23.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2688
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 23.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2688
Date of entry into force
29.06.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2688]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 8-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 8-iyundagi 56-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar xamirturush ishlab chiqarish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar xamirturush ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tashkilot xodimlari Non ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1871, 2008-yil 19-noyabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(40-bandning uchinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tashkilotdagi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Tashkilotning binolari va inshootlari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, oʻrtacha ogʻir ishda 17º S va ogʻir ishda 16º S dan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22º S dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8° C dan 20° C gacha boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Xamirturush ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlar va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Tashkilotlarning texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Texnologik jarayonlar parametri va ularni oʻzgartirish mumkin boʻlgan diapazon hamda parametrlardan chiqmaslik usullari va vositalari ishlab chiquvchi tomonidan belgilanib texnologik reglamentda koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Tashkilotlarda texnologik jihozlarda sinov ishlarini olib borish uchun xavfsizlikni taʼminlash choralari va xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berishni taʼminlovchi vaqtinchalik sinov-ishlab chiqarish reglamenti boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Nazorat oʻlchov asboblari (termometr, manometr, hisoblagich) va signal lampalarining joylashuvi ularning koʻrsatkichlarini bemalol nazorat qilish imkonini berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish yuqori va quyi sathlarni oʻz ichiga olgan koʻrsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanilganda, xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi uskunalar qoʻllanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Apparat va idishlardagi bosimni (vakuumni) nazorat qilish uchun ularga monometrlar va vakuummetrlar oʻrnatilishi lozim. Manometr shkalasida idishning ishchi bosimi koʻrsatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat-oʻlchash asboblari, xavfsizlik panjaralari, ishga tushirish apparaturasi, texnologik qurilmalari va asboblari boʻlgan sozlangan jihozlarda oʻtkazish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Xamirturushni oʻstirish apparatlari zich berkitiladigan va xamirturushning koʻpayish jarayonining asosiy parametrlarini aniqlash uchun oʻlchov vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak (apparatni toʻldirish sathi, muhitning harorati). Shamollatish tizimi apparat ichidan gazni chiqarib olinishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Xamirturushni oʻstirish apparatidan namunalarni maxsus namunalar olish joʻmraklari orqali olish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Xamirturushni oʻstirish apparatini yuvish va dezinfeksiya qilish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak. Dezinfeksiya eritmalarini yuzaga sachratmasdan amalga oshirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Tebranishni kamaytirish maqsadida, separatorlar beton sathi boʻyicha oʻrnatilishi va poydevorga rezinali taglik bilan maxsus boltlar yordamida mustahkamlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Separator barabanini yigʻish detallardagi raqamli tamgʻalarga asosan amalga oshirilishi lozim. Separatorlarni yigʻishda boshqa separatorlardan olingan detallar bilan almashtirilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Tebranish, begona shovqin paydo boʻlganda separator zudlik bilan toʻxtatilishi va nosozlik bartaraf etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Separator oʻrnatilgan joyda xamirturush konsentratini yigʻadigan sigʻimlar aralashtirgich bilan blokirovka qilingan mustahkam berkitiladigan lyuklar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Melassdan foydalanishda separatorda quyidagi xavfsizlik talablariga rioya etilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqarish quvuridagi maksimal qarshi bosim texnik hujjatda koʻrsatilgan miqdordan oshmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barabanni choʻkmalardan ozod etish boʻyicha oraliq vaqti, ayniqsa mexanik chiqarishda texnik hujjatda koʻrsatilgan miqdordan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Namlantirish uskunasiga qulay xizmat koʻrsatish uchun, barabanli vakuum-filtr maxsus maydoncha va zinapoya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Avtomatlashtirilgan kamerali filtr-presslar haydaydigan quvurlarda oʻrnatiladigan manometr va saqlagich klapani bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Saqlagich klapani suspenziyani