________________________________________________________
(Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy ijro hokimiyati organi nomi)

Kasb (lavozim) nomi

XALIKK-
‎2017* boʻyicha
‎kodi

Yillar boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj, kishi

‎‎

‎‎
‎‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎

Tarmoq boʻyicha jami:‎‎

‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎‎‎Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organ rahbari ‎
‎_______________________________‎

(imzo, muhr)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish oʻrinlarini tashkil etishga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-oktabrdagi 877-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/877/0190-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)