02.06.2016 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.06.2016 yildagi 185-son
Date of entry into force
13.06.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, elektron tijorat subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish hamda elektron tijorat subyektlari tomonidan bitimlar sodir etilishi tartibini, elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qoʻllash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Milliy axborot-izlash tizimida elektron tijoratning mahalliy axborot resurslarining doimiy ravishda yangilanadigan boʻlimi shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Milliy axborot-izlash tizimidagi elektron tijoratning mahalliy axborot resurslarining shakllangan boʻlimi doimiy ravishda axborot bilan taʼminlasin va texnik koʻmaklashsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshidan “shuningdek elektron tijoratga nisbatan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 2-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qaroriga
1-ILOVA

Elektron tijoratni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Qoidalar “Elektron tijorat toʻgʻrisida”, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishni (ishlarni bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) davlat xaridlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega boʻlgan birjalarda, shuningdek axborot vositachilarining axborot tizimlarida sodir etiladigan bitimlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulkni sotishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻladigan bitimlarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda va xizmatlar koʻrsatishda) ushbu Qoidalarga 1-ilovada koʻrsatilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish tartib-taomillarini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan alohida normalar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish ruxsat etish xususiyatiga ega alohida hujjat olinishini talab etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishda, agar hujjatni elektron tijoratdan tashqarida rasmiylashtirish zarurligi qonun hujjatlarida belgilangan boʻlsa, ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatni olishni istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron tijorat obyektlari hisoblanadi, ushbu Qoidalarga 2-ilovaga* muvofiq roʻyxatga binoan aylanmadan olib qoʻyilgan yoki aylanmadagi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qoidalarga 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Elektron tijorat ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq sxemaga binoan axborot tizimida ofertani (taklifni) joylashtirish va ofertaga aksept olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksept — oferta yoʻllangan shaxsning uning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javobi;

axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, qayta ishlash va undan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan jami;

axborot vositachisi — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;

axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yoʻnaltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning) taklifda koʻrsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga boʻlgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha mavjud shartlari mavjud boʻlgan taklif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridor — pirovard isteʼmol, tijorat maqsadlarida foydalanish, oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlari (Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi — axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi tadbirkorlik faoliyati subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

elektron tijorat — axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi;

elektron savdo maydonchasi — tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) oʻzaro hamkorligini taʼminlaydigan internet-doʻkon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron xabar — axborotni joʻnatuvchini identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron vosita — elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga moʻljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmogʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuziladigan shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan axborot.

III. Elektron tijorat subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektron tijorat ishtirokchisi (sotuvchi, xaridor) va axborot vositachisi (elektron tijorat subyektlari hisoblanadilar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Elektron tijorat subyektlari tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq huquqni amalga oshiradilar va ega boʻladilar, majburiyatlarni bajaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat maqsadlarida mavjud boʻlgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar tuzish yoʻli bilan tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot vositachilariga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sotuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) elektron tijoratda tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda, xizmatlar koʻrsatishda), shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi zarur va ishonchli axborotni xaridorga taqdim etish boʻyicha raqobat va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlashni taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) elektron tijoratning boshqa ishtirokchilarini oʻzi toʻgʻrisida elektron shaklda davlat tilida, zaruriyat boʻlganda esa boshqa tillardagi ishonchli axborotdan tegishli foydalanishni taʼminlashi shart, axborot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs uchun — tadbirkorlik faoliyati subyektining tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda uning toʻliq nomi; yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bogʻlanish telefoni raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sotuvchidan chiquvchi oferta yoxud taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi axborot axborotni buzmasdan qayta tiklash va sotuvchi toʻgʻrisida, shuningdek u tomondan taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning narxlari va tariflari, shuningdek