Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2022 15.03.2017 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.03.2017 yildagi 137-son
Date of entry into force
22.03.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli “Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targʻibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qoʻllab yuritishni koʻzda tutuvchi turistik (mehmonxona) yigʻim tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablagʻlardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushumlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistik (mehmonxona) yigʻim oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun undirilgan penya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Qoʻmita tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim muassasalarida stajirovkalardan oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni koʻrgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) xorijiy turizm yarmarkalarida, koʻrgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga aʼzolik badallari toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Qoʻmita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yoʻli ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) Qoʻmita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular boʻyicha foizlarni qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va koʻrgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini Qoʻmita raisining qarori bilan toʻlab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) Hukumat topshiriqlari asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bogʻli boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni ragʻbatlantirish. Mazkur ragʻbatlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) Oʻzbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablagʻlar oʻtkazish orqali ilgari surish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga oʻtgan chorak yakunlari boʻyicha tushgan umumiy mablagʻlarning — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga oʻtgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 5 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qoʻshni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan oʻtgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining oʻsishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab oʻzgartirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy valyutada poʻl oʻtkazish yoʻli bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) Jamgʻarmaga turistik (mehmonxona) yigʻimdan kelib tushadigan mablagʻlarning 10 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga oʻtkazish.
(7-bandning “f” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmita raisi va bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻmita Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻmita raisi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, oʻtov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini koʻrsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistik (mehmonxona) yigʻim — joylashtirish vositalari va davolash muassasalari 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq miqdorlarda ular yashagan har bir kun uchun undiradigan yigʻim. Toʻliq boʻlmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yigʻim toʻliq yashalgan kun miqdorida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda turistik (mehmonxona) yigʻim, shuningdek:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) subyektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali toʻlanadi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma — Qoʻmita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma maxsus hisob raqamlari — Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun Qoʻmita tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamlar.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Joylashtirish vositalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat turistik (mehmonxona) yigʻimni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish uchun foydalaniladigan, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochishga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushadigan tushumlar oʻtkaziladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida koʻrsatishga;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yigʻimning umumiy miqdorini koʻrsatgan holda mehmonxona xizmatlari koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) qoʻllagan holda turistik (mehmonxona) yigʻim undirilishi lozim boʻlgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoʻmitaga oʻz vaqtida taqdim qilishga;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga taqdim qilingan maʼlumotlarga muvofiq, oʻtgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini, toʻliq hajmda Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha oʻtkazilishini taʼminlashga majburdirlar. Bunda koʻrsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablagʻlari hisobidan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini jismoniy shaxslardan toʻliq boʻlmagan hajmda (notoʻgʻri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni toʻlab beradi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomning mazkur bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun masʼuliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi va davolash muassasalari.
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi har oyning 10 sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini yuritishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qoʻllagan holda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari oʻtgan oy yakunlari boʻyicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻtkazishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlarni shakllantiradi. Mazkur maʼlumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari boʻyicha shakllantiriladi va Jamgʻarmaning maxsus hisobraqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorining toʻliq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori Jamgʻarma maxsus hisobraqamiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yigʻim oʻtkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini oʻz vaqtida yoki toʻliq toʻlamasa, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda Dastur maʼlumotlari asosida turistik (mehmonxona) yigʻimning toʻlanmagan qismi uchun oʻn baravar miqdorida jarima toʻlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmita Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamlariga turistik (mehmonxona) yigʻim miqdorini toʻliq tushishini taʼminlash maqsadida, turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorlikni va Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilmagan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori uchun penyalarni undirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan ularning maxsus hisobraqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yigʻim miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan daromad soligʻi (yagona soliq toʻlovi), boshqa majburiy yigʻimlari hamda toʻlovlar olinmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ilova
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning tabaqalashtirilgan miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Joylashtirish vositalari

Xonalar soni

Turistik (mehmonxona) yigʻimining miqdori
(bazaviy hisoblash miqdorining foizida)

Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari*: mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar, oʻtovli lagerlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turistik qishloqlar, kempinglar va boshqalar

40 dan ortiq

15

11 — 40

10

10 gacha

5

Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar, yashash mumkin boʻlgan shifoxonalar va boshqalar

10

Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va boshqalar

Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan

(xonalar fondi 5 donagacha boʻlgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma, togʻdagi uy, qishloqdagi uy, apartamentlar, xostellar va boshqalar

5

Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti (mustaqil, turoperator orqali, turistik axborot byurosi va joylashtirish vositalari)

Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar

Davolash muassasalari

2

Oilaviy mehmon uylari (oʻrinlar soni 10 tagacha boʻlib, ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan) oʻtov

Notijorat maqsadlardagi shaxsiy uylar (kvartiralar)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 165-modda, 23-son, 478-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son; 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son; 08.03.2019-y., 09/19/198/2728-son, 04.05.2019-y., 09/19/372/3081-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)