nasosning soʻrib olish liniyasiga yoki suspenziya yigʻish sigʻimiga chiqarishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Filtr-presslar quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidravlik yoki mexanik qisqichlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik hujjatda koʻrsatilgan miqdordagi bosimga sozlangan saqlagich klapanlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rama va plitalarni qisish bosimi, xamirturush konsentrati bosimini koʻrsatuvchi manometrlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Gidroqisish tizimida barcha joʻmraklarning toʻgʻri ochilishi puxta tekshirilgandan soʻng, pressni qisishga ruxsat berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Ramalar va plitalar toʻliq komplekt boʻlmaganda, filtr-pressda qisish oʻqini uzaytirish uchun turli xildagi moslamalardan foydalanish taqiqlanadi. Filtr-press ramasini qoʻl bilan zichlashtirishda faqat filtr-pressning komplekt qismidagi dastalardan foydalanish lozim. Filtr-press ramasini zichlashtirish uchun qoʻshimcha dastalardan foydalanilmaslik lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Quritish boʻlimida changdan tozalash ishlari har kuni amalga oshirilishi kerak. Quritish boʻlimida qoplangan tayyor mahsulotlar taxlanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Qoliplash-qadoqlash mashinasi bunkeriga xamirturushni yuborish uchun lyuklar, tarnovlar qopqoqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Qoliplash-qadoqlash mashinasining qopqogʻi mashina bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak. Bunday blokirovka qopqoq ochiq boʻlganda mashinani ishga tushirishga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Xamirturushni qoliplash-qadoqlash mashinasiga qoʻl bilan yuborish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Qoliplash-qadoqlash ishlari alohida ajratilgan joyda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Yuvish va dezinfeksiya eritmalarini tayyorlash, regeneratsiya va transportirovka qilish jarayoni eritma boʻlimida javobgar shaxs rahbarligida amalga oshirilishi kerak. Yuvish va dezinfeksiya eritmalarini tayyorlash uchun moʻljallangan apparatura (quvur oʻtkazgichlar, ochish va yopish moslamasi, nasoslar) va oʻlchov idishlar kislotaga chidamli materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Apparatlar, yigʻish va oʻlchov idishlarning lyukli qopqoqlari boʻlishi kerak. Lyuklar yengil va mustahkam berkitiladigan boʻlishi lozim. Barcha idishlar sathni oʻlchaydigan asboblar va namunalar olish joʻmraklari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Agressiv va oʻyuvchi suyuqliklarni idishlardan toshib ketishining oldini olish uchun, eritmalarni tayyorlash joylarida yuqori sath blokirovkasi va signalizatsiyasi yoki suyuuqliklarini toʻkilib ketishini oldini olish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Melass va tuzlarni eritish hamda aralashtirish uchun moʻljallangan apparatlar aralashtirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Aralashtirgichlarning uzatmalari, ularni toʻsatdan ishga tushib ketish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaydigan saqlagich moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Sigʻimlar va quvur oʻtkazgichlarda melass bilan shakaramin reaksiyasi hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagi talablarga rioya etilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melass uni saqlash sigʻimidan faqat undan foydalanish uchun kerak boʻlgan paytda olinishi va chiqarib olinadigan joyning oʻzida isitilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melass saqlash sigʻimlarida melass haroratini nazorat qilish uchun termometr bilan jihozlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melassni isitish uchun bugʻ berish quvur oʻtkazgichida qulflanadigan quti bilan yopilgan ikkita ochish va yopish moslamasi oʻrnatilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melassdagi shakarning miqdori va melass saqlash sigʻimidagi melassning harorati har ikki haftada bir marta tekshirib borilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melassdagi shakarning miqdori kamaygani va melass saqlash sigʻimidagi melassning harorati koʻtarilgani aniqlangan taqdirda, zudlik bilan melassni qayta ishlash choralari koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melass oldindan aralashtirilgan holda sterilizatsiya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melass sterilizatsiya qilingandan soʻng belgilangan haroratgacha sovutilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sterilizatorning kirish joyida yoki chiqarish quvur oʻtkazgichida gaz chiqarish uchun moslama oʻrnatilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Melassni qizdirilgan holatda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Xamirturush ishlab chiqarishda ishlatiladigan barcha mikroorganizmlar bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlar, maxsus xonalarda atmosferaga mikroorganizmlarni chiqarishga yoʻl qoʻymaydigan talablarga rioya etgan xolda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Mikroorganizmlar solingan idishlardan foydalanilgandan soʻng, ular sterilizatsiya yoki dizenfeksiya