Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2004 09.06.2004 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 09.06.2004 yildagi 272-son
Date of entry into force
09.06.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT IShLARI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 30-avgustdagi 455-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda madaniyat va sanʼatni har tomonlama saqlash va yanada rivojlantirish vazifalarini hal etishda Madaniyat ishlari vazirligining rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat sohasida davlat siyosatini oʻtkazish, asrlar davomida shakllangan yuksak maʼnaviyat, anʼanalar va urf-odatlar, xalqimizning boy madaniy merosini milliy mustaqillik gʻoyalari asosida tiklash va yanada rivojlantirish;

milliy mustaqillik gʻoyalari, Oʻzbekiston xalqining madaniy va maʼnaviy-axloqiy anʼanalaridan kelib chiqqan holda respublika aholisi oʻrtasida madaniy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, fuqarolarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish, professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini keng targʻib qilish;

teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatimizni erkin demokratik rivojlantirishni aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama koʻmaklashish;

madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarini chuqur gʻoyaviy mazmun bilan boyitishni taʼminlash, respublika ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish;

madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanilishini, shuningdek madaniy boyliklarning chetdan keltirilishini va chetga olib chiqib ketilishini nazorat qilish;

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tayyorlash jarayonini takomillashtirish, kishilarni oʻzining umumtaʼlim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini ragʻbatlantirish, ularni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalariga erishtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

kutubxonalar, teatrlar, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bogʻlari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarni rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maʼnaviy boy, intellektual rivojlangan va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishidagi imkoniyatlaridan eng koʻp va samarali foydalanish;

ijodkor yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz talanti va isteʼdodini toʻliq namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi 1, 2-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat ishlari boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi hamda ular xodimlarining cheklangan soni 3, 3a, 4-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 38 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 30 nafar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziriga xodimlarining cheklangan umumiy soni va uning taʼminoti xarajatlari smetasi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 9-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
272-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-iyundagi 272-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-iyundagi 272-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-iyundagi 272-son qaroriga
3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-iyundagi 272-son qaroriga
3a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-iyundagi 272-son qaroriga
4-ILOVA

Madaniyat ishlari hududiy organlari xodimlarining cheklangan soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‏T/r

‎‏Hududlar

‎‏Xodimlarning cheklangan umumiy soni

‎‎shu jumladan boshqaruv
‎xodimlari soni‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari‎

Tuman (shahar) madaniyat ishlari boʻlimlari‎

1.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

28‎

8‎

18‎

‎2.

Andijon viloyati‎

‎25

5‎

18‎

3.‎

‎Buxoro viloyati

‎25

‎8

‎15

‎4.

‎Jizzax viloyati

‎20

‎6

‎13

‎5.

Qashqadaryo viloyati‎

‎21

‎6

14‎

‎6.

Navoiy viloyati‎

‎17

‎5

‎11

‎7.

Namangan viloyati‎

‎19

‎5

13‎

‎8.

‎Samarqand viloyati

‎29

8‎

‎18

‎9.

‎Sirdaryo viloyati

18‎

‎5

‎12

‎10.

‎Surxondaryo viloyati

‎24

‎7

‎15

‎11.

‎Toshkent viloyati

‎28

‎6

20‎

‎12.

Fargʻona viloyati‎

26‎

‎5

19‎

‎13.

‎Xorazm viloyati

‎22

‎8

‎12

‎14.

‎Toshkent shahri

‎25

11‎

‎11

‎Jami:

