Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2024 31.07.2017 yildagi PQ-3165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.07.2017 yildagi PQ-3165-son
Date of entry into force
07.08.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2024
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada davlat statistikasi tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotini yigʻish, toʻplash, saqlash, ishlov berish va eʼlon qilishning yaxlit tizimi shakllantirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, statistika ishlari amaliyotida foydalanilayotgan statistik maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish shakllari va usullari hali zamon talablariga hamda xalqaro standartlarga toʻliq darajada mos kelmaydi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, ilgʻor xalqaro tajribani chuqur oʻrganish hamda makroiqtisodiy hisob-kitoblarda zamonaviy matematik va dasturiy-texnik apparatdan keng foydalanish asosida statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishga nisbatan qoʻllanilayotgan usullar va yondoshuvlarni takomillashtirish talab etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, respublika va mintaqalar iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarining rivojlanish darajasini xolisona baholash imkonini beruvchi hisobot maʼlumotlarining toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlash borasidagi ishlar lozim darajada tashkillashtirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, iqtisodiy islohotlar, mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishining borishi yuzasidan ishonchli statistik kuzatuvlar oʻtkazish imkoniyatlari yetarlicha ishga solinmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini hamda hududlarni rivojlantirishda vujudga kelayotgan tendensiyalarning sabablari va omillarini ochib beradigan statistik materiallarning kompleks tahlili mavjud emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, statistika maʼlumotlarini xalqaro statistika nashrlarida chop etish yoʻli bilan respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari toʻgʻrisida xorijiy biznes jamoalari va xalqaro jamoatchilikning keng doiralarini xabardor qilish mexanizmlaridan sust foydalanilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, davlat statistikasi organlari faoliyatiga statistik maʼlumotlarni yigʻish va taqdim etish boʻyicha zamonaviy interfaol servislarni tatbiq qilish holati davlat statistikasi sohasidagi qoidabuzarliklarning oldini barvaqt olgan holda hisobotlarning hamda ularni toʻldirish masalalari boʻyicha maslahatlarning toʻgʻriligini interfaol tarzda tekshirish imkoniyatini taʼminlamaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, davlat statistikasi organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi statistika maʼlumotlaridan foydalanish, ularning shaffofligi va ochiqligini oshirish borasida statistika faoliyatini samarali tashkil qilishga mavjud resurslarni safarbar etish imkonini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistikasi tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qoʻllanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, koʻrsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarining sinovdan oʻtgan zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy qayta qurishlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida mamlakatimiz hamda chet ellardagi foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika maʼlumotlarining ishonchliligini, shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, shuningdek, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy darajalarda oʻrganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qamrab olinishini kengaytirishga qaratilgan statistika maʼlumotlarini yigʻish hamda ishlov berishning zamonaviy metodologiya va usullarini keng joriy etish yoʻli bilan statistik kuzatuvlar tizimini umumeʼtirof etgan xalqaro amaliyotga moslashtirishni davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz va xorijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika maʼlumotlarining maksimal darajada shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni, shu jumladan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid materiallar va koʻrsatkichlarni xalqaro statistika toʻplamlarida chop etishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlari rivojlanishini, iqtisodiyotda islohotlarni chuqurlashtirish va uni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika mintaqalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, aholi turmush darajasidagi sifat oʻzgarishlarini gʻoyat toʻliq ifodalovchi statistika axborotini tezkor va sifatli tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ishonchli davlat statistika hisobotini taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashish, statistika maʼlumotlarini taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklar profilaktikasining taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, statistik nazoratni amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik maʼlumotlarni yigʻish, ishlov berish, topshirish va tarqatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, statistika maʼlumotlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish, statistika maʼlumotlari yagona bankini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika organlarining tahliliy salohiyatini mustahkamlash, statistika ishlariga koʻrsatkichlarni vizuallashtirishning ilgʻor usullari joriy etilishini hamda tarqatilayotgan statistika axborotlari tahliliy va maʼlumotnoma materiallari bilan albatta toʻldirilishini, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun maʼruzalar, matbuot uchun axborot va maqolalar chop etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va idoraviy statistik kuzatuvlar tizimini optimallashtirish, tanlab olinadigan statistik tekshiruvlar miqdorini bosqichma-bosqich koʻpaytirish va ularning natijalari ishonchliligini oshirish yoʻli bilan obyektiv, sifatli va talabgor hisobot maʼlumotlarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz ilmiy va taʼlim muassasalari hamda chet ellardagi statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni tizimli asosda tashkillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi (B. Begalov) va uning oʻrinbosarlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari hamda mintaqalarni rivojlantirish koʻrsatkichlarining xalqaro miqyosda qiyoslanishi imkoniyatini taʼminlagan holda milliy statistika tizimining xalqaro statistika tizimiga yanada integratsiyalashuvi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyanomalariga muvofiq koʻrsatkichlar hisob-kitoblarining takomillashtirilgan usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlanayotgan