Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2019 31.01.2017 yildagi PQ-2746-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.01.2017 yildagi PQ-2746-son
Date of entry into force
13.02.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar, mehnat organlarida roʻyxatga olingan band boʻlmagan fuqarolar hamda ishga joylashishga ehtiyojmand boʻlgan aholi boshqa qatlamlarining mikromoliyalash xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish, shuningdek yangi ish joylari tashkil etilishini taʼminlaydigan oilaviy, xususiy tadbirkorlikni va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va tijorat banklarining tajriba tariqasida Toshkent shahrida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mikrokreditlashning yangi sxemasini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, quyidagilar mikrokreditlash uchun qamrab olinadigan shaxslar orasida ustuvor kontingentlar hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlarida roʻyxatga olingan band boʻlmagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan aholi, shuningdek fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tavsiyanomalari boʻyicha ishga joylashishga ehtiyojmand boʻlgan boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar imtiyozli mikrokreditlashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik tadbirkorlik, eng avvalo oilaviy va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish oʻrinlari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozli kreditlar berish orqali yuqorida qayd etilgan shaxslar kontingentlari uchun ularni tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb etish maqsadida mikromoliyaviy xizmatlardan oson foydalanishlarini maksimal darajada taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining kam taʼminlangan va hojatmand qatlamlari daromadlarini oshirish, aholi bandligini taʼminlashda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rolini kuchaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar berilishining prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlikni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar beriladigan asosiy faoliyat turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, imtiyozli mikrokreditlar quyidagi shartlarda beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit summasi — eng kam ish haqi miqdorining 200 barobarigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarzni toʻlashga olti oy muddatli imtiyozli davrni hisobga olgan holda uch yilgacha muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik foiz stavkasi miqdorlari: bitta ish joyi yaratilganda — 9 foiz, ikkita ish joyi — 8 foiz, uchtadan toʻrttagacha ish joylari — 7 foiz, beshta va undan ortiq ish joylari yaratilganda — 6 foiz miqdorda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda murojaat etuvchilarga mikrokreditlarni rasmiylashtirish va biznes-rejalarni tayyorlashda har tomonlama tashkiliy koʻmak va amaliy yordam bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq agarda murojaat etuvchi tomonidan, qonun hujjatlari talablariga muvofiq beriladigan mikrokredit boʻyicha qaytarishni taʼminlay olmaslik holati vujudga kelganda tijorat banklari tomonidan mikrokreditni taʼminlash sifatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqining yuz barobarigacha miqdorda mikrokreditlashda — xarid qilinadigan mulkni va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari kafilligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqining yuz barobaridan ortiq miqdorda mikrokreditlashda — uchinchi shaxsning kafilligini, sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta polislarini va qonun hujjatlari doirasida boshqa taʼminlash turlarini qabul qilib olishlariga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchilarga mikrokreditlar berishda tijorat banklari kreditning umumiy summasida qarzdorning garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni hisobga olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amaldagi tijorat banklarini jalb qilgan holda 2017-yil yakunlari boʻyicha tajriba natijalarini umumlashtirsin va shu asosda ushbu mikrokreditlash tajribasini respublikaning barcha hududlariga yoyish takliflarini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 31-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2746-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PQ-2746-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar berilishining prognoz parametrlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Bankning nomlanishi

Mikrokreditlarni taqdim qiluvchi tijorat banklari filiallarining soni

Tijorat banklari tomonidan 2017-yilda taqdim etiladigan mikrokreditlarning prognoz qilingan miqdori

(mlrd sm)

1.

Oʻzmilliybank

16

35,0

2.

Oʻzsanoatqurilishbank

16

35,0

3.

Xalq banki

12

30,0

4.

Ipoteka bank

10

27,0

5.

Asaka bank

5

27,0

6.

Mikrokreditbank

1

12,0

7.

Aloqa bank

2

10,0

8.

Qishloqqurilish bank

1

6,0

9.

Boshqa tijorat banklari

63

95,0

Jami

126

277,0

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PQ-2746-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlikni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar beriladigan asosiy faoliyat turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Faoliyat turining nomi*

1.

Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari, hisoblash va kompyuter texnikasi, printer texnikasi taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish.

2.

Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signalizatsiyalarini taʼmirlash va oʻrnatish, kuzovni yuvish, polirovkalash, unga himoya va bezak qoplamalarini qoplash, salonni tozalash xizmatlari).

3.

Milliy shirinliklar, pishloq mahsulotlari, non va patir, qandolat mahsulotlari, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish.

4.

Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar.

5.

Metallni taʼmirlash ishlari (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy taʼmirlash).

6.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash.

7.

Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash va tozalash.

8.

Optika, soatlarni taʼmirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda oʻymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish).

9.

Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash.

10.

Oyna (oyna, rangli shisha va boshqa materiallardan yasalgan oynalar) ishlari, shishaga badiiy ishlov berish.

11.

Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash va tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, trikotaj mahsulotlarini toʻqish, kashtachilik.

12.

Kir yuvish xizmatlari, kir yuvish ishxonasini, shuningdek, dazmollash xizmatlarini tashkil etish.

13.

Dizayn (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik sanʼati boʻyicha xizmatlar.

14.

Jamoat hojatxonalari xizmatlari.

15.

Mebel yigʻish va taʼmirlash.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari iltimosnomasiga koʻra oilaviy tadbirkorlikning boshqa turlari ham taklif qilinishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 71-modda)