Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
03.07.2017
11.08.2014
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-sonli “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartiblari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-avgustdagi 214-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchi deb ataladi) uchun suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer osti suvlaridan sutkasiga 5 kub metrgacha hajmda yakka tartibda suv olishni koʻzda tutuvchi jismoniy shaxslar uchun suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Suvga quduqlarni burgʻulash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) organlari bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi deb ataladi) hududiy organi tomonidan beriladigan amal qilishi bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Suvga quduqlarni burgʻulash, suvga burgʻulash ishlari amalga oshirilishini hisobga olish va ularni nazorat qilishni tartibga solish, yer osti suvlaridan maqsadsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslik ruxsatnomani berishning maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchilar ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlar toʻplamini Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ruxsatnomaning amal qilish muddati burgʻulash ishlarini amalga oshirish davri uchun, biroq 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar ruxsatnomani berishda ruxsat berish talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar, shuningdek ekologik va sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quduqlarning loyiha parametriga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davlat ekologiya ekspertizasi xulosalari shartlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) maxsus burgʻulash uskunasi mavjud tashkilotlar tomonidan burgʻulash ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tasdiqlangan loyihaga asosan quduqlar qurilishini amal oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) burgʻulashdan keyin quduq suvining talab etiladigan sifatga muvofiqligini aniqlash uchun kimyoviy tahlil oʻtkazish va quduq atrofidagi 1-mintaqaning sanitariya-muhofaza qilish hududini obodonlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchilar Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs uchun yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi; tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs uchun yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) suvga quduqlarni burgʻulash nazarda tutilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ruxsatnoma tusidagi hujjatni olish uchun zarur hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga, ularni olganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga, bevosita pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ruxsatnoma olish uchun Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va roʻyxat darhol hujjatlar qabul qilingan sana haqidagi belgi bilan ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etishni ariza beruvchilardan talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki uni berilishini rad etish haqida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda (Davlat geologiya qoʻmitasi organlari bilan kelishish uchun zarur boʻlgan vaqtni hisobga olgan holda) ruxsatnoma olish uchun taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadilar va uni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi taqdim etilgan materiallarni oʻrganib chiqadi va eʼtirozlar boʻlmaganda, yetti ish kuni mobaynida ularni kelishish uchun pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda Davlat geologiya qoʻmitasi organlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat geologiya qoʻmitasi organlari hujjatlar olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga ajratilgan yer uchastkasida suvga quduqni burgʻulash imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosani yoki burgʻulash mumkin emasligi haqidagi asoslangan yozma xulosani taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taqdim etilgan xulosa asosida Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi uch ish kuni mobaynida ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan ariza beruvchiga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki uni ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagi hollarda ariza beruvchilarga ruxsatnoma berishda rad javobi berilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ruxsatnoma berishda ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiq boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Davlat geologiya qoʻmitasi organlarining ajratilgan yer uchastkasida burgʻulash mumkin emasligi haqidagi asoslangan yozma xulosasi mavjud boʻlganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlar taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmagan muddat mobaynida rad etish sabablarini bartaraf etish va hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, belgilangan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi tomonidan, ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hujjatlarni qayta koʻrib chiqishda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi tomonidan, ariza beruvchiga avval yozma shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini keltirishga, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablaridan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Rad etilganlik haqidagi yozma xabarnomada keltirilgan muddat oʻtgandan soʻng ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ariza beruvchi ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ruxsatnomaning dublikatini berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va ruxsatnomani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda, ariza beruvchining arizasi asosida uning dublikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi ruxsatnomaning dublikatini ariza beruvchidan ariza, shuningdek ruxsatnoma xususiyatiga ega boʻlgan hujjatning yaroqsiz boʻlib qolgan asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishga majbur. Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsatnoma talablari va shartlarining bir martalik qoʻpol buzilishiga burgʻulash loyihasida koʻzda tutilgan burgʻulash ishlarining amalga oshirilishi natijasida atrof tabiiy muhitga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishi yoki bunday zarar yetkazilishining muayyan xavfi paydo boʻlishi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ariza beruvchi — yuridik shaxs oʻzgarganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, ariza beruvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatga olingandan soʻng yetti ish kuni mobaynida Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ariza beruvchi — jismoniy shaxsning unga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada keltirilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida hududiy organga, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organiga bevosita, ularning olinganligi haqidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida arizani bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organining qabul qilganligi toʻgʻrisidagi belgi bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan arizasi asosida unda koʻrsatilgan harakat va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsatnomani qayta rasmiylashtiradi va beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ushbu boʻlimda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni ariza beruvchidan talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) arizachining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili va telefon raqami (jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportining maʼlumotlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ruxsatnomaning roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quduqlarning tartib raqami, chuqurligi va maqsadli foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatish, toʻxtatib turish va ularni tiklash, dublikatlarini berish, ruxsatnomalarni bekor qilish asoslari va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma tusida berilgan hujjatlar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi

Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ___________________________________________________________________ (hududiy tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasinig nomi) SUVGA QUDUQLARNI BURGʻULASh UChUN RUXSATNOMA
20__ “__”_____________
Roʻyxatga olish raqami_____
1. Ushbu ruxsatnoma ____________________________________________________ da
____________________________________________________ uchun suvga quduqlarni
(suvdan maqsadli foydalanish)
burgʻulash loyihasini amalga oshirish uchun berildi.
2. Suv olish inshooti ___ ta quduqlardan iborat va ______________________________
(loyihalash tashkilotining nomi)
________________________tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq qurilmoqda
3. Quduqning loyiha parametrlari quyidagicha: a) boshlangʻich diametri _____________________ mm; b) boshqa diametrga oʻtish chuqurligi___________ m; v) yakunlovchi diametr ______________________ mm; g) quduqning loyihaviy chuqurligi __________ m.
4. Har bir quduqdan suv olish sutkasiga _______ m3 hajmda nazarda tutilgan.
5. Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi_____________________________________ ________________________________________________________________________
(xulosaning raqami, berilgan sanasi va xulosani bergan organning nomi)
6. Ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati - 20__ “__”_____________ gacha.
“KELIShILDI” Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining “___________________________” Davlat korxonasi direktori ____________________ (F.I.O., imzosi)
“KELIShILDI” Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organi raisi _________________________ (F.I.O., imzosi)
M.Oʻ. Roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami ____ 20__ yil “__”__________
M.Oʻ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organining raisi _________________________ga (F.I.O.)
Suvga quduq burgʻulash uchun ruxsatnoma berish uchun ARIZA
______________________________________________________________________da joylashgan suvga quduq burgʻulash uchun ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz.
Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati (Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq):