25.08.2015 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.08.2015 yildagi 246-son
Date of entry into force
02.09.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyati natijalarini baholash tizimini takomillashtirish, oʻqituvchilarning oʻz ustida muntazam ishlashlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish, oliy taʼlim muassasasidan keyin chet elda taʼlim olishgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayoniga yanada keng jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 25-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-banddagi “(professor-pedagoglar tarkibi)” soʻzlari chiqarib tashlansin, “oʻqituvchi (assistent)” soʻzlaridan keyin esa, “oʻqituvchi-stajyor” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “oʻqituvchisi (assistenti)” soʻzlaridan keyin “oʻqituvchisi-stajyori” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pedagog xodimlar lavozimlarini egallashning besh yillik muddati davrida rektorning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasasining komissiyasi tomonidan har bir oʻquv yili yakunlari boʻyicha ushbu Nizomga ilovaga muvofiq mezonlarga binoan pedagog xodimlar faoliyati har tomonlama oʻrganib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog xodimlar faoliyatini oʻrganish tartibi oliy taʼlim muassasasining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog xodimlar faoliyatini oʻrganish natijalari oliy taʼlim muassasasining ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir muddat tamom boʻlgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat istisno hollarda oliy taʼlim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va boʻysunishi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega boʻlmagan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan shaxs qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlish, ushbu kafedraning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari muallifi boʻlish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 6-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 7-banddagi “ilmiy daraja” soʻzlaridan keyin “(shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga)” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 8-banddagi “oʻqituvchi (assistent)” soʻzlaridan keyin “oʻqituvchi-stajyor” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Oʻqishni tugallash yilida oliy taʼlim muassasasi magistraturasining bitiruvchisi boʻsh lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda taqsimot boʻyicha 3 yil muddatga tanlovdan tashqari oʻqituvchilik lavozimiga tayinlanadi. Ushbu muddat faqat davlat granti asosida oʻqishni tamomlagan magistratura bitiruvchilari uchun qoʻllanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Oliy taʼlim muassasasi saylash muddati ushbu oʻquv yilida tamom boʻladigan, shuningdek boʻsh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta oʻqituvchilar, oʻqituvchilar (assistentlar) va oʻqituvchilar-stajyorlar lavozimlarini egallashga tanlov eʼlon qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 15-bandning ikkinchi xatboshidagi “ilmiy daraja” soʻzlaridan keyin “(shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga)” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 20-bandning uchinchi xatboshidagi “shuningdek muayyan lavozim uchun faqat bitta nomzoddan ariza tushganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “professor-oʻqituvchilar tarkibidagi” soʻzlari “pedagog xodimlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga kirishishi shart boʻlgan muddat tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilanadi, biroq ushbu muddat bir oydan ortiq boʻlishi mumkin emas. Pedagog xodimlarning yozgi kanikul (taʼtil) davri ushbu muddatga kirmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 25-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “professor-oʻqituvchilar tarkibi” soʻzlari “pedagog xodimlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) 26-banddagi “oʻquv yili tugagandan keyin” soʻzlari “oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan belgilangan muddatlarda (qoidaga koʻra, oʻquv semestri, yil tamom boʻlgandan keyin)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) 27-bandning birinchi xatboshidagi “professor-oʻqituvchilar tarkibi” soʻzlari “pedagog xodimlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) 28-bandning ikkinchi xatboshidagi “professor-oʻqituvchilar tarkibidagi” soʻzlari “pedagog xodimlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “oldin uning ishlari rektor tasdiqlaydigan komissiya tomonidan tekshirilishi kerak” soʻzlari “oldin uning faoliyati rektorning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan oʻrganib chiqilishi kerak” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “oʻqituvchi (assistent)” soʻzlaridan keyin “oʻqituvchi-stajyor” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) 30-banddagi “professor-oʻqituvchilar tarkibidagi shaxslar” soʻzlari “pedagog xodimlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) quyidagi mazmundagi ilova qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini oʻrganish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlar

Baho

Oʻquv-metodik faoliyati (40 ball)

1.

Oʻqituvchilik faoliyati (20 ball):

1.1.

Nazariy bilimlarni, amaliy koʻnikmalarni va oʻqitiladigan fanning zamonaviy tendensiyalarini egallaganlik darajasi (ochiq mashgʻulotlar natijalari boʻyicha)

1.2.

Oʻqitish sifati darajasi (talabalardan soʻrab chiqish natijalari boʻyicha)

1.3.

Talabalarning oʻqituvchining yoʻllanmasi (fani) boʻyicha olimpiadalarda, har xil tanlovlar va ilmiy grantlardagi ishtiroki

2.

Metodik ishlar (20 ball):

2.1.

Yil mobaynida oliy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi tomonidan nashr etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari soni

2.2.

Oʻqitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi, oʻquv kursini va oʻquv-taqdimot materiallarini ishlab chiqish

2.3.

Oʻquv jarayonida zamonaviy taʼlim texnologiyalari va talabalar bilimlarini baholashning ilgʻor usullari qoʻllanilishi darajasi

Tarbiyaviy faoliyati (20 ball)

3.

Talabalar bilan tarbiyaviy ish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etish: maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, sport klublari, ilmiy, ijodiy toʻgaraklar, madaniy tadbirlar va shu kabilar

4.

Talabalarning akademik guruhlarida kuratorlik

5.

Talabalarning oʻqishdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etishdagi ishtiroki

6.

Idora, mintaqa doirasida bajariladigan jamoatchilik ishlari va oliy taʼlimdan tashqari ishlar

Ilmiy faoliyati (30 ball)

7.

Ilmiy konferensiyalar ishida ishtirok etish

8.

Ilmiy nashrlarda (shu jumladan xorijiy ilmiy nashrlarda) materiallar, monografiyalar eʼlon qilish

9.

Xalqaro, ilmiy loyihalarga, xoʻjalik shartnomalariga rahbarlik qilish yoki ularda ishtirok etish

10.

Patentlar va ixtirolar soni

11.

Katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik qilish

12.

Doktorlik dissertatsiyasi doirasida ilmiy tadqiqot olib borish

Oliy taʼlim muassasasini rivojlantirishga qoʻshgan ulushi (10 ball)

13.

Boshqa taʼlim muassasalari: oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda ishtirok etish (oʻqituvchilik faoliyati va ular uchun bilimlar darajasini oshirish treninglarini tashkil etish)

14.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ayirboshlash dasturlarida ishtirok etish va ularni tashkil etish

15.

Yangi yoʻnalishni, yangi kafedrani, laboratoriyani ochish ishida, Axborot-resurs markazining elektron bazasini toʻldirishda ishtirok etish

Shaxsiy fazilatlari (10 ball)

16.

Ilmiy daraja va ilmiy unvon

17.

Malaka oshirish kurslaridan oʻtish

18.

Xorijiy tillarni egallaganlik, materiallarni ishlab chiqish va fanni oʻqitishda ulardan amalda foydalanish

19.

Xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalarda stajirovkadan oʻtish

JAMI (eng koʻp ball — 110)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: oliy taʼlim muassasasining oʻziga xosligidan kelib chiqib, koʻrsatkichlar ichida tegishli mezonlar boʻyicha ballarni taqsimlash oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(soʻm)

Lavozimlar nomi

Bazaviy lavozim

maoshlari miqdorlari

I guruh

II guruh

1. Kafedra mudiri:

fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega boʻlgan

1 802 415

1 721 777

fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega boʻlgan, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 721 777

1 655 821

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 655 821

1 589 509

2. Professor:

fan doktori ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 721 777

1 655 821

fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 655 821

1 589 509

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 589 509

1 511 061

3. Dotsent:

ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 589 509

1 511 061

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 511 061

1 433 508

4. Katta oʻqituvchi:

ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 511 061

1 433 508

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 433 508

1 357 681

5. Assistent, oʻqituvchi:

ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 357 681

1 282 486

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 282 486

1 208 431

6. Oʻqituvchi-stajyor

1 131 557

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Professorlar va dotsentlarning bazaviy lavozim maoshlari tegishli ravishda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga (katta ilmiy xodimga) belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Professor-oʻqituvchilar tarkibidan professor yoki dotsent lavozimlariga tayinlangan, biroq tegishli ilmiy unvonga ega boʻlmagan shaxslarga ikki yilgacha boʻlgan muddatga bazaviy lavozim maoshlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor — 1 589 509 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dotsent — 1 511 061 soʻm”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(soʻm)

Lavozimlar nomi

Bazaviy lavozim

maoshlari miqdorlari

I guruh

II guruh

1. Rektor:

akademik ilmiy unvoniga ega boʻlgan

2033591

1950979

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1950979

1868807

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1868807

1802415

2. Oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor:

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻy�cha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1868807

1802415

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1802415

1721777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1721777

1655821

3. Xalqaro aloqalar, kapital qurilish va moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor:

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1760106

1693638

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1693638

1626864

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1626864

1559993

4. Filial direktori:

akademik ilmiy unvoniga ega boʻlgan

1950979

1950979

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1868807

1868807

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1802415

1802415

5. Filial direktorining oʻrinbosari:

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1802415

1802415

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1721777

1721777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1655821

1655821

6. Dekan:

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1721777

1721777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1655821

1655821

7. Dekan oʻrinbosari:

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1655821

1655821

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1589509

1589509

8. Hisoblash markazi boshligʻi

660948

618587

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 455-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)