Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 30.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2691
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 30.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2691
Date of entry into force
06.07.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-iyunda 2691-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-iyundagi 15-mh va 30-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy koʻrsatmalarga koʻra doimiy yoki vaqtincha umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) qatnay olmaydigan bolalar (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) uchun tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarning taʼlim olish huquqini taʼminlash maqsadida maktabning tegishli sinfida oʻqiyotgan bolalardan ikki yoshga oshgan oʻquvchilarni ham ushbu sinfda uyda yakka tartibda taʼlim olishga jalb qilishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Uyda yakka tartibda taʼlim berishning asosiy maqsadi oʻquvchilarning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash hamda ularning taʼlim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar uyda yakka tartibda taʼlim berishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus taʼlim talablariga muvofiq bilim olishlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barkamol, jismonan va maʼnaviy sogʻlom shaxsni voyaga yetkazish, oʻquvchilarda madaniy-maʼrifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim berish jarayonida oʻquvchilarning sogʻligʻini himoyalovchi dars jadvaliga rioya etilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻquvchilarning uyda yakka tartibda taʼlim olishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda yashaydigan oʻquvchilarni aniqlaydilar, roʻyxatga oladilar hamda ularni uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun jalb qilish choralarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻquvchini uyda yakka tartibda taʼlim olishini belgilash uning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasining (bundan buyon matnda tibbiy-maslahat komissiyasi deb yuritiladi) tibbiy xulosasiga asosan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyxatida belgilangan kasallik (patologik holat) alomatlari boʻlgan oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi), oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qiladi. Tibbiy-maslahat komissiyasiga oʻquvchining kasallik tarixidan koʻchirma, kasallik boʻyicha maxsus davolash-profilaktika muassasalarining xulosasi, zaruratga koʻra boshqa diagnostika tekshiruvlari natijalari taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tibbiy koʻrik tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qilingan kundan boshlab uch kun ichida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tibbiy koʻrik natijasiga koʻra, oʻquvchida uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar (patologik holatlar) mavjudligi aniqlanganda, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻquvchining uyda yakka tartibda taʼlim olishga muhtojligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa (bundan buyon matnda tibbiy xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tibbiy xulosa olti oy muddatga yoxud toʻliq oʻquv yiliga beriladi hamda tibbiy-maslahat komissiyasining raisi, aʼzolari va uning ishiga jalb qilingan boshqa mutaxassislar tomonidan imzolanib, davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy xulosa ota-onalarga tibbiy koʻrik oʻtkazilgan kunning oʻzida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ota-onalar farzandlarining uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza bilan maktab direktori nomiga murojaat qiladilar. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli (taʼlim olgan boʻlsa);
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchi ota-onasining fuqarolik pasporti nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maktab direktori arizani qabul qilib olgach, uch kun ichida oʻquvchini uyda yakka tartibda taʼlim olishga jalb qilish haqida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri nomiga yozma murojaat qiladi. Murojaatga ota-onalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri hujjatlarni qabul qilib olgach, uch kun ichida oʻqitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni koʻrsatgan holda oʻquvchini uyda yakka tartibda taʼlim olishga jalb qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi va uning nusxasini maktabga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻquvchida bir vaqtning oʻzida bir necha kasallik turlari uchrasa yoki unga fan oʻqituvchilaridan tashqari boshqa mutaxassislarning (logoped, psixolog, defektolog va boshqalar) yordami kerak boʻlib, maktabda bunday mutaxassis boʻlmasa, ushbu mutaxassislar jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) yoki boshqa taʼlim muassasalaridan oʻrindoshlik asosida jalb etilishi mumkin. Bunda ushbu mutaxassislarga oʻrindoshlik asosida ishlaganligi uchun haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchiga fan oʻqituvchilaridan tashqari mutaxassislarni biriktirish uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari masʼul hisoblanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Maktab direktori tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining tegishli buyrugʻini olgach, uch kun ichida oʻquvchiga uyda yakka tartibda taʼlim beruvchi oʻqituvchilarni biriktirish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi yoshi, psixik holati, avval qaysi sinfgacha oʻqiganligi inobatga olinib, muayyan sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftaridagi roʻyxatga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ota-onalarning istagiga koʻra, oʻquvchiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) tomonidan uyda yakka tartibda taʼlim berish tashkil qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur toifadagi oʻquvchilarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi va ushbu organlarning yoʻllanmasi asosida uyda yakka tartibda taʼlim berish tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Uzoq vaqt davolanishga muhtojligi sababli maktabga borolmaydigan oʻquvchilarga Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) muvofiq oʻquv mashgʻulotlaridan ozod etilgan kunlar oraligʻida uyda yakka tartibda taʼlim olish tashkil etiladi. Bunda mazkur oʻquvchilarga beriladigan taʼlim olayotgan shaxslar uchun mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasida (095\x shakl) koʻrsatilgan muddat tugagach, maktab direktorining buyrugʻiga muvofiq, oʻquvchiga uyda yakka tartibda taʼlim berish toʻxtatiladi va u maktabning tegishli sinfiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari maktab direktorlari tomonidan oʻquvchilarni taʼlim olishga jalb qilish choralari koʻrilishi hamda ular uchun taʼlim jarayoni tashkil etilishini nazorat qiladilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquvchilarga uyda yakka tartibda taʼlim berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻquvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv reja asosida taʼlim-tarbiya beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1-4-sinflar uchun 8 soat, 5-9-sinflar uchun 10 soatni, 10-11-sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Dars jadvali maktab tomonidan oʻquvchining sogʻligʻi holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻquvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq oʻquv rejada koʻrsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday oʻzgartirish maktab direktorining buyrugʻiga muvofiq oʻquv rejadagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarga uyda yakka tartibda taʼlim berish maktabning oʻquv