20.11.1989 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola huquqlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvensiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavida eʼlon qilingan prinsiplarga muvofiq, jamiyat barcha aʼzolarining oʻziga xos boʻlgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni taʼminlashning asosi ekanligi eʼtirof etilganini hisobga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Ustavda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining shaʼni va qadr-qimmatiga boʻlgan oʻz ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida koʻmaklashishga ahd qilganliklarini eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugʻilishi yoki boshqa holatlar bilan bogʻliq belgilariga koʻra har qanday tafovutdan qatʼi nazar, mazkur hujjatlarda koʻrsatib qoʻyilgan huquq va erkinliklarga ega boʻlishini eʼlon qilganligi va rozilik bildirganligini eʼtirof etib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida gʻamxoʻrlik va yordam huquqiga egadirlar, deb eʼlon qilganligini eslatib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblangan oila va tabiiy muhitga uning barcha aʼzolari, ayniqsa, bolalar oʻsishi va farovonligi uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga toʻliq oladigan boʻlishida zarur himoya va yordam bilan taʼminlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolaning shaxsi sogʻlom va har tomonlama uygʻunlashgan holda kamoloti uchun u oila gʻamxoʻrligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida oʻsishi zarurligini eʼtirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga toʻla tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavida eʼlon qilingan gʻoyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924-yilgi Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Jeneva deklaratsiyasida va 1959-yil 20-noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida koʻzda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda (23 va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda (10-modda), shuningdek ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida eʼtirof etilganligini eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola huquqlari deklaratsiyasida koʻrsatib oʻtilganidek, “bola, jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan boʻlsa, maxsus muhofaza va gʻamxoʻrlikka, jumladan, tugʻilguncha va tugʻilgandan keyin tegishli huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Voyaga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) hamda Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda ogʻir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida eʼtiborga muhtoj ekanliklarini eʼtirof etib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolaning himoya qilinishi va uygʻun ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning anʼanalari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini eʼtirof etib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga toʻlmagan har bir inson zoti, agar ushbu bolaga nisbatan qoʻllaniladigan qonunga koʻra u ertaroq voyaga yetmagan boʻlsa, bola hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar oʻz yurisdiksiyasi doirasida boʻlgan har bir bola uchun, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sogʻligi va tugʻilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud har qanday boshqa holatlardan qatʼi nazar, ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni hurmat qiladilar hamda ularni taʼminlab beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila aʼzolarining qarashlari yoki eʼtiqodida oʻz ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolani himoya qilishni taʼminlash uchun hamma zarur choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy taʼminot masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, maʼmuriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq taʼminlanishiga birinchi darajali eʼtibor beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar oʻz zimmasiga bolani, uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun boʻyicha unga javobgar boʻlgan boshqa shaxslarning huquqlari va majburiyatlarini eʼtiborga olgan holda, farovonligi uchun zarur boʻlgan himoya va gʻamxoʻrlik bilan taʼminlash majburiyatini oladi hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va maʼmuriy choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar bolalarga gʻamxoʻrlik qilish yoki ularni himoya qilish uchun masʼul hisoblangan muassasalar, xizmatlar va organlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qoʻyilgan normalarga, xususan, xavfsizlik va sogʻliqni saqlash sohasida hamda ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan javob berishlarini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada eʼtirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, maʼmuriy va boshqa choralarni koʻradi. Ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan oʻzlarida mavjud imkoniyatlarning eng yuqori doirasida hamda zarur boʻlgan hollarda, xalqaro hamkorlik doirasida koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila aʼzolari yoki mahalliy urf-odatlarda koʻzda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun boʻyicha bola tarbiyasi uchun javobgar boʻlgan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada eʼtirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq bajarishdagi masʼuliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sogʻlom rivojlanishi uchun eng yuqori darajada imkoniyat yaratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bola tugʻilgan zahoti roʻyxatga olinadi hamda tugʻilgan daqiqasidan boshlab ism va fuqarolikni olish huquqiga ega, shuningdek iloji boricha, ota-onasini bilish va ularning gʻamxoʻrlik qilishlari huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqlarni oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishini hamda bu sohadagi tegishli xalqaro hujjatlarga asosan oʻzlarining majburiyatlari, xususan, agar bola boshqa fuqarolikka ega boʻlmagan taqdirda bajarilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar qonunda nazarda tutilganidek, bolaning oʻziga xos xususiyatlari, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish, qonunga xilof ravishda aralashuvga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agar bola oʻziga xoslik elementlarining bir qismi yoki barchasidan noqonuniy tarzda mahrum etilgan boʻlsa, ishtirokchi-davlatlar uning bu xususiyatlari tezroq tiklanishi uchun zarur yordam va himoyani taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bola oʻz ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini taʼminlaydilar, vakolatli organlar sud qaroriga koʻra, qoʻllanilgan qonun va tartib-taomillarga muvofiq bunday