12.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2786
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 12.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2786
Date of entry into force
17.08.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2786]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya boshligʻi B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 2-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 2-maydagi 47-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlar uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY YOʻRIQNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlarning ish faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar, ularning vazifalari, huquq va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlarga (bundan buyon matnda muhandis-texnik xodim deb yuritiladi) taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuk koʻtarish mashinalariga ega boʻlgan tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) ushbu Namunaviy yoʻriqnoma asosida muhandis-texnik xodimlarning soni, tarkibi, shuningdek yuk koʻtarish mashinalarini ishlatishga oid mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda muhandis-texnik xodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Namunaviy yoʻriqnomada yuk koʻtarish mashinalari deganda minora kranlar, portal kranlar, koʻpriksimon kranlar, xarrak kranlar, strelali kranlar (avtomobil, temir yoʻl, zanjirli, pnevmo-gʻildirakli, kran-manipulyatorlar, quvuryotqizgichlar), kabelli kranlar va ishlash jarayonida koʻchmas asosga oʻrnatiladigan boshqa kranlar, elektr tallar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Muhandis-texnik xodimlarga qoʻyiladigan talablar va ularning ish faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Muhandis-texnik xodimlarning bilimlarini sinash Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Muhandis-texnik xodim lavozimiga Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan oʻtgan shaxslar tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Muhandis-texnik xodimlarning soni va tarkibi tashkilotda mavjud boʻlgan yuk koʻtarish mashinalarining soni va ularni ishlatish sharoitini hisobga olgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Muhandis-texnik xodim tashkilotning bosh muhandisiga, agar tashkilotda bunday lavozim mavjud boʻlmasa, toʻgʻridan-toʻgʻri tashkilot rahbariga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Muhandis-texnik xodim mehnat taʼtilida, xizmat safarida boʻlgan vaqtda yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan hollarda, uning vazifalarini vaqtincha bajarish tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan zarur malakaga ega boʻlgan boshqa muhandis-texnik xodimga yuklatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Muhandis-texnik xodimlar quyidagilarni bilishlari zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) talablarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandis-texnik xodimning lavozim yoʻriqnomasida belgilangan vazifa va majburiyatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinasidan foydalanishga oid texnik yoʻriqnoma (texnik pasport) talablarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinasidan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalarda nazarda tutilgan talablarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinasiga va uning mexanizmlariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash muddatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinasining metall-konstruksiyalaridagi gidrotizim qismlarining ulangan joylarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan nosozliklarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinasida yemirilish darajasi yuqori boʻlgan, vaqti-vaqti bilan almashtirib turilishi lozim boʻlgan ehtiyot qismlarini va ularning texnik hujjatlarida foydalanishga ruxsat etilgan yaroqlilik darajasini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Muhandis-texnik xodimlarning vazifalari, huquq va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar muhandis-texnik xodimlarning vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinalarini oʻz vaqtida texnik shahodatlashdan oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinalaridagi aniqlangan nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan yuk koʻtarish mashinalarini davriy koʻrikdan oʻtkazish jadvali asosida yuk koʻtarish mashinalarini oʻz vaqtida davriy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinalarini rejaviy-ogohlantirish taʼmirlanishi, bunda yuk koʻtarish mashinalarini taʼmirlashga chiqarish va taʼmirlashdan soʻng ishga tushirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinalaridan foydalanish hamda ishlarni bajarish vaqtida yuk koʻtarish mashinasida nosozliklar kelib chiqqan hollarda va avariya holatlari sodir etilishining oldini olish maqsadida barcha mashinist va yuk iluvchilarga tegishli uslubiy koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarish mashinalariga tegishli boʻlgan texnik hujjatlarning but holatda saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Muhandis-texnik xodim yuk koʻtarish mashinalarini texnik shahodatlashdan, davriy koʻrikdan oʻtkazishda va taʼmirlashda ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Muhandis-texnik xodim oʻziga yuklatilgan vazifalar bajarilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi. Bunda muhandis-texnik xodim yuk koʻtarish mashinalarining soz holatdaligini aniqlashi va aniqlangan holatlar boʻyicha tashkilot rahbarini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” Aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 27-aprel

Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 27-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK boshqaruvi raisi A. SHODIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 28-aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 29-aprel

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi A. SULTANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 29-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 219-modda)