statistika axborotini chuqur tahlil etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rolini kuchaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning jamoatchilik tomonidan eng koʻp talab etiladigan masalalari boʻyicha tahliliy materiallar, matbuot uchun axborotlar va statistika maʼlumotlarini chop etishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan davlat dasturlarining tadbirlari va iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari bilan oʻzaro bogʻliq holda har yili tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari Dasturining mazmunini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik hisob-kitobni tashkil etishni tizimli asosda tubdan yaxshilash hamda axborotni yigʻish va ishlov berishning xalqaro metodologiyasini tatbiq etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish koʻrsatkichlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, zamonaviy yondoshuvlar va usullarni qoʻllagan holda makroiqtisodiy hisob-kitoblarni aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takomillashtirilgan zamonaviy texnologiyalar va usullarni joriy etish asosida statistika maʼlumotlarini yigʻish, ishlov berish va taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistik hisobotning shakllarini soddalashtirish, tarmoqda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining funksional imkoniyatlaridan foydalanishni tubdan kengaytirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarida mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga zarur boʻlgan kapital mablagʻlar limiti ajratilishini nazarda tutsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston boʻyicha iqtisodiy va moliyaviy maʼlumotlardan keng foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy bank (M. Normurodov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Abduxakimov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilayotgan hamda keyinchalik xalqaro statistika va moliya institutlariga taqdim etish uchun Davlat statistika qoʻmitasida jamlanadigan iqtisodiy hamda moliyaviy koʻrsatkichlar roʻyxatini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 275 kishidan iborat tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq:
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda, qoʻmita markaziy apparati, hududiy organlari va idoraga qarashli tashkilotlar tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha lavozimga tasdiqlanadigan va undan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining boshliqlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda aholi oʻrtasida tanlab oʻtkaziladigan statistik tekshiruvlar va soʻroqlarni sifatli amalga oshirish, korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrida yuridik shaxslar hisobga olinishi toʻliqligini taʼminlash hamda ular faoliyatining holati oʻzgarishlarini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi sohasida qoidabuzarliklar profilaktikasi hamda statistika maʼlumotlarining toʻliqligi va ishonchsizliligini taʼminlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, ular uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi oʻz vaqtida va ishonchli statistik hisobga olinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalar rivojlanishining tizimli tahlilini amalga oshirish yuzasidan boshqa hududiy boshqaruv organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻida, ommaviy axborot vositalarida va mahalliy telekanallarda mintaqa rivojlanishini gʻoyat toʻliq tavsiflaydigan kompleks statistik va tahliliy axborotni keng yoyish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilayotgan statistika maʼlumotlarining ishonchliligini yanada oshirish maqsadida, ikki oy muddatda statistik hisobotlarni olishda statistika maʼlumotlarini chuqur tahlil qilishning takomillashtirilgan tartibini joriy etsin, maʼlumotlardagi nomuvofiqliklarni aniqlab, ularni xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda tezkorlik bilan bartaraf etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining jahon Internet axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytining mazmunini statistika maʼlumotlarining oshkoraligi, shaffofligi va ochiqligi jihatidan tanqidiy qayta koʻrib chiqsin, foydalanuvchilar uchun talabgir boʻlgan statistika axborotini, tahliliy materiallar va maʼruzalarni joylashtirish, maʼlumotlarni turli kesimlarda vizuallashtirish, “onlayn konsultant” rejimida foydalanuvchilar bilan tezkor muloqot olib borish mumkinligini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro nashrlarda mamlakatimiz toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari hamda boshqa axborotni joylashtirish maqsadida yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi (B. Begalov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrsin, hayʼat zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi tizimi faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tanqidiy koʻrib chiqish, statistika faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajalarda davlat statistikasi organlarining vazifalari va funksiyalarini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan ishlarini muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish takliflarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika ishlari bajarilishining natijadorligini har chorakda tanqidiy koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarning statistika organlari bilan statistik axborot ayirboshlashni tashkil etish, shuningdek, xalqaro statistika, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotni taqdim etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish asosida bajarilishini samarali nazorat qilishni taʼminlaydigan ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasida dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayʼatning sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkillashtirish, joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining eng muhim masalalarini muhokama qilish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hududiy organlari rahbarlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligi oshirilishini taʼminlagan holda ularning hisobotlarini tizimli asosda tinglab turishni tashkillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil II yarim yilligidan boshlab davlat statistika hisobotining qisqartirilayotgan shakllari roʻyxatini 6-ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining shaxsiy tarkibi va sonini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda oʻzlari ilgari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3165-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistik axborot sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul bajaruvchilar