ularni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) shartlari toʻgʻrisida ishonchli tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektron tijorat subyektlari, elektron hujjatlar va elektron xabarlarni ayirboshlash uchun tegishli axborot tizimlarini boshqarishni aniq tashkil etishni taʼminlab shartnoma asosida axborot vositachisi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchilarining toʻlov tizimlaridan foydalanilishini va toʻlovlar oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi banklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot vositachilari jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Axborot vositachilari sotuvchi va xaridor oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning taraflari hisoblanmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Axborot vositachisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, koʻrsatiladigan xizmatlar, ularni koʻrsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini oʻzgartirmasligi, elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir maʼlumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga yubormasligi shart (qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot vositachisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va oʻz zimmasiga oʻzga majburiyatlar olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijoratni amalga oshirishda foydalaniladigan maʼlumotlarning elektron arxivini tashkil etishi, ular belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlaridagi mavjud axborotning yaxlitligi va maxfiyligini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Axborot vositachisi berilayotgan, olinayotgan, saqlanayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni nazorat qilishga yoki ularning ishonchliligini, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki ishonchliligini tekshirishga majbur emas, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektron tijorat subyektlarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlar mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xaridorga ushbu Qoidalarda, tuzilgan shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlar beriladi va zimmasiga majburiyatlar yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Elektron savdo maydonchasini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sotuvchi va axborot vositachisi elektron tijorat subyektlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydigan elektron savdo maydonchasi orqali elektron tijorat shaklida tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Elektron savdo maydonchalari Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi resurslar, Milliy axborot-izlash tizimida koʻrsatiladigan dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Elektron savdo maydonchasi elektron tijoratni amalga oshirish uchun zarur funksiyalarni, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda ofertani joylashtirish, akseptni amalga oshirish va shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat subyektlariga ushbu Qoidalarga muvofiq nazarda tutilgan axborotdan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qoidalar talablariga muvofiq elektron hujjatlar va elektron xabarlarni xavfsiz ayirboshlashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlash imkoniyatini oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Shartnoma tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shartnoma oferta va akseptdan iborat boʻladi. Shartnoma, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, oferta yuborgan taraf tomonidan boshqa taraf yuborgan aksept olingan paytdan boshlab tuzilgan deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oferta oʻzida elektron hujjatni ifodalaydi, uning vositasida elektron tijorat ishtirokchisi bitta shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga va shaxslarning nomuayyan doirasiga shartnoma tuzishni taklif etadi va ularning shartnoma shartlari mavjud boʻlgan, shu jumladan ushbu Qoidalarga muvofiq majburiy shartnoma shartlari mavjud boʻlgan matndan foydalanilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Elektron tijorat ishtirokchisidan chiquvchi ofertada shartnomaga kiritilishi kerak boʻlgan barcha shartlar yoxud bunday shartlar mavjud boʻlgan elektron hujjatlar yoki elektron xabarlarga xavolalar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oferta unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan olingan oferta, agar ofertaning oʻzida oʻzgacha hol qayd etilmagan yoxud taklifning mohiyatidan yoki taklif bildirilgan vaziyatdan kelib chiqmasa, uning aksepti uchun belgilangan muddat mobaynida chaqirib olinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ofertani chaqirib olish uni oluvchiga chaqirib olish sabablari koʻrsatilishi kerak boʻlgan elektron hujjat yoki elektron xabar shaklida chaqirib olish toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Shartnoma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi elektron hujjat tarzida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matnida elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan matn boʻlgan elektron xabar tarzida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertada koʻrsatilgan shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni sodir etish orqali akseptni amalga oshirish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Aksept oʻzida elektron hujjatni yoki elektron xabarni, shuningdek ofertadagi mavjud shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni ifodalaydi, uning orqali shaxs ofertada taklif etilgan shartlarda shartnoma tuzishga toʻliq va soʻzsiz rozilikni ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Akseptda oferent tomonidan taklif etilgan shartnomaning barcha shartlari oʻzgartirilmasligi kerak. Oferentga shartnomaning oʻzgartirilgan shartlari bilan javob yuborilgan taqdirda, bunday javob aksept hisoblanmaydi va yangi oferta hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oferta yoki aksept, agar taraflarning ahdlashuvida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, axborot tizimi tomonidan avtomatik aniqlanadigan oluvchi tomonidan uning olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatilgan paytdan boshlab olingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oferta olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda aksept olinmasdan shartnomani ijro etish uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oferta va aksept joʻnatuvchi tomonidan ularning mazmuni oʻzgartirilmasdan, ular yuborilgan tarzda, oluvchi tomonidan esa — agar taraflarning ahdlashuvida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnomaning amal qilishi toʻxtatilgan paytgacha ular olinganda qanday boʻlsa, shu tarzda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oferta va akseptni tayyorlash, rasmiylashtirish, amalga oshirish bilan bogʻliq umumiy talablar va ayrim masalalar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Shartnomada quyidagi majburiy shartlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning asosiy huquqlari va majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) narxi va tavsifi hamda taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafolat muddati, agar bu aniq bir tovar uchun belgilangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berish joyi va shartlari (yetkazib berish xizmatlari mavjud boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatlarni bajarish tartibi va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish imkoniyati va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni rad etish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar va pul mablagʻlarini qaytarish shartlari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma tuzilgan til toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatga va elektron xabarga havola qilish vositasida shartnomaga kiritiladigan shartlar va tegishli havoladan foydalanish tartibi (ular mavjud boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning amal qilishini toʻxtatish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizolarni hal etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning joylashgan joyi (pochta manzili), elektron manzili va bank rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar tomonidan kelishilgan boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Shartnoma unga hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlashi, bu muddat oʻtganidan keyin esa mazkur elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Shartnomaga kiritiladigan oʻzgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan elektron hujjat va (yoki) elektron xabar sifatida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Elektron hujjat va elektron xabar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Elektron hujjat va elektron xabar qogʻozdagi oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Elektron hujjat va elektron xabarning mazmuni uchun, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron tijorat ishtirokchisi javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Sotuvchi yoki axborot vositachisi elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Elektron hujjat va elektron xabar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchisi nomidan ish koʻrish vakolatlari berilgan shaxslar, shu jumladan axborot vositachisi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchisining axborot tizimi yoki uning nomidan — avtomatik rejimda ishlaydigan tizim tomonidan yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Elektron hujjat va elektron xabarni oluvchi ularning joʻnatuvchiga tegishliligi holatini tasdiqlashni talab qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Elektron tijoratda toʻlovlarni yetkazish va amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish shartnomada koʻrsatilgan joyda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Agar shartnoma tovarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan boʻlsa, sotuvchi tovarni shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda xaridor tomonidan koʻrsatilgan joyga yetkazib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tovarlarni xaridor tomonidan koʻrsatilgan joyiga yetkazib berish uchun sotuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzining avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarga litsenziya olmasdan yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida yetkazib berishni mustaqil amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan yetkazib berish xizmati xizmatlaridan foydalanish;
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-oktabrdagi 825-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 09/18/825/2052-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullaridan foydalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Elektron tijoratda toʻlovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pul bilan — nazorat-kassa mashinasidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanish orqali naqd pul mablagʻlari qabul qilingani toʻgʻrisida nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa cheki yoxud boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburan taqdim etish, shuningdek, belgilangan tartibda inkassatsiya qoidalariga rioya etgan holda, olingan pullarni xizmat koʻrsatuvchi bankka topshirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron toʻlov vositalari bilan — toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob terminali yoki virtual terminal (E-POS) orqali shaxsiy va korporativ bank kartalaridan foydalanish orqali chakana toʻlov tizimida sotuvchi toʻlov tashkiloti orqali xaridorga fiskal belgili elektron toʻlov cheki (bundan keyin elektron chek) albatta taqdim etgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan oʻtkazish yoʻli bilan — pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan (shu jumladan karta hisob raqamlaridan) shaxsiy kabinet (masofaviy bank hisob raqamlaridan xizmat koʻrsatish tizimi) yoki chakana toʻlov tizimi orqali oʻtkazgan holda.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
481. Elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirayotganda xaridorga elektron chekini xaridor koʻrsatgan abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga taqdim etishni taʼminlash zarur. Elektron chek nazorat kassa texnikasidan chiqarilgan qogʻoz koʻrinishidagi chekka tenglashtiriladi.