dasturi, psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarga uyda yakka tartibda taʼlim berish esa aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun 45 daqiqa, psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun 40 daqiqadan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dars mashgʻulotlarida oʻquvchining olgan baholari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash daftariga qayd etib boriladi. Baholash daftari har bir fan boʻyicha alohida yuritiladi. Oʻquvchining baholash daftariga qoʻyilgan baholar oʻquvchi roʻyxatda turgan maktabning sinf jurnaliga koʻchirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ota-onalar tomonidan baholash daftariga oʻqituvchilar tomonidan dars mashgʻulotlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi imzo qoʻyiladi. Oʻquvchining baholash daftari oʻqituvchida saqlanadi va oʻquv yili oxirida boshqa hisobotlar bilan birgalikda maktab rahbariyatiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchi olgan baholarning sanasi va dars mashgʻulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga toʻgʻri kelmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻquvchi ogʻir miya jarohatlari, bosh miyada boʻlgan jarrohlik operatsiyalari, shuningdek kasalligi zoʻraygan davrda yoki oʻquvchining taʼlim olishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlarda tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan, unda koʻrsatilgan muddatga oʻqishdan ozod etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻquvchilar uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi maktab direktorining buyrugʻiga muvofiq tashkil etiladi. Ota-onalarning istaklari hamda oʻquvchining sogʻligʻi holatini inobatga olib, bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi oʻquvchining uyida yoki maktabda oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchiga taʼlim olganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hujjatga oʻquv reja boʻyicha oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilgan fanlar uchun baho qoʻyiladi, dars mashgʻulotlari oʻtilmagan fanlarga baho qoʻyilmaydi hamda uning oʻrniga “ozod etilgan” degan soʻzlar yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Dars mashgʻulotlarining oʻqituvchilar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli olib borilishi hamda oʻquv dasturlarining toʻliq bajarilishi maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, oʻqituvchilar hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda maktab direktorining huquqlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyda yakka tartibda taʼlim olishga jalb qilinishi lozim boʻlgan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish jarayonida yuridik va jismoniy shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalardan dars jadvaliga muvofiq mashgʻulotlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun sharoit yaratishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga uyda yakka tartibda taʼlim berishning oʻquv dasturlarini takomillashtirish, interaktiv usullar va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasidagi takliflar bilan murojaat qilish.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 18-martdagi 5-mh, 73-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-1, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktab direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda maktab direktorining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchini jonkuyar va masʼuliyatli mutaxassis oʻqituvchi bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining imkoniyati va qobiliyatiga mos ravishda taʼlim-tarbiya berilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining maktab oʻquvchilari va jamoasi bilan ijtimoiy muloqotda boʻlishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalarning taʼlim jarayoni bilan bogʻliq murojaatlarini oʻz muddatida koʻrib chiqish va ularda koʻtarilgan masalalarni hal etish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktab direktori zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Maktab direktori oʻquvchining sogʻligʻi holatini inobatga olib, uning sogʻlom bolalar bilan oʻzaro muloqot qilish malakasini rivojlantirish hamda hayotga ijtimoiylashuviga koʻmaklashish maqsadida oʻquvchini inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun maktabdagi dars mashgʻulotlariga, darsdan tashqari oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga jalb qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda sinf rahbarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars mashgʻulotlarining olib borilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalar va oʻquvchining oʻqituvchilar bilan muntazam hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining sogʻligʻi holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda maktabda yoki sinfda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga taklif etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda oʻqituvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda oʻquv dasturlarining oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini taʼminlash, atrof-muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining maʼnaviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuygʻularini tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchida mehnat koʻnikmalarini rivojlantirish va uni kasb-hunarga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars mashgʻulotlari rejasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars mashgʻulotlariga oid boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida yuritish hamda oʻquvchining oʻzlashtirishi boʻyicha baholash daftariga qoʻyilgan baholarni sinf jurnaliga kiritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻquvchiga taʼlim berayotgan oʻqituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshimcha haq va yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqituvchiga faqat oʻquv soatlari uchun haq toʻlanadi. Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan uyda yakka tartibda taʼlim berish vaqtincha toʻxtatilgan davrda oʻqituvchiga haq toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinf rahbari va oʻqituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda ota-onalarning huquqlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars mashgʻulotlarining oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchining ruxsati bilan dars mashgʻulotlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandining taʼlim-tarbiya olishi uchun zarur hollarda oʻqituvchi, psixolog, defektolog va boshqalardan maslahat olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandiga taʼlim berayotgan oʻqituvchi faoliyatidan qoniqmagan taqdirda, uni boshqa oʻqituvchi bilan almashtirish toʻgʻrisida maktab rahbariyatiga murojaat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars jadvalini tuzish, oʻquv dasturlarini belgilash boʻyicha takliflar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandining taʼlim olishga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shifokor tavsiyalari va farzandining kun tartibi toʻgʻrisida oʻqituvchini oʻz vaqtida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars mashgʻulotlarining olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining sogʻligʻi toʻgʻrisida maktab rahbariyatini oʻz vaqtida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqituvchi dars mashgʻulotlariga kelmay qoʻygan taqdirda, bu haqda maktab rahbariyatini xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandi tomonidan uy vazifalarining bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(35-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 10-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r.

