19.05.2017 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.05.2017 yildagi 295-son
Date of entry into force
29.05.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Davlatga tegishli obyektlarni va aktivlarni xususiy mulk qilib sotishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha tanlov asosida sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtiriladigan foydalanilmayotgan koʻchmas davlat mulki obyektlari, shuningdek davlat korxonalari va xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan, vakolatli organlar va tuman (shahar) hokimliklarining qaroriga koʻra buzib tashlanadigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlari koʻrilayotgan koʻchmas davlat mulki obyektlari, shuningdek davlat korxonalari va xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, har bir hududning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, 3-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlarini buzib tashlash natijasida boʻshaydigan yer uchastkalaridan, shu jumladan ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga tanlov asosida berish yoʻli bilan ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorga 1-ilovaga kiritilgan davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish yuzasidan tanlovlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorga 2-ilovaga kiritilgan davlat mulki obyektlarini, shuningdek davlat korxonalari va xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlarni baholash va sotuvga qoʻyish jadvallarini tasdiqlasin hamda ularning bajarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar 3-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni buzib tashlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni buzishda boʻshaydigan foydalanish uchun yaroqli boʻlgan qurilish materiallarini sotishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet mablagʻlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 19-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
295-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 392-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 09/19/198/2728-son)