Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.2018 30.10.2015 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.2015 yildagi 307-son
Date of entry into force
09.11.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarining elektron tarzda oldindan xabardor qilinishini joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 762-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalarini bojxonada rasmiylashtirishni yanada takomillashtirish va rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish, shuningdek ular toʻgʻrisidagi axborotlarning ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tashuvchilarga, bojxona brokyerlariga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga (keyingi oʻrinlarda manfaatdor shaxslar deb ataladi) 2015-yil 1-dekabrdan boshlab avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarini elektron tarzda oldindan xabardor qilishni amalga oshirish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat bojxona xizmati organlarini elektron tarzda oldindan xabardor qilish tartibotlarini amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor shaxslar avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlarni (keyingi oʻrinlarda elektron tarzda oldindan beriladigan axborotlarni deb ataladi) davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi oʻrinlarda avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi deb ataladi) jahon Internet axborot tarmogʻi vositasida avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkazilgungacha yoki oʻtkazilish vaqtida joʻnatishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tarzda oldindan berilgan axborotlar tovar bilan birga yuboriladigan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda manfaatdor shaxslar elektron tarzda oldindan beriladigan axborotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkazish vaqtida joʻnatishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tarzda oldindan beriladigan axborotlarning mavjudligi avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati shakllarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda hisobga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) tovarlar va transport vositalarini oʻtkazishda davlat bojxona xizmati organlari elektron tarzda oldindan berilgan axborotlarni ularning tovar bilan birga yuboriladigan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tarzda oldindan berilgan axborotlar mavjud boʻlganda va ular tovar bilan birga joʻnatiladigan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlganda bojxona nazorati va rasmiylashtirish tovar bilan birga joʻnatiladigan hujjatlar davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor shaxslar tomonidan elektron tarzda oldindan beriladigan axborotlar taqdim etilmaganda yoki ular tovar bilan birga yuboriladigan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmaganda davlat bojxona xizmati organlari zarur maʼlumotlarni avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkazish vaqtida avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan axborot tizimini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qaror qoidalarini keng yoritish va tushuntirishni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalarni va konsullik muassasalarini ushbu qarorning qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
307-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 307-son qaroriga
1-ILOVA

Avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida elektron tarzda oldindan xabardor qilishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tovarlar tashilayotgan avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (davlat raqami, roʻyxatdan oʻtkazgan mamlakat).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tovar tashish uchun qabul qilingan joy (mamlakat) hamda yetkazib berish moʻljallangan joy (mamlakat) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tovar joʻnatilgan mamlakat hamda tovar yetkazib beriladigan mamlakatning nomi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tovarni joʻnatuvchi hamda oluvchining nomi va manzili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kamida oltita belgi darajasida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuk joylarining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogramm), shuningdek oʻlchovlarning qoʻshimcha oʻlchov birliklari soni (ushbu maʼlumotlar mavjud boʻlganda), tovarning koʻrsatilgan har bir kodi boʻyicha fakturadagi qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Konteynerning identifikatsiya tartib raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tovar bilan birga yuboriladigan hujjatlarga muvofiq tovarlarni yetkazib berish punkti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelish vaqti (taxminan) va joyi toʻgʻrisidagi axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yuklar MDP kitobchalari qoʻllangan holda tashilgan taqdirda MDP kitobchalarini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Jeneva shahri, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq MDP (CARNET TIR) kitobchasining tartib raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Manfaatdor shaxslar davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimiga avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan tranzit shartlarida) oʻtkaziladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni joʻnatishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 307-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati organlarini elektron tarzda oldindan xabardor qilish tartibotlarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 561-modda)