Hisoblangan qiymat va moliyalashtirish manbalari* (ekvivalenti ming dollar)

I. Tahliliy ishlarni takomillashtirish, statistik maʼlumotlarni taqdim etish va tarqatishning zamonaviy vositalarini joriy etish

1.

Hisobot davrida statistik maʼlumotlar asosida statistik tahlilning zamonaviy usullaridan foydalangan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning tarkib topayotgan tendensiyalari sabab va omillarini yaqqol koʻrsatuvchi tahliliy materiallar, xatlar va maʼruzalar tayyorlash, ularni keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish.

Tahliliy xat va maʼruzalar

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi

2.

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Davlat dasturlarining bajarilishi toʻgʻrisida tahliliy xatni tayyorlash, keyinchalik uni Vazirlar Mahkamasiga va masʼul bajaruvchilarga taqdim etish.

Tahliliy xat

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

3.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning eng dolzarb masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida press-relizlar hamda maqolalar, shuningdek, respublikaning hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼriflovchi statistik axborotni tayyorlash va eʼlon qilish.

OAVda matbuot uchun axborot va maqolalar

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

4.

Jamoatchilik tomonidan eng koʻp talab etiladigan va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yutuqlariga oid Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tayyorlanadigan axborot asosida respublika va mahalliy telekanallar orqali axborot lavhalari, diagramma va jadvallarni namoyish etish amaliyotini kengaytirish.

Televizion roliklar

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

5.

Hisobot davrida respublika va uning hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi koʻrsatkichlarini Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy organlari rasmiy veb-saytida joylashtirish.

Rasmiy veb-saytdagi boʻlim

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan statistik maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etgan holda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat statistika qoʻmitasi sahifasini, shuningdek, messenjerlardagi guruhini ochish.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa, messenjerlardagi guruh

2017-yilning II yarim yilligi

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Koʻrsatkichlarni vizuallashtirishning ilgʻor metodlarini (toifalashtirilgan grafika, maʼlumotlarni makon boʻylab taqsimlash, infografika va boshqalar) statistik maqolalarga tatbiq etish.

Boshlangʻich kodi ochiq boʻlgan ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy veb-saytining mazmunidan va koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlaridan qanoatlanish toʻgʻrisida statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilar orasida muntazam soʻrovlar oʻtkazish.

Onlayn soʻrovnomalar

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi

II. Davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish va interaktiv xizmatlar sifatini oshirish

9.

Statistik maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ochiqligi oshirilishini nazarda tutgan holda Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy veb-saytining kontentini tanqidiy tahlil qilish va yangilash

Davlat statistika qoʻmitasining yangilangan rasmiy sayti

2018-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Qayta ishlanishi kerak boʻlgan maʼlumotlar hajmi ortib borayotganligini inobatga olgan holda Markaziy apparatni zamonaviy server uskunalari bilan jihozlash

Server uskunalarini xarid qilish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

4 000,0
Investitsiya dasturi

11.