ayrilish bolaning eng yaxshi manfaatlari yoʻlida zarurligini aniqlagan holatlar bundan mustasno. Bunday ajrim, masalan, ota-onalar bolaga shafqatsiz munosabatda boʻlgan yoki u toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmagan yoxud ota-onalar alohida yashayotgan va bolaning yashash joyiga nisbatan qaror qabul qilishi kerak boʻlgan u yoki bu aniq holatda zarur boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq holda ishni har qanday sharoitda koʻrib chiqish jarayonida barcha manfaatdor tomonlarga muhokamada qatnashish va oʻz nuqtai nazarini bayon qilish imkoniyati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar ota-onasining bittasi yoki har ikkalasidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam shaxsiy munosabatlar va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar bogʻlab turish huquqini hurmat qiladilar, bunday munosabatlar bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid keladigan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishtirokchi-davlat tomonidan qabul qilingan biror-bir qaror, masalan, hibsga olish, qamash, surgun qilish, deportatsiya yoki ota-onadan bittasi yoxud ikkalasining ham yoki bolaning oʻlimi (ana shu shaxs davlat ixtiyorida boʻlgan paytda har qanday sababga koʻra roʻy bergan oʻlim ham shunga kiradi) tufayli sodir boʻlgan boʻlsa, ishtirokchi-davlat ota-onaga, bolaga yoki, agar zarurat tugʻilsa, oilaning boshqa aʼzosiga ularning iltimosiga binoan oilaning yoʻqolgan aʼzosi (aʼzolari yashab turgan joy) haqida, agar bu bolaning farovonligiga ziyon keltirmaydigan boʻlsa, zarur axborotni yetkazib beradi. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimosni qondirish oʻz-oʻzidan tegishli shaxs (shaxslar) uchun noxush oqibatlarga olib kelmasligini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 9-moddaning 1-bandi boʻyicha ishtirokchi-davlatlarning majburiyatiga muvofiq bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida ishtirokchi-davlatga kirish yoxud undan chiqish uchun bergan ariza ishtirokchi-davlatlar tomonidan ijobiy, insonparvarlik va tezkorlik bilan koʻrib chiqilishi kerak. Ishtirokchi-davlatlar bunday iltimoslar arizachilar va ularning oila aʼzolari uchun noxush oqibatlar keltirib chiqarmasligini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari, ota-onaning har ikkalasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar bogʻlab turish huquqiga ega. Ana shu maqsadda 9-moddaning 2-bandi boʻyicha ishtirokchi-davlatlarning majburiyatlariga muvofiq ishtirokchi-davlatlar bolaning va ota-onasining har qanday mamlakatni tark etish, jumladan, oʻz mamlakatini tashlab ketish va unga qaytib kelish huquqini hurmat qiladi. Har qanday mamlakatni tark etish huquqiga nisbatan qonunda belgilab qoʻyilgan va davlat xavfsizligini, jamoat tartibini (ordre public), aholining sogʻligʻi va maʼnaviyati hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini saqlash uchun zarur hisoblangan, ushbu Konvensiyada eʼtirof etilgan boshqa huquqlarga mos tushadigan cheklashlargina amalda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolalarning gʻayriqonuniy ravishda koʻchirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib borish uchun chora-tadbirlar koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu maqsadda ishtirokchi-davlatlar ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama bitimlar tuzilishiga yoxud amaldagi bitimlarga qoʻshilishga koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar oʻz qarashlarini shakllantirishga qodir bolaga shu qarashlarni bolaga taalluqli barcha masalalar boʻyicha erkin ifoda etish huquqini taʼminlaydilar, zero bolaning yoshi va yetukligiga muvofiq, uning qarashlariga munosib darajada eʼtibor beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu maqsadda bolaga, xususan, bolaga taʼsir koʻrsatadigan har qanday sud yoki maʼmuriy muhokamada bevosita yoxud vakil yoki tegishli organ orqali milliy qonunchilikning protsessual normalarida nazarda tutilgan tartibda eshitilish imkoniyati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bola oʻz fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday turdagi axborot va gʻoyalarni chegarasidan qatʼi nazar, ogʻzaki, yozma yoki bosma shaklda, sanʼat asari koʻrinishida yoki bolaning tanloviga koʻra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bunday huquqning amalga oshirilishi baʼzi cheklashlarga duch kelishi mumkin, biroq bunday cheklashlar faqat qonunda nazarda tutilgan va zarur boʻlgan cheklashlar boʻlishi mumkin, bular quyidagilar uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqa shaxslarning huquqlari va obroʻsini hurmat qilish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini (ordre public) yoxud aholining sogʻligʻi yoki maʼnaviyatini muhofaza qilish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning hamda tegishli holatlarda qonuniy vasiylarning bolaga uning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq keladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqi va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻz dini yoki eʼtiqodiga amal qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholining maʼnaviyati va sogʻligʻini muhofaza qilish yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur boʻlgan cheklashlarga duch kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning uyushmalar va tinch yigʻilishlar erkinligiga boʻlgan huquqini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu huquqning amalga oshirilishiga nisbatan qonunga muvofiq qoʻllaniladigan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi (ordre public) manfaatlari yoʻlida, aholining sogʻligʻi yoki maʼnaviyatini saqlash, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur boʻlgan cheklashlardan tashqari, biror-bir cheklashlar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hech bir bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy daxlsizligi yoki yozishmalar maxfiyligiga boʻlgan huquqining amalga oshirilishiga oʻzboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning shaʼni va obroʻsiga gʻayriqonuniy tajovuz qilish obyekti boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bola ana shunday aralashishlar yoki tajovuz qilishlardan qonun bilan himoya qilinish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar ommaviy axborot vositalarining muhim rolini eʼtirof etadilar hamda bolaning turli milliy va xalqaro manbalardan olingan axborotlar hamda materiallari, ayniqsa, ijtimoiy, maʼnaviy va axloqiy farovonlikka, shuningdek bolaning sogʻlom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga koʻmaklashishga qaratilgan axborotlar va materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi. Shu maqsadda