21.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2588
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmati raisiining buyrugʻi, 21.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2588
Date of entry into force
26.05.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI RAISINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar faoliyati ustidan va attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2588]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar faoliyati ustidan va attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais R. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-son

Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati raisining 2014-yil 12-maydagi 46-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar faoliyati ustidan va attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar (bundan buyon matnda attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) faoliyati ustidan, shuningdek attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nazorat quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektlari (bundan buyon matnda axborotlashtirish obyektlari deb yuritiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nazoratni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha ishlar begʻaraz asosda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon matnda Vakolatli organ deb yuritiladi) zimmasiga yuklatilgan.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Nazoratni oʻtkazish turlari va tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nazorat doirasida oʻtkaziladigan, attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar va axborotlashtirish obyektlariga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishining tekshiruvlari rejali va rejadan tashqari, shu jumladan nazorat tartibidagi tekshiruvlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Rejali va rejadan tashqari tekshiruvlarni oʻtkazish jarayonida attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar va axborotlashtirish obyektlarining foydalanishi cheklangan axborotni qayta ishlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan faoliyati oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Rejali va rejadan tashqari tekshiruvlar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Nazorat tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar yakunlari boʻyicha dalolatnomalar yoki maʼlumotnomalar tuziladi. Dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) shakli ixtiyoriy, biroq ularda tavsiflash qismi, xulosalar va aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha talablar boʻlishi shart. Tekshiruv natijalari tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga yetkaziladi. Tekshiruv dalolatnomasi (maʼlumotnomasi)ning nusxasi yuqori turuvchi tashkilotga yuboriladi (mavjud boʻlganda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Rejali tekshiruvlar quyidagilarga nisbatan oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlarga — Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda Ruxsatnoma deb yuritiladi)ning amal qilish muddati davomida bir martadan koʻp boʻlmagan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlariga — Axborotlashtirish obyektini axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik attestati (bundan buyon matnda Muvofiqlik attestati deb yuritiladi)ning amal qilishi davomida bir martadan koʻp boʻlmagan holda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Rejadan tashqari tekshiruvlar normativ-huquqiy hujjatlar yoki axborot xavfsizligi sohasidagi standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablarining buzilish holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelib tushgan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Rejali va rejadan tashqari tekshiruvlar jarayonida kamchiliklar va qoidabuzarliklar aniqlangan holda, aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish faktini aniqlash maqsadida nazorat tartibidagi tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda quyidagilar tekshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida, shu jumladan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda (roʻyxat raqami 2587, 2014-yil 21-may) nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilishi va talablarga rioya qilinishi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat etilgan faoliyat boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar fondining mavjudligi, toʻgʻri yuritilishi va saqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtat tarkibidagi xodimlar malakasi, lavozim yoʻriqnomalarining mavjudligi, xodimlarning oʻz huquqlari va majburiyatlari, axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar talablarini bilishi (shu jumladan amaliy koʻnikmalarni tekshirgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning malaka oshirish kurslarini oʻtish davriyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazish uchun talabnomalarni qabul qilish va koʻrib chiqish qoidalariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishda ariza beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlarning toʻgʻri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinovlar bayonnomalari va natijalarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi va oʻz vaqtida tayyorlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlik attestatini toʻgʻri rasmiylashtirish va oʻz vaqtida berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni Vakolatli organga oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya oʻtkazishda qoʻllaniladigan oʻlchash texnikasini oʻz vaqtida tekshiruvdan oʻtkazilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida, attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning xodimlariga maʼlum boʻlgan konfidensial axborotning saqlanishiga rioya qilish boʻyicha talablarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrilgan chora-tadbirlar samaradorligi va avvalgi ekspert komissiyasining takliflari (tavsiyalari) yoki talablarining toʻliq bajarilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vakolatli organ qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ Ruxsatnomasining amal qilishini quyidagi hollarda tugatishi yoki toʻxtatib qoʻyishi mumkin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan funksiyalar lozim darajada bajarilmaganda va majburiyatlarga rioya etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtat tarkibidagi xodimlar malakasi qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar belgilangan muddatlarda bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari va tartib-taomillari bir necha marotaba buzilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablariga rioya etish ustidan nazorat quyidagi ishlarni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazilgan obyekt xodimlari tomonidan axborotni muhofaza qilish boʻyicha talablarning bajarilishi toʻgʻrisida kelib tushayotgan maʼlumotlarning tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlganda, sinovlar (texnik tadqiqotlar)ni oʻtkazish va ularning natijalarini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat natijalarini rasmiylashtirish va qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tekshiruv natijalari boʻyicha Vakolatli organ qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Muvofiqlik attestatining amal qilishini quyidagi hollarda tugatish yoki toʻxtatib qoʻyishga haqli:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov (texnik tadqiqot) natijalarining axborot xavfsizligi talablari va avval olingan natijalarga yomon tomonga oʻzgarishi bilan nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyekti axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga rioya etmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlik attestatini bergan attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan axborotlashtirish obyektining muhofazalanganlik holatiga muhim taʼsir koʻrsatuvchi sinovlarni oʻtkazish metodikalari buzilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Nazorat qiluvchi organning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nazoratni amalga oshirish maqsadida, Vakolatli organ huzurida Vakolatli organning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiruvchi ekspert komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert komissiyasi faoliyati Vakolatli organning ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vakolatli organning Ekspert komissiyalari oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilayotgan obyektning foydalanilishi cheklangan axborotni qayta ishlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan faoliyati bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tuzilmasiga kirmaydigan, lekin attestatsiya ishlarini oʻtkazishga jalb qilinadigan sinov laboratoriyalari (markazlari)ning faoliyatini baholashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidabuzarliklar aniqlanganda attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ yoki attestatsiyadan oʻtkazilgan axborotlashtirish obyektini tekshirish dalolatnomasi (maʼlumotnomasi)da bayon qilinadigan, bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda bajarilishi majburiy boʻlgan talablarni berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza qilinadigan axborotni chiqib ketish kanallarining yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishlari aniqlangan hollarda, tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib kelmaydigan, axborotlashtirish obyektida foydalanilishi cheklangan axborotni qayta ishlash bilan bogʻliq ayrim operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish;
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablar bajarilmagan hollarda, Vakolatli organga, attestatsiyadan oʻtkazuvchi organga berilgan Ruxsatnoma yoki attestatsiyalangan axborotlashtirish obyektining Muvofiqlik attestatini amal qilishini tugatish yoki toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vakolatli organning ekspert komissiyalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda nazoratni amalga oshirishga;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarga muvofiq nazorat oʻtkazilishini taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektining muhofazalanganlik holatiga muhim taʼsir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qonunchilik hujjatlari, shu jumladan ushbu Nizomda nazarda tutilgan choralarni koʻrishga;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazoratni amalga oshirish jarayonida maʼlum boʻlgan axborotning konfidensialligini taʼminlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 251-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)