Maʼlumotlarni vizuallashtirish f�nksiyasiga ega Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy vet-saytida statistik axborotni taqdim etishning interaktiv servislarini joriy qilish.

Boshlangʻich kodi ochiq boʻlgan dasturiy taʼminotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari yutugʻi monitoringi boʻyicha interaktiv servislarni tatbiq etish

Axborot sayti

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Xalqaro tashkilotlar va homiylarning mablagʻlari

13.

Statistik hisobot shakllarini toʻldirish hamda statistik shakllar toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish masalalari boʻyicha interaktiv maslahatlarni joriy etgan holda Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytida tadbirkorlarning shaxsiy kabinetlarini yaratish.

Tadbirkorlarning shaxsiy kabineti

2019-yil
1-iyulgacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Real vaqt rejimida tegishli statistik axborotga davlat boshqaruvi organlarining ulanishini taʼminlaydigan “Davlat boshqaruvi” axborot tizimlari kompleksini joriy etish.

“Davlat boshqaruvi” tizimlari axborot kompleksi

2020-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

15.

Statistik maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash yagona tizimini joriy etish hisobiga statistik axborotni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish.

Kompleks axborot tizimlari (KAT)

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

III. Yigʻma koʻrsatkichlar tarkibini va qoʻllanilayotgan hisob-kitoblar metodikasini yanada takomillashtirish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishini hisobga olish va statistikada aks ettirish tizimini yaxshilash

16.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklarini inobatga olgan holda davlat statistik hisoboti shakllari hamda tanlab olingan tekshiruvlar anketalarining tarkibi va mazmunini takomillashtirish

Statistik hisobot shaklini takomillashtirish

har yili

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

17.

Idoraviy statistik hisobot boʻyicha axborot yigʻish metodikasi va manbalarini tahlil qilish, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish masalalarida metodik yordam koʻrsatish.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-2018-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar.

18.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada statistik tahlilning dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini oʻrganish asosida takomillashtirilgan metodikalarni tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2019-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi

19.

“Milliy hisoblar tizimi — 2008” qoʻllanmasi asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasini takomillashtirish.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

20.

Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini inobatga olgan holda xonadon xoʻjaliklarini tekshirish va koʻrsatkichlar hisob-kitobi metodikasiga oid takomillashtirilgan savolnomani joriy etish.

Tekshiruv anketasi

2018 — 2020-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Statistikaning turli yoʻnalishlari boʻyicha tanlab oʻtkazilgan tekshiruvlarning natijalarini tahlil qilish uchun matematik va dasturiy-texnik apparatni takomillashtirish.

Dasturiy taʼminot

2018 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

22.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning dolzarb masalalari boʻyicha Oʻzbekistonning ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy statistik tadqiqotlarni kengaytirish

Idoralararo bitimlar

doimiy asosda

Davlat statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Statistik mahsulot sifatini nazorat qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish va sifatni boshqarish yagona tizimini yaratish.

Sifatni boshqarish konsepsiyasi

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi

IV. Xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish

25.

Xalqaro tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazalarida va maxsus nashrlarida Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot taqdim etish

har yili

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi

26.

Xalqaro tashkilotlarning 17 ta savolnomasini, shu jumladan BMT Statistika boʻlimi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Statistika boʻlimi, YUNESKO, FAO, ESKATO statistika instituti, MDH Statistika qoʻmitasi soʻrovnomalarini toʻldirish.

Soʻrovnomalarni toʻldirish

Soʻrovnomalar kelib tushishiga qarab

Davlat statistika qoʻmitasi

27.

Ochiq statistika koʻrsatkichlari tarkibini kengaytirish boʻyicha takliflar kiritib, ularni Davlat statistika qoʻmitasining statistik toʻplamlariga qoʻshish.

Takliflar tayyorlash

2017-yil
1-oktabrgacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

28.

Xalqaro valyuta fondining axborot resurslarida Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish.

XVFning Maʼlumotlar tarqatish umumiy tizimiga va Maʼlumotlar tarqatish maxsus tizimiga qoʻshilish boʻyicha tadbirlar

2017-yil
II yarim yilligi

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytidan foydalangan holda statistik maʼlumotlar va metamaʼlumotlarni ayirboshlashning xalqaro standartlarini (SDMX) joriy etish.

Dasturiy taʼminotni oʻrnatish

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

V. Statistika organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

30.

Tizim xodimlarini, shu jumladan iqtisodiy tahlil, modellashtirish va AKTni joriy etish sohasida 2 yilda kamida 1-marta malakasini oshirish.

Oʻquv mashgʻulotlari jadvali

2017 — 2021-yillar

Davlat statistika qoʻmitasi

31.

Boshqaruv kadrlari, shu jumladan Davlat statistika qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari rotatsiyasini oʻtkazish, tizimning quyi boʻgʻinlari xodimlarini markaziy apparatda stajirovkadan oʻtkazish.

Jadval boʻyicha

doimiy

Davlat statistika qoʻmitasi

32.

Statistikani takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining oʻquv-tematik dasturlarini yangilash.

Davlat statistikasi organlari xodimlarining malakasini oshirish dasturi

har yili

Davlat statistika qoʻmitasi

33.

Davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

Malaka oshirish dasturi

belgilangan muddatlarda

Davlat statistika qoʻmitasi

34.

Oʻzbekistonning yetakchi iqtisodiy oliy taʼlim muassasalarida sayyor seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qoʻmitasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2017
2021-yillarda Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirishga sarflanadigan jami xarajatlar:

ekvivalenti 4 375 ming AQSh dollari.

shulardan:

ming dollar

Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi

4 000,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

250,0

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlarining mablagʻlari va grantlar

125,0

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Chora-tadbirlarni amalga oshirishning uzil-kesil qiymati Davlat statistika ishlari dasturlari doirasida va tegishli tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tizimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILIY TUZILMASI

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari soni — 275 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 29 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari soni — 64 — 90 birlik (intervyuyerlarni hisobga olgan holda)*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 7-8 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 1052 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma:* boʻlinmalarning boshqaruv xodimlari soni statistik axborotlarni qayta ishlash hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** intervyuyerlarni hisobga olmagan holda. Intervyuyerlar soni — jami 121 birlik (har bir hududda 6 — 12 birlikdan).
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Yetakchi mutaxassislar soni bajariladigan davlat statistika ishlari hajmiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarining boshqaruv xodimlari soni — 3-4 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 755 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil ikkinchi yarim yilligidan boshlash davlat statistika hisobotining qisqartirilayotgan shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Statistik hisobot shakllari nomi

Taqdim etish davriyligi

I. Ortiqcha hisobotlarni unifikatsiyalash va qisqartirish orqali maʼlumotlar kompensatsiyasi bilan

1.

4-narx shakli “Yuklarni temir yoʻl transportida tashish tariflari toʻgʻrisida hisobot”

oylik

2.

5-narx shakli “Yuklarni havo transportida tashish tariflari toʻgʻrisida hisobot”

oylik

3.

6-narx shakli Yuklarni truboprovod transportida perekachka (transportirovka qilish) tariflari toʻgʻrisida hisobot

oylik

4.

3-invest shakli “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot”

yillik

5.

1-xizmat shakli “Aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida hisobot”

yillik

6.

3-eko shakli “Chiqindilar hosil boʻlishi, ulardan foydalanish va bir joyga toʻplash toʻgʻrisida hisobot”

yillik

7.

1-RM shakli “Rangli metalla parchalari va chiqindilari hosil boʻlishi hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot”

yillik

8.

7-kom shakli “Gazlashtirish toʻgʻrisida hisobot”

yillik

II. Tanlab olinadigan yangi tekshirishlarni joriy etish orqali maʼlumotlar kompensatsiyasi bilan

9.

1-lizing shakli “Lizing faoliyati toʻgʻrisida hisobot”

yillik

III. Idoraviy hisobdan foydalanish orqali maʼlumotlar kompensatsiyasi bilan

10.

1-geo shakli “Geologiya-qidiruv ishlarini bajarish toʻgʻrisida hisobot”

yillik