Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017 29.05.2014 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.05.2014 yildagi 135-son
Date of entry into force
02.06.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-sonli “Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2014-2015-yillarda va istiqbolda 2020-yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 21-yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2014-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-maydagi 135-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoidalar Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha har yilgi Yigʻma manzilli dasturni (keyingi oʻrinlarda Yigʻma manzilli dastur deb ataladi) shakllantirish, shuningdek loyihalarning ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini, tasdiqlanishini, amalda bajarilishini tashkil etish, ularning amalga oshirilishi va samaradorligi yuzasidan nazorat va monitoring olib borish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv obyekti — tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, daryolar, yer ostidagi suvli gorizontlar) hamda sunʼiy (suv omborlari, selxonalar, hovuzlar va boshqalar), suv havzalari, shuningdek buloqlar va doimiy yoki vaqtinchalik suvlar yigʻiladigan hamda suv rejimining xarakterli shakllari va belgilari mavjud boʻlgan boshqa obyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv oqimi — oʻzanida umumiy nishablik yoʻnalishi boʻylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv obyekti, suv oqimi doimiy — suv yil boʻyi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) boʻlishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin — qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va koʻplab yomgʻirlar yogʻishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmogʻida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy koʻtarilishi va suv sarfining koʻpayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin suvlari — toshqinlar davrida suv oqimlari oʻzanida oqadigan suvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sel — juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) boʻladigan, buzish kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik togʻ va togʻ oldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbagʻirli quruq soylarda kuchli yomgʻirlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo boʻladigan mineral zarrachalar va togʻ jinslari parchalari mavjud boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sel oqimlari — sellar roʻy beradigan davrda suv oqimlari boʻylab oʻtadigan suvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsiz oʻtkazib yuborish — suvlarni suv oqimlari boʻylab, aholi punktlari, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun salbiy oqibatlarsiz oʻtkazib yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqimni barqarorlashtirish — suv oqimlari boʻylab xavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga boʻladigan texnogen taʼsirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalash ishlari — himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlari, gidrotexnika inshootlari, koʻpriklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz oʻtkazib yuborish,aholi punktlarini, sugʻoriladigan yerlarni, suv xoʻjaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv toʻplagichlarda va suv oqimlari oʻzanlarida daraxtlar oʻtqazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalash inshootlari — dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, oʻyiqlar va oʻzanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek toshqin suvlarini va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlaydigan nishabliklarni mustahkamlash boʻyicha konstruksiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish — himoyalash inshootlarini toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlangʻich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalash inshootlarini taʼmirlash va tiklash — himoyalash inshootlarining, suv xoʻjaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun moʻljallangan, shu jumladan inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini, choʻkindilardan tozalash, taʼmirlash ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihasi — toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv xoʻjaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, taʼmirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalari quyidagi asosiy talablar asosida shakllantiriladi va amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish aholi punktlari, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilishni nazarda tutishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish tadbirlari kompleks muhandislik-texnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish tadbirlarini ishlab chiqish boʻyicha muhandislik-texnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar kompleks holda oʻtkazilishi kerak, shu jumladan ular suv oqimlari oʻzanlari, himoya inshootlari, suv xoʻjaligi obyektlari va ularning oʻzanlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarning holatini oʻrganishdan iborat boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazish boʻyicha himoyalash ishlarida himoyalash inshootlari, suv xoʻjaligi obyektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni va ilgʻor tajribalar natijalarini joriy etish nazarda tutilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish tadbirlariga amaldagi suv xoʻjaligi va gidrometeorologiya vaziyatini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya tadbirlarini amalga oshirishning ustuvorligi va navbatliligi ularning ijtimoiy ahamiyatini, shuningdek gidrometeorologiya prognozlarini va suv oqimlarining va ulardagi inshootlarning amaldagi holatini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Har yilgi Yigʻma manzilli dasturni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha himoya inshootlarini va boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va tiklash Suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) doirasida ishlab chiqilgan har yilgi Yigʻma manzilli dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yigʻma manzilli dastur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya inshootlarini taʼmirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini bajarish loyihalarining prognoz parametrlarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yigʻma manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi oʻrinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hududiy manzilli dasturlar real suv xoʻjaligi, gidrometeorologik shart-sharoitlarni va suv oqimlarining boshqa tabiiy-xoʻjalik shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash vazifalarini hal etishga kompleks va tizimli yondashish asosida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya inshootlarini taʼmirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlari boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashning loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlarining manzilli roʻyxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hududiy manzilli dasturlarni shakllantirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Canoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari hududiy ishchi guruhlarning rahbarlari hisoblanadilar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 198-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzgidromet” markazi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda quyidagi materiallarni tayyorlaydilar va hududiy ishchi guruhlarning koʻrib chiqishi uchun taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha asosiy suv obyektlari, suv obyektlari va ulardagi inshootlarning texnik tavsiflari koʻrsatilgan sxematik xaritalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp yillik gidrologik maʼlumotlar, shuningdek toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborish boʻyicha boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hududiy ishchi guruhlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-martgacha boʻlgan muddatda joyning oʻziga borib gidrografik tamoyil asosida suv oqimlarini va boshqa suv obyektlarini, suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni, aholi punktlarini hamda sugʻoriladigan yerlarni batafsil tekshirib chiqadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirib chiqish yakunlari boʻyicha himoya inshootlari yemirilishi, suv oqimlari oʻzanlarining oʻpirilishi va loyqa choʻkishi, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlardagi yemirilishlar, aholi punktlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni suv bosishi xavfi mavjudligini aniqlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi obyektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ustuvor himoya ishlarini belgilaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-aprelgacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadilar hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga kiritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar 10-aprelgacha boʻlgan muddatda tegishli toshqinga qarshi hududiy komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur, belgilangan tartibda, har yili 15-aprelgacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgidromet” markazi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yigʻma manzilli dasturni ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha Yigʻma manzilli dastur 1-maygacha boʻlgan muddatda, belgilangan tartibda, toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazib yuborish, qor koʻchishi va koʻchki hodisalari xavfini pasaytirishni taʼminlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi deb ataladi) kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi 15-maygacha boʻlgan muddatda Yigʻma manzilli dasturni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda amalga oshirish uchun belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suv xoʻjaligi, gidrometeorologik va suv oqimining boshqa tabiiy-xoʻjalik shart-sharoitlarining boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlari, himoya ishlarining asoslanganligi va ustuvorligi hisobga olingan holda, Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining qarori bilan Dasturga va Yigʻma manzilli dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tasarrufida suv xoʻjaligi obyektlari va ijtimoiy obyektlar boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari — tegishli himoya ishlari bajarilishining buyurtmachilari Yigʻma manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida qurish, taʼmirlash-tiklash va loyiha-qidiruv ishlarining alohida manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan Yigʻma manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq belgilangan tartibda “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Loyiha hujjatlari faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Loyiha hujjatlari buyurtmachining tarmoq ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasi, belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi organlari tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ekspertizadan oʻtgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini amalga oshirish belgilangan tartibda buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish, belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining xarajatlar smetasida foydalanish xarajatlari uchun moʻljallangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz balanslaridagi ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash tadbirlarini belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalari amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish, bajarilgan ishlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalari amalga oshirilishini nazorat qilish belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd qilingan boshqa funksiyalarga pudratchi tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, obyekt qurilishini texnik kuzatib borish va texnik nazorat qilish yuzasidan — buyurtmachilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning butun davri va tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish mobaynida bajarilgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan — loyiha tashkilotlari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va ularning qurilish normalari va qoidalariga, normativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan qurilish obyektida ijro hujjatlari yuritilishini nazorat qilish yuzasidan — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Yigʻma manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishining obyektma-obyekt monitoringi olib borilishini taʼminlaydi va har oyda tegishli axborotni Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

1. Har yili 1-fevralgacha boʻlgan muddatda hududiy ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-martgacha boʻlgan muddatda suv oqimlari va boshqa suv obyektlarini, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni, aholi punktlari va sugʻoriladigan yerlarni tekshirib chiqish, ustuvor himoya ishlarini belgilash, kelgusi yil uchun hududiy manzilli dastur loyihasini ishlab chiqish va 1-aprelgacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun toshqinga qarshi hududiy komissiyaga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hududiy manzilli dasturni koʻrib chiqish va tasdiqlash va 15-aprelgacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kelgusi yil uchun Yigʻma manzilli dastur loyihasini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish hamda 1-maygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kelajak yilda amalga oshiriladigan loyihalarning Yigʻma manzilli dasturini koʻrib chiqish va tasdiqlash hamda 15-maygacha boʻlgan muddatda qurish, taʼmirlash-tiklash va loyiha-qidiruv ishlarining alohida manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yuborish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashni tashkil etish, shuningdek tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq loyihalarni amalda bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini amalga oshirishni belgilangan tartibda nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Loyihalar amalga oshirilishi ustidan obyektma-obyekt monitoring olib borish va Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga axborot kiritish.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 260-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)