Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2019 17.03.2017 yildagi PQ-2844-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 17.03.2017 yildagi PQ-2844-son
Date of entry into force
27.03.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari va barcha aholi qatlamining imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanishini taʼminlash, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish orqali aholi bandligini yanada oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, shuningdek, tijorat banklarining yuridik shaxsni tashkil etmasdan yangi roʻyxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit ajratish boʻyicha quyidagilar koʻzda tutilgan soddalashtirilgan mexanizmni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar kreditlashga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼminot turlari bilan bir qatorda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida koʻrsatilgan vakolatlar doirasida kafilligi asosida ajratishni kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-yanvarga qadar mazkur qarorning 1-ilovasida qayd etilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlari ushbu qarorning 1-bandida koʻzda tutilgan qoidalarga binoan mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qatʼiy belgilangan soliq toʻlovlaridan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorning mazkur bandida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadigan qatʼiy belgilangan soliq toʻlovchilar ular davlat roʻyxatiga olingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida tugatilsa yoki uch yoxud undan koʻp oy muddatga faoliyatini toʻxtatsa, faoliyat koʻrsatgan davri uchun qatʼiy belgilangan soliqlarni toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qoʻy-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok koʻchatlari, urugʻ, mineral oʻgʻit, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yoʻli bilan yetkazib berishni tashkil etishga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida tegishli qishloq xoʻjaligi tovarlari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik subyektlarini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, tijorat banklari Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mazkur qarorning 2-ilovasida qayd etilgan uzoq va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan hududlarda yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandi talablaridan kelib chiqqan holda, yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet tarmogʻidan keng foydalangan holda, aholi oʻrtasida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tizimli asosda har tomonlama muntazam yoritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2844-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha imtiyozlar joriy etiladigan faoliyat turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Faoliyat turi nomi

1.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar.

2.

Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlari, toʻqimachilik va galantereya buyumlarini taʼmirlash va tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, trikotaj buyumlarini toʻqish, kashtachilik

3.

Hayvonlar terilari, moʻyna, toʻqimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va boʻyash

4.

Yakka tartibdagi buyurtmalar boʻyicha poyabzal tayyorlash va tikish, poyabzal taʼmirlash, boʻyash va tozalash.

5.

Attorlik buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash.

6.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash.

7.

Kalitlar yasash.

8.

Inventarni (xoʻjalik, sport, baliqchilik va hokazo) taʼmirlash va tayyorlash.

9.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash.

10.

Tayyor mebelni yigʻish, taʼmirlash va drapirovka qilish.

11.

Optika, soatlarni taʼmirlash, oʻymakorlik ishlari

12.

Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy buyumlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish.

13.

Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari.

14.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish.

15.

Milliy shirinliklar, pishloq va qurt mahsulotlari, nonbulka va qandolat mahsulotlari, popkorn, frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirib isteʼmol qilish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish.

16.

Dizayn boʻyicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik sanʼati.

17.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish.

18.

Paxta (ilgari isteʼmolda boʻlgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratadigan, olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlarning nomlanishi

Respublika boʻyicha jami 47 ta tuman, jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Taxtakoʻpir tumani

2.

Qonlikoʻl tumani

3.

Moʻynoq tumani

4.

Chimboy tumani

5.

Qoraoʻzak tumani

6.

Shumanay tumani

Andijon viloyati

1.

Paxtaobod tumani

2.

Boʻz tumani

3.

Ulugʻnor tumani

Buxoro viloyati

1.

Shofirkon tumani

2.

Qorakoʻl tumani

3.

Olot tumani

Jizzax viloyati

1.

Baxmal tumani

2.

Zomin tumani

3.

Forish tumani

4.

Yangiobod tumani

Qashqadaryo viloyati

1.

Dehqonobod tumani

2.

Chiroqchi tumani

3.

Mirishkor tumani

Navoiy viloyati

1.

Xatirchi tumani

2.

Nurota tumani

3.

Konimex tumani

4.

Tomdi tumani

5.

Uchquduq tumani

Namangan viloyati

1.

Mingbuloq tumani

2.

Chortoq tumani

Samarqand viloyati

1.

Kattaqoʻrgʻon tumani

2.

Qoʻshrabot tumani

3.

Paxtachi tumani

4.

Urgut tumani

Surxondaryo viloyati

1.

Uzun tumani

2.

Qiziriq tumani

3.

Oltinsoy tumani

4.

Boysun tumani

5.

Muzrabod tumani

Sirdaryo viloyati

1.

Sardoba tumani

2.

Guliston tumani

3.

Boyovut tumani

4.

Xovos tumani

Toshkent viloyati

1.

Boʻstonliq tumani

2.

Parkent tumani

Fargʻona viloyati

1.

Qoʻshtepa tumani

2.

Yozyovon tumani

3.

Soʻx tumani

Xorazm viloyati

1.

Qoʻshkoʻpir tumani

2.

Yangiariq tumani

3.

Yangibozor tumani

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 187-modda)