Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2001 24.03.2000 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.03.2000 yildagi 103-son
Date of entry into force
24.03.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIRJADAN TAShQARI VALYuTA BOZORINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyuta muomalasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan pulli xizmatlar uchun hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2000-yil 1-apreldan boshlab respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan 1-ilovaga muvofiq pulli xizmatlar koʻrsatilganligi uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslardan faqat erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xizmatlari uchun toʻlovni (aviatsiya, temir yoʻl orqali tashish va xalqaro avtotashishlar xizmatlariga haq toʻlash bundan mustasno) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki va “Oʻzsanoatqurilishbank”ning boʻlimlari orqali toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov norezident jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarida yoki xorijiy banklarda ochilgan valyuta hisob varaqlaridan pul oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek debet-kredit plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd erkin muomaladagi valyutada toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, xizmatlar uchun haq toʻlash hisobiga koʻrsatib oʻtilgan banklar muassasasiga tushuvchi valyuta tushumining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotilishi, qolgan 50 foizi esa — norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus valyuta hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta tushumini majburiy sotishga teng soʻmni, shuningdek norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ixtiyorida qoluvchi valyutani hisob-kitob raqamiga oʻtkazish bilan bogʻliq operatsiyalar banklar tomonidan uch bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi va “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi tomonidan, valyuta tushumini vakolatli bankka har kuni albatta inkassatsiya qilgan holda, norezident jismoniy shaxslarga maxsus kassalar orqali xizmat koʻrsatishning mavjud tartibi saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xorijiy aviakorxonalarga, ularning vakolatxonalariga hamda aviatsiya xizmatlari va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish boʻyicha agentlarga norezident jismoniy shaxslarga xalqaro yoʻlovchilar tashuvlar boʻyicha chiptalarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotish huquqi berilsin, buning uchun, valyuta tushumini vakolatli bankka har kuni albatta inkassatsiya qilgan holda, maxsus kassalar ochilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank va vakolatli banklar bilan birgalikda norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi va valyuta tushumining oʻz vaqtida inkassatsiya qilinishi va albatta sotilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida oʻn kun muddatda takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy meʼyoriy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 24-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezident jismoniy shaxslarga faqat erkin almashtiriladigan valyutada koʻrsatiladigan pulli xizmatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimning barcha turlari (umumiy oʻrta taʼlimdan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona, sayyohlik firmalari xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviatsiya xizmatlari va ular bilan bogʻliq xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl tashuvlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro avtomobil tashuvlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon va peydjing aloqasi xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-sogʻlomlashtirish xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga tegishli uy-joylarni ijaraga olish xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport-ekspeditsiya xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta xizmatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududida korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezident jismoniy shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan pulli xizmatlar koʻrsatish shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Ushbu Tartibda jismoniy shaxslar — xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchisi boʻlgan davlatlar fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashashi uchun belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomaga ega boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy roʻyxatdan oʻtmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan va rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslar pulli xizmatlar olish uchun murojaat qilishganda ular oʻz shaxsini, fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek roʻyxatdan oʻtgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (milliy pasport, harbiy bilet yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma — harbiy xizmatchilar uchun, yashashi uchun ruxsatnoma, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini) taqdim etishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI NOREZIDENT JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN XIZMATLAR HAQINI TOʻLASh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi norezident jismoniy shaxslariga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar uchun tariflar ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va tarmoq meʼyoriy hujjatlari asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutaga aylantirib hisoblagan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida, “Asaka” bankida va “Oʻzsanoatqurilishbank”da, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida oldindan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, belgilangan tartibda maxsus valyuta hisob raqamlari ochishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan taqdirda, korxona, tashkilot va muassasalar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Koʻrsatilgan xizmatlar haqi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan yuqorida qayd etilgan banklar boʻlimlari orqali, pulli xizmatlar koʻrsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan yozib beriladigan schyot-shartnomalar asosida toʻlanadi. Toʻlov naqd erkin almashtiriladigan valyutada, norezident jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarida yoki chet el banklarida ochilgan valyuta hisob raqamlaridan mablagʻ oʻtkazgan holda, shuningdek debet-kredit plastik kartochkalaridan foydalanib amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tizimi korxonalari tomonidan xorijiy sayyohlarga sayyohlik xizmatlari va qoʻshimcha xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi PF—2286-son Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Xorijiy turistlarga erkin almashtiriladigan valyutada xizmatlar koʻrsatish tartibiga muvofiq koʻrsatiladi.
