04.05.2017 yildagi PQ-2950-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 04.05.2017 yildagi PQ-2950-son
Date of entry into force
05.05.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining bajarilishini taʼminlash hamda aeroport infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Toshkent” xalqaro aeroporti” davlat unitar korxonasiga Islom Karimov nomi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining har tomonlama tayyorlanishini va asoslanishini taʼminlash maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Maxsus komissiya tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlaydigan Kompleks chora-tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejim-qoʻriqlash chora-tadbirlari tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, aeroportda zamonaviy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yoʻlovchilarning bojxona, chegara va immigratsiya tartibotlaridan oʻtish vaqtini qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud tarkibni tanqidiy tahlil qilish hamda bojxona, chegara va immigratsiya xizmatlari, ichki ishlar organlari va aeroportda xizmat koʻrsatish infratuzilmasi xodimlari barcha toifalarini tanlashga nisbatan talabchanlikni oshirish, ular tomonidan xizmat vakolatlarining har qanday tarzda suiisteʼmol qilinishining oldini olish va ularga barham berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
poytaxtga va respublikaga keladigan yoʻlovchilar, mehmonlar va xorijiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatishning yuqori darajasini taʼminlash, Oʻzbekistonning bosh havo bandargohida oʻzbek xalqiga qadimdan xos boʻlgan samimiy iltifot va mehmondoʻstlik muhitini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutgan holda aeroportning tegishli infratuzilma xizmatlari faoliyati samaradorligini taʼminlash, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va ularning bagaji bilan ishlashning texnologik jarayonini optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatib qoluvchilar va kutib oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maxsus ajratilgan hududda avtotransportlar toʻxtash joylarini tashkil etish, obodonlashtirish masalalarini kompleks hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aeroportning barcha xizmatlari faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish, shuningdek, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning yanada qulay shart-sharoitlarini yaratish uchun ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 4-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2950-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2950-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha Maxsus komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

Ramatov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

Komissiya aʼzolari:

Tyan V.N.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining bosh direktori

Azizov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Komilov A.X.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

Xoʻjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

Gʻaniyev E.M.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri

Muratov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Mirzayev R.E.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari — chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

Toxiriy V.M.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

Sharapov A.K.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

Usmanov R.J.

Toshkent shahri hokimi

Maxkamov I.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, komissiya kotibi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)