qilinishi va faqat shundan soʻng yuvilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Tashkilotlarda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Tashkilot binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(125-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Xamirturush ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish jarayonida oldindan nazarda tutilmagan yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Tashkilot binolari va xonalari birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Shamollatish tizimlari yongʻin avtomatikasi tizimlari bilan bogʻlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻlimlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Elektr qurilmalari va elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishi taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi kerak. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan barcha elektr qurilmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlaydigan yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuchlanish kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Xamirturush ishlab chiqarish tashkilotlarida chiqindilar saqlash joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Chiqindi yigʻish oʻralarining atrofi kamida 1,2 m balandlikdagi toʻsiqlar bilan toʻliq holda oʻralgan boʻlishi hamda balandligi 1,2 m panjarasi boʻlgan mustahkam oʻtish koʻprikchalari bilan jihozlanishi kerak. Bunda toʻsiqlar va oʻtish koʻprikchasi panjaralarining tagi kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga toʻsilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Xodimlarni oʻraga tushirishdan avval oʻralardan zararli gazlarning chiqib ketishi taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Zararli gazlarning yoʻqligi oʻra tubiga yonib turgan shamni tushirish yoʻli bilan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Chiqindilardan boʻshatilgan oʻralar taxtali shitlar bilan yopilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Chiqindilarni taqiqlangan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan meʼyorlarda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Omborlarda yongʻin xavfsizligi, taxlash va saqlash boʻyicha xavfsizlik qoidalari (yoʻriqnomalar) boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Mahsulotlar omborxonalarda turlari boʻyicha saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Mahsulot saqlash omborxonalarini yashiklar bilan toʻldirilmasligi lozim. Yashiklar mahsulotlar sarflangandan keyin ish joyiga yetkazib borilishi kerak. Ish vaqti tugaganda xodimlar tomonidan omborxonalar chiqindilardan tozalanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Yashiklarni yigʻish va saqlash maxsus ajratilgan joylarda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Tayyor mahsulotni omborxonalardan transport vositasi kuzoviga yetkazib berish transportyorlar yordamida yoki boshqacha mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Transport vositasi orqaga ketishini cheklash uchun estakada oldida cheklagichlar (chorqirra taxtalar, maxsus moslamalar va hokazolar) qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Estakadada oʻrnatilgan transportyordan oʻtish uchun zarur hollarda panjarali oʻtish koʻprikchalari oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Laboratoriyada ishlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Laboratoriyada ishlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oqma-tortma shamollatish tizimidan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (javonlar) yoki havoni soʻrib olish uchun shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Laboratoriya xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yongʻin jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari lozim. Moddalar va materiallar laboratoriyada navlari boʻyicha saqlanishi kerak. Oʻzaro kimyoviy taʼsiri yongʻin yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻymaslik zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Uskunalar oraligʻidagi eng kam yoʻl qoʻyiladigan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Zaharli moddalar bilan ishlashga moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bogʻliq boʻlmagan havo tortuvchi moslamalarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Zararli, yonuvchi bugʻ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi soʻrmalar, shuningdek suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shkafning 15 — 20 sm gacha ochib qoʻyilgan tabaqalari koʻndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/sek atrofida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Tortuvchi shkaflar germetik gaz oʻtkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning oʻchirgichlari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni boʻylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplangan boʻlishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga moʻljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv joʻmraklari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va joʻmrakni tasodifan ochib yuborishning imkoni boʻlmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud boʻlib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yoʻqotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa, sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kislotalar va ishqorlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yogʻinlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Kislota va ishqorlarni yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar qoʻyiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, toʻkilgan kislotani maxsus idishga yoʻnaltiradigan tarnovlar qiya boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Kimyoviy moddalar omborlari toʻkilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam toʻqilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi kerak, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlarni qoʻlda ikki kishi uzogʻi bilan 25 m masofaga tekis yuza boʻylab tashishga yoʻl qoʻyiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest toʻshalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich koʻzoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qoʻlqoplardan, ayrim hollarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kislota va ishqorlar bilan saqlagich koʻzoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qoʻl nasoslari vositasida quyish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Qattiq holatdagi oʻyuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yoʻl-yoʻriq olgan tajribali ishchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ochilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Boʻshagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilishi va eritish yoʻli bilan tozalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻshagan barabanlarni faqat suv bilan yuvilgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik boʻlaklarini asta-sekin qoʻshib borish zarur, bunda ishqor boʻlaklarini faqat qisqich bilan ushlash kerak. Oʻyuvchi ishqorlarning katta boʻlaklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato boʻlagi bilan yopib, mayda boʻlaklarga maydalash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Toʻkilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum toʻkilishi, neytrallanishi va shundan soʻnggina yigʻishtirilishi kerak. Shisha siniqlarini choʻtka va hokandoz yordamida yigʻib olish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida toʻplanishi va zararsizlantirilgandan soʻng kanalizatsiyaga, loyli oʻraga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, ruxsat etilgan joyga toʻkilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Kislota va ishqorlardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilib, yaxshilab yuvilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Tez yonadigan va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalarda (shisha idishlarda) saqlanishi kerak. Bankalar qopqogʻi jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Yashik yetib borish uchun qulay, yoʻlaklar va qizitadigan asboblardan uzoqda polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqogʻining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez yonadigan suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy meʼyorlari koʻrsatilgan aniq yozuv tushirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Tez yonadigan suyuqliklar uchun shisha idishning sigʻimi 1 litrdan oshmasligi, sigʻimi kattaroq boʻlganda esa germetik yopiladigan metall gʻilofga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar) saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Ishlar yakunlangandan soʻng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xonaga (omborga) chiqarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Dietil efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorongʻi xonada saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Tez yonadigan va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki gʻilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yongʻindan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Tez yonadigan moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilyatsiya ishlab turgan xonalarning tortuvchi shkaflarida va gaz yondirgichlar va elektr asboblari oʻchirilgan holatda oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Yonuvchan moddalar bilan ishlashni laboratoriyaning tajribali xodimlariga topshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bogʻliq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan toʻldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Yuqoriroq qizish haroratiga ega boʻlgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Tez yonadigan moddalarni qizdirish uchun qoʻllaniladigan barcha apparatura toʻliq tuzatilgan boʻlishi, kontaktlar uchqun chiqishining oldini olish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Laboratoriya havosiga ozroq bugʻlanishi bilan taʼsir qiladigan benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalar bilan bogʻliq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bugʻlantirish taqiqlanadi. Bugʻlantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Yoqilgʻi suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan soʻng darhol yuvib tashlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni yoʻqotish uchun olib ketilishi lozim boʻlgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yigʻish lozim. Yoqilgʻi suyuqliklarini kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Yongʻin va portlash xavfli suyuqliklar tasodifan toʻkilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol oʻchirilishi, tashqaridagi umumiy elektr oʻchiruvchi bilan xona uzib qoʻyilishi, toʻkilgan moddalar koʻp miqdorda boʻlganda qoʻshni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham oʻchirilishi, toʻkilgan joyga qum sepilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Yoqilgʻi moddalarining alanga olgan holatida (yongʻin paydo boʻlganda) tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Maydonchalar va zinalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Pol sathidan 1,5 m dan yuqorida joylashgan holda xizmat koʻrsatilishini talab etuvchi uskunalar statsionar maydonchalar va zinapoyalar bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Pol sathidan 0,5 m va undan yuqori balandlikda joylashgan maydonchalar, shuningdek ularga keluvchi zinapoyalar va oʻtish koʻprikchalarining atrofi kamida 1,2 m balandlikdagi panjaralar bilan toʻliq holda jihozlangan boʻlishi kerak. Bunda panjaralarning tagi kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga toʻsilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Uskunalarga xizmat koʻrsatish maydonchalarining kengligi kamida 0,8 m, ularga keluvchi zinapoyalarning kengligi esa kamida 0,6 m boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Zinapoyalar zinalarining eni kamida 0,12 m, ularning balandlik farqi esa koʻpi bilan 0,2 m boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Pol sathidan 1,5 m gacha balandlikda joylashgan maydonchalarning zinapoyalari koʻpi bilan 45° gacha qiyalikda, 1,5 m dan ortiq balandlikda boʻlganda esa koʻpi bilan 50° qiyalikda boʻlishi kerak. Yertoʻlalarga keluvchi zinapoyalarning qiyaligi koʻpi bilan 45° boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Maydonchalar pollarining qoplamasi gʻadur-budur boʻlib, ishlayotgan xodimlar sirgʻanib ketishining oldini olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Uskunalarga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuroʻtkazgichlar va armatura QMQ 3.05.05-98 “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvuroʻtkazgichlar”, GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi, shuningdek xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali va tikanli boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Asbob-uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Asbob-uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qatʼi nazar, yaxlit yoki toʻrli toʻsiqlar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻsiqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Mashina, apparatlar, quvuroʻtkazgichlarning barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolyatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Portlashdan xavfli binolar (ammiyak suvi saqlash sigʻimlari) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishiga qarshi quyidagi choralar bilan taʼminlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam boʻlmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo boʻladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan boʻlishi yoki moyli muhitda turishi, lyuklardagi boltlar, koʻchiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qoʻl jihozlari va asboblar bronza, jez va zarba paytida uchqun paydo boʻlishiga yoʻl bermaydigan boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga oʻz-oʻzicha almashuvga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini taʼminlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot boʻling, avtomatik ishga tushiriladi!” degan xavfsizlik belgisi boʻlishi lozim. Toʻla avtomatlashgan korxonada bunday plakatlar talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Tashkilotda namunaviy yoʻriqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi boʻyicha ishlab chiqarish yoʻriqnomalari ishlab chiqilishi lozim. Ular tashkilot xodimlariga ular tomondan imzolangan holda tarqatilishi, shuningdek ish joylarida osib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Apparat va sigʻimlar ichidagi ishlarda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Apparatlar va texnologik sigʻimlar ichida turli xil ishlarni amalga oshirish muhandis-texnik xodimlardan boʻlgan, ishlarni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsga berilgan tashkilot rahbarining yozma ruxsati bilan oʻtkaziladi. Ishlar faqat kunduzgi vaqtda oʻtkazilishi kerak, tungi ishlarga faqat avariya yuz bergan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Apparatlar va sigʻimlar ichidagi ishlarga 18 yoshdan kichik boʻlmagan, jismoniy sogʻlom, tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Sigʻimlar ichidagi ishlar ikki va undan ortiq kishidan iborat boʻlgan guruh tomonidan oʻtkazilishi kerak (bittasi ishlaydi, ikkinchisi uni kuzatadi). Kuzatuvchisiz (dublyorsiz) ishlashga ruxsat etilmaydi. Portlashdan xavfli muhit boʻlgan yoki gazdan xavfli sirasiga kiritilgan apparatlar va sigʻimlarda ishlashda kuzatuvchilar ikkita boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Apparat yoki sigʻim ichida ishlashdan avval tashkilot yoki smena boshligʻi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparat yoki sigʻimni mahsulotdan yaxshilab tozalashi va keyin uni suv bilan yaxshilab yuvishi, suyuqlikning qoldigʻi ishchini apparatda yoki sigʻimda boʻlmagan vaqtda ketkazilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparat yoki sigʻimni suv, bugʻ, mahsulot va boshqa xil quvurlaridan joʻmraklar, tiqin joʻmraklarini yopish hamda quvurlarda zich tiqinlarni oʻrnatish yoʻli bilan ishonchli oʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avvaldan shamollatish uchun, shuningdek butun ish davomida yuqori va quyi tuynuklarni ochish (zarur boʻlganda majburiy shamollatishni amalga oshirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” ogohlantirish yozuvini osib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparat yoki sigʻimning ichida havo muhitining tahlilini amalga oshirish, sinamalar yuqori zonada lyukdan kamida 1 m masofada va quyi zonada — tubidan koʻpi bilan 0,2 m masofada olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriy ashyolar va asboblarning mavjudligi va sozligi, portlashdan xavfli muhit hosil boʻlishi mumkin boʻlgan sigʻimlarda ishlash paytida ashyolar va asboblar zarba tufayli uchqun yuzaga kelishining oldini olishi lozim (asbobga mis qoplanishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlashdan xavfli muhiti boʻlgan sigʻimlarda ishlash uchun portlashdan himoyalangan turdagi chirogʻi boʻlgan 12 V kuchlanishli koʻchma elektr chiroqlari (akkumulyatorli chiroqlar) yoxud boshqa joylarda ishlash uchun suv oʻtmaydigan turdagi chiroqlar mavjud boʻlishi kerak. Ochiq alangadan foydalanish qatʼiy taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya muhofaza vositalarining mavjudligi va sozligi, sinov raqami va sanasi koʻrsatilgan yorligʻi boʻlgan shlangli yoki kislorodli toʻliq ajratuvchi gazga qarshi niqob, qutqarish arqoni boʻlgan muhofaza belbogʻi. Muhofaza belbogʻi va arqonning pasporti boʻlishi va u har 6 oyda 5 daqiqa davomida statik yuk bilan (300 kg) sinovdan oʻtishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sigʻim yoki apparat ichida ishlashga ishlashning xavfsiz usullariga maxsus oʻrgatilgan ishchilarning qoʻyilishi, shuningdek ular bilan qoʻshimcha xavfsizlik texnikasi yoʻl-yoʻriqlari berilib, boʻlgʻusi ishning turi hamda uning xavfsizligini taʼminlaydigan chora-tadbirlar tahlil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230. Ishchini sigʻim yoki apparatga tushirishdan avval uning poyabzalini maxsus toza poyabzalga almashtirish lozim. Tashkilot yoki smena boshligʻi shaxsan ishchida koʻrsatilgan asboblar, himoya va muhofaza moslamalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi va shundan keyin unga sigʻim yoki apparatga tushib ishlashga ruxsat berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Ishchilarning yuqori va quyi tuynuklarga ega boʻlgan apparatlar va sigʻimlarga kirishi quyi tuynuk orqali, quyi tuynuklari boʻlmagan sigʻimlarga (amforalar va hokazo) tushish esa, yuqori tuynuk orqali tuynukka ilish uchun ilmoqlari boʻlgan narvon orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Sigʻimlar ichidagi ishlarni bajarish uchun pastidan rezina uchliklari boʻlgan koʻchma (tirab qoʻyiladigan) narvonlardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Apparat yoki sigʻimning ichida gazga qarshi niqobda toʻxtovsiz ishlash koʻpi bilan 15 daqiqaga ruxsat etiladi, undan keyin ishchiga ochiq havoga chiqqan holda 15 daqiqaga tanaffus berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Shlangning boʻsh uchi (havo olish uchi) toza havo kelishini taʼminlaydigan joyda mustahkamlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Olib chiquvchi shlangning uzunligi 20 m dan ortiq boʻlganda unga purkagich yordamida havo kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Apparat yoki sigʻim ichida ishlar tugaganidan keyin tashkilot yoki smena boshligʻi quyidagilarni bajarishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparat yoki sigʻim ichida odamlar, shuningdek ashyolar va asboblarning yoʻqligini shaxsan tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparatlar yoki sigʻimlar ulangan quvur-simlardan yopqichlarning olinishi hamda tuynuklarning bekitilishi uchun yozma ruxsat berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Rolikli transportyorda ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Transportlanayotgan ashyolarni transportyorga shunday joylash kerakki, ular transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish, transportyorning ustida yurish, undan sakrab oʻtish va ustida oʻtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transportyor harakatlanayotgan paytda chalgʻimaslik va boshqalarni chalgʻitmaslik zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239. Transportyorlar ostki qismiga yogʻoch qurilmalari va boshqa buyumlar qoʻyilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transportyorlarni nazorat qilib turish yoʻlaklari doim ochiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