ishtirokchi-davlatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy va madaniy yoʻnalishdagi hamda 29-modda ruhidagi bola uchun foydali axborot va materiallarni tarqatishini ragʻbatlantiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) turli xil madaniy, milliy va xalqaro manbalardan bunday axborot va materiallarni tayyorlash, ayirboshlash hamda tarqatish sohasidagi xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) bolalar adabiyotini nashr etish va tarqatishni ragʻbatlantiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ommaviy axborot vositalarining qandaydir ozchilikni tashkil qiluvchi guruh yoki tub aholiga mansub bolaning til ehtiyojlariga alohida eʼtibor berishni ragʻbatlantiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 13 va 18-moddalarni hisobga olgan holda bolaning farovonligiga zarar yetkazadigan axborot va materiallardan uni himoya qilishning tegishli prinsiplarini ishlab chiqishni ragʻbatlantiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bola tarbiyasi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy va bir xil javobgarligi tamoyilining eʼtirof etilishini taʼminlashga qaratilgan barcha mumkin boʻlgan saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar. Ota-ona yoki tegishli holatlarda qonuniy vasiylar bolaning tarbiyasi va rivojlanishi uchun asosiy javobgar boʻladilar. Bolaning eng yaxshi manfaatlari ularning asosiy gʻamxoʻrligi predmeti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada bayon qilingan huquqlarning amalga oshirilishini kafolatlash va unga koʻmaklashish maqsadida ota-ona va qonuniy vasiylarga bola tarbiyasi boʻyicha majburiyatlarini bajarishlariga tegishli yordam koʻrsatadilar hamda bolalar muassasalari tarmogʻining rivojlanishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun moʻljallangan xizmatlar hamda bolalar parvarish qilinadigan muassasalardan ularning foydalanish huquqiga ega boʻlishlarini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolani ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bolaga gʻamxoʻrlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik, haqoratlash yoki suiisteʼmollik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik yoki eʼtiborsizlik, qoʻpol muomala yoki ekspluatatsiya qilish, jumladan, jinsiy zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish maqsadida hamma zarur qonuniy, maʼmuriy, ijtimoiy va maʼrifiy chora-tadbirlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bunday himoya choralari, kerak boʻlganda, bola va unga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga zarur qoʻllab-quvvatlashni taqdim etish maqsadida ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish uchun, shuningdek bola bilan yuqorida koʻrsatilganidek shafqatsizlarcha munosabatda boʻlish hollari munosabati bilan ogohlantirish va aniqlash, xabar berish, koʻrib chiqish, tergov qilish, davolashga yuborish va shundan keyingi choralarning boshqa shakllarini amalga oshirish, jumladan, zarur boʻlganda, sud ishini boshlash uchun samarali tartib-taomillarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzining oila gʻamxoʻrligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum boʻlgan yoki oʻzining eng yaxshi manfaatlari yoʻlida bunday gʻamxoʻrlikda qola olmaydigan bola davlat tomonidan koʻrsatiladigan alohida himoya va yordamni olish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar oʻz milliy qonunlariga muvofiq bolani parvarish qilishning almashtirilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bolani bunday parvarishlash, jumladan, islom shariati boʻyicha “kafolat”ga tarbiyaga berishni, asrab olishni yoki zarurat boʻlganda, bolalar boqiladigan tegishli muassasalarga joylashtirishni oʻz ichiga oladi. Parvarishni almashtirish turlari koʻrib chiqilayotganda bola tarbiyasidagi vorislikning maqsadga muvofiqligi hamda uning etnik kelib chiqishi, diniy va madaniy mansubligi, ona tili yetarli darajada hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola asrab olish tizimining mavjudligini eʼtirof etgan yoki hal qiladigan ishtirokchi-davlatlar bolaning eng yaxshi manfaatlari birinchi navbatda hisobga olinishini taʼminlaydilar, ular:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bolani asrab olish faqat qoʻllaniladigan qonun va tartib-taomillarga muvofiq hamda barcha ishga taalluqli va ishonchli axborot asosida bolaning ota-ona, qarindoshlar va qonuniy vasiylariga nisbatan maqomiga qarab, agar talab etilsa, manfaatdor shaxslar zarur boʻlishi mumkin boʻlgan maslahat asosida asrab olish uchun oʻzlarining ongli roziliklarini berishlarini aniqlaydigan vakolatli hokimliklar tomonidan hal etilishini taʼminlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boshqa mamlakatda bolani asrab olish, agar bolani tarbiyaga topshirish yoki uning tarbiyasini taʼminlay oladigan yoxud asrab oladigan oilaga joylashtirish mumkin boʻlmasa, agar bolani kelib chiqishi mamlakatida biron bir munosib parvarish bilan taʼminlashning iloji boʻlmasa, bolani parvarish qilishning muqobil usuli sifatida qaralishi mumkinligini eʼtirof etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) bola boshqa mamlakatda asrab olingan taqdirda xuddi mamlakat ichkarisida bolani asrab olishga nisbatan qoʻllaniladigan kafolat va normalar bir xil qoʻllanilishini taʼminlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) bola boshqa mamlakatda asrab olingan taqdirda bolaning joylashtirilishi shu ish bilan bogʻliq shaxslarga oʻzini oqlamagan moliyaviy foyda keltirmasligini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) zarur holatlarda ushbu moddaning maqsadlariga ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartlashuvlar yoki bitimlar tuzish yoʻli bilan erishishga koʻmaklashadilar hamda shu asosda bolaning boshqa mamlakatda joylashuvi vakolatli hokimiyatlar yoki organlar tomonidan amalga oshirilishini taʼminlashga intiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar qochoq maqomini olishni istagan yoki qochoq hisoblangan bolani qoʻllaniladigan xalqaro yoki ichki huquq va tartib-taomillarga muvofiq ham unga hamroh boʻlayotgan va boʻlmayotgan ota-onasi yoki har qanday boshqa shaxsga ushbu Konvensiyada va inson huquqlari boʻyicha boshqa xalqaro hujjatlarda yoki koʻrsatib oʻtilgan davlatlar ishtirokchilari hisoblangan insonparvarlik hujjatlarida bayon qilingan qoʻllaniladigan huquqlardan foydalanishda tegishli himoya va insonparvarlik yordam bilan taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu maqsadda ishtirokchi-davlatlar, oʻzlari zarur deb topgan holatlarda, bunday bolani himoya qilish, unga yordam koʻrsatish hamda har qanday qochoq bolaning ota-onasi yoki oilasining boshqa aʼzolarini izlashda, uning oʻz oilasiga qoʻshilishi uchun zarur