12.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2808
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 12.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2808
Date of entry into force
18.07.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2808]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 27-fevraldagi 2024-24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2808-3, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2808-3/0246-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 18-dekabrdagi 2007-65-son “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1756, 2008-yil 3-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 3-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 18-martdagi 2013-14-son “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1756-1, 2013-yil 1-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 186-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-21-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishning tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom moliyaviy va soliq hisobotlarini (bundan buyon matnda hisobot deb yuritiladi) aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 27-fevraldagi 2024-24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2808-3, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2808-3/0246-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomni amalda qoʻllash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot vositachisi — elektron hujjat aylanishi bilan bogʻliq xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi — hisobotni elektron hujjat tarzida joʻnatuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotni elektron hujjat tarzida qabul qiluvchi va ularga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlari — hisobotni qabul qiluvchi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etish soliq toʻlovchining xohishiga koʻra tegishli dasturiy taʼminotdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, tadbirkorlik subyektlari hisobotni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etmaydigan soliq toʻlovchilar uchun hisobotni qogʻozda taqdim etish tartibi saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron hujjat tarzidagi taqdim etilgan hisobot, soliq toʻlovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etishda tegishli dasturiy taʼminot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organiga joʻnatish uchun hisobotni elektron hujjat tarzida shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotni elektron hujjat tarzida joʻnatishda shifrlash va qabul qilib olishda shifrdan yechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzoni shakllantirish va uni qabul qilib olishda elektron raqamli imzo vositalari yordamida tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotni elektron hujjat tarzida telekommunikatsiya kanallari orqali joʻnatish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etishga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy va soliq hisobotining majburiy rekvizitlari mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat tarzidagi hisobotlarda elektron raqamli imzo mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat tarzidagi hisobotlar belgilangan shaklda taqdim etilganda ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Elektron hujjat tarzidagi hisobotdagi axborotlarni muhofaza qilish maqsadida axborotni uzatishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini qoʻllaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hisobot elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda, davlat soliq xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari hisobotni avtomatik tarzda qabul qilinishini, shuningdek soliq toʻlovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani yuborilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 27-fevraldagi 2024-24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2808-3, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2808-3/0246-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 11-martdagi 2021-14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2808-2, 20.03.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 10/21/2808-2/0224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilganda, soliq toʻlovchi va davlat soliq xizmati organlari uni qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron koʻrinishda saqlanishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hisobotni elektron hujjat tarzida saqlashda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan hisobotning qogʻoz nusxalarini berish va ulardan foydalana olish imkoniyatlari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hisobotning elektron hujjat tarzida saqlanish muddatlari qogʻozdagi hisobotlar uchun oʻrnatilgan muddatlardan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining elektron hujjat tarzidagi hisobotni taqdim etishdagi oʻzaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Soliq toʻlovchi elektron hujjat tarzidagi hisobotni qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni qabul qilib olishda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida, qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishni taʼminlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Elektron hujjat tarzidagi hisobot, agar u bevosita soliq toʻlovchi tomonidan yoki uning axborot vositachisi orqali joʻnatilgan boʻlsa, joʻnatilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni taqdim etish sanasi elektron hujjatning davlat soliq xizmati organining elektron manziliga kelib tushgan sanasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 11-martdagi 2021-14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2808-2, 20.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 10/21/2808-2/0224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Hisobotni elektron hujjat tarzida joʻnatishda elektron raqamli imzodan foydalanish tartibi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 2727, 2015-yil 13-noyabr) bilan tartibga solinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Hisobotni elektron hujjat tarzida taqdim etuvchi soliq toʻlovchi hisobotdagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida va toʻla taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektron hujjat tarzidagi hisobotni qabul qiluvchi va unga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari keyingi foydalanish uchun qabul qilinib olinayotgan axborotga oʻz vaqtida ishlov berilishiga shaxsan javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-iyun

Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 340-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2808-1/0675-son; 20.03.2021-y., 10/21/2808-2/0224-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 17.03.2025-y., 10/25/2808-3/0246-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)