Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2006 15.07.2004 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 15.07.2004 yildagi 335-son
Date of entry into force
15.07.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻQITUVChILAR MEHNATINI QOʻShIMChA RAGʻBATLANTIRIShGA DOIR EKSPERIMENT OʻTKAZISh VA XALQ TAʼLIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNING TARMOQ SETKASIGA OʻTISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2006-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada oʻqituvchi kasbining ahamiyati va obroʻ-eʼtiborini oshirish, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari mehnatini ragʻbatlantirish va ular hayotining moddiy shart-sharoitlarini yaxshilash yuzasidan izchil, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ish olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda xalq taʼlimi tizimi xodimlarining ish haqi miqdorlari bir necha marta oshirildi. Boshlangʻich sinflar oʻqituvchilariga oylik ustamalar, oʻqituvchilarga sinf rahbarligi, daftarlarni tekshirganlik, oʻquv kabinetlari va laboratoriyalariga mudirlik qilganlik uchun qoʻshimcha haq belgilandi va 2004-yil 1-sentabrdan boshlab ularning miqdori ancha oshirildi. Davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq oʻqituvchilar uchun pedagogik yuklama maqbullashtirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, oʻquv va tarbiya jarayoniga oʻqituvchilarning shaxsiy ulushini xolisona baholash masalasi nihoyatda murakkab ekanligini hisobga olgan holda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturida oldinga qoʻyilgan vazifalarni hal etish yuzasidan oʻqituvchilar va metodistlar mehnatini baholash mexanizmini va mezonlarini ishlab chiqish ishlarini yanada davom ettirish muhim ahamiyatga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqituvchilarning oʻquv-tarbiya jarayoniga shaxsiy ulushi mezonlarini aniqlashga yondashuvlarni ishlab chiqish va umumtaʼlim muassasalarining qobiliyatli, oʻz kasbiga sodiq oʻqituvchilarini moddiy ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika viloyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilarining keng ishtirokida oʻqituvchilarning yuksak kasb malakasini va ularning oʻquv va tarbiya jarayoniga shaxsiy ulushini hisobga oladigan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish masalalari muhokama qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika pedagogika jamoatchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2004/2005 oʻquv yili mobaynida, 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga kasb mahorati va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq ulushi, yuqori samaradorlik va oʻqitish sifati uchun — oʻquvchilarni test sinovi natijalari boʻyicha aniqlanadigan oʻquvchilarning taʼlim standartlarini oʻzlashtirib olish darajasiga qarab 25 foizgacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga ular tomonidan tarbiyaviy ishlar va sinfdan tashqari ishlar olib borilganligi uchun — oʻquvchilarning toʻgaraklar va seksiyalardagi muntazam mashgʻulotlarga va ijodiy faoliyatga jalb etilishi darajasiga qarab 15 foizgacha miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metodika kabinetlari metodistlariga oʻquv jarayonida foydalaniladigan oʻquv-metodik materiallar ishlab chiqishga, yangi pedagogika texnologiyalari joriy etishga, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasi keng yoyilishiga qoʻshgan shaxsiy ulushi uchun 25 foizgacha miqdorda tarif setkasiga oylik maxsus ustamalar belgilash boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari takliflarini umumlashtirish asosida umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va metodika kabinetlari metodistlarining shaxsiy ulushini aniqlashda va ularga ustamalar belgilashda qoʻllaniladigan asosiy mezonlar ishlab chiqilganligi hamda Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodika kabinetlari metodistlariga ustamalar belgilash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom (ilova qilinadi) tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarif stavkasiga koʻrsatilgan maxsus ustamalar umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodik kabinetlar metodistlariga oʻqituvchilar uchun umumtaʼlim muassasalari huzurida, metodistlar uchun esa — xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar qarorlari asosida belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tarkibiga umumtaʼlim muassasalari rahbarlari, pedagogika kengashi aʼzolari, shuningdek ota-onalar qoʻmitasining faol aʼzolarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus komissiyalarga rahbarlik qilish tegishli ravishda umumtaʼlim muassasalari hamda xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari rahbarlari zimmasiga yuklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilar va metodistlarning tarif stavkasiga ustamalarning xolisona, oshkora va toʻgʻri belgilanishi yuzasidan nazorat tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlariga yuklash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi (A.A. Azizxoʻjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi oʻtkazilayotgan eksperiment natijalarini 2004/2005 oʻquv yili yakunlari boʻyicha umumlashtirsinlar va tanqidiy baholasinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻquv-tarbiya jarayoniga hissa qoʻshgan oʻqituvchilar mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar. Bunda oʻtkazilayotgan eksperimentga xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish boʻyicha tayyorgarlik bosqichi sifatida qaralsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Xalq taʼlimi vazirligiga, tasarrufida umumtaʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar (idoralar)ga mazkur eksperimentni oʻtkazish davomida