Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustaviga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyuldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 29-son, 330-modda) 29-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻqish (stajirovka) natijalariga koʻra Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi toʻgʻrisidagi xulosa taqdim etiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-may,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 327-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 10-apreldagi 61-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 15-son, 125-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy- texnikaviy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 10-apreldagi 61-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2013-yil 5-fevraldagi 28-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 69-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 80-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 431-modda, 33-son, 864-modda)