240. Transportyorlar ishlayotgan joy toza tutilishi, tashilayotgan yuklar va chiqindilar bilan toʻldirib yuborilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241. Boshqarish pultidagi barcha ishga tushiruvchi tugmalar soz holatda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
242. Transportyor ishlayotgan paytda yigʻishtirish ishlarini olib borilmasligi lozim. Transportyor barabanining ichidagi yigʻishtirish ishlari tegishli yoʻriqnomalar asosida olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243. Harakatlanuvchi uskunalarni tozalashni boshlashdan oldin “Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” degan taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244. Transportyorni toʻxtatish uchun oldi va orqa qismlarida avariya tugmachalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Konveyerlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
245. Konveyerlarning tuzilishi, konveyerlar, galereya va qurilish konstruksiyalari orasidagi oʻtish joylarining kengligi amaldagi meʼyorlarga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
246. Konveyerlarning oʻtish joylari uskunalar ustida joylashgan taqdirda, ularning pastki qismi sochilib ketgan materiallarning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
247. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarning barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning trosslari va yuklarning elementlari himoya toʻsiqlari bilan toʻsilgan boʻlishi zarur. Himoya toʻsiqlarining konstruksiyasi uni yechib olmasdan turib, konveyer mexanizmlarini moylash va podshipniklarning qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
248. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uzunasi boʻylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yigʻindisiga teng boʻlgan masofada toʻsilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
249. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi, baraban va tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim. Tasmaning yon tomonga chiqib ketishining oldini olish uchun konveyerlar tasmaning siljishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
250. Tasmali konveyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan yoki boʻshatuvchi tarnovlari toʻlib tiqilib qolgan taqdirda, konveyerning uzatmasi toʻxtatib qoʻyuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Koʻchmas konveyerlar, ularning uzunligidan qatʼi nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi boʻylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini toʻxtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252. 6° dan ortiq qiyalikka ega boʻlgan tasmali va plastinali konveyerlar, ular toʻxtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253. Tasmali konveyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254. Koʻchib yuruvchi konveyerlar va ularni elektr manbai bilan taʼminlovchi kabellar foydalanishga qulay va oʻtish joylarini toʻsib qoʻymaydigan qilib joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255. Tasmali konveyerlar bilan quruq va changlanuvchan materiallar tashilayotgan paytda ularni ortish va tushirib olish joylari germetizatsiyalangan boʻlishi va ish zonasi havosidagi changning miqdori ortmasligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256. Bir nechta ketma-ket oʻrnatilgan konveyerlar yoki texnologik liniyaning boshqa uskunalari bilan bogʻlangan konveyerlar bir vaqtda ishlaydigan boʻlsa, ularning elektr dvigatellari blokirovkalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257. Tasmali konveyerlar ostidan toʻkilgan materialni yigʻishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim. Materiallarni qoʻlda yoki mexanizatsiya vositalarida yigʻishtirib olishga faqat konveyer toʻxtatib qoʻyilgandagina ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 sekund davomida konveyerning butun uzunligi boʻyicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berish vositasi boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259. Konveyerlarning ustidan oʻtish uchun galereyalarda qoʻzgʻalmaydigan koʻprikchalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Oʻtish koʻprikchalari yaxlit toʻshamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 m boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qoʻlda taʼmirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Konveyerni toʻxtatish uchun oldi va orqa qismlarida avariya tugmachalari oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Uskunalarni joylashtirishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
262. Ishlab chiqarish uskunalari ularga erkin yaqinlashish imkoniyati taʼminlangan hamda tozalash uchun qiyin va noqulay joylar qoldirmagan holda oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
263. Tashkilot yoʻlaklari boʻsh, xom ashyo va tayyor mahsulot bilan band boʻlmasligi, tashkilotning ichki transporti harakatlanish hududidan holi joyda boʻlishi va ishlab chiqarish jarayoni ustidan kuzatishning qulayligini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264. Yoʻlak oraliqlari uchun minimal masofalar poydevor, izolyatsiya, toʻsiq va shu kabi qoʻshimcha qurilmalarni hisobga olgan holda, uskunalarning maksimal boʻrtib chiqqan qismlari oraligʻida belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