327‎

93‎

209‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-iyundagi 272-son qaroriga
5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat ishlari boʻlimlari, “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi, “Oʻzbekdavlatsirki” respublika birlashmasi, “Oʻzbekmuzey” respublika jamgʻarmasi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar ilmiy-metodik markazi, Respublika metodika va axborot markazi, Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Respublika muzeylari, “Sahnadagi sirk” koʻchma korxonalar direksiyasi, Akademik, xalq va badiiy jamoalar direksiyasi, “Guliston”, “Teatr”, “Moziydan sado” jurnallari tahririyatlari, Badiiy ekspertiza boshqarmasi, Markazlashtirilgan buxgalteriya, Orkestrlar (simfonik orkestr, kamer orkestri, xalq cholgʻu asboblari orkestri), Ijodkor yoshlar uyi, Vazirlikka qarashli boshqa madaniyat va taʼlim muassasalari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Vazirlikka va mahalliy davlat hokimiyati tegishli organiga hisob berishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Madaniyat ishlari vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat sohasida davlat siyosatini oʻtkazish, asrlar davomida shakllangan yuksak maʼnaviyat, anʼanalar va urf-odatlar, xalqimizning boy madaniy merosini milliy mustaqillik gʻoyalari asosida tiklash va yanada rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy mustaqillik gʻoyalari, Oʻzbekiston xalqining madaniy va maʼnaviy-axloqiy anʼanalaridan kelib chiqqan holda respublika aholisi oʻrtasida madaniy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, fuqarolarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish, professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini keng targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatimizni erkin demokratik rivojlantirishni aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarini chuqur gʻoyaviy mazmun bilan boyitishni taʼminlash, respublika ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanilishini, shuningdek madaniy boyliklarning chetdan keltirilishini va chetga olib chiqib ketilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tayyorlash jarayonini takomillashtirish, kishilarni oʻzining umumtaʼlim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini ragʻbatlantirish, ularni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalariga erishtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutubxonalar, teatrlar, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bogʻlari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarni rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maʼnaviy boy, intellektual rivojlangan va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishidagi imkoniyatlaridan eng koʻp va samarali foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodkor yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz talanti va isteʼdodini toʻliq namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi va qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishni taʼminlaydi, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tayyorlash jarayonini, kishilarni oʻzining umumtaʼlim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini ragʻbatlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va sanʼatining eng yaxshi namunalariga erishtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzeylarda milliy mustaqillik gʻoyalariga hamohang boʻlgan, oʻzbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur oʻrganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish boʻyicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisini Oʻzbekiston xalqlari tarixi toʻgʻrisida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida kishilarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va eʼtirof etish tuygʻusini tarbiyalashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, qoʻriqlash, targʻib qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini joriy etish, konservatsiya va rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarining amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini aniqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, muhofaza qilish, targʻib etish va ulardan foydalanishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritadi, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy qiymatga ega boʻlgan buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy boyliklarning chetga olib chiqib ketilishi, vaqtinchalik olib chiqib ketilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madaniy boyliklarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chetga olib chiqib ketiladigan, vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan, shuningdek olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarning ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish huquqiga sertifikatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tutib qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan oʻtkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va solistlarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada va xorijiy mamlakatlarda festivallar, koʻrik-tanlovlar, professional sanʼat va havaskorlik sanʼati koʻrgazmalari oʻtkazishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika madaniyat saroylarida, konsert zallarida va stadionlarida oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy hamda konsert tadbirlarining mavzularini, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz taʼlim muassasalarida dars berish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini va sanʼat arboblarini, yetakchi mutaxassis pedagoglarini taklif qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellarda oʻqiyotgan va samarali ijodiy faoliyat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston ijodkor yoshlarining respublikada oʻtkaziladigan koʻriklarda, tanlovlarda va festivallarda qatnashishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli yoshlarning ijodiy safarlarini tashkil qiladi hamda ularning xalqaro miqyosda va respublika miqyosida sanʼat sohasida oʻtkaziladigan koʻriklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kulturologiyani, teatrshunoslikni, sanʼatshunoslikni, musiqashunoslikni va mazkur sohadagi boshqa ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantirish, oliy oʻquv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boshqarmalari va boʻlimlari hamda oʻziga qarashli boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyatning barcha sohalariga taalluqli tegishli axborotlarni vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimiga kiruvchi teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-maʼrifiy va taʼlim muassasalarini jihozlash uchun zarur boʻlgan yoritish va ovoz kuchaytirish asbob-uskunalarini, musiqa asboblarini, boshqa zarur jihozlarni sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzey fondlarini va asarlar koʻrgazmalarini toʻldirish uchun tarixiy-badiiy qimmatga ega boʻlgan materiallarni, tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼati, kino asarlarini, noyob qadimiy raritetlarni, shuningdek sahna va musiqa asarlarini, qoʻshiqlarni aniqlash va sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada oʻtkaziladigan xalqaro tanlovlar, koʻriklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy jamoalarni va alohida ijrochilarni taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat muassasalari badiiy havaskorlik jamoalariga “Xalq havaskorlik jamoasi” faxriy unvonini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifalarini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat sohasidagi iqtidorli yoshlar vakillarini aniqlash, ularni chet ellarga oʻqishga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimiga kiruvchi oʻquv yurtlarida, taʼlim muassasalarida dars berish, shuningdek master-klasslar oʻtkazish uchun yuqori malakali professorlar va oʻqituvchilarni, respublikamizning va chet ellardagi taniqli sanʼat arboblarini shartnoma asosida taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng iqtidorli sanʼat arboblari, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat sohasi xodimlari nomzodlarini mukofotlashga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlik madaniyat sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar va boʻlimlar, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlikda 7 kishi — Vazir (rais), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazir taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik hayʼati Vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) madaniyat ishlari boʻlimlari oʻz faoliyatini tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Vazir tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) madaniyat ishlari boʻlimlari mudirlari tegishli tuman (shahar) hokimlari taqdimnomasiga binoan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Madaniyat ishlari vazirligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 9-iyundagi 272-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-apreldagi 207-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 30-iyundagi 305-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarorining 6-bandi va ushbu qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga 5-ilovaning II boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 267-modda)