Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2023 08.08.2017 yildagi 601-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.08.2017 yildagi 601-son
Date of entry into force
14.08.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va rivojlantirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 361-sonli “Favqulodda vaziyat roʻy berish xavfi yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son hamda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son farmonlarini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi kuch va vositalarining harakat qilishga tayyorgarligini oshirish, shuningdek aholiga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Dasturiy-texnik vositalar majmuasi bazasida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda XMAT deb ataladi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining tashkiliy-funksional tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar XMATning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida maʼlumotlarni yigʻish, ishlov berish, saqlash va yetkazish texnologik jarayoni majmuini avtomatlashtirishni taʼminlash, favqulodda vaziyatlar holatida muhofaza usullari va aholining harakatlari, yuzaga kelgan vaziyat toʻgʻrisida aholiga xabar berish va maʼlumotlarni yetkazishda barcha jarayonlarni real vaqt koʻlamida monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida respublika aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv organlari, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi kundalik boshqaruv organlari, respublika hududida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan va ajratiladigan (jalb qilinadigan) maxsus tayyorlangan kuch va vositalarga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. XMATni yaratish buyurtmachisi etib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasida va mahalliy darajada — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokal darajada — boʻysunuvida potensial xavfli obyekt mavjud tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt darajasida — xodimlar soni ellik nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlar belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi toʻgʻrisida respublika aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish sohasidagi tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi markaziy organ hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokal darajada va obyekt darajasida XMATni yaratish boʻyicha barcha texnik, loyihaoldi va loyiha hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018 — 2022-yillar davrida mavjud xabar berish tizimini demontaj va modernizatsiya qilishni, shuningdek respublika darajasidagi va mahalliy darajadagi XMATni bosqichma-bosqich ishga tushirishni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt darajasidagi va lokal darajadagi XMATni yaratish va ishga tushirish tadbirlari borishining har yillik tekshiruvini amalga oshirsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga XMATning texnik holati toʻgʻrisida axborot kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasidagi va mahalliy darajadagi XMATni yaratish, ishlatish va saqlashda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga amaliy yordam koʻrsatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasidagi, mahalliy va lokal darajadagi XMAT vositalarining saqlanishi taʼminlanishini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, XMATni yaratish, ishlatish va saqlash tadbirlarini moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasida va mahalliy darajada — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokal darajada va obyekt darajasida — tashkilotlarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari hamda tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMAT qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga yaratilishi (saqlanishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining soʻrovlari boʻyicha respublika darajasidagi va mahalliy darajadagi XMAT vositalarini montaj qilish uchun xonalar, maydonlar, antenna-machta qurilmalari va boshqa obyektlarni bepul taqdim etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz hududlarida oʻrnatilgan XMAT vositalarining saqlanishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshligʻining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi markazlashgan xabar berish tizimiga ekspluatatsion-texnik xizmat koʻrsatishni tashkillashtirish boʻyicha Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 21-dekabrdagi 3-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djoʻrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 8-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
601-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 601-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi (XMAT)ning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy-funksional tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Qisqartmalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AXT — telefon kanallar boʻyicha avtomatlashtirilgan xabar berish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TPEHM — texnologik personal elektron-hisoblash mashinasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BPEHM — boshqariladigan personal elektron-hisoblash mashinasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TKBQ — terminal kompleks boshqaruv qurilmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 601-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining (keyingi oʻrinlarda XMAT deb ataladi) maqsadi, asosiy vazifalari, uni yaratish, saqlash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi — favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, ishlov berish, saqlash va tarqatish, shuningdek favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari va muhofaza usullari, yuzaga kelgan vaziyat toʻgʻrisida aholiga xabar berish va maʼlumotlarni yetkazishda barcha jarayonlarni real vaqt koʻlamida monitoring qilish dasturiy-texnik vositalari majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar markazi — favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, ishlov berish, saqlash, qabul qilish va tarqatish xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terminal majmui — maʼlumotlarni qabul qilish, ishlov berish va audio- va vizual xabarlarni aks ettirish, shuningdek odamlarning ommaviy yigʻilish joylaridagi holat haqidagi maʼlumotlarni axborot markaziga axborotlashtirish vositalari orqali qabul qilish va tarqatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. XMAT toʻrt darajadan iborat boʻladi: respublika, mahalliy, lokal va obyekt.