boʻlgan axborotni olish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa vakolatli hukumatlararo tashkilotlar yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilayotgan nodavlat tashkilotlarining har qanday saʼy-harakatlariga koʻmaklashadilar. Ota-onasi yoki oilasining boshqa aʼzolarini topib boʻlmagan holatlarda bu bolaga, ushbu Konvensiyada nazarda tutilganidek biror-bir sababga koʻra oʻzining oilaviy qurshovidan doimiy yoki vaqtincha mahrum boʻlgan har qanday boshqa bolaga koʻrsatiladigani kabi himoya taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar aqliy yoki jismoniy jihatdan noraso bola oʻzining qadr-qimmatini taʼminlaydigan, oʻziga ishonch tugʻdiradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda toʻlaqonli hamda munosib tarzda yashashi lozimligini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar noraso bolaning unga nisbatan alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatilishi huquqiga ega ekanligini eʼtirof etadilar hamda imkoniyatlar mavjud boʻlgan taqdirda, yordam soʻrab iltimos qilingan boʻlsa va bolaning ahvoliga, uning ota-onasi va bola toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilayotgan boshqa shaxslarning mavqeyiga mos keladigan yordamni, uni olish huquqiga ega boʻlgan bolaga va unga gʻamxoʻrlik qilish uchun javobgar boʻlganlarga bunday yordamning taqdim etilishini ragʻbatlantiradilar va taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Noraso bolaning alohida ehtiyojlari eʼtirof etilib, yordam ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq bolaning ota-onasi yoki unga gʻamxoʻrlikni amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, imkon qadar bepul beriladi hamda bunday yordam noraso bola taʼlim, kasbiy tayyorgarlik, tibbiy xizmat, sogʻliqni tiklash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik koʻrish sohasidagi xizmatlardan va dam olish vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlashni maqsad qilgan, bu esa, bolani, iloji boricha toʻliq ijtimoiy hayotga jalb etish va uning shaxsiyatining rivojlanishi, jumladan, bolaning madaniy va maʼnaviy rivojlanishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishtirokchi-davlatlar xalqaro hamkorlik ruhida noraso bolalarning sogʻligʻini saqlash profilaktikasi, tibbiy, ruhiy va funksional davolanishi sohasidagi tegishli axborotning ayirboshlanishiga, xususan, reabilitatsiya usullari, umumiy taʼlim va kasbiy tayyorgarlik toʻgʻrisidagi axborotni tarqatishga, shuningdek ishtirokchi-davlatlar oʻzlarining bu sohadagi imkoniyatlari va bilimlarini yaxshilash hamda tajribalarini kengaytirish imkonini berish uchun ushbu axborotlardan foydalanishga koʻmaklashadilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida eʼtibor qaratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning sogʻliqni saqlash tizimining takomillashgan xizmatlaridan, kasalliklarni davolash va salomatlikni tiklash vositalaridan foydalanish huquqini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar hech bir bola sogʻliqni saqlash tizimining bunday xizmatlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilinmasligini taʼminlashga intiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu huquqning toʻliq amalga oshishiga erishadilar, xususan, quyidagilar uchun zarur choralarni koʻradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) chaqaloqlar va bolalar oʻlimi darajasini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirishga birinchi darajali eʼtibor berilishi bilan hamma bolalarga zarur tibbiy yordam berish va sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) boshqa usullar qatorida qulay texnologiyani qoʻllash hamda atrof-muhitning ifloslanish xavfi va xatarni eʼtiborga olgan holda yetarli miqdorda toʻyimli oziq-ovqat va toza ichimlik suvi yetkazib berish yoʻli bilan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami doirasida kasalliklar va toʻyib ovqatlanmaslikka qarshi kurashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) onalarga tugʻishdan oldin va tugʻruqdan keyingi davrda sogʻligʻini saqlash boʻyicha tegishli xizmatlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) jamiyatning barcha tabaqalarini, xususan, ota-onalar va bolalarni, bolalarning sogʻligʻi va ovqatlanishi, koʻkrak suti bilan boqishning afzalliklari, gigiyena, bola yashayotgan muhit sanitariyasi va baxtsiz hodisalarning oldini olish, shuningdek ularning taʼlim olish imkoniyati va bunday bilimlardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida xabardorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) profilaktik tibbiy yordam va oila hajmini rejalashtirish sohasidagi maʼrifiy ishlar va xizmatlarni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar bolalarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan anʼanaviy amaliyotga barham berish maqsadida har qanday samarali va zarur choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddada eʼtirof etilgan huquqlarning toʻla amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish va uni rivojlantirish majburiyatini oladilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida eʼtibor berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar vakolatli organlar tomonidan homiylikka olingan bolaning, uni parvarish qilish, himoya qilish yoki jismoniy yoxud ruhiy davolash, bolaga taqdim etiladigan davolashni vaqtincha baholash huquqini hamda bola toʻgʻrisida bunday gʻamxoʻrlik qilish bilan bogʻliq barcha boshqa shart-sharoitlarni eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning ijtimoiy taʼminot imtiyozlaridan, jumladan, ijtimoiy sugʻurtadan foydalanish huquqini eʼtirof etadilar hamda bu huquq oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq toʻliq amalga oshishiga erishish uchun zarur choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bu imtiyozlar zaruratga qarab bolaning hamda bolani boqish masʼuliyatini zimmasiga olgan shaxslarning mavjud resurslari va imkoniyatlarini, shuningdek bola tomonidan yoki uning nomidan imtiyozlarni olish bilan bogʻliq har qanday mulohazalarni hisobga olgan holda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bolaning jismoniy, aqliy, maʼnaviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur turmush darajasiga ega boʻlish huquqini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ota-ona yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslar oʻz qobiliyatlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan turmush sharoitini taʼminlashga asosiy javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar milliy shart-sharoitlarga muvofiq va oʻz imkoniyatlari doirasida bu huquqning amalga oshishida ota-ona va bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslarga yordam