27.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2612
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 27.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2612
Date of entry into force
02.09.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2612]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 6-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 6-avgustdagi 108-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalar yadro fizikasi korxonalariga — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xodimlar Yadro xavfsizligi xizmatlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (roʻyxat raqami 2302, 2011-yil 21-dekabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, oʻrtacha ogʻir ishda 170 S va ogʻir ishda 160 S dan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 220 S dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8 S dan 20 S gacha boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83.Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tashkilotlarda ish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Ish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan laboratoriyalarni foydalanishga qabul qilib olish SHNQ 3.01.04.04 “Yangi qurilgan obyektlarni foydalanish uchun qabul qilish”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan va xodimlar sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan laboratoriyalarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Tashkilotlar ishni tashkil qilish uchun uning faoliyat yoʻnalishiga bogʻliq ravishda kerakli miqdorda xonalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Laboratoriyalarda yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar bilan ish olib boriladigan xonalar alohida binoda yoki binoning ajratib olingan qismida joylashtirilishi va unda kamida ikkita kirish joyi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Zaharli moddalar bilan ishlash uchun moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratib olingan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Laboratoriyalarda pollar metall plitkalari yoki boshqa suv oʻtkazmaydigan va kislotaga bardoshli material bilan qoplanishi kerak. Maxsus laboratoriyalarda ishning xususiyatlariga qarab pol qoplamasi sifatida boshqa materiallar ham ishlatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Laboratoriyaga kirmasdan laboratoriyani koʻzdan kechirish uchun uning eshiklari (oʻrta qismida) shaffof oynali boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Laboratoriya ishchi xonalarining eshiklari undan chiqish tomoniga (laborant xonasiga, preparatlar tayyorlanadigan xonaga, koridorga) ochiladigan boʻlishi kerak. Qolgan xonalarning eshiklari ham iloji boricha tashqariga (koridorga) ochiladigan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Yongʻin jihatidan xavfli va portlovchi moddalar bilan ish olib boriladigan laboratoriyalarning ishchi xonalarida ikkita chiqish yoʻli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Deraza oynalarini boʻyoq bilan boʻyash mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Laboratoriyalarning ishchi xonalari toza havo beruvchi va havoni soʻrib oluvchi shamollatish tizimidan tashqari, havoni tortuvchi (ventilyatsiyali) alohida shkaflar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Korroziyalovchi moddalar bilan ish olib boriladigan xonalardagi shamollatish uskunalari korroziyaga qarshi materiallardan tayyorlangan yoki korroziyadan himoya qiluvchi qoplamali boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Yongʻin jihatidan xavfli va portlovchi moddalar bilan ish olib boriladigan xonalarda barcha shamollatish uskunalarining kanallari yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Yongʻin jihatidan xavfli va portlovchi moddalar bilan ish olib borish uchun moʻljallangan ish stollari va havoni tortuvchi (ventilyatsiyali) shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplanishi, kislota va ishqorlar bilan ishlash uchun esa, korroziyaga qarshi materiallar bilan qoplanishi va yon devori yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Laboratoriyalar elektr energiyasi (oʻzgaruvchan va doimiy tok), gaz, sovuq va issiq suv, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, zarurat tugʻilganda esa, radiatsiyadan, elektromagnit maydonlaridan, tebranishlardan va shovqindan himoya qilish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Bunda elektr asbob-uskunalar yerga ulanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Har bir laboratoriyada quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport (xonalar, asbob-uskunalar, kommunikatsiyalarning tavsifi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun ichida kerakli tibbiy preparatlar, bogʻlash vositalari va asboblari toʻplami boʻlgan shkaf, tibbiyot qutisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin va texnika xavfsizligi hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin va texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarni qayd etish jurnali.