Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019 27.03.2017 yildagi 159-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.03.2017 yildagi 159-son
Date of entry into force
03.04.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ–2731-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar, tadbirlar va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlashga doir ishlarni muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Komissiya tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya (A.J. Ramatov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining takliflari boʻyicha 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida, obyektlarning amaldagi holatini va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda har yili Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining asoslangan takliflari boʻyicha moliyaviy yil uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning manzilli dasturlari parametrlariga oʻzgartirishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlarining bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan buyurtmachilar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 27-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-martdagi 159-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan mablagʻlarni shakllantirish tartibini, Jamgʻarma mablagʻlarini moliyalashtirish va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) loyihalari va tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlarning oʻn foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobillarga gaz toʻldiradigan kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalarining oʻn foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamgʻarmalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan oʻn foiz miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay har oyda Jamgʻarmaga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobillarga gaz toʻldiradigan kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazga maxsus investitsiya ustamalari summasining oʻn foizi miqdoridagi mablagʻlar “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan “Oʻztransgaz” AK va uning tashkilotlaridan mablagʻlar tushgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida Jamgʻarmaga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalqaro moliya institutlarining va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari), jismoniy va yuridik shaxslarning, homiylik jamgʻarmalarining grantlari, ixtiyoriy badallari, xorijiy donorlarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarmaning gʻaznachilik shaxsiy raqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlarining va boshqa xorijiy donorlarning tartibotlari yoki xorijiy kreditlar va grantlarni berishning shartlarida boshqacha tartib belgilangan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimida ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy raqamlarida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida quyidagilarga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti tizimini, shu jumladan mahalliy bugʻ qozonlari qurish hamda koʻp kvartirali uylarga va ijtimoiy obyektlarga issiqlik energiyasi berish tizimlarini qurish yoʻli bilan yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
drenaj tizimini, shu jumladan drenaj quduqlari va kollektorlarni mukammal taʼmirlash va qurish hamda sugʻorish tizimlarini mukammallashtirish yoʻli bilan yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nukus va Urganch shaharlari uy-joy fondining koʻp kvartirali uylaridagi umumiy foydalaniladigan va uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash, shuningdek bolalar maydonchalari barpo etgan holda uylarga yondosh hududlarni obodonlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarini, Nukus va Urganch shaharlarini, shuningdek tumanlar markazlarini zamonaviy arxitektura-obodonlashtirish standartlari talablarini hisobga olgan holda obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan mavzelar ichidagi koʻchalar, maydonlar va xiyobonlarni, kichik bogʻlarni taʼmirlash hamda tashqi yoritish tarmoqlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chekka va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlaridagi aholi uchun suvni shoʻrsizlantiradigan qurilmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv taʼminoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvdan va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek sanitariya va maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimlarini yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat muassasalari, teatrlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar maydonchalari va axborot-resurs markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini boshqarish tizimi yanada takomillashtirilishini hisobga olgan holda choʻlga aylanishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturni amalga oshirish doirasida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturga kiritilgan loyihalarning tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar berishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻpi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga tijorat banklari tomonidan subsidiyalar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilash boʻyicha boshqa tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Investitsiyalar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Investitsiyalar boshqarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda joyning oʻziga borib Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan manzilli dasturlarni amalga oshirish boʻyicha komissiyaga (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) taqdim etish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining prognozini hamda choraklar va oylarga taqsimlagan holda prognozning yillik bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirish manbalari bilan bogʻliq holda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni bajarishning asosiy yoʻnalishlari yuzasidan Komissiyaga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining oylar boʻyicha roʻyxatini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida mablagʻlar oʻtkazadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uchun ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan manbalardan Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi prognozlarini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga moʻljallangan mablagʻlarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablagʻlar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 585-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda har yili 1-maygacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturni shakllantirish uchun ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida xarajatlar prognozi bilan birgalikda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashning dastlabki manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda tayyorlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur loyihasini hamda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturni amalga oshirish uchun keyingi yil uchun zarur boʻlgan xarajatlar prognozi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili joriy yilning 1-avgustigacha:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi yil uchun Jamgʻarmaga tushishi prognoz qilinayotgan mablagʻlar doirasida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturning yakuniy parametrlarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi yil uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur loyihasini, shuningdek Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini keyinchalik ularni kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturi hamda Davlat budjeti loyihalariga kiritish uchun koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga ajratiladigan subsidiyalar summasi keyingi yil uchun Jamgʻarma daromadlari prognozining oʻn foizi miqdorida