265. Ishlab chiqarish uskunalarini oʻrnatishda quyidagi kenglikdagi yoʻlaklar qoldirilishi nazarda tutilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar doimiy oʻtadigan yoʻlaklar kamida — 1,5 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
devor va uskuna oraligʻidagi yoʻlaklar kamida — 0,8 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalarning boʻrtib chiqqan qismlari oʻrtasi kamida — 0,8 m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
266. Sigʻimlar oraligʻidagi yoʻlakning kengligi yoʻlakdan olib oʻtiladigan uskunalar hajmini inobatga olgan holda, ularning kengligiga nisbatan kamida 1 m kattaroq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267. Tashkilotning taʼmirlash xizmati xodimlari uskunalarning mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, ularning texnik pasportlariga va texnik hujjatlariga binoan taʼmirlash ishlarini olib borishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268. Uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi hamda taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
269. Asosiy uskunalarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
270. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
272. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda taqiqlovchi xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
274. Yechib olingan detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
275. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan paytida ish joylari, yoʻlaklar va zinapoyalar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
276. Balandlikda taʼmirlash ishlarini bajarishda havoza va taxta toʻshamalardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
277. Havoza va toʻshamalarda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
278. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan mustahkam himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
279. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
280. Barcha taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
281. Taʼmirlash tugagach keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar tashkilotdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi zarur. Barcha turdagi taʼmirlash ishlari tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy taʼmirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
282. Barcha zararli va portlovchi gazlar boʻlgan hamda gazlar yigʻilish ehtimoli bor xonalarda taʼmirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek taʼmirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
283. Taʼmirlash ishlari vaqtida portlovchi gaz va bugʻlar ajralib chiquvchi jarayonlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bugʻ, gaz bor-yoʻqligini tekshirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
284. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich va mufta qobigʻida turish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
285. Portlab yonish xavfi boʻlgan barcha binolarda shamollatish tizimi oʻchirilganda, taʼmirlash ishlari olib borilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
286. Asbob-uskunada (rezervuarda) taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlardan toʻsqich bilan toʻsilgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda oʻtkir bugʻ bilan bugʻlantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
287. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa taʼmirlash ishlari ularni bajarish jarayonida koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay, xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlanganda toʻxtatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishga tushirish moslamalarida (magnit oʻchirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” degan taqiqlovchi xavfsizlik belgilari boʻlishi kerak, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
288. Xamirturush ishlab chiqarish tashkilotlarida uskunalar va texnik qurilmalarni taʼmirlashda bajariladigan alangali ishlar (elektr yoki gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish) shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonalarda hamda sigʻimlar, sisternalar, baklarda ishlaganda shamollatish tizimi bilan jihozlangan joylarda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ishlar xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
289. Tashkilotlarni loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
290. Mansabdor shaxslar va xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(290-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
291. Mazkur Qoidalar Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 1-iyun

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 1-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun

Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 3-iyun

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 3-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 4-iyun

“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 4-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 5-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 25-son, 332-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)