koʻrsatish yuzasidan zarur choralarni koʻradilar hamda zarur boʻlgan hollarda moddiy yordam beradilar va, ayniqsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy bilan taʼminlash borasidagi dasturni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishtirokchi-davlatlar ota-ona yoki bola uchun moliyaviy javobgar boʻlgan boshqa shaxslar tomonidan bolani boqishni ishtirokchi-davlat ichidagi kabi xorijda ham tiklanishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradilar. Xususan, agar bola uchun moliyaviy javobgar boʻlgan shaxs va bola turli davlatlarda yashayotgan boʻlsalar, ishtirokchi-davlatlar xalqaro bitimlarga qoʻshilishga yoki bunday bitimlarni tuzishga, shuningdek boshqa tegishli kelishuvlarga erishishga koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning ilm olish huquqini eʼtirof etadilar hamda bu huquqning teng imkoniyatlar asosida amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida ular, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bepul va majburiy boshlangʻich taʼlimni joriy etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ham umumiy, ham kasb-hunar boʻyicha oʻrta taʼlimning turli shakllari rivojlanishini ragʻbatlantiradilar, bunday taʼlim hamma bolalar uchun ochiqligini taʼminlaydilar hamda bepul taʼlimni joriy etish va zarur boʻlgan hollarda, moliyaviy yordam koʻrsatish singari zarur chora-tadbirlarni koʻradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) barcha zarur vositalar yordamida har bir bolaning qobiliyati asosida oliy maʼlumot olish imkoniyatini taʼminlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) barcha bolalar uchun taʼlim va kasbiy tayyorgarlik sohasida axborot hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) maktabga muntazam borishga koʻmaklashish hamda maktabni tashlab ketadigan oʻquvchilar sonining kamayishi boʻyicha choralar koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar maktab intizomi bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmat qilishni aks ettiruvchi usullar yordamida va ushbu Konvensiyaga muvofiq qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar taʼlimga taalluqli masalalar boʻyicha, xususan, butun dunyoda johillik va savodsizlikka barham berishga yordam beradigan hamda ilmiy-texnikaviy bilimlar va oʻqitishning zamonaviy usullaridan foydalanishni yengillashtirish maqsadida xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantiradilar va rivojlantiradilar. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga alohida eʼtibor berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaga beriladigan taʼlim quyidagilarga yoʻnaltirilishi kerakligiga rozilik bildiradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bolaning shaxsi, isteʼdodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng toʻla hajmda rivojlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida eʼlon qilingan prinsiplarga hurmatni tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) bolaning ota-onaga, uning madaniy oʻziga xosligi, til va qadriyatlarga, bola yashayotgan mamlakatning, uning kelib chiqishi mamlakatining milliy qadriyatlariga, uning oʻzinikidan farq qiladigan sivilizatsiyalarga hurmatni tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) bolani erkin jamiyatda tushunish, tinchlik, sabr-toqatli boʻlish, erkaklar va xotin-qizlarning tengligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek tub aholi orasidan boʻlgan shaxslar oʻrtasida doʻstlik ruhida ongli hayotga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) atrofdagi tabiatga hurmatni tarbiyalash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida shaxslar va organlarning oʻquv muassasalarini tashkil etish va ularga ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan prinsiplarga doimiy rioya qilishi sharti bilan rahbarlik qilishi hamda bunday oʻquv muassasalarida beriladigan taʼlim davlat tomonidan oʻrnatilgan minimal meʼyorlarga javob berishi toʻgʻrisidagi talabini bajarish, ularning erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etnik, diniy yoki til jihatdan ozchilikni tashkil qiluvchi yoxud tub aholiga mansub shaxslar yashaydigan davlatlarda ana shunday ozchilik yoki tub aholiga mansub bolaning mazkur guruhning boshqa aʼzolari bilan birgalikda oʻz madaniyatidan foydalanish, oʻz diniga eʼtiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish, shuningdek ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning dam olish va boʻsh vaqtini oʻtkazish huquqini, oʻzining yoshiga mos keladigan oʻyinlar va koʻngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, sanʼat bilan shugʻullanish huquqini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning madaniy va ijodiy hayotda har tomonlama qatnashish huquqini hurmat qiladilar, ragʻbatlantiradilar hamda madaniy va ijodiy faoliyat, boʻsh vaqtni oʻtkazish va dam olish uchun tegishli teng imkoniyatlar yaratib berilishiga koʻmaklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning iqtisodiy ekspluatatsiyadan hamda uning sogʻligʻi uchun xavf-xatar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki taʼlim olishiga toʻsqinlik qiladigan yoxud sogʻligʻi, jismoniy, aqliy, maʼnaviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar keltiradigan har qanday ishlardan himoya qilinish huquqini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning amalga oshirilishini taʼminlash uchun qonuniy, maʼmuriy va ijtimoiy, shuningdek taʼlim sohasidagi chora-tadbirlarni koʻradilar. Ushbu maqsadlarda, boshqa xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalariga amal qilgan holda, ishtirokchi-davlatlar, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh yoki eng kichik yoshlarni belgilaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ish kunining davomiyligi va mehnat sharoiti toʻgʻrisidagi zarur talablarni aniqlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) ushbu moddaning samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun jazoning tegishli turlari yoki boshqa sanksiyalarni nazarda tutadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar bolalarni tegishli xalqaro shartnomalarda belgilanganidek, giyohvandlik va psixotrop moddalarini noqonuniy isteʼmol qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni, jumladan, qonunchilik, maʼmuriy va ijtimoiy, shuningdek taʼlim sohasidagi choralarni hamda bunday moddalarni gʻayriqonuniy ravishda ishlab chiqarishda va ularni sotishda bolalardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar bolani jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy buzishning barcha shakllaridan himoya qilish majburiyatini oladilar. Shu maqsadlarda ishtirokchi-davlatlar, xususan, milliy, ikki tomonlama va koʻp tomonlama darajalarda