|
T/r |
Konsert-tomosha faoliyati, shu jumladan: |
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun (bir jismoniy shaxs hisobiga) yillik boj miqdori, eng kam oylik ish haqining quyidagicha baravari miqdorida | |||||
|
reyting guruhlari boʻyicha | |||||||
|
I |
II |
III |
IV |
V |
VI | ||
|
1. |
yakka ijrochi konserti (bitta ijrochining konsert dasturi); bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi; turli janrlarning bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi (solist, musiqachi, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar) |
150 |
75 |
50 |
30 |
||
|
2. |
restoranlar, qahvaxonalar, barlar va xususiy uylarda yubiley tantanalariga xizmat koʻrsatish; restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylarda (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”, “charlar”), “sunnat toʻyi” tadbirlariga xizmat koʻrsatish; hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (solist, musiqachi, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar) |
20 |
10 | ||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.06.2001 yildagi 285-son
Date of entry into force
29.06.2001
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2015
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Konsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq hamda konsert-tomosha faoliyatiga soliq solishni, shuningdek gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklari, boshqa audio-video kassetalarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-iyuldan boshlab:
konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadigan reyting guruhiga koʻra tabaqalashtirilgan miqdorlarda davlat boji toʻlaydilar hamda budjetga davlat soliqlari va mahalliy soliqlar toʻlashdan ozod etiladilar;
faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda ular tomonidan boj davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi;
konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar summasi toʻliq miqdorda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi mintaqaviy boʻlimlarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi, litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻliq miqdorda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi ustavida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda berilgan litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish yuridik shaxslar tomonidan, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi beradigan bir martalik konsert-tomosha guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bir martalik konsert-tomosha guvohnomasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadi.
Bir martalik konsert-tomosha guvohnomasi berganlik uchun:
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;
viloyat markazlarida — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;
boshqa aholi punktlarida — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim mablagʻlari “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasiga tushadi va ulardan bir martalik konsert-tomosha guvohnomasini berish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashda foydalaniladi.
Faoliyatni litsenziyasiz va konsert-tomosha guvohnomasisiz amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qoʻllanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
konsert-tamosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun bojning tabaqalashtirilgan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasiga belgilangan tartibda, Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda oʻn kun muddatda estrada ijrochilarini tegishli reyting guruhlariga kiritish boʻyicha mezonlar va malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-4 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining takliflarini hisobga olgan holda oʻn kun muddatda litsenziyalarning va ularni berish toʻgʻrisidagi arizalarning namunaviy shakllarini, shuningdek:
gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini;
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirishga litsenziya bitimlarining namunaviy shakllarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2001-yil 1-oktabrgacha;
gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini;
ilgari gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslarga belgilangan tartibda litsenziya berilishini taʼminlasinlar.
7. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi xoʻjalik subyektlari tomonidan konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanishning belgilangan tartibiga rioya etilishining qatʼiy va hamma joyda nazorat qilinishini taʼminlasinlar, faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turlari bilan tegishli litsenziya olmasdan shugʻullanuvchi shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-iyun,
285-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji
STAVKALARI
Izohlar: faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda boj ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi.
Davlat boji miqdorlari (choraklar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanganda — davlat bojining tegishli qismi) toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan; — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 85-modda; 2002-y., 24-son, 200-modda; 2003-y., 21-son, 213-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 2014-y., 31-son, 380-modda)