har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorga muvofiq joriy yilning 1-sentabridan boshlab umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va metodik kabinetlar metodistlari ish haqiga koʻrsatib oʻtilgan ustamalarni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur budjet mablagʻlarini ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2005-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda 2005-yil 1-sentabrdan boshlab xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish prinsiplari va mexanizmi toʻgʻrisida aniq takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 15-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 15-iyuldagi 335-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodik kabinetlar metodistlariga ustamalar belgilash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINChALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21 maydagi PF-3431-son Farmoniga muvofiq umumtaʼlim muassasalarining talantli, oʻz ishiga sadoqatli oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish, oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashning ularning oʻquv va tarbiya jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi bilan bevosita oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash yoʻli bilan oʻquv-tarbiya ishlarining natijadorligi va sifatini oshirish, shuningdek oʻqituvchilarning kasbiy va malaka darajasini oshirishning ragʻbatlantirilishini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom tadbiq etiladigan umumtaʼlim muassasalariga umumtaʼlim maktablari, barcha tur va nomlardagi maktab-internatlar, maktablar-litsey va gimnaziyalar (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasalari deb ataladi) kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom 2004-yil 1-sentabrdan boshlab amal qiladi va xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq setkasi joriy etilgunga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va metodistlar ish haqiga ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi qarorlar oʻqituvchilar boʻyicha — umumtaʼlim muassasalari huzurida, metodik kabinetlar metodistlari boʻyicha esa — xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiyalar deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tarkibiga umumtaʼlim muassasalari rahbarlari, pedagogika kengashi aʼzolari, shuningdek ota-onalar qoʻmitasining faol aʼzolari kiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maxsus komissiyalarni tegishli ravishda umumtaʼlim muassasalari va xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari rahbarlari boshqaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Umumtaʼlim muassasalari va xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari huzuridagi maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻqituvchilar va metodistlarning asosiy ish haqiga ustamalar belgilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maktablarning oʻqituvchilari va metodik kabinetlar metodistlari mehnatiga haq toʻlash miqdori, ushbu Nizomda belgilangan ustamalarni hisobga olib, Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq tarif stavkasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻqituvchilarning tarif stavkasiga har oylik ustamalar ularning kasb mahorati va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq hissasi, yuqori natijadorlik va oʻqitish sifati uchun, tegishli sinflar va predmetlar uchun davlat taʼlim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va koʻnikmalar toʻliq hajmining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishining oʻquvchilarni test sinovlaridan oʻtkazish natijalari boʻyicha belgilanadigan darajasi taʼminlanishiga bogʻliq holda tarif stavkasining 25 foizigacha miqdorda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustamalar ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan oʻquvchilar bilan tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar uchun har oylik ustama oʻqituvchi tarif stavkasining 15 foizigacha miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar uchun ustama toʻgarak, sport-ommaviy ishlarni faol va samarali amalga oshirgan, oʻquvchilarni insonparvarlik va mehr-muruvvat ruhida tarbiyalagan oʻqituvchilarga ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Metodik kabinetlarning metodistlariga ustama oʻquv jarayonida foydalaniladigan oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqishga qoʻshilgan shaxsiy hissa, yangi pedagogika texnologiyalarini joriy etganlik, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini keng ommalashtirganlik uchun tarif stavkasining 25 foizigacha miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Umumtaʼlim muassasalarida tuziladigan komissiyalar oʻqituvchilarning oʻtgan oʻquv yilidagi ishlarini baholash natijalari boʻyicha, ularga ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida har oylik ustamalar belgilaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xalq taʼlimini boshqarish organlari oʻqituvchilar yoki metodistlar faoliyati monitoringi va oʻquvchilarni test sinovidan tanlab oʻtkazish asosida tavsiya etilgan nomzodlarning va ularga belgilangan ustamalarning xolisonaligi va asoslanganligini tekshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqituvchilar va metodistlar ishlarining natijadorligini belgilash uchun ular faoliyati monitoringi tartiboti, oʻquvchilarni test sinovidan tanlab oʻtkazishni amalga oshirish tartibi, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishini baholash mezonlari Maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Olingan natijalar va maxsus komissiya qarorlari asosida tegishli umumtaʼlim muassasasi va xalq taʼlimini boshqarish hududiy organining buyrugʻi bilan har bir maktabning har oylik ustamalar