quyidagilarning oldini olish uchun hamma zarur choralarni koʻradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bolani har qanday gʻayriqonuniy jinsiy faoliyatga tortish va majburlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) fohishalik yoki gʻayriqonuniy boshqa jinsiy amaliyotda bolalarni ekspluatatsiya qilish maqsadlarida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) pornografiya va pornografiya materiallarini tayyorlashda bolalarni ekspluatatsiya qilish maqsadlarida foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar bolalarni oʻgʻirlash, bolalar savdosi yoki ularni har qanday maqsadlarda va har qanday shakllarda kontrabanda qilishning oldini olish uchun milliy, ikki tomonlama va koʻp tomonlama darajalarda barcha zarur choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar bolani uning farovonligining har qanday jihatiga zarar yetkazadigan ekspluatatsiyaning barcha boshqa shakllaridan himoya qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar quyidagilarni taʼminlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birorta ham bola qiynoqlarga yoxud muomala yoki jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga duchor etilmasligini. Na oʻlim jazosi, na ozod qilish imkoniyatini nazarda tutmaydigan umrbod qamoq jazosi 18 yoshdan kichik boʻlgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun tayinlanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) birorta ham bola noqonuniy yoki oʻzboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum etilmasligini. Bolani hibsga olish, ushlab turish yoki qamoqqa olish qonunga asosan amalga oshiriladi hamda faqat oxirgi chora sifatida va iloji boricha tegishli qisqa vaqt mobaynida qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola uning yoshidagi shaxslarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda insonparvar munosabatdan foydalanish va uning shaxsiyatining daxlsiz boʻlgan qadr-qimmatining hurmat qilinishini. Xususan, ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola, agar bolaning eng yaxshi manfaatlari uchun shunday qilmaslik kerak, deb hisoblanmasa, kattalardan ajratilishi kerak hamda alohida holatlarni istisno qilgan holda, oʻz oilasi bilan yozishmalar va uchrashuvlar orqali aloqada boʻlish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ozodlikdan mahrum etilgan har bir bola huquqiy va boshqa tegishli yordamdan zudlik bilan foydalanish huquqiga, shuningdek sud yoki boshqa vakolatli, mustaqil va xolis organ oldida oʻzining ozodlikdan mahrum etilishining qonuniyligiga eʼtiroz bildirish huquqi hamda ular tomonidan har qanday shu kabi protsessual harakatga nisbatan zudlik bilan qaror qabul qilinishi huquqiga ega boʻlgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar xalqaro gumanitar huquqning qurolli mojarolar yuzaga kelgan holatda ularga nisbatan qoʻllaniladigan va bolalarga taalluqli normalarini hurmat qilishni hamda ularga rioya etilishini taʼminlash majburiyatini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga toʻlmagan shaxslarning harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasliklarini taʼminlash uchun imkoni boʻlgan barcha choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga toʻlmagan har qanday shaxsni oʻz qurolli kuchlari safida xizmatga chaqirishga yoʻl qoʻymaydilar. Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga yetgan, biroq hali 18 yoshga toʻlmagan shaxslar orasidan yollayotganida yoshi kattaroq shaxslarni maʼqul koʻrishga intiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishtirokchi-davlatlar qurolli mojarolar paytida tinch aholini himoya qilish bilan bogʻliq xalqaro gumanitar huquq boʻyicha majburiyatlariga muvofiq qurolli mojarolar daxl qilgan bolalarni himoya qilish va parvarishlashni taʼminlash maqsadida barcha imkoni boʻlgan choralarni koʻrishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar har qanday beparvolik, ekspluatatsiya yoki suiisteʼmolliklar, qiynoqlar yoki muomala, jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlari yoxud qurolli mojarolar qurboni boʻlgan bolaning jismoniy va ruhiy tiklanishi hamda ijtimoiy reyintegratsiyasiga koʻmaklashish uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Bunday tiklanish va reyintegratsiya bolaning sogʻligʻi, oʻzini oʻzi hurmat qilish va qadr-qimmatini taʼminlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar jinoyat qonunchiligini buzgan deb topilgan, uni buzganlikda ayblanayotgan yoki aybdor deb topilgan har bir bolaning, uning qadr-qimmati va ahamiyati tuygʻusini rivojlantirishga yordam beradigan, unda inson huquqlariga va boshqalarning asosiy erkinliklariga hurmatni mustahkamlaydigan hamda bunda bolaning yoshi va uning reyintegratsiyasi, jamiyatda foydali oʻrin tutishiga koʻmaklashish maqsadga muvofiqligini hisobga oladigan bunday muomalaga boʻlgan huquqini eʼtirof etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu maqsadlarda va xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalarini eʼtiborga olib, ishtirokchi-davlatlar, xususan, quyidagilarni taʼminlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) hech bir bola harakat sodir etilgan vaqtda milliy yoki xalqaro huquqda taqiqlanmagan harakat yoki harakatsizlik sababli jinoyat qonunchiligini buzgan deb topilmasligi, ayblanmasligi va aybdor deb topilmasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jinoyat qonunchiligini buzgan deb hisoblanayotgan yoki uni buzishda ayblanayotgan har bir bola kamida quyidagi kafolatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) uning aybi qonunga muvofiq isbotlanmaguncha aybsizlik preziumpsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ii) unga qarshi ayblovlar haqida va zarur hollarda, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari orqali kechiktirmasdan va bevosita xabardor qilish hamda oʻzining himoyasini tayyorlash va amalga oshirishda huquqiy hamda boshqa zarur yordam olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iii) koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud organi tomonidan advokat yoki boshqa tegishli shaxs ishtirokida qonunga muvofiq adolatli sudda koʻrishda, agar bu bolaning eng yaxshi manfaatlariga zid deb hisoblanmasa, xususan, uning yoshi yoxud ota-onasi yoki qonuniy vasiylarining mavqeyini hisobga olgan holda kechiktirmasdan qaror qabul qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iv) guvohlik koʻrsatmasini berish yoki aybni tan olishga majburlashdan ozod boʻlish; ayblash boʻyicha guvohlarning koʻrsatmalarini yoxud mustaqil ravishda yoxud boshqa shaxslar yordamida oʻrganib chiqish hamda himoya guvohlarining teng huquqli ishtiroki va ularning koʻrsatmalarini oʻrganib chiqishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) agar