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Laboratoriyalar xonalari tahlillar oʻtkazilishi jarayoniga koʻra joylashtirilishi va texnologik jarayonning asosiy oqimlari jihatidan ratsional joylashtirish bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Boks xonasi oynaband toʻsiq bilan ajratilgan ikki boʻlinmadan (boks xonasining oʻzi va boks xonasining old (kirish) xonasidan) iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Boks xonasining old (kirish) xonasi kiyim kiyish va yordamchi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Laboratoriyalarning bino, qurilma, inshootlarga, omborxonalarga, yongʻin vaqtida foydalanishi mumkin boʻlgan suv havzalariga, yongʻin xavfsizligi anjomlariga olib boruvchi yoʻllari va yoʻlaklari toʻsib qoʻyilmasligi kerak hamda qish kunlari qor va muzlardan tozalab turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Laboratoriyalarda xodimlar uchun xona, kiyim almashtiradigan xona va xodimlar ovqatlanadigan xona boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Laboratoriyaning har bir xodimi oʻziga biriktirilgan ish joyiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Xodim ish boshlashdan oldin shaxsiy shkaflarda saqlanadigan maxsus himoya kiyimini kiyishi kerak, himoya kiyimining turi va uni almashtirish shartlari bajarayotgan ishning xususiyatlariga koʻra belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni 1000S haroratgacha qizdirilishini maxsus sigʻimlarda amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Spirt lampasi yoki yengil alangalanuvchi suyuqliklar bilan ishlashda alangani tez oʻchirish va avariya holatlarining oldini olish uchun qoʻl ostida jun adyol yoki qalin mato boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Ishlab chiqarish binolari va xonalari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻlimlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(127-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa, IV malaka guruhiga ega boʻlishi kerak. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilma va tarmoqlarida rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va ishga tushiruvchi boshqa apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Kabellar va elektr simlarining izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari yordamida tekshirib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalari, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Laboratoriyalarda oʻyuvchi, zaharli, yongʻin va portlash jihatidan xavfli moddalarning qoʻllanilishiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Laboratoriya xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yongʻin jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik talablariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada turlari boʻyicha saqlanishi kerak. Oʻzaro kimyoviy taʼsiri yongʻin yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda joylashtirilishi kerak. Uskunalar oraligʻidagi masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Zaharli moddalar bilan ishlashga moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bogʻliq boʻlmagan havo tortuvchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Zararli va yonuvchi bugʻ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi soʻrmalar, shuningdek suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shkafning 15 — 20 sm ga ochib qoʻyilgan tabaqalari koʻndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/s atrofida boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda laboratoriyada havoning tezligi 1 dan 1,2 m/s oraligʻida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Tortuvchi shkaflar germetik gaz oʻtkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning ulagichlari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa, ish stolining qisqa yon tomoni boʻylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Olov hamda yonish va portlash xavfi mavjud moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplangan boʻlishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari hamda shkaflari esa, zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni boʻlmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud boʻlib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yoʻqotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa, sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yogʻinlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Kislota va ishqorlarni podval xonalarda saqlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar qoʻyiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanishi hamda toʻkilgan kislotani maxsus idishga yoʻnaltiradigan tarnovlar tomon qiyalikda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Kimyoviy moddalar alohida ventilyatsiyaga ega boʻlgan xonada saqlanib, roʻyxatga olingan boʻlishi shart. Bunda kimyoviy moddalarning amal qilish muddatlariga alohida eʼtibor berilishi, muddati oʻtgan kimyoviy moddalar oʻrnatilgan tartibda utilizatsiya qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Kimyoviy moddalar omborlari toʻkilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam toʻqilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi lozim, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlarni qoʻlda ikki kishi uzogʻi bilan 25 m masofaga tekis yuza boʻylab tashishga yoʻl qoʻyiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest toʻshalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich koʻzoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qoʻlqoplardan, zarur hollarda esa, rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari lozim. Kislota va ishqorlar bilan saqlagich koʻzoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qoʻl nasoslari vositasida quyish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Qattiq holatdagi oʻyuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yoʻl-yoʻriq olgan tajribali xodimlar tomonidan ochilishi kerak. Bunda temir iskana va bolgʻa ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Boʻshagan baraban