olish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilari va metodistlar roʻyxati ustamalar miqdorlari koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ishlarning natijadorligi va kasbiy mahorat uchun, oʻqituvchining tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirganligi uchun hamda metodistlarga taʼlim jarayonini metodik taʼminlashni yaxshilashga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun ustamalar har bir oʻquv yili boʻyicha, oʻtgan oʻquv yilidagi ishlarning yakunlariga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Zarur hollarda, oʻqituvchi yoki metodistning oʻtgan oʻquv davridagi (chorak, yarim yillik va shu kabilar) ishlarini tekshirish yakunlariga binoan maxsus komissiya ustamalarning belgilangan miqdorlarini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Natijadorlik uchun ustama boshlangʻich sinflar oʻqituvchilariga — sinf bilan ish olib borishda muayyan koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha, predmet oʻqituvchilariga esa — oʻqitilayotgan fanga doir muayyan koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻqituvchiga bir yoʻla ikki xil: kasb mahorati va natijadorlik uchun hamda tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirganlik uchun ustamalar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xalq taʼlimini boshqarish tegishli organi hududiy moliya organi bilan kelishgan holda, har qaysi umumtaʼlim muassasasi va xalq taʼlimi hududiy organi boʻyicha ustamalarni belgilash uchun mablagʻlar hajmini tasdiqlaydi. Bunda kasb mahorati va natijadorlik, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar koʻrsatkichlarini belgilash boʻyicha tuman, shaharning barcha maktablari uchun yagona yondashuvga rioya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Taqdim etilgan maʼlumotlarning hamda ustamalarni belgilashning xolisonaligi va toʻgʻriligi uchun maxsus komissiyalar rahbarlari, shuningdek xalq taʼlimi va vazirlik (idora)ning tegishli organlari rahbarlari javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlar samaradorligini, eng talantli oʻqituvchilar nufuzini oshirish uchun tuman (shahar)ning eng yaxshi oʻqituvchilari roʻyxatlari mahalliy matbuotda eʼlon qilish uchun tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodika kabinetlari metodistlariga ustamalar belgilash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodika kabinetlari metodistlariga ustamalar belgilashning asosiy mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kasb malakasi va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq shaxsiy ulushi, oʻqitishning yuqori samarasi va sifati uchun umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga ustama belgilashda maxsus komissiyalar quyidagi asosiy mezonlardan kelib chiqadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning bilimlari, malaka va koʻnikmalari umumiy oʻrta taʼlim uchun belgilangan davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligi darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiya jarayonini oʻquvchilarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan individual xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturiga muvofiq bilimlarni oʻzlashtirish darajasining mustahkamligini taʼminlaydigan pedagogik ishning yuqori samarasi hamda test sinovi natijalari va baholashning reyting usullari boʻyicha belgilanadigan oʻqitishning yaxshi sifati, shuningdek qobiliyatli va iqtidorli oʻquvchilar bilan yakka tartibda ish olib borishning tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchi tomonidan oʻquv jarayonida oʻqitishning ilgʻor usullari va pedagogika texnologiyalari muvaffaqiyatli qoʻllanilishi, oʻquv-tarbiya ishlarining zamonaviy shakllari joriy etilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari tomonidan tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar olib borilganligi va oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashda ular tomonidan qoʻshilgan aniq shaxsiy ulush uchun ularga ustama belgilashda maxsus komissiyalar quyidagi asosiy mezonlardan kelib chiqadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning toʻgaraklar va seksiyalardagi muntazam mashgʻulotlarga va ijodiy faoliyatga jalb etilishi darajasi, oʻquvchilarning dam olishi tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalar, maʼnaviy hamda iroda bilan bogʻliq fazilatlar shakllantirilishi ishlarining samaraliligi va ularni kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb mahorati va oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazish saviyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning oʻzlashtirishini oshirishga hamda oʻsib kelayotgan avlodni jamiyatning maqsadlari va vazifalariga muvofiq tarbiyalashga qaratilgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish darajasi va ularning sifati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning keksa fuqarolarni otaliqqa olishlarini tashkil etish ishlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktabdagi taʼlim jarayonining metodik taʼminlanilishini yaxshilashga shaxsiy ulush qoʻshganligi uchun metodika kabinetlarining metodistlariga ustama belgilashda quyidagi asosiy mezonlar hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonida foydalanilayotgan oʻquv-metodik materiallar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiya jarayoniga yangi pedagogika texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va rahbarlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va yoyish ishlarining samarasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchilarning kasb mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan ishlar, oʻz fani boʻyicha taʼlim beruvchi seminarlar va maqsadli qisqa muddatli kurslar tashkil etish.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 324-modda)