bola jinoyat qonunchiligini buzgan deb hisoblansa, qonunga muvofiq yuqori turuvchi vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud tomonidan tegishli qarorni va u bilan bogʻliq holda qabul qilingan har qanday choralarni takroran koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vi) agar bola foydalanilayotgan tilni tushunmasa yoki bu tilda gapira olmasa, tarjimonning bepul yordami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vii) muhokama qilishning barcha bosqichlarida uning shaxsiy hayotini toʻliq hurmat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar jinoyat qonunchiligini buzgan deb hisoblanayotgan, uni buzganlikda ayblanayotgan yoki aybdor deb topilgan bolalarga bevosita taalluqli boʻlgan qonunlar, tartib-taomillar, organlar va muassasalarni belgilashda koʻmaklashishga intiladilar, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bolalar jinoyat qonunchiligini buzishga qodir emas deb hisoblanadigan eng kichik yoshni belgilashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) zarur va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda, bunday bolalar bilan inson huquqlari va huquqiy kafolatlarga toʻla rioya qilgan holda sud muhokamasidan foydalanmasdan muomala qilish boʻyicha choralarni koʻrishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bolaning farovonligi, shuningdek uning holati va jinoyatning xususiyatiga muvofiq keladigan muassasalardagi parvarishning oʻrnini bosadigan muomala qilishni taʼminlash maqsadida parvarish, vasiylik va nazorat haqidagi qoida, maslahat xizmatlari, sinov muddatini tayinlash, taʼlim, oʻquv va kasbiy tayyorgarlik dasturlari va parvarishning boshqa shakllari kabi turli xil tadbirlarning mavjudligi zarurdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiyada hech narsa bola huquqlarini amalga oshirishga koʻproq darajada yordam beradigan har qanday vaziyatga daxl qilmaydi hamda quyidagilarda oʻz ifodasini topishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishtirokchi-davlat qonunida; yoki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mazkur davlatga nisbatan amalda boʻlgan xalqaro huquq normalarida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar tegishli va taʼsirli vositalardan foydalangan holda Konvensiyaning prinsiplari va qoidalari toʻgʻrisida ham katta yoshdagilarni, ham bolalarni keng xabardor qilish majburiyatini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar tomonidan ushbu Konvensiyaga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni bajarishda erishilgan taraqqiyotni koʻrib chiqish maqsadida quyida koʻzda tutilgan vazifalarni bajaradigan Bola huquqlari boʻyicha qoʻmita taʼsis qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita oʻzining yuksak axloqiy fazilatlarga hamda ushbu Konvensiya bilan qamrab olingan sohalarda vakolatli deb eʼtirof etilgan oʻn nafar ekspertdan iboratdir. Qoʻmita aʼzolari ishtirokchi-davlatlar tomonidan oʻz fuqarolari orasidan saylanadi hamda ular shaxsan ishtirok etadilar, binobarin, adolatli jugʻrofiy taqsimlanishga, shuningdek bosh huquqiy tizimlarga eʼtibor beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻmita aʼzolari ishtirokchi-davlatlar tomonidan koʻrsatilgan shaxslar roʻyxatiga kiritilganlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Har bir ishtirokchi-davlat oʻz fuqarolari orasidan bitta shaxsni koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmitaga dastlabki saylovlar ushbu Konvensiya kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmasdan, keyinchalik esa har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi. Har bir saylov kunidan kamida toʻrt oy oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishtirokchi-davlatlarga ikki oy mobaynida oʻz nomzodlarini taqdim etish taklifi bilan xat orqali murojaat qiladi. Soʻngra Bosh kotib shu tarzda ilgari surilgan barcha shaxslarning roʻyxatini, ushbu shaxslarni ilgari surgan ishtirokchi-davlatlarni koʻrsatgan holda alifbo tartibida tuzib chiqadi hamda bu roʻyxatni ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Saylovlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida Bosh kotib tomonidan chaqiriladigan ishtirokchi-davlatlar yigʻilishlarida oʻtkaziladi. Ishtirokchi-davlatlarning uchdan ikki qismi kvorumni tashkil etadigan ushbu yigʻilishlarda Qoʻmita tarkibiga saylangan deb eng koʻp ovoz olgan hamda ishtirokchi-davlatlar vakillarining ovoz berishda hozir boʻlgan va ishtirok etayotgan mutlaq koʻpchilik ovozini toʻplagan nomzodlar hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻmita aʼzolari toʻrt yillik muddatga saylanadilar. Ular nomzodlari takroran koʻrsatilgan hollarda qayta saylanish huquqiga egadirlar. Birinchi saylovlarda saylangan besh aʼzoning vakolat muddati ikki yillik davr oxirida tugaydi; birinchi saylovdan keyin zudlik bilan ushbu besh aʼzoning ismlari Yigʻilish raisi tomonidan qurʼa tashlash orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmitaning biror bir aʼzosi vafot etgan yoki isteʼfoga chiqqan yoxud u qandaydir boshqa sababga koʻra Qoʻmita aʼzosi majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda, Qoʻmita ushbu aʼzosini koʻrsatgan ishtirokchi-davlat Qoʻmita tomonidan maʼqullanishi sharti bilan qolgan muddatga oʻz fuqarolari orasidan boshqa ekspert tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmita oʻzining tartib-taomillari qoidalarini oʻrnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoʻmita ikki yillik muddatga oʻzining mansabdor shaxslarini saylaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmita sessiyalari, odatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida yoki Qoʻmita tomonidan belgilangan har qanday boshqa qulay joyda oʻtkaziladi. Qoʻmita, qoidaga koʻra har yili oʻz sessiyalarini oʻtkazadi. Qoʻmita sessiyasining davomiyligi Bosh Assambleya tomonidan maʼqullangan taqdirda ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari yigʻilishida belgilanadi va zarurat boʻlganda qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qoʻmita tomonidan ushbu Konvensiyaga muvofiq oʻz vazifalarining samarali amalga oshirilishi uchun xodimlar va moddiy mablagʻlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Konvensiyaga muvofiq taʼsis etilgan Qoʻmita aʼzolari Bosh Assambleya tomonidan belgilangan tartib va shartlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti mablagʻlaridan Bosh Assambleya tasdiqlagan ragʻbatlantirishlarni oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar Qoʻmitaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali Konvensiyada eʼtirof etilgan huquqlarni mustahkamlash yuzasidan qabul qilingan choralar hamda ushbu huquqlarni amalga oshirishda erishilgan taraqqiyot toʻgʻrisida