Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
05.07.2022
05.04.2022
21.09.2018
04.12.2017
10.07.2017
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlariga va ularning oila aʼzolariga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
452-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyuldagi 452-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqalar (keyingi oʻrinlarda nafaqa deb yuritiladi) miqdori va tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari xodimlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) harbiy xizmatchilariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ichki ishlar organlari xodimi, harbiy xizmatchisi va Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilar (keyingi oʻrinlarda xodim deb yuritiladi) xizmat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda halok boʻlganda uning oila aʼzolariga marhumning oylik maoshining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir tan jarohati yetkazilganda oylik maoshining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazilganda oylik maoshining 20 baravarigacha boʻlgan miqdorda nafaqa tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlganlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa toʻlanishi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yengil tan jarohati yetkazilgan xodimga nisbatan nafaqa tayinlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan kursant va tinglovchilar xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilganda yoki halok boʻlganda ushbu Nizomning 2 va 3-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan miqdorlarda stipendiya va ega boʻlgan maxsus (harbiy) unvon maoshi yigʻindisi miqdoridan kelib chiqib nafaqa hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlikning Maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi va joylardagi ushbu otryadlarning xodimlari hamda Portlatish qurilmalari va portlash xavfi boʻlgan predmetlarni aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha maxsus otryadi xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda halok boʻlganda oila aʼzolariga yoki ogʻir, oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazilganda ularga nafaqa miqdorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nafaqa tayinlashga nisbatan daʼvo muddati talablarining qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Nafaqani rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan holat yuz berganda bevosita uning rahbari yoki oʻrinbosari tashabbusi bilan xolislar ishtirokida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq yetkazilgan tan jarohati boʻyicha darhol dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Dalolatnomani rasmiylashtirishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek tan jarohatining xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yuz berganligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Dalolatnoma tan jarohati yetkazilgan xodim, rahbari yoxud rahbarning oʻrinbosari, voqea guvohi boʻlgan xodimlar yoki fuqarolar, voqea sodir boʻlgan hududdagi ichki ishlar organi rahbari, harbiy qism komandiri, Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Voqea sodir boʻlgan hududdagi ichki ishlar organi rahbari tomonidan yuqori turuvchi ichki ishlar organiga yoki harbiy qism komandiri yoxud Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari tomonidan Vazirlik rahbariyatiga yuz bergan holat yuzasidan zudlik bilan dastlabki axborot beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati yetkazilishining holati va sabablarini surishtirish uchun tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoki Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbarining yozma koʻrsatmasiga asosan xizmat tekshiruvi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xizmat tekshiruvi belgilangan tartibda tegishli ichki ishlar organi yoki sohaviy xizmat mansabdor shaxslari, harbiy qismning boʻlim va boʻlinma boshliqlari yoxud Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasining masʼul xodimlari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda xizmat tekshiruvini oʻtkazayotgan masʼul xodimlar xodimning halok boʻlishi yoxud tan jarohati yetkazilishi uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliqligiga, xizmat intizomi va qonun talablari buzilmaganligiga alohida eʼtibor qaratishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xizmat tekshiruvi davomida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov harakatlarini olib borayotgan mansabdor shaxs yoxud harbiy qism komandiri tomonidan xodimga yetkazilgan tan jarohatining darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasini tayinlash hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasini olish haqida qaror qabul qilinadi. Ekspert oldiga qoʻyiladigan savollar qatorida, xodimdan olinadigan qon namunasi tarkibida spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar mavjudligini tekshirishga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan yoki halok boʻlgan xodimlarning xatti-harakatlarida huquqbuzarlik, xizmat intizomini buzish holatlari yoki xodimdan olinadigan qon namunasi tarkibida spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar mavjudligi aniqlangan taqdirda, nafaqa tayinlashni rad etish masalasi koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Har bir holat boʻyicha sud-tibbiy ekspertiza muassasasining tegishli xulosasi olinadi va barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat tekshiruvini oʻtkazgan masʼul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa tuziladi. Mazkur xulosa xizmat tekshiruvini tayinlagan tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xodimning halok boʻlishi yoxud unga tan jarohati yetkazilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash vaqtida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki ishlar organlari (harbiy qism) hududida boʻlganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish vaqtida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asirlikda boʻlish (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar sodir boʻlganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish vaqtida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlarni bajarayotganda sodir boʻlgan boʻlsa xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Nafaqani toʻlash shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga asosan xodimga tan jarohati yetkazilishi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq deb topilsa, tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan sodir etilgan voqea yuzasidan quyidagi hujjatlar toʻplanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xodim va uning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tan jarohat yetkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) harbiy-tibbiy komissiya tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosa nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yuz bergan holat boʻyicha vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga muvofiq jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa, masʼul xodim tomonidan ushbu qaror nusxasi ham tegishli hujjatlarga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xodim xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan boʻlsa, tegishli ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari belgilagan masʼul xodim tomonidan mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham toʻplanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xodimning oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) merosxoʻrning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda uning meros olish huquqi toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan maʼlumotnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ichki ishlar organi rahbari yoki harbiy qism komandiri yoxud Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbarining xodimni shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nafaqani tayinlash uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun muddatda tuman, shahar va tarmoq ichki ishlar boʻlimi yoki boshqarmalari tomonidan tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yoki viloyat ichki ishlar boshqarmalarining Kadrlar boshqarmalariga yuboriladi. Mazkur hujjatlar ushbu organlarning Kadrlar boshqarmalari tomonidan toʻliq oʻrganilib, oʻn kun muddatda Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yoxud viloyat ichki ishlar boshqarmalarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda yoki tan jarohati yetkazilganda, tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va barcha hujjatlar xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga ilova qilingan holda besh kun muddatda Kadrlar boshqarmalariga taqdim etiladi. Ushbu hujjatlar tegishli Kadrlar boshqarmalari tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilib, oʻn kun muddatda Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Harbiy qismlar tomonidan nafaqa tayinlash uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun muddatda Vazirlikning Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasiga yuboriladi va ushbu Bosh boshqarma tomonidan barcha hujjatlar oʻn kun muddatda oʻrganilgach, vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalari tomonidan nafaqa tayinlash uchun toʻplangan barcha hujjatlar oʻn kun muddatda toʻgʻridan toʻgʻri Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vazirlik Markaziy apparati xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda yoki tan jarohati yetkazilganda, tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va barcha hujjatlar xizmat tekshiruvi natijasiga doir xulosaga ilova qilingan holda uch kun muddatda Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Agar yuz bergan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ushbu jinoyat ishi yakuni boʻyicha chiqarilgan hukm, ajrim va qarorlar qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Nafaqani rasmiylashtirish uchun yuborilgan hujjatlar Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan bir oy muddatda oʻrganib chiqiladi va nafaqa miqdorini aniq belgilab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda bir martalik toʻlanadigan nafaqa boʻyicha taqdimnoma (keyingi oʻrinlarda taqdimnoma deb yuritiladi) kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Taqdimnomaning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan nafaqa miqdori aniq belgilangan holda tasdiqlanganidan soʻng Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan ijro uchun xodimning soʻnggi xizmat yoki oʻqish joyiga, taqdimnomaning nusxalari esa maʼlumot va ijro uchun Vazirlikning Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasiga va Tibbiyot boshqarmalariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan saqlanadigan ichki ishlar organlarida — budjet mablagʻlari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻz hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlarida — oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida xodim ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazilganligi tufayli xizmatdan boʻshatilgandan soʻng, yetkazilgan tan jarohati tufayli bir yil ichida vafot etgan boʻlsa, uning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan miqdorda avvalgi toʻlangan nafaqa bilan xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda beriladigan nafaqa miqdori orasidagi farq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bunday holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlar umumlashtirilib, 21 va 25-bandlarda belgilangan tartibda Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida yetkazilgan tan jarohati uchun nafaqa ular muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgandan soʻng beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Nafaqa xodimning soʻnggi xizmat (oʻqish) joyidagi moliya xizmatlari tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Merosxoʻr voyaga yetmagan boʻlsa, nafaqa puli uning vasiy