Kasallikning nomlanishi va patologik holatlari

Uyda yakka tartibda taʼlim olish muddati

I. Somatik kasalliklar

1.

Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli shikastlanishi (tizimli qizil yugurik, dermatopoliomiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteritning ogʻir turlari

6 oy

2.

Yurak va qon aylanish tizimining tugʻma nuqsonlari (dekompesatsiya davri, turgʻun yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II va III darajasi)

6 oy

3.

Ogʻir darajadagi tetrada Fallo kasalligi

oʻquv yili

4.

Tugʻma va orttirilgan xarakterdagi oʻpka-bronx kasalliklarining II va III darajali turgʻun nafas yetishmovchiligi

6 oy

5.

Astmaning ogʻir darajasi (haftada bir necha marta yoki har kuni xuruj qilganda)

oʻquv yili

6.

Surunkali glomerulonefrit (buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik koʻrinishida, qaytalash davridagi tsitostatik va steiroid davo oʻtkazilgan davrida)

oʻquv yili

7.

Surunkali piyelonefrit va surunkali obstruktiv piyelonefrit (buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik koʻrinish davri)

oʻquv yili

8.

Oʻtkir glomerulonefrit birlamchi davolashdan soʻng remissiya davrigacha, birlamchi va ikkilamchi nefrotik sindromi steroid va tsitostatik davo oʻtkazilgan davrida

oʻquv yili

9.

Turli organlarning xavfli oʻsmalari

oʻquv yili

10.

Mukovissedozning ogʻir turi

6 oy

11.