maʼruzalar taqdim etish majburiyatini oladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Konvensiya kuchga kirganidan keyin ikki yil mobaynida tegishli ishtirokchi-davlat uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) keyinchalik har besh yilda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu moddaga muvofiq taqdim etiladigan maʼruzalarda mazkur Konvensiya boʻyicha majburiyatlarning bajarilish darajasiga taʼsir etuvchi omil va qiyinchiliklar, agar ular mavjud boʻlsa, koʻrsatiladi. Maʼruzalar, shuningdek Qoʻmitaga mazkur mamlakatda Konvensiyaning amal qilishini toʻliq tushunishni taʼminlash uchun yetarli axborotlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻmitaga har tomonlama dastlabki maʼruzani taqdim etgan ishtirokchi-davlat ushbu moddaning 1b-bandiga muvofiq taqdim etadigan keyingi maʼruzalarida ilgari bayon qilingan asosiy axborotni takrorlashiga zarurat boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita ishtirokchi-davlatlardan ushbu Konvensiyani amalga oshirishga taalluqli boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmita faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzalar ikki yilda bir marta Bosh Assambleyaga Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishtirokchi-davlatlar maʼruzalarini oʻz mamlakatlarida keng oshkora boʻlishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvensiyaning samarali amalga oshirilishiga koʻmaklashish va ushbu Konvensiya bilan qamrab olingan sohalardagi xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ixtisoslashtirilgan muassasalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa organlari ushbu Konvensiyaning oʻz vakolati doirasiga kiradigan bunday qoidalarini amalga oshirish haqidagi masalalarni koʻrib chiqishda vakil yuborish huquqiga egadirlar. Qoʻmita ixtisoslashtirilgan muassasalarga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi va boshqa vakolatli organlariga, agar u buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, ularning tegishli vakolat doirasiga kiradigan sohalarda Konvensiyani amalga oshirishga doir ekspertlar xulosasini taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Qoʻmita ixtisoslashtirilgan muassasalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa organlariga oʻz faoliyat doirasiga kiradigan sohalarda Konvensiyani amalga oshirish haqida maʼruzalar taqdim qilishni taklif etishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoʻmita, agar u buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, ixtisoslashtirilgan muassasalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi va boshqa vakolatli organlariga ishtirokchi-davlatlarning texnik maslahat yoki yordam yoxud shunga ehtiyoj koʻrsatilgan har qanday maʼruzalarini, shuningdek Qoʻmitaning bunday iltimos yoki koʻrsatmalarga doir fikr-mulohaza va takliflarini, agar ular mavjud boʻlsa, qayta yoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) Qoʻmita Bosh Assambleyaga uning nomidan Bosh kotibga bola huquqlariga taalluqli alohida masalalar yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishni taklif etishni tavsiya qilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Qoʻmita ushbu Konvensiyaning 44 va 45-moddalariga muvofiq olinadigan axborotlarga asoslangan umumiy ahamiyatga molik taklif va tavsiyalar kiritishi mumkin. Umumiy ahamiyatga molik bunday taklif va tavsiyalar har qanday manfaatdor ishtirokchi-davlatga yuboriladi hamda ishtirokchi-davlatlarning mulohazalari bilan birga, agar mavjud boʻlsa, Bosh Assambleyaga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiya barcha davlatlar tomonidan imzolanishi uchun ochiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiya unga har qanday davlatning qoʻshilishi uchun ochiq. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yigirmanchi ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilgan sanadan keyin oʻttizinchi kundan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan yoxud unga yigirmanchi ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin unga qoʻshiladigan har bir davlat uchun mazkur Konvensiya bunday davlat tomonidan ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Har qanday ishtirokchi-davlat tuzatish taklifini kiritishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Soʻngra, Bosh kotib taklif kiritilgan tuzatishlarni, ushbu takliflarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirokchi-davlatlar konferensiyasini chaqirish tarafdori ekanliklarini bildirishlarini soʻrab mazkur ishtirokchi-davlatlarga qayta yuboradi. Agar bunday xabar yetkazilgan sanadan boshlab toʻrt oy mobaynida ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni yoqlab chiqsa, Bosh kotib bu konferensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida chaqiradi. Ushbu konferensiyada hozir boʻlgan va ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi-davlatlarning koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan keyin hamda ishtirokchi-davlatlarning uchdan ikki qismining koʻpchiligi tomonidan qabul qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuzatish kuchga kirgandan keyin uni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy boʻlib qoladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa ushbu Konvensiya qoidalari va ular tomonidan qabul qilinadigan har qanday tuzatishlar majburiy boʻlib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish paytida davlatlar tomonidan qilingan qoʻshimcha shartlar matnini qabul qiladi hamda barcha davlatlarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Konvensiyaning maqsad va vazifalariga mos kelmaydigan qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻshimcha shartlar istalgan vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborilgan tegishli bildirishnoma orqali olib tashlanishi mumkin, keyin esa u bu haqda barcha davlatlar xabardor qilinadi. Bunday bildirishnoma uni Bosh kotib tomonidan olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har qanday ishtirokchi-davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma ravishda bildirish orqali ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Bosh kotib tomonidan bildirishnoma olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning depozitariysi etib tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiyaning ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillaridagi matnlari aynan bir xil boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Shuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekkan vakolatli vakillar oʻzlarining tegishli hukumatlari tomonidan shunga yetarli darajada vakil qilingan boʻlib, mazkur Konvensiyani imzoladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(imzolar)