natriyning kristalli qattiq qoldiqlaridan tozalanishi lozim. Barabanni bakka joylash va uni soxta tubga oʻrnatish koʻtarma mexanizmlar (telfer, tal va shu kabi) yordamida bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻshagan barabanlarni bakdan, ularni faqat suv bilan yuvgandan keyin chiqarish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik boʻlaklarini asta-sekin qoʻshib borish zarur, bunda ishqor boʻlaklarini faqat qisqich bilan ushlash lozim. Oʻyuvchi ishqorlarning katta boʻlaklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) boʻlagi bilan yopib, mayda boʻlaklarga maydalash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Toʻkilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum toʻkilishi, neytrallanishi va shundan soʻnggina yigʻishtirilishi lozim. Shisha siniqlarini choʻtka va xokandoz yordamida yigʻib olish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida toʻplanishi va neytrallanganidan soʻng oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga, loyli oʻraga yoki sharoitdan kelib chiqib, shu maqsadga moʻljallangan boshqa joyga toʻkilishi kerak.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Kislota va ishqorlardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilib, puxta yuvilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Qozonxonaga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Qozonxonaning isitish va shamollatish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Qozonxona qurilmasi qismlarini koʻrikdan oʻtkazish, tartibga solish, sozlash paytida foydalaniladigan yechib olinadigan uskunalarini jips oʻrnatish uchun ularga boʻyoq yoki lak surtish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Qozonxona binosidagi birinchi qavat polining balandligi bino atrofidagi hudud balandligidan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Qozonxonadan chiqadigan eshiklar tashqariga ochilishi lozim. Eshiklarda ichkaridan berkitiladigan moslama boʻlmasligi kerak. Qozonxonadan chiqadigan eshiklar qozonlar ishlab turganda berkitilmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Qozonxona qurilmasining konstruksiyasi uni montaj qilishda, sinash va taʼmirlashda hamda xizmat muddati davomida ishlatishda xavfsizlikni taʼminlashi lozim. Toʻsiqlarning gʻilof va eshiklarida ularning ishonchli berk holatda turishini taʼminlaydigan moslamalar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Qozondagi suvning sathini koʻrsatuvchi uskuna yassi, silliq yoki qoʻtir shaffof shisha plastinkadan iborat boʻlib, kamida 8 mm li koʻrish tirqishiga ega boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Mazkur toʻgʻri harakatlanuvchi koʻrsatish moslamasi koʻpi bilan 2 m balandlikda, old tomonga koʻpi bilan 300 qiya qilib, tik holatda oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Qozonga umumiy bugʻ oʻtkazish qobiliyati qozonning bir soatlik unumdorligidan past boʻlmagan kamida ikkita bugʻ saqlagich klapanlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Saqlagich klapanlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning tegib ketishidan himoyalovchi toʻsiqlarga (gʻilof) ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Qozon oʻrnatilgan binoda tez alangalanadigan yoqilgʻi solingan idishlar hamda yonuvchi moylash materiallarining zaxirasini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Suyuq yoqilgʻini yondirishda forsunkalardan tomadigan yoqilgʻini qozonxona poliga tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Suyuq yoqilgʻi keladigan oʻtkazgich quvurlariga zarur hollarda qozonlarga borishini toʻxtatadigan, berkitish joʻmraklari oʻrnatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Qozonxonada soat favqulodda vaziyatlar uchun ovozli signalizatsiya tizimi, tashkilot rahbariyati va bugʻ isteʼmolchilari bilan aloqa oʻrnatish uchun aloqa vositalari boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Xodimga qozon ichida ishlash uchun naryad-ruxsatnoma qozon ichidagi harorat 600 S dan ortiq boʻlmaganda berilib, ushbu naryad-ruxsatnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Gaz yurish yoʻllarida ishlashga undagi harorat 600 S dan ortiq boʻlmaganda ruxsat beriladi. Ish boshlashdan oldin mazkur joylar shamollatilishi, ishlab turgan qozonlar gaz va changlar kirmaydigan qilib zaslonkalar zichlanib qulflab qoʻyilishi hamda vaqtinchalik gʻisht devor bilan ajratib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz yurish yoʻllaridagi harorat 500 — 600 S boʻlganda, xodimlar uning ichida 20 daqiqadan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Zulfinlar orqali uzib qoʻyilgan oʻtkazgich quvurlari, bugʻ oʻtkazgichlari va gaz oʻtkazgichlari uchastkalarida hamda qozon qurilmasining gaz yurish yoʻllarini ajratilgan qismida ishlar olib borilayotganda, ularning tegishli zulfinlariga va qopqoqlariga hamda tutun soʻrgichni, havo haydovchi shamollatgichni va yoqilgʻi taʼminlagichni ishga tushirish qurilmalariga “Ulamang, odamlar ishlamoqda!” degan yozuv osib qoʻyish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. Qozonxona binosida qozon qurilmasi va ekonomayzerlariga xizmat koʻrsatishga, qozonxona uskunalarini taʼmirlashga yoki bugʻ va issiq suv olish texnologiyasiga bevosita aloqasi boʻlmagan mashina va asboblarni oʻrnatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Qozonlar ishlab turganda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻchoqda yonish jarayoni tugab, bosim atmosfera bosimi darajasiga tushmaguncha qozonni qarovsiz qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qozonning