yoki homiysiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Nafaqani rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Xodim — xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilganda, shuningdek halok boʻlganda unga yoki uning oila aʼzolariga toʻlanadigan nafaqani rasmiylashtirish uchun toʻplangan barcha hujjatlar tegishli hududiy ichki ishlar organlarining Kadrlar boshqarmalari, harbiy qismlar va Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarining kadrlar boʻlimi va boʻlinmalari tomonidan xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan yoki halok boʻlgan xodimlar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar hisoboti mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda hududiy ichki ishlar organlarining Kadrlar boshqarmalari, harbiy qismlar va Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarining kadrlar boʻlimi va boʻlinmalari tomonidan moliya xizmatlari bilan kelishilgan holda tayyorlanadi va har chorak yakuni boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yuborilgan hisobotlar Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan umumlashtiriladi va ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq shaklda bir martalik toʻlangan nafaqalar toʻgʻrisida hududlar va muassasalar boʻyicha hisobotlar tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TASDIQLAYMAN” _____________________________________________ (ichki ishlar organi boshligʻi, harbiy qism komandiri yoki Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasasi rahbari) _____________________________________________ (lavozimi, unvoni, F.I.O.) _____________________________________________ (imzosi gerbi muhr bilan tasdiqlanadi)
Etkazilgan tan jarohati boʻyicha _________-son DALOLATNOMA
2. Tan jarohati yetkazilgan joy _________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ 3. Jarohatlangan (yaralanish, kontuziya, mayib boʻlgan) vaqt ___________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
(yil, kun, soat va minut)
4. Voqea tafsilotlari: ________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
5. Tan jarohati olishning sabablari: _____________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ 6. Tan jarohati olishning sabablari va holatlari boʻyicha xulosa:_______________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
Dalolatnomani tuzgan shaxslar:
1. __________________________________________________________________________________________ (fuqaroning aniq yashash manzili F.I.O., imzo) 2. __________________________________________________________________________________________ (egallab turgan lavozimi, unvoni, F.I.O., imzo) 3. __________________________________________________________________________________________ (egallab turgan lavozimi, unvoni, F.I.O., imzo)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik toʻlanadigan nafaqa boʻyicha TAQDIMNOMA
(halok boʻlgan yoki tan jarohati yetkazilgan xodimning lavozimi, unvoni, F.I.O.)
2. __________________________________________________________________________________________ (holat yuz bergan vaqt va uning tafsilotlari) ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasasi xulosasining qisqacha mazmuni) ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
4. __________________________________________________________________________________________ (xodimga yoki uning merosxoʻriga toʻlanishi tavsiya etilayotgan nafaqa miqdori)
Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (maxsus unvoni)
(xodim yoki uning merosxoʻriga toʻlanishi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan koʻrsatilgan nafaqa miqdori)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri (maxsus unvoni)
imzo
____________________________________
(F.I.O.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik toʻlangan nafaqalar boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOBOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Xodim/harbiy xizmatchining maxsus/harbiy unvoni, F.I.O., oxirgi xizmat yoki oʻqish joyi va lavozimi
Xodim/harbiy xizmatchining halok boʻlishi, tan jarohati olishining aniq vaqti va qisqacha tafsiloti
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasasi xulosasi, sanasi va raqami
Ichki ishlar organi rahbari /harbiy qism komandirining xodim/harbiy xizmatchini shaxsiy tarkib roʻyxatidan oʻchirish toʻgʻrisidagi buyrugʻining raqami va sanasi
Nafaqani olish huquqi berilgan xodim/harbiy xizmatchining merosxoʻri F.I.O., yashash joyi, pasportiga oid maʼlumotlar
Nafaqa toʻlangan sana va uning miqdori (aniq qoʻrsatiladi)
1.
2.
3.
4.
5.
Kadrlar boshqarmasi rahbari ______________________________________________________________
______________
________________
(maxsus unvoni, F.I.O.)
(imzo)
(sana)
Moliya-iqtisod boshqarmasi
(boʻlimi, boʻlinmasi) rahbari ______________________________________________________________
_____________
________________
(maxsus unvoni, F.I.O.)
(imzo)
(sana)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik toʻlangan nafaqa toʻgʻrisida hududlar va muassasalar boʻyicha

kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarilgan hujjatlar
Ijro etilgan hujjatlar
halok boʻlgan
ogʻir tan jarohati olgan
oʻrtacha ogʻir tan jarohati olgan
jami
1.
Vazirlik markaziy apparati
2.
Qoraqalpogʻiston IIV
3.
Andijon viloyati IIB
4.
Buxoro viloyati IIB
5.
Jizzax viloyati IIB
6.
Kashqadaryo viloyati IIB
7.
Navoiy viloyati IIB
8.
Namangan viloyati IIB
9.
Samarqand viloyati IIB
10.
Sirdaryo viloyati IIB
11.
Surxondaryo viloyati IIB
12.
Toshkent shahar IIBB
13.
Toshkent viloyati IIB
14.
Fargʻona viloyati IIB
15.
Xorazm viloyati IIB
16.
Akademiya
18.
Yongʻin xavfsizligi texnika instituti
19.
Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi
JAMI:
Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik toʻlangan nafaqa toʻgʻrisida hududlar va muassasalar boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOBOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 617-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)