(2.3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Schyot-shartnomalar uch nusxada yoziladi, korxona, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Uning bir nusxasi korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriyasida qoladi, ikkinchi nusxasi toʻlash uchun bankka topshiriladi, uchinchisi toʻlovchida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Schyot-shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
schyot-shartnoma sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident jismoniy shaxsga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi korxona, tashkilot, muassasaning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash uchun korxona, tashkilot, muassasaning maxsus valyuta hisob raqami ochilgan bank nomi va ushbu hisob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻm boʻyicha hisob raqami ochilgan bankning nomi va hisob-kitob (budjetdan tashqari) raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va uning fuqaroligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatiladigan xizmatlar turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatiladigan xizmatlarning har bir turi boʻyicha soʻmdagi tarif.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Toʻlov taqdim etilgan schyot-shartnomaga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada qabul qilinganda bank norezidentlarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov erkin almashtiriladigan valyutada qabul qilinganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi beradi, unda korxona, tashkilot, muassasa nomi, schyot-shartnoma tartib raqami, maxsus valyuta hisob raqami, soʻm va erkin almashtiriladigan valyutadagi toʻlovlar sanasi va miqdori, Markaziy bankning toʻlov sanasidagi rasmiy kursi koʻrsatiladi. Maʼlumotnoma uch nusxada beriladi, bittasi mijozda qoladi, ikkinchisi xizmat koʻrsatgan korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriyasiga topshiriladi, uchinchisi bankda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank schyot–shartnomalarning va maʼlumotnomaning oʻzidagi mavjud nusxalarini soliq va moliya organlarining talabiga koʻra tanishish uchun taqdim etishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Maxsus valyuta hisob raqamlariga oʻtkazilgan tushumning 50 foizi Markaziy bankka majburiy ravishda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash hisobiga korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan olingan valyuta tushumini majburiy sotish banklar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Majburiy sotish, soʻmdagi va valyuta mablagʻlarini korxonalar va tashkilotlarning hisob raqamlariga oʻtkazish bilan bogʻliq barcha operatsiyalar banklar tomonidan 3 bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, valyuta tushumining bir qismi majburiy sotilgandan keyin, oʻzlarining maxsus valyuta hisob raqamlariga oʻtkaziladigan erkin almashtiriladigan valyutani mustaqil ravishda tasarruf etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.8. Erkin almashtiriladigan valyutada norezidentlarga koʻrsatiladigan xizmatlar miqdori oʻzgargan taqdirda, tomonlar mijoz bilan xizmatlar koʻrsatuvchi korxona, tashkilot, muassasa oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar. Bunda, toʻlangan summaning bir qismini qaytarish zarur boʻlgan taqdirda, mablagʻlar dalolatnoma boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bank orqali haqi toʻlangan, biroq koʻrsatilmagan xizmatlar miqdorida korxona, tashkilot, muassasa mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda erkin almashtiriladigan valyutada bevosita xizmatlar uchun haq toʻlagan shaxsga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.9. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq valyuta mablagʻlari tushumi hisobini yuritishlari shart. Mijozlarga beriladigan schyot-shartnomalar va oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi dalolatnomalarning ikkinchi nusxalari korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriyasida qoladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. NOREZIDENT JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN AVIATSIYA XIZMATLARIGA VA U BILAN BOGʻLIQ XIZMATLARGA HAQ TOʻLASh TARTIBI XUSUSIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Aviakorxonalar, shu jumladan xorijiy vakolatxonalar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga aviatsiya xizmatlarini va u bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishni mustaqil ravishda yoki oʻz agentlari orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd shaklda — olingan erkin almashtiriladigan valyutani belgilangan tartibda vakolatli bankka har kuni majburiy ravishda inkassatsiya qilgan holda maxsus kassalar orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarida yoki xorijiy banklarda ochilgan valyuta hisob raqamlaridan mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek debet-kredit plastik kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Rezident aviakorxonalar va ularning agentlari tashish uchastkasining joʻnash va borish joylari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida boʻlgan hollarda xorijiy aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladigan aviatashishlarni sotishda aviatashishlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga ham erkin almashtiriladigan valyutada sotishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holda rezident aviakorxona tomonidan olingan vositachilik haqi summasi valyuta tushumining 50 foizi majburiy sotilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Xizmatlar koʻrsatishga tariflar aviakorxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, meʼyoriy hujjatlariga, tarmoq normativlariga, xorijiy davlatlarning aviakorxonalari tomonidan esa — oʻz mamlakatlari qonunchiligiga va Xalqaro Bitimlarga muvofiq mustaqil ravishda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Valyuta mablagʻlari harakati boʻyicha hisob va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, meʼyoriy hujjatlariga, shuningdek Xalqaro Bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. JAVOBGARLIK VA NAZORAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari mazkur Tartib talablariga rioya etilishi, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun haq undirishning toʻgʻriligi uchun shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Mazkur Tartib talablarini buzganlik uchun korxona, tashkilot va muassasaga amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalar solinadi, ularning rahbarlari va mansabdor shaxslari esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va tariflar darajasi, shuningdek litsenziyalashtirish shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Vakolatli banklar korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan valyuta tushumining bir qismi majburiy sotilishi boʻyicha hisob-kitoblarning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Mazkur Tartibning talablariga rioya qilinishi, norezident jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun olingan valyuta tushumining toʻliq va toʻgʻri oʻtkazilishini nazorat qilish soliq organlari, shuningdek budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar boʻyicha — moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.