23.02.2011 yildagi PQ-1487-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.02.2011 yildagi PQ-1487-son
Date of entry into force
23.02.2011
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari koʻrsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-381-son qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida adabiyot fondining oʻsishini taʼminlash, kutubxona ishiga eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aholining mamlakat axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha rejali va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida 6,3 million kitobxonga axborot xizmatlarini koʻrsatuvchi 11026 ta axborot-kutubxona muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda. Adabiyotning umumiy fondi 83,6 million saqlov birligini, shu jumladan 3,5 mln elektron formatda saqlov birligini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha axborot-kutubxona markazlarida Internet tarmogʻiga chiqadigan mahalliy tarmoqlar (“ZiyoNET”) tashkil etildi, respublika taʼlim muassasalarining 1639 ta axborot-resurs markazlarida (91%) mahalliy tarmoqlar tashkil etildi, 1380 ta markaz (76,5%) Internet tarmogʻiga ulandi (ZiyoNET).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kutubxona muassasalarini zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika bilan jihozlash boʻyicha ishlar amalga oshirildi, kompyuterlar soni 2,8 barobar, koʻpaytirish va skanerlash texnikasi 2,3 barobar koʻpaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona xizmatining koʻrsatilishini yanada sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtishni taʼminlash, axborot-kutubxona muassasalarini yagona axborot makoniga birlashtirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va saqlash, taʼlim muassasalari oʻquvchilari va aholining taʼlim tizimi va mustaqil oʻqishini rivojlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholiga axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini koʻrsatishni yanada sifatli rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar sifatida quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha yagona yondashuv va standartlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron resurslar fondini, shu jumladan, maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni ijodiy rivojlantirish uchun birinchi navbatda maʼnaviy-axloqiy, madaniy-tarixiy, ilmiy va maʼrifiy ahamiyatga ega boʻlgan bosma nashrlarning elektron nusxalarini yaratish yoʻli bilan shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining keng qatlamlari uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida, shu jumladan “ZiyoNET” tarmogʻi orqali birlashtirilgan axborot-kutubxona resurslaridan keng koʻlamda foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kutubxona muassasalarining yigʻma elektron katalogini yaratish va elektron hujjatlar yetkazib berish xizmatini tashkil etish asosida axborot resurslaridan oʻzaro foydalanishni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kutubxona muassasalarini yanada rivojlantirish, ularni zamonaviy kompyuter, telekommunikatsiya va tashkiliy texnika bilan jihozlash, elektron kutubxona zallarini yaratish, integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻiga ulash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2015-yillarga normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, respublikaning integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2015-yillarga elektron kutubxonalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, yaratilayotgan raqamli kutubxonalar (jami — 1815 ta zallar) amaldagi axborot-kutubxona muassasalari xonalarida joylashtiriladi hamda tegishli kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi bilan belgilangan tartibda jihozlangan boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yaratilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida shtatlar soni 12 birlikni oʻz ichiga olgan yuridik shaxsni tuzgan holda A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tarkibidagi Yigʻma elektron katalog respublika markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga idoraviy mansub Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining axborot-kutubxona markazlari tuzilmalarida, ularning taʼminoti uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida har biri 2 birlikni oʻz ichiga olgan yigʻma elektron katalog sektorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika Axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash (Sh.M. Mirziyoyev) mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dastur amalga oshirilishi jarayoni ustidan belgilangan maqsadli parametrlarga qatʼiy rioya qilgan holda tizimli nazorat oʻrnatsin, Dastur amalga oshirilishining natijalari har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2011-yildan boshlab har yili Dasturga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur budjet mablagʻlarini ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar va nashr etilmaydigan kitoblar va davriy nashrlar, shu jumladan axborot-kutubxona muassasalari uchun moʻljallangan elektron nashrlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha 2015-yil 31-dekabrgacha bojxona toʻlovlari toʻlanmasdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) respublikaga olib kiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 23-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1487-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2015-yillarda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, respublikaning integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTUR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Axborot-kutubxona faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

Elektron kutubxonalarni shakllantirish va integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish boʻyicha standartlarini, shuningdek elektron shaklga oʻtkazilishi nazarda tutilgan bosma nashrlarga mualliflik huquqini tartibga solish masalalari boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish

Standartlar

2011-yil

OʻzAAA oʻz va homiylik mablagʻlari

Davlat aloqa qoʻmitasi,

Milliy kutubxona

2.

Elektron kutubxona toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish

Vazirlar Mahkamasining Qarori

2011-yil II chorak

-

Milliy kutubxona,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Adliya vazirligi

II. Axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

3.

“Elektron kutubxonalarni shakllantirish va integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish” loyihasining texnik topshiriqlarini tayyorlash, dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (DTIH) ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish

DTIH

2011-yil II chorak

OʻzAAA oʻz va homiylik mablagʻlari

Davlat aloqa qoʻmitasi,

Milliy kutubxona

4.

Respublika Yigʻma elektron katalog markazini, axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxona zallarini markaz mutaxassislarining ish joylari bilan (kompyuter, telekommunikatsiya va muqovalash uchun uskuna, mebel va boshqalar) jihozlash

Chora-tadbir rejasi

2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish

Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar

Milliy kutubxona,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, vazirlik va idoralar,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

III. Elektron shaklda axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish

5.

Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari hamda kutubxonalarda elektron shaklda toʻliq matnli axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalini ishlab chiqish

Vazirlar Mahkamasining qarori

2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish

-

Idoralararo kengash,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Milliy kutubxona,

Madaniyat vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oʻrta maxsus,

kasb-hunar taʼlimi markazi,

Fanlar akademiyasi

6.

Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, kitoblar-manuskriptlar, shuningdek, aholi tomonidan saqlanadigan va oʻzida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan nodir nashrlarni saqlash va elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish

Vazirlar Mahkamasining qarori

2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish

-

Idoralararo kengash,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Milliy kutubxona,

“Oʻzarxiv” agentligi,

Fanlar akademiyasi,

“Mahalla” jamgʻarmasi,

mahalliy davlat hokimiyati organlari

IV. Integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish

7.

Integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻining ishlashi uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish

Oʻz va homiylik mablagʻlari

Axborot texnologiyalari vazirligi

8.

Axborot-kutubxona muassasalarining oʻzaro hamkorlik tarmogʻi tizimini yaratish

Texnik loyiha

2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish

Oʻz va homiylik mablagʻlari

Axborot texnologiyalari vazirligi

9.

Yigʻma elektron katalogni shakllantirish uchun axborot-kutubxona muassasalarini integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻiga bosqichma-bosqich ulash

Ulanish jadvali

2011-yil II chorakda tasdiqlash 2011 — 2015-yillarda amalga oshirish

Oʻz va homiylik mablagʻlari

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Milliy kutubxona

V. Integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

10.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat madaniyat institutida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallar yaratish

Qoʻshma buyruq

2011-yil, III chorak

Oʻz va homiylik mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Davlat aloqa qoʻmitasi,

Milliy kutubxona

11.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzurida va axborot-kutubxona markazlarida kutubxona xodimlarini yangi kutubxona texnologiyalari boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun oʻquv-konsultativ kurslarini tashkil etish

Chora-tadbir rejasi

2011 — 2015-yillar

Budjet mablagʻlari,

oʻz va homiylik mablagʻlari

Milliy