belgilanadi. Zarurat boʻlganda ajratiladigan subsidiyalar summasi Komissiya qaroriga muvofiq aniqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 5 kun mobaynida keyingi yil uchun xarajatlarning belgilangan hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Tijorat banklari tomonidan loyihalar tashabbuskorlariga kreditlar berishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplash uchun tijorat banklariga subsidiyalar ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻpi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar maqsadli hisoblanadi va tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda banklar deb ataladi) tomonidan qatʼiyan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga milliy valyutada kreditlar berishda ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, dorivor oʻtlar va oʻsimliklarni, mahalliy mineral-xomashyo tabiiy resurslarini qayta ishlash asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, sovutish quvvatlari, zamonaviy chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklari, goʻsht, sut, teri va moʻynani qayta ishlash korxonalari barpo etish asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish, intensiv bogʻlar va zamonaviy teplitsa xoʻjaliklari tashkil etishning yangi texnologiyalarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Banklarning joylardagi filiallari ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni banklarning kredit siyosati doirasida belgilangan mezonlardan, shuningdek yangi ish oʻrinlari tashkil etishni, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni, shu jumladan energiyaning tiklanadigan manbalarini (quyosh kollektorlari va boshqalarni) qoʻllanishni, ularni milliy valyutadagi kreditlarni jalb etish hisobiga amalga oshirishni moʻljallagan loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan Orolboʻyi mintaqasidagi sanitariya-ekologiya vaziyatini yaxshilash chora-tadbirlarini nazarda tutadigan mezonlardan kelib chiqqan holda koʻrib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Amalga oshirishga tavsiya etilgan loyihalar roʻyxati loyihalar tashabbuskorlariga kreditlar ajratish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun tegishli kredit qoʻmitalariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Banklarning joylardagi filiallari har qaysi kredit oluvchi boʻyicha hujjatlar paketini tayyorlaydilar va ularni umumlashtirish uchun bosh banklarga yuboradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratish uchun bosh banklar kreditlar rasmiylashtirilishiga koʻra har oyda, har qaysi oyning 25-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun murojaatni quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga muvofiqligi toʻgʻrisida bosh bankning xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning yoki uning filialining kredit qoʻmitasi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditni qoplashning tasdiqlangan jadvali (ajratilayotgan subsidiya summasini oylarga taqsimlagan holda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgargan taqdirda ajratilayotgan subsidiyalar summasi kredit rasmiylashtirilgan kunda qayd etilgan darajada oʻzgarishsiz qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Taqdim etilgan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ular tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiyalar ajratish uchun asoslar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yetarli emas deb eʼtirof etilgan taqdirda rad etishning sabablari izohlangan holda rad etish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratish bosh bank tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay, bosh banklarning buyurtmanomalari asosida, loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalda qoplangan kreditning foizli xarajatlari summasidan kelib chiqqan holda, subsidiyani chegirib amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha tashabbuskori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga ajratiladigan subsidiyalar summasi kechikib qoplangan taqdirda kechikib toʻlangan summa toʻlashning tasdiqlangan jadvalida qayd etilgan summadan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizli xarajatlarni hisoblashga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratishga shartli misollar ushbu Nizomga 2-ilovada* keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Banklar tanlangan loyihalarning ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga muvofiqligi va ajratiladigan subsidiyalar summasi hisob-kitobining ishonchliligi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot tizimida ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy raqamidan sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlariga beriladigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ajratishni hisobga olgan holda, kreditni qoplashning tasdiqlangan jadvallari asosida tegishli banklar xarajatlarining tegishli smetalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash, shuningdek subsidiyalar ajratish yuzasidan majburiyatlar boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha qatʼiyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida xarajatlar toʻlovini obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashning tasdiqlangan manzilli roʻyxatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan toʻlov topshiriqnomalari hamda buyurtmachilarning bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobot maʼlumotlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashni bajarish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlash dastlabki ikki oy mobaynida prognoz qilinayotgan yil uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda avans toʻlovlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda, ajratilgan avansni mutanosib tarzda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizigacha miqdorida joriy moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada koʻrsatilgan kafolat muddati oʻtgach — qolgan 5 foizni pudratchiga toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asbob-uskunalar (shoʻrsizlantirish qurilmalari va boshqalarni) sotib olish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma umumiy summasining 30 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berishlarning amaldagi hajmidan kelib chiqib har oyda joriy moliyalashtirishni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamgʻarma mablagʻlarini Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun sarflash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamgʻarma mablagʻlarining joriy moliya yili yakunlari boʻyicha qoldiqlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot topshirish va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va sarflanishi boʻyicha hisobga olish va hisobot tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi va tegishli banklar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, jihozlash va taʼmirlashga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan foizli xarajatlarni Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarni amalga oshirish doirasidagi subsidiyalar tarzida qoplashga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Komissiyaga Jamgʻarmaning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturni bajarishga ajratilgan mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida, shuningdek ularning birlamchi hujjatlarga (schyot-fakturalarga) hamda amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) hajmlariga muvofiqligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining taqdim etilgan hisobot maʼlumotlari asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Jamgʻarma mablagʻlaridan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maqsadli foydalanish yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Xorazm viloyati hokimligiga va tegishli banklarga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 208-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 27.07.2018-y., 09/18/585/1583-son)