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMAT darajasiga qarab, xabar berish va maʼlumot (axborot yetkazishni) quyidagi tartibda taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika darajasida — umuman respublika aholisini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lokal darajada — potensial xavfli obyektdan zarar yetishi mumkin boʻlgan zonadagi aholini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt darajasida — obyekt ishchilarini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. XMATni yaratishdan maqsad — aholini va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va ularning oldini olish Davlat tizimi boshqaruv organlari (FVDT)ni favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi toʻgʻrisidagi ishonchli va tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar XMATning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, ishlov berish, saqlash va tarqatish texnologik jarayoni majmuini avtomatlashtirishni taʼminlash, shuningdek favqulodda vaziyatda muhofaza usullari va aholining harakatlari, yuzaga kelgan vaziyat toʻgʻrisida aholiga xabar berish va maʼlumotlarni yetkazishda barcha jarayonlarni real vaqt koʻlamida monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida respublika aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar organlarga, FVDT kundalik boshqaruv organlariga, respublika hududida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan va ajratiladigan (jalb qilinadigan) maxsus tayyorlangan kuchlar va vositalarga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqidagi maʼlumotlarni yetkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. XMATning tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. XMAT respublika, mahalliy va obyekt axborot markazlari, terminal majmualari va boʻlingan avtomatlashtirilgan quyi tizimlardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika axborot markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tarkibida tashkil etiladi. U rejalashtirish va axborot operatsiyalarini oʻtkazish, quyi axborot markazlari faoliyatini nazorat qilish, maʼlumotlarni tahlil qilish, aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish tizimi va terminal majmui faoliyatining ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy axborot markazi — hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibida tashkil etiladi. U rejalashtirish va axborot operatsiyalarini oʻtkazish, javobgarlik zonasida terminal majmui translatsiyalarini boshqarish, maʼlumotlarni tahlil qilish, aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish tizimi va terminal majmui faoliyatining ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyekt axborot markazi — potensial xavfli obyektlarda hamda ellik nafardan koʻp xodimlari boʻlgan obyektlarda tashkil etiladi. U axborot operatsiyalarini oʻtkazish, javobgarlik zonasida terminal majmui translatsiyalarini boshqarish, aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish tizimi va terminal majmui faoliyatining ishlash qobiliyatini nazorat qilish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Potensial xavfli obyektlar tarkibidagi obyekt axborot markazi zarar yetishi mumkin boʻlgan zonalardagi barcha aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishni taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Terminal komplekslari joylashgan va oʻrnatilgan terminal majmui tarkibiga koʻra quyidagilardan iborat boʻladi: axborot tablosi, oʻtuvchi yozuvlar qurilmasi, tovushni kuchaytiruvchi vositalar, videokuzatuv kameralari, radiotsion va kimyoviy nazorat vositalari va h.k.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tarqatilgan avtomatlashtirilgan quyi tizimlar axborot markazlari va terminal komplekslari oʻrtasida uygʻunlikni taʼminlash uchun moʻljallangan boʻlib, ommaviy axborot yetkazishning quyi tizimi, kuzatish va maʼlumot yigʻish, aloqa va axborot uzatish, axborot xavfsizligi, radiatsion va kimyoviy nazorat, tovushning hamohangligi va axborotning uzatilishi, XMATni boshqarish va nazorat qilish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. XMATni yaratish, saqlash va foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika va viloyat darajasidagi XMATlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda, har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan yaratiladi va saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika va viloyat darajasidagi XMATlar qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham yaratilishi va saqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Lokal va obyekt darajasidagi XMATlar potensial xavfli obyektlar hamda ellik nafardan ortiq xodimlari boʻlgan obyektlar tomonidan har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga yaratiladi va saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. XMAT faoliyati uchun moʻljallangan bogʻlovchi liniyalar va maʼlumotlarni uzatish kanallari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ustuvor tartibda, telekommunikatsiya xizmat tariflarini kamaytirish boʻyicha tashkilotning imtiyozini hisobga olgan holda, shartnoma asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, XMAT tasarrufida boʻlgan boshqarmalar bilan shartnoma tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli boʻlinmalariga, shartnoma shartlariga muvofiq, bogʻlovchi liniyalar va maʼlumotlarni uzatish kanallarining sozligi uchun toʻliq javobgarlik yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. XMAT faoliyati uchun elektr tarmoqlari “Oʻzbekenergo” AJ boʻlinmalari tomonidan ustuvor tartibda elektr xizmatlaridan foydalanish uchun tarif xizmatlarini pasaytirish boʻyicha tashkilotning imtiyozini hisobga olgan holda, shartnoma asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. XMATga foydalanish-texnik xizmat koʻrsatish XMAT tasarrufidagi boshqarmalar va aloqa va axborotlashtirish vositalaridan foydalanish, ularni sozlash va xizmat koʻrsatish sohasida oʻz faoliyatini yurituvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMAT qaramogʻida boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar XMATga foydalanish-texnik xizmat koʻrsatish uchun asosiy detallar, butlovchi va tarkibiy qismlar zaxirasini yaratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. XMATga foydalanish-texnik xizmat koʻrsatish davriy reglament ishlari, kompleks va texnik tekshirishlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika va viloyat darajasida XMATni ishlatish va unga foydalanish-texnik xizmat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lokal va obyekt darajasidagi XMATni ishlatish va unga foydalanish-texnik xizmat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishda translatsiya qilish uchun teleradiokanallarni ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshiruvchi mobil aloqa operatorlari orqali aholiga xabar berish va maʼlumotlarni yetkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kundalik faoliyat rejimida terminal kompleksidan ijtimoiy reklama, reklama-marketing va respublika aholisiga tegishli boshqa ijtimoiy muhim maʼlumotlar translatsiyasi uchun foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kundalik faoliyat rejimida reklama materiallari translatsiyasi terminal kompleksi ekranlarida efir vaqtining yetmish besh foizidan ortiq boʻlmagan hajmda amalga oshirilishi kerak. Qolgan vaqtda XMAT aholiga tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi borasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha axborotlar translatsiyasi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kuchaytirilgan faoliyat rejimida reklama materiallari translatsiyasi terminal kompleksi ekranlarida efir vaqtining ellik foizidan ortiq boʻlmagan hajmda amalga oshirilishi kerak. Qolgan vaqtda XMAT orqali sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini kamaytirish boʻyicha aholini, kuch va vositalar harakatlari, boshqaruv organlari tavsiyalari, yuzaga kelayotgan vaziyat toʻgʻrisida aholiga maʼlumot yetkazish va tayyorgarlik boʻyicha translatsiya amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Favqulodda vaziyat rejimida efirning toʻliq vaqtidan favqulodda vaziyat sodir boʻlganligi toʻgʻrisida aholiga xabar yetkazishda va ularni tayyorlashda, yuzaga kelgan vaziyatda aholi harakatlari boʻyicha maʼlumotlarni translatsiya qilishda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 815-modda)