Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 13.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 13.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-4
Date of entry into force
16.10.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-4]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-oktabrdagi 335-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“68. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti masalalari bilan bogʻliq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, tashqi savdo bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiyalar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan, tashqi siyosiy faoliyat bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 69-banddagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 70-banddagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 711-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“711. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi shart.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”,” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”da” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan” va Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 126-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“126. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy eʼlon qilinganidan keyin bir kun ichida joylashtirilishi shart.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 10/17/2565-4/0110-son)