Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992 17.05.1991 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.05.1991 yildagi 136-son
Date of entry into force
17.05.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbekpoyabzal” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-noyabrdagi 558-sonli “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Engil sanoat birlashmalari va korxonalarini boshqarishni takomillashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida va Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tarkibida ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar boʻlgan charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbekpoyabzal” Oʻzbekiston davlat konserni tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekpoyabzal” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati Oʻzbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning oʻzining va jumhuriyatning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, “Oʻzbekpoyabzal” konserni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqarish “Oʻzbekyengilsanoat” Oʻzbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushmaning aʼzolari oldida ularga nisbatan oʻz majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yigʻma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, ularning hukuqiy maqomini belgilovchi “Oʻzbekiston SSJda korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuniga va boshqa qonunchilik va normativ aktlarga, shuningdek Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uyushma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida faoliyat koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsernga taʼsischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan foydalanish samaradorligini, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasini, mahsulotning sifatini va texnik darajasini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijara va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va koʻpaytirish hamda aholining ularga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar bilan birgalikda moliya mablagʻlaridan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror zararsiz ishlashni taʼminlash boʻyicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmalar bilan korxonalar oʻrtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqda ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarning kompleks hal etilishini taʼminlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat va boshqa organlarda oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya kilishda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xoʻjalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklaturadagi mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy koʻrsatkichlari deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekpoyabzal” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, oʻz mehnat jamoalari manfaatlaridan va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq isteʼmolchilarining, savdo tashkilotlarining buyurtmalari boʻyicha tegishli mahsulotlar va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda ularni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, Oʻzbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil ravishda hal etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi tomonidan belgilangan normativlarga muvofik foydadan ular bajaradigan funksiyalar uchun, shuningdek, markazlashgan rezerv (ehtiyot) jamgʻarmasi tashkil etishga mablagʻlar ajratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yigʻilishi (konferensiyasi) “Oʻzbekpoyabzal” konsernini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, unda konsern Kengashi saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek boshqaruv aʼzolari kiradilar. Kengash boshqaruvni, uning raisi va oʻrinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining aʼzolari va uning raisi konsern Kengashining taqdimnomasiga koʻra “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekpoyabzal” konserniga unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishuv boʻyicha oʻzining tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OʻzSSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, OʻzSSJ Davlat narxlar qoʻmitasi va “Oʻzbekpoyabzal” konserni bir oy muddat ichida korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish yuzasidan yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi, “Oʻzglavlegsnabsbit” “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga “Oʻzbekpoyabzol” konserni uchun oʻzlari taqsimlaydigan nomenklatura boʻyicha konsern korxonalarining rivojlanishi va ishlashi uchun moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashkil etilayotgan “Oʻzbekpoyabzal” konsernining apparati Paradlar xiyoboni koʻchasi, 5-uydagi OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “Oʻzbekpoyabzal” konserni birlashmalari va korxonalariga koʻmaklashsinlar hamda ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 17-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 17-maydagi
130-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbekpoyabzal” Oʻzbekiston davlat konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Andijon poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Andijon poyabzal fabrikasi
Poytugʻ poyabzal fabrikasi‎
Madaniyat poyabzal fabrikasi‎
Polvontosh poyabzal fabrikasi‎
2. Sovetobod charm-galantereya ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:
Sovetobod charm-galantereya fabrikasi
Oʻzgan tayyorlov idorasi‎
3. Xoʻjaobod sport mollari fabrikasi‎
4. Buxoro poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:
Buxoro 1-poyabzal fabrikasi‎
Buxoro 2-poyabzal fabrikasi‎
Gʻijduvon poyabzal fabrikasi‎
5. Namangan poyabz�l ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Namangan poyabzal fabrikasi‎
Uychi poyabzal fabrikasi‎
Toshbuloq poyabzal fabrikasi‎
Kosonsoy poyabzal fabrikasi‎
6. Samarqand poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
KPSS XXV syezdi nomidagi Samarqand poyabzal fabrikasi‎
Krasnogvardeysk poyabzal fabrikasi‎
Kattaqoʻrgʻon poyabzal fabrikasi‎
7. Oxunboboyev nomidagi Samarqand charm zavodi‎
8. Samarqand charm-xomashyo zavodi‎
9. Chirchiq poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Chirchiq poyabzal fabrikasi‎
Charvoq poyabzal fabrikasi‎
10. Yangiyoʻl poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Yangiyoʻl poyabzal fabrikasi‎
Chinoz poyabzal fabrikasi ‎
Sirdaryo poyabzal fabrikasi‎
11. Qoʻqon poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Qoʻqon poyabzal fabrikasi‎
Bagʻdod poyabzal fabrikasi‎
12. Fargʻona poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Fargʻona poyabzal fabrikasi‎
Soʻx poyabzal fabrikasi‎
13. Qoʻqon charm ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Qoʻkon xrom charm zavodi‎
Fargʻona charm zavodi‎
14. Fargʻona suniy charm eavodi‎
15. Urganch poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Urganch poyabzal fabrikasi‎
Xonqa poyabzal fabrikasi‎
Gurlan poyabzal fabrikasi‎
16. Toshkent 1-poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
F.Xoʻjayev nomidagi Toshkent 1-poyabzal fabrikasi‎
Gʻalaba poyabzal fabrikasi‎
17. Toshkent 2-poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Toshkent 2-poyabzal fabrikasi‎
Guliston poyabzal fabrikasi‎
18. Jumhuriyat poyabzal modellar uyi‎
19. Toshkent “Oʻzbekiston” charm-poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Toshkent charm-poyabzal zavodi‎
Toshkent 2-charm zavodi‎
20. Toshkent “Orzu” charm-galantereya va sport mollari ishlab‎ chiqarish birlashmasi
quyidagi tarkibda:‎
Toshkent charm-galantereya va sport mo�lari kombinati‎
Kasanachilik fabrikasi‎
21. Toshkent charm-moʻyna zavodi‎