bosim ostidagi elementlarida taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatchilikda turgan mashinistga (oʻt yoquvchi) uning ishlab chiqarish yoʻriqnomasida koʻzda tutilmagan ishni bajarishni topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Armaturasi, taʼminot asboblari, avtomatikasi, yongʻinni oʻchirish vositalari va signalizatsiyasi nosoz qozonlarni ishga tushirish va ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Qozon ishini avariyali toʻxtatishda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi chora-tadbirlar qoʻllanishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi va havo kelishini toʻxtatib, tutun yoʻlini tortish kuchini tezda sustlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zudlik bilan oʻchoqdagi yoqilgʻini olib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻchoqda oʻt yonishi toʻxtagandan keyin tutun zaslonkasini, qoʻl bilan yoqish oʻchoqlarida esa, uning eshikchalarini ochib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlagich klapanlarini sal koʻtarib qoʻyish yoki avariya joʻmragi orqali bugʻlarni chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Qozonning ishlashi toʻxtatilganda, zudlik bilan oʻchoqqa yoqilgʻi va havo berishni toʻxtatish, moʻrilar va shamollatgichlarni berkitish orqali tutun soʻrilishini toʻxtatish hamda barcha havo va gaz zaslonkalarini berkitish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Qozonxonada yongʻin sodir boʻlganda, yongʻindan saqlash xizmatini tezda chaqirib, qozon holatining nazoratini davom ettirish va yongʻinni oʻchirish tadbirlarini qoʻllash lozim. Qozonxonada yongʻin roʻy berganda, qozonxona binosining tashqarisidagi zulfin yordamida gaz kelishi toʻxtatilishi kerak. Yongʻin qozonlarga xavf solayotgan boʻlsa va uni oʻchirishning iloji boʻlmasa, qozonlarni avariya tartibida tezda toʻxtatish, unga suv yuborib, ichidagi bugʻni atmosferaga (bino tashqarisi) chiqarib yuborish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Qozonxonalarda uskunalar, armaturalar, nazorat va sozlash asboblarini joriy taʼmirlash uchun taʼmirlash uchastkasi yoki xonasi ajratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Qozonlarga va qozonxona qurilmasi ishiga bevosita aloqasi boʻlmagan shaxslarni qozonxonaga kirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Laboratoriyalarda asbob-uskunalarni taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirishda xavfsizlikning umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Asbob-uskunalarni taʼmirlash xizmati asbob-uskunalarni mehnat xavfsizligi talablari, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlari talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Asbob-uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy taʼmirlash ishlarining bajarilishi va ularning sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi va usullari bu ishlarga masʼul rahbar bilan kelishilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Asbob-uskunalarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tok manbaidan oʻchirilgan boʻlishi hamda ehtiyotsizlik tufayli yoki oʻz-oʻzidan ishlab ketishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqarish tizimiga “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan taqiqlovchi belgilarni osib qoʻyish va zarurat boʻlganda toʻsiqlar qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish boshlash oldidan tok oʻtuvchi qismlarda kuchlanishning yoʻqligini kuchlanishni koʻrsatuvchi asbob yoki olib yuriladigan voltmetr yordamida tekshirib koʻrish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval tashkilot rahbariyati tomonidan taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlarni ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Taʼmirlashda band boʻlgan xodimlar belgilangan meʼyorlar boʻyicha maxsus kiyim, poyabzal va himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Ogʻir yuklarni joyidan koʻchirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda, havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar kamarlar va arqonlardan foydalanishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Barcha taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar olib ketilishi hamda toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Asbob-uskunalarni davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari tashkilotning taʼmirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. Texnik koʻrikdan oʻtkazish paytida asbob-uskunalarning ishlashida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun darhol toʻxtatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Yangi ishga tushirilayotgan asbob-uskunalarning xavfsizlik talablariga mosligini taʼminlash boʻyicha quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga tushirish-sozlash ishlaridan soʻng, tashkilot rahbari (rahbar oʻrinbosari), mehnat muhofazasi xizmati vakili, bosh mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari va ushbu laboratoriya asbob-uskunalariga taalluqli boshqa normativ texnik hujjatlarning talablariga mosligini tekshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, texnika takroran komissiyaga qabul qilish uchun taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilish tugagach, texnikani foydalanishga topshirish dalolatnomasi tuzilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Laboratoriyalarning asbob-uskunalarini sozlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Asbob-uskunalarning ishga yaroqliligini taʼminlash ishlarining xavfsizligi uchun javobgarlik tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tegishli kasb malakasiga ega boʻlgan injener-texnik xodimlarga yuklatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Asbob-uskunalar bilan ishlash jarayonida ishtirok etadigan xodimlar xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Laboratoriyalarda ishlatiladigan barcha mashinalar, mexanizmlar va moslamalar bajarilayotgan ishning xarakteriga mos va hamisha soz holda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Yuqori kuchlanishda boʻlgan elektr laboratoriya asbob-uskunalarini sozlashda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanishda boʻlgan elektr toki oʻtgan qismlari sozlovchining roʻparasida yoki faqat bir yonbosh tomonida joylashtirilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlash jarayonida apparaturani sozlovchi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Asbob-uskunalarni boshqarish ishlari boshlangunga qadar, ishlash uchun quyidagi zarur boʻlgan asboblarning mavjudligi va himoya vositalarining yaroqliligi tekshirib koʻrilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr kavsharlagichning korpusida qisqa tutashish yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izolyatsiyalangan dastalarning mavjudligi va izolyatsiya holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dielektrik qoʻlqoplardan foydalanishdan uning yaroqliligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dielektrik rezina gilamchadagi shtamp boʻyicha yaroqlilik muddati va mexanik nuqsonlarning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tok oʻtkazuvchi simlarda izolyatsiya nuqsonlarining yoʻqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Asbob-uskunalarni sozlovchini yuqori kuchlanishda boʻlgan va izolyatsiyalanmagan elektr toki qismiga toʻsatdan tegib ketishining oldini olish maqsadida himoyalovchi, izolyatsiyalangan vositalardan va moslamalardan foydalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Asbob-uskunalardagi nosozliklarni aniqlashda nazorat-oʻlchov asboblarining (bundan buyon matnda NOʻA deb yuritiladi) barcha turdagi oʻchirish-yoqish ishlari (jihozlar tarkibiy qismlari rejimini oʻlchash) elektr kuchlanishdan toʻliq uzilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Kuchlanishda boʻlgan apparatlarni tekshirish va sozlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Asbob-uskunalarni elektr manbaidan oʻchirmasdan turib, shuningdek apparat korpuslarini ochib qoʻygan holda elektr toki oʻtuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Elektr asbob-uskunalarni sozlashda, texnik xizmat koʻrsatishda va boshqa ishlarda kuchlanish berilishidan oldin uning metall korpuslari yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Asbob-uskunalarni rozetkaga vilkasiz, ochiq simlar yordamida ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Elektr asbob-uskunalarda kuchlanishni oʻchirmasdan turib ishlarni amalga oshirishning iloji boʻlmagan hollarda (sozlash, rejimlarni oʻlchash, oʻchirib-yoqish uskunasida yaxshi kontakt boʻlmasligi, tokning yoʻqolib qolishini oʻlchash) kuchlanish ostida ishlashga ruxsat beriladi. Bunday hollarda, xodim kuchlanish ostidagi qismga tegib ketishdan ehtiyot boʻlishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. NOʻA avtomatika vositalarini taʼmirlashda xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. NOʻAni taʼmirlash ishlatuvchi tashkilot yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. NOʻAlarning bino ichiga kirgan, chiqqan yoki tambur va koridor devorlari orqali oʻtgan kabellari doimo soz holatda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. NOʻAlarni montaj, demontaj qilish va taʼmirlash ularni texnologik, impulsli tarmoqlardan ajratgan va elektr kuchlanishini uzib qoʻygan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan binolarning bevosita oʻzida NOʻAlarni taʼmirlash ishlarini payvandlash, kavsharlash, boshqa ochiq olov va yuqori harorat qoʻllamasdan oʻtkazish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. NOʻAlarni taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladigan, yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududlardagi ochiq holda (konstruksiyalar, devorlar, shiftlar, kanallar va tonnellarda) yotqizilgan (joylashtirilgan) kabellarning ustki qoplamasi yonuvchi materiallardan (kanop, bitum, paxta-qogʻozli oʻramlar) boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududga joylashtirilgan, kuchlanishi 1 kW dan ortiq boʻlgan kabellarning uzunligi imkon darajasida qisqartirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududlarda taʼmirlash ishlari olib borilganda, ulovchi va taqsimlovchi kabel muftalarining qoʻllanilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Favqulodda vaziyatlarda xavfsiz ishlashga qoʻyiladigan talab
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Tashkilotlarda ehtimol tutilgan avariyalarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilishi lozim. Unda mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda avariyalarning oldini olish va avariya vaziyatlarini bartaraf etish, avariya sodir boʻlganda esa, uning oqibatlarini chegaralash va yengillashtirish, alangalanish va portlashning oldini olish, avariyani bartaraf etishda band boʻlmagan odamlarni evakuatsiya qilish yuzasidan xodimlarning tezkor vazifalari nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(228-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust

Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 448-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)