Seliakiyaning ogʻir turi (asoratlar bilan kechish davri)

6 oy

12.

Nospetsifik yarali kolitning ogʻir turi (qaytalanuvchi kechishi)

6 oy

13.

Kron kasalligining ogʻir darajasi (asoratlar bilan kechish davri)

6 oy

14.

Jigar tsirrozining dekompensatsiya darajasi

oʻquv yili

15.

Nomaʼlum etiologiyali oqsil-energetik yetishmovchiligining ogʻir darajasi (vazn tanqisligi 30% va undan ortiq holatlarda)

6 oy

16.

Oʻtkir leykoz, aplastik kamqonliklar, irsiy gemolitik kamqonliklar

oʻquv yili

17.

Ogʻir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiya, trombotsitopenik purpura, gemofiliya, Villibrand va Glnsman kasalliklari

6 oy

18.

Tugʻma va orttirilgan immun tanqisligi holatlari

oʻquv yili

II. Psixonevrologik kasalliklar

1.

Ruhiy holati buzilganligi (shizofreniya, psixozning zoʻraygan davri)

oʻquv yili

2.

Ogʻir nevrozlar (nevrasteniya, psixoasteniya), nevroz holatlarining zoʻraygan davri, shu jumladan enkoprez, kunduzgi turgʻun enurez, dekompensatsiya davridagi duduqlanish

oʻquv yili

3.

Turli etiologiyali yaqqol koʻrinadigan ensefaloastenik holatlar (travmatik, yuqumli, somatik)

oʻquv yili

4.

Psixopatiyalar, dekompensatsiya davridagi psixopatik holatlar

oʻquv yili

5.

Epilepsiyaning zoʻraygan davrida

oʻquv yili

6.

Mustaqil harakat qila olmaslikka olib kelgan tayanch-harakat aʼzolarining buzilishi

oʻquv yili

7.

Bolalar tserebral falaji va uning asoratlari (yengil turi)

oʻquv yili

8.

Bolalar autizmi (xulq-atvor buzilishlari bilan, oʻz-oʻzini boshqara olmaydigan harakatlar sindromi)

oʻquv yili

9.

Miopatiya. Miasteniyaning tarqalgan shakli

oʻquv yili

10.

Asab tizimining demiyelinlashtiruvchi kasalliklari (yaqqol namoyon boʻlgan klinika davri)

oʻquv yili

III. Xirurgik kasalliklar

1.

Tayanch aʼzolarining falaji va toz suyaklari faoliyatining buzilishi bilan bogʻlangan orqa miya churrasi

oʻquv yili

2.

Siydik tuta olmaslik, siydik pufagining ekstrofiyasi, siydik yoʻllarining atoniyasi dekompensatsiyalangan shakli. Najas tuta olmasligi

oʻquv yili

3.

Orqa chiqaruv yoʻllarining atreziyasi

6 oy

4.

Turli kasalliklarda oyoqlarning falaji

oʻquv yili

5.

Surunkali tayanch-harakat aʼzolari kasalligi (surunkali osteomiyelit suyak sili, osteoxondropatiya)

oʻquv yili

6.

Bosh miya operatsiyasidan keyingi asoratlangan holatlar

oʻquv yili

7.

Tayanch-harakat tizimida oʻtkazilgan operatsiyalardan keyingi reabilitativ davr

6 oydan 1 yilgacha

IV. Teri kasalliklari

1.

Tugʻma bullezepidermoliz

oʻquv yili

2.

Tugʻma ixtiozning zoʻraygan davri

6 oy

3.

Eritrodermiya psoriazining yiringli turi

6 oy

4.

Artropatik psoriazi

6 oy

5.

Oʻtkir teri sil kasalligi

oʻquv yili

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-oktabrdagi 14-mh, 95-sonli qarori (roʻyxat raqami 2691-2, 28.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2019-y., 10/19/2691-2/3965-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎Oʻquvchining uyda yakka tartibda taʼlim olishga muhtojligi toʻgʻrisida
‎TIBBIY XULOSA
‎(umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga taqdim etiladigan qismi)

‎‎20__ yil “___”___________

____-son

________________________________________________________________________

‎‎(davolash-profilaktika muassasasining nomi)

‎‎1. Oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________________
‎‎2. Oʻquvchining tugʻilgan sanasi (yil, kun, oy) ___________________________________
‎3. Oʻquvchining doimiy yashash joyi ___________________________________________
‎4. Oʻquvchining oʻqish joyi __________________________________________________
‎5. Tashxis (kasallikning nomi, patologik holati) ________________________________
‎Asosiy _________________________________________________________________
‎Asorati ________________________________________________________________
‎Qoʻshimcha tashxis _________________________________________________________
‎6. Oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan unda Uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyxatining ___-boʻlimi ___-bandida nazarda tutilgan kasallik ________________ _________________________________________ mavjudligi haqida xulosaga qilindi.

(kasallik nomi, patologik holat yoziladi)

‎‎7. Xulosaning amal qilish muddati 20__ yil “___”___________gacha
‎8. Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish sanasi 20__ yil “___”___________ gacha
‎‎Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi

‎‎_______

‎‎_______________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Tibbiy-maslahat komissiyasi
‎aʼzolari va mutaxassislar

‎‎_______

‎‎_______________‎

‎‎M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

_______

_______________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

_______‎‎

_______________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

_______‎‎

_______________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻquvchining uyda yakka tartibda taʼlim olishga muhtojligi toʻgʻrisida
‎TIBBIY XULOSANING KOREShOGI
‎(davolash-profilaktika muassasasida qoladigan qismi)

‎‎20__ yil “___”___________

____-son

________________________________________________________________________

‎‎(davolash-profilaktika muassasasining nomi)

‎‎1. Oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi _______________________________
‎‎2. Oʻquvchining tugʻilgan sanasi (yil, kun, oy) ___________________________________
‎3. Oʻquvchining doimiy yashash joyi ___________________________________________
‎4. Oʻquvchining oʻqish joyi __________________________________________________
‎5. Tashxis (kasallikning nomi, patologik holati) ________________________________
‎Asosiy _________________________________________________________________
‎Asorati ________________________________________________________________
‎Qoʻshimcha tashxis _________________________________________________________
‎6. Oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan unda Uyda yakka tartibda taʼlim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyxatining ___-boʻlimi ___-bandida nazarda tutilgan kasallik ________________ _________________________________________ mavjudligi haqida xulosa qilindi.

(kasallik nomi, patologik holat yoziladi)

‎‎7. Xulosaning amal qilish muddati 20__ yil “___”___________gacha
‎8. Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish sanasi 20__ yil “___”___________ gacha
‎‎Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi

‎‎_______

‎‎_______________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Tibbiy-maslahat komissiyasi
‎aʼzolari va mutaxassislar

‎‎_______

‎‎_______________‎

‎‎M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

_______

_______________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

_______‎‎

_______________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

_______‎��

_______________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎Tibbiy xulosa 20 __ yil “__” _______ga qadar ________________________________ga

‎‎‎‎(umumiy oʻrta taʼlim muassasasining soni, manzili)

‎‎topshirish uchun __________________ ga berildi.

(topshiradigan shaxsning F.I.O.)‎‎

Tibbiy xulosani oldim: 20 ___ yil “___” ____________

_________

‎‎(imzo)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“‎‎TASDIQLAYMAN”
‎ ____________ tumani (shahri) ____-sonli umumtaʼlim maktabi direktori

______ ‎‎

_________________‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎20 ___ yil “___” ________

‎‎Uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan ____-sinf oʻquvchisi
‎ ____________________ uchun tuzilgan

‎‎(oʻquvchining F.I.O.)

‎‎DARS JADVALI

Hafta kunlari‎‎

Fanning nomi‎‎

Darsning boshlanish vaqti‎‎

Darsning davomiyligi

Oʻqituvchining F.I.O.‎‎

Dushanba‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Seshanba

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

Chorshanba‎

‎‎

Payshanba‎

‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎

Juma‎‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎

Shanba

‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan ____-sinf oʻquvchisi
‎ ____________________ning

‎‎(oʻquvchining F.I.O.) ‎‎

“_______________________________” fanidan

(fanning nomi)

BAHOLASh DAFTARI

Sana

Mavzu nomi

Oʻquvchiga qoʻyilgan baho

Uy vazifasi

Ota-onasining imzosi

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 346-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2691-1/2865-son; 28.10.2019-y., 10/19/2691-2/3965-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)