(481-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
482. Yetkazib berish xizmatlariga sotuvchining nomidan tovarlar uchun toʻlovlarni qabul qilish huquqi shartnomaga asosan xaridor tovarni sotib olganligini tasdiqlovchi kassa cheki yoki boshqa hujjatni taqdim etgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
483. Tovarlar milliy pochta aloqasi operatori orqali yetkazib berilgan taqdirda tovarning toʻlovi pochta pul oʻtkazmalari ustama toʻlov orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu toʻlov usulida tovarni joʻnatish ustama toʻlovli pochta joʻnatmalari orqali amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pochta joʻnatmalari orqali yetkaziladigan va ustama toʻlov qoʻllanilgan tovar xaridor tomonidan ustama toʻlov toʻliq toʻlanib, kvitansiya taqdim etilgandan soʻng beriladi. Ustama toʻlov summalarini sotuvchi manziliga joʻnatish milliy pochta aloqasi operatori tomonidan pul mablagʻlarini pochta orqali oʻtkazishning Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(481 — 483-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-oktabrdagi 825-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 09/18/825/2052-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Shartnoma shartlarini bajarishni rad etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tovarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tovarni, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda sotuvchini xabardor qilib oʻzi bilan tuzilgan shartnomani bajarishni rad etish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Xaridor shartnomada nazarda tutilgan hollarda shartnoma shartlarini bajarishni rad etishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Elektron tijoratda tovarni qaytarish “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Fuqarolik kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Pul mablagʻlarini qaytarish zarur boʻlgan hollarda sotuvchi tovar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganligi uchun toʻlov qanday usulda amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha usulda tovarning (ishlar, xizmatlarning) haqi toʻlanganligini tasdiqlaydigan taqdim etilgan va chekka tenglashtirilgan hujjat asosida xaridorga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Pul mablagʻlarini qaytarish shartnomada koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tovarni va pul mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq hujjatlar elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Tovarni qaytarish bilan bogʻliq transport xarajatlarini qoplash shartnomada koʻrsatilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Elektron tijoratda eksportni amalga oshirish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) elektron tijorat shaklidagi eksporti bojxona qonunchiligining barcha talablariga majburiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Elektron tijorat sotuvchisi elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shartnoma — eksport kontrakti tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Shartnoma-eksport kontrakti boʻyicha axborotni Tashki savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish, shuningdek ularni bajarish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Elektron tijoratni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Elektron tijorat subyektlari ushbu Qoidalar qoidalariga rioya etilmaganligi, shuningdek oʻz majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma doirasida bajarmaganligi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni aniqlash uchun, shuningdek soliq majburiyatlarini hisoblab chiqish uchun asos hisoblangan hisobga olinadigan hujjatlarni tuzish soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga

Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) tartib-taomillarini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ALOHIDA NORMALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shartnomaga ilova sifatida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) jismoniy shaxslarga, shuningdek chakana savdo bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga elektron tijorat shaklida ulgurji va mayda turkumlar bilan sotishda xaridor (buyurtmachi) joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organining turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan (№306) yuridik shaxslar tomonidan chakana va ulgurji sotishga, shuningdek yakka tadbirkorlar tomonidan elektron tijorat shaklida tovarlarni chakana sotishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Elektron tijorat shaklida non va non-bulka mahsulotlarini sotishda maxsus inventar (sanchqilar, pichoqlar, boʻlish taxtalari, stellajlar va javonlarni non ushoqlaridan tozalash uchun choʻtkalar va shu kabilar) talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishda ish joylaridan tashqarida tarozilardan va boshqa oʻlchov asboblaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlarini elektron tijorat shaklida sotishda ularni taxta tokchalarga, etajerka va javonlarga va peshtaxtalarga, shu jumladan sovutgichlarga, lotoklarga, kassetalarga, savatlarga, qutilarga, shuningdek boshqa jihozlangan inventarga qoʻyish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qoʻllash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Ushbu Nizom “Elektron tijorat