18.05.2017 yildagi 292-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.05.2017 yildagi 292-son
Date of entry into force
22.05.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasiga berilgan hamda uning tarkibida yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarori bilan Tarix instituti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) tarkibiga oʻtkazilganligi, shuningdek V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yadro fizikasi instituti, U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, M.T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Y. Gʻulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (keyingi oʻrinlarda yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar deb ataladi) yangidan tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxeologik va etnologik tadqiqotlarning nazariy va metodologik jihatlarini ishlab chiqish, XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshi Oʻzbekiston tarixini tizimli oʻrganishni tashkil etish, xolisona yondashuv asosida oʻzbek xalqining davlatchiligi tarixi boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish, oʻtmishning soxtalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik, jahonning sivilizatsion rivojlanishi bilan bogʻliqlikda Oʻzbekistonning yangi va eng yangi tarixi bilan bogʻliq masalalarni har tomonlama va chuqur tadqiq etish — Fanlar akademiyasi Tarix institutining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matematika fanlari: algebra va funksional analiz, differensial tenglama va matematik fizika, dinamik tizimlar nazariyasi, geometriya va topologiya, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, amaliy matematika va matematik modellashtirish matematika fanlarining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro standartlar darajasida ilmiy tadqiqotlar olib borish — Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro fizikasi, elementar zarralar va amaliy yadro fizikasi, qattiq jism radiatsion fizikasi va nanomateriallar fizikasi, yadro analitikasi va radiokimyo, ilmiy priborsozlik va amaliy elektronikaning istiqbolli yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borish — Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektronika, fotonika, molekulyar fizika va issiqlik fizikasi, yarim oʻtkazgichlar va yangi materiallar texnologiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, zamonaviy jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda original ion-plazma, lazer texnologiyalarini ishlab chiqish — Fanlar akademiyasining U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 84-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy va sintetik polimerlar, nanokompazitsion materiallar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, nanokimyo, nanofizika, yuqori molekulyar birikmalar nanotexnologiyalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish, polimer asosida uchinchi avlod energiyaning muqobil manbalarini yaratish, mahalliy polimer preparatlar, materiallar va texnologiyalarni yaratish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etish — Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sharq tillaridagi qadimgi va oʻrta asrlar sharq qoʻlyozmalari va tarixiy hujjatlarni saqlash, tizimlashtirish, restavratsiya qilish, raqamlashni taʼminlash, Oʻzbekistonda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalarning elektron bazasini yaratish va joriy etish, ular chuqur oʻrganilishini va ilmiy tavsiflari tuzilishini tashkil etish — Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek tili, adabiyoti va folklorlarining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va taʼlimotlarini tadqiq etish, oʻzbek tilining bazaviy akademik va oʻquv grammatikalarini yaratish, oʻzbek tilining fonetik tizimi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, oʻzbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy rivojlanishi tamoyillarini, shuningdek zamonaviy til va adabiy jarayonlar qonunlarini, milliy-adabiy anʼanalarning til va adabiyotning hozirgi holatiga taʼsiri masalalarini tadqiq etish, tillar va adabiyotlarning oʻzaro aloqasi bilan bogʻliqlikda oʻzbek tili va adabiyotining oʻziga xosligini oʻrganish — Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-noyabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/891/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-noyabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/891/0216-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tarix instituti, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yadro fizikasi instituti, U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Y. Gʻulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining tuzilmalari 1 — 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 84-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi prezidentiga, zaruriyat boʻlganda, ilmiy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga xodimlarning umumiy belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyini, shuningdek noyob ilmiy obyekt sifatida yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlarning alohida boʻlinmalarini joriy saqlab turish uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan tushumlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlarning ustavlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini va ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlarni yuqori malakali ilmiy kadrlar va istiqbolli yosh mutaxassislar bilan butlashni taʼminlasin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda yangidan tashkil etilgan ilmiy muassasalarning ilmiy tadqiqotlari mavzularini, ularning zamonaviy talablarga va jahon ilmiy yutuqlari darajasiga muvofiqligini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ilm-fanni koʻplab talab etadigan texnologiyalarga real ehtiyojidan kelib chiqib va amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni hisobga olib tanqidiy tahlil qilsin va qayta koʻrib chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika ilmiy tashkilotlarning yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligining Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutining VVR-SM tadqiqotchilik yadro reaktori faoliyat koʻrsatishini davom ettirishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarning ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi 12-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha binolar va inshootlarni operativ boshqarish huquqi bilan belgilangan tartibda bersin, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi esa qabul qilib olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 12-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bepul foydalanish huquqi bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Fanlar akademiyasining Tarix instituti Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 5-uy manzilida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti Toshkent shahri, A.Qodiriy koʻchasi, 7b-uy manzilida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fan va texnologiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tugatilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-texnik loyihalari, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulkini, shu jumladan avtotransport vositalari va yoqilgʻi-moylash materiallari limitlarini bir oy muddatda toʻliq xatlovdan oʻtkazsinlar, ularni Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalariga bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari roʻyxatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 13-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
292-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 07/19/4526/4064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 07/19/4526/4064-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
9-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 60 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 51 nafargachani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha jalb etilishi mumkin.
