21.09.2015 yildagi 273-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.09.2015 yildagi 273-son
Date of entry into force
28.09.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoni)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq hamda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 21-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-sentabrdagi 273-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning uchinchi xatboshidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Mintaqaviy va tarmoq
markazining nomi

Qayta tayyorlash va malaka
oshirish yoʻnalishlari

Vazirliklar va
idoralarga mansubligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari

1.

Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki; filologiya va tillarni oʻqitish (qoraqalpoq tili).

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

3.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

4.

Fargʻona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi*

Mintaqaviy yoʻnalishda: Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari

1.

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Energetika; elektr energetikasi; elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari; metallurgiya; materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; avtomobilsozlik va traktorsozlik; elektronika va asbobsozlik; metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari; konchilik ishi; noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish texnika va texnologiyasi; foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish; xizmatlar koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; texnologiya va jihozlar; neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi; neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi; havodagi harakatni boshqarish; aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish; hayotiy faoliyat xavfsizligi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Axborot tizimlarining matematik va dasturiy taʼminoti; informatika va axborot texnologiyalari; axborot xavfsizligi; kompyuter grafikasi va dizayn; telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”); televideniye, radioaloqa va radioeshittirish; televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), maxsus yoritish texnologiyalari; pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; radioelektron qurilmalar va tizimlar, audio-video texnologiyalar; kompyuter texnologiyalari va informatika; kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”); dasturiy injiniring.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi*

Matematika; amaliy matematika; tabiiy fanlar; biologiya; fizika; mexanika; astronomiya; kimyo, geografiya; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; gidrometeorologiya; geologiya; geofizika; tuproqshunoslik; gidrologiya; psixologiya; sotsiologiya; filosofiya; sharq falsafasi va madaniyati; dinshunoslik; jahon siyosati; jurnalistika; arxivshunoslik; tarix; arxeologiya; filologiya va tillarni oʻrganish (tillar boʻyicha); ijtimoiy ishlar.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

4.

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Agronomiya; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi va karantini; qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi; qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi; dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi; zootexniya; yer tuzish va yer kadastri; ipakchilik; oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish; meva-sabzavotchilik va uzumchilik; qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish; veterinariya; qishloq xoʻjaligida menejment.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

5.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Kimyoviy texnologiya; organik moddalar kimyoviy texnologiyasi; noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi; biotexnologiya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; oziq-ovqat texnologiyasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi; matematika oʻqitish metodikasi; fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi; kimyo oʻqitish metodikasi; biologiya oʻqitish metodikasi; geografiya oʻqitish metodikasi; informatika oʻqitish metodikasi; tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi; pedagogika va psixologiya; musiqa taʼlimi; oʻzbek tili va adabiyoti; ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha); chaqiriqqacha harbiy taʼlim; milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi; tarix oʻqitish metodikasi; boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish; maktabgacha taʼlim; defektologiya; pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi

Filologiya va tillarni oʻqitish; xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha); tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

8.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi; tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi; matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

9.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Iqtisodiyot; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish;statistika; menejment; kadrlar menejmenti; ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti; marketing; moliya; baholash ishi; bank ishi; soliqlar va soliqqa tortish; buxgalteriya hisobi va audit; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik; bojxona ishi; sugʻurta ishi; pensiya ishi; mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; turizm; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

10.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Arxitektura; dizayn (turlari boʻyicha); bino va inshootlar qurilishi; shahar qurilishi va xoʻjaligi; muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji; gidrotexnika qurilishi; koʻchmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish; qiymat injiniringi; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi; avtomobil yoʻllari va aerodromlar; qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish; geodeziya, kartografiya va kadastr.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, stomatologiya, farmatsiya (turlari boʻyicha), sanoat farmatsiyasi, oliy hamshiralik ishi, harbiy tibbiyot.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

12.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; sport faoliyati.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

13.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Bastakorlik sanʼati; sanʼatshunoslik; aktyorlik sanʼati; rejissyorlik; texnogen sanʼat; dirijyorlik; vokal va cholgʻu ijrochiligi; rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy sanʼat; haykaltaroshlik; xoreografiya; kino-teleoperatorlik; xalq ijodiyoti; madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish; ijtimoiy-madaniy faoliyat.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

14.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish; suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish; gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

15.

Toshkent davlat yuridik universiteti pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti

Yurisprudensiya; huquqshunoslik.

Adliya vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 38-son, 500-modda)