toʻgʻrisida”, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida” va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq shartnomalar tuzishda elektron raqamli imzolarni qoʻllash va elektron hujjatlarni va elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksept — oferta yoʻllangan shaxsning uning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzolarning yopiq kaliti (ERI yopiq kaliti) — faqat imzolovchi shaxsga maʼlum boʻlgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzolarni yaratish uchun moʻljallangan elektron raqamli imzolar vositalaridan foydalanilgan holda olingan ramzlarning izchilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, qayta ishlash va undan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan jami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot vositachisi — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzolarning ochiq kaliti (ERI ochiq kaliti) — elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos boʻlgan axborot tizimidan istalgan foydalanuvchi kira oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzolarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun moʻljallangan elektron raqamli imzolar vositalaridan foydalangan holda olingan ramzlarning izchilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yoʻnaltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning taklifda koʻrsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga boʻlgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha shartlari mavjud boʻlgan taklif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzolar kalitining sertifikati (ERI kalitining sertifikati) — ERI ochiq kalitining Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazi tomonidan ERI yopiq kaliti egasiga berilgan ERI yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noyob identifikator — obyektning bir xilligini taʼminlaydigan va uni boshqa obyektlardan farqlash imkonini beradigan belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijorat — axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzo (ERI) — ERI yopiq kalitidan foydalangan holda muayyan elektron hujjatdagi axborotni maxsus qayta oʻzgartirish natijasida olingan va ERI yopiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda buzish yoʻqligini aniqlash va ERI yopiq kaliti egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan elektron hujjatdagi imzo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron xabar — elektron hujjat hisoblanmaydigan, elektron vositalar yordamida joʻnatilgan, olingan va saqlanadigan elektron shakldagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Elektron tijoratda shartnomalar tuzishda elektron raqamli imzolarni qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. ERIlar elektron tijoratda shartnomalarni tuzishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik ahamiyatli elektron hujjatlar aylanishini taʼminlash hamda oʻzgartirishlarni aniqlash va elektron tijorat shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnomalar deb ataladi) tuzish doirasida huquqiy munosabatlarni toʻxtatishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligining zarur talablarini taʼminlash, shu jumladan, imzolangandan keyin axborotning yaxlitligi va oʻzgarmasligini tasdiqlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatni imzolagan ERI egasining shaxsini identifikatsiyalashni taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shartnomani tuzishda ERIlar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazishning bir yoki bir nechta markazlari tomonidan berilgan ERI kalitlari qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Elektron hujjatlarning yaxlitligini tekshirish jarayoni ERI kaliti sertifikatining amal qilishini va elektron hujjatdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish sotuvchi yoki axborot vositachisi tomonidan beriladigan ERIlar vositalaridan foydalangan holda elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish bekor qilingan sertifikatlar roʻyxatini tekshirish yoki soʻrovni shakllantirish va ERI kaliti sertifikatini bergan ERIlar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markaziga joʻnatish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektron hujjatlardagi ERIning haqiqiyligini tekshirish axborot tizimi bilan yoxud ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markaziga murojaat qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganligi tasdiqlanishidan oldin elektron tijorat ishtirokchilari shartnomani tuzishda shartnoma tuzish doirasida foydalaniladigan elektron hujjatlarning yaxlitligini tekshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. ERI shakllantirishda ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kalitining amal qilish muddatini va elektron hujjatni imzolangan yopiq kalit egasining ERI kaliti sertifikati maqomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatni imzolangan yopiq kalit egasining ochiq kaliti sertifikatining amal qilish muddatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikati maqomini (amal qiladi, amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan ERI shakllantirish paytida bekor qilingan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI amal qilish muddatini va tekshirilayotgan sertifikatni chiqargan ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazi vakolatli shaxsining ERI kaliti sertifikati maqomini tekshirishni oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Elektron hujjat yaxlitligini tekshirish jarayonining ijobiy natijasi elektron hujjatda axborotni (shartnoma tuzish doirasida foydalaniladigan) buzish yoʻqligini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. ERIni yaratish va tekshirish tartib-taomili shartnoma majburiyatlarining haqiqiyligi va amalda ekanligining, shuningdek ularni har tomonlama oʻzgartirish yoki bekor qilishdan himoya qilishning kafolati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Elektron tijoratni amalga oshirishda elektron hujjatlarni va boshqa elektron axborotni saqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektron maʼlumotlar bazalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatlarni yaratish, ularning harakati va ularni yoʻq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalarni va ularning qabul qilinishi holatlarini eʼlon qilish (aksept);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron xabarlarni yuborish va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijoratda shartnomalar tuzish bilan bogʻliq barcha elektron hujjatlar, elektron xabarlar va operatsiyalar saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Barcha maʼlumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomaning taraflarini identifikatsiyalash va shartnomalarni amalga oshirishning barcha shartlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalar, shartnomalarni amalga oshirishning aniq sanasi va vaqtini hamda shartnoma va oferta shartlarini oʻzgartirishni aniqlash imkonini beradigan tarzda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sotuvchi yoki axborot vositachisining axborot tizimlari doirasida har bir elektron shartnoma va ofertaga uning bir xilligini taʼminlaydigan va boshqa obyektlardan farqlash imkonini beradigan noyob identifikator berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash muddati shunga oʻxshash oʻzgartirishning qogʻoz manbadagi hujjat uchun belgilangan muddatdan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha saqlanadigan maʼlumotlar shartnomaga va oferta shartlariga munosabatni aniq belgilash imkonini berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Elektron hujjatlar va elektron xabarlarni yaratish, hisobga olish, saqlash va ularning arxivlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq elektron hujjatlarni saqlaydigan tashkilot tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni va elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni saqlash Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Tuziladigan shartnomalar boʻyicha elektron hujjatlarni, xabarlarni va boshqa elektron axborotni saqlashda elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachilarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachilari, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, ushbu Nizomga muvofiq elektron tijoratni amalga oshirish davomida shakllantiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash tartibiga rioya etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agar tuzilgan shartnomada hamma foydalanadigan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga xavola qilish yoʻli bilan unga kiritilgan alohida shartlar mavjud boʻlsa, elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida unga erkin kirish imkoniyatini, bunday muddat tamom boʻlgach esa — ushbu elektron hujjatni ushbu Nizomga muvofiq saqlashni taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sotuvchi axborot vositachisi bilan axborot vositachisiga elektron tijoratni amalga oshirish davomida shakllantiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash huquqini beradigan ikki tomonlama shartnoma tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sotuvchi va (yoki) axborot vositachisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tijoratdagi elektron hujjatlar va xabarlar saqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida yoki shartnoma shartlarida belgilangan muddat mobaynida shartnoma ishtirokchilari va vakolatli shaxslarning elektron hujjatlar va elektron xabarlardan foydalanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari talablariga muvofiq ham xaridorlar, ham boshqa jismoniy shaxslarning elektron tijorat shartnomalarini tuzish davomida ularga maʼlum boʻlgan shaxsiy maʼlumotlari saqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, elektron hujjatlar, xabarlarni saqlash vositalari va muhiti himoya qilinishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Elektron tijorat ishtirokchilari, shuningdek axborot vositachilari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlanayotgan maʼlumotlarning mazmunini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas, qonun hujjatlarida yoki tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Shartnomalarni tuzishda ERIni qoʻllash, elektron hujjatlarni va elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachisi ushbu nizom talablariga rioya etilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 266-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 16.10.2018-y., 09/18/825/2052-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 22.01.2024-y., 09/24/39/0058-son; 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son)