(9-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 09/20/139/0283-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
10-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292- son qaroriga
11-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
(11-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) Ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini boshqarish, shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma Fanlar akademiyasida yuridik shaxs tashkil etmasdan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi hamda Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarning ilmiy tadqiqotlarda salmoqli natijalarga erishgan ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Fanlar akademiyasining Prezidiumi tomonidan amalga oshiriladi. Quyidagilar Fanlar akademiyasi Prezidiumining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning kelgusi yilga daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil choragi yakunlari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va mablagʻlari xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga xorijiy grantlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlariga joriy xizmat koʻrsatish, shuningdek ularning hisobi va hisobotini yuritish Fanlar akademiyasining moliya-iqtisodiyot boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarning xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan manbalardan Jamgʻarmaga ajratmalar Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan har yili 25-dekabrgacha tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va keyingi yilda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarorlari asosida hamda tegishli yilga daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Fanlar akademiyasi Prezidiumining ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi qarori ochiq ovoz berish shartlarida yigʻilishda ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qaror Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlganda, Fanlar akademiyasi prezidentining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma mablagʻlari Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalariga erishgan ilmiy xodimlarini ularning bazaviy maoshlariga shaxsiy ustamalar belgilash va (yoki) bir yoʻla mukofotlash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlar sohasida yuqori darajadagi yangi natijalarga erishgan (yangi nazariyalar, qonuniyatlar, hodisalar, samaralar, tadqiqot usullari, yangi natijalarni nufuzli, iqtiboslar koʻp olinadigan ilmiy jurnallarda eʼlon qilish, monografiyalar, darsliklar va shu kabilarni nashr etish);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarda bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishga dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilgan;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi amaliy muhim natijalarga erishgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlariga va ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqotlarning yangi amaliy muhim natijalarini (yangi materiallar, texnologiyalar, priborlar, mashinalar, qurilmalar va shu kabilarni) joriy etgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan, litsenziyalash va amaliy qoʻllash uchun istiqbolli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari va xalqaro patentlarni olgan ilmiy xodimlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ilmiy tadqiqotlarda salmoqli natijalarga erishgan ilmiy xodimlarga ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mezonlarga bogʻliq ravishda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy ustamaning aniq miqdori Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan 3 oygacha boʻlgan muddatga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy xodimlariga Jamgʻarma mablagʻlaridan bir yoʻla mukofotlar toʻlash ular tomonidan yarim yilda va bir yilda olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari yakunlari boʻyicha bazaviy lavozim maoshining ikki baravari miqdorida toʻlanadi. Mukofotning aniq miqdori ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mezonlarga bogʻliq ravishda Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shaxsiy ustamalar va bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlar ilmiy xodimlar uchun Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori asosida Fanlar akademiyasi prezidentining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ilmiy xodimlarga belgilanadigan shaxsiy ustamalar va bir yoʻla toʻlanadigan mukofotning umumiy hajmi bir yilda tegishli ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshining toʻrt baravaridan ortiq miqdorda boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma mablagʻlaridan, zarurat boʻlganda, ilmiy xodimlarga bir yilda bitta bazaviy lavozim maoshi miqdorida bir yoʻla moddiy yordam berish uchun ham foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Nazorat, hisob va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma mablagʻlari shakllantirilishi va undan maqsadli foydalanilishi, shuningdek Jamgʻarma hisobidan bir yoʻla mukofotlar toʻlanishini belgilashning xolisligi va toʻgʻriligi uchun Fanlar akademiyasi prezidenti javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
13-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirishlar

1. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 13-maydagi 152-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 20-son, 222-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor — Oʻzbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori” bloki “Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor” bloki bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti” va Oʻzbek tili va adabiyoti muzeyi” bloklari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 371-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/891/0216-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 22.11.2019-y., 07/19/4526/4064-son; 11.03.2020-y., 09/20/139/0283-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 09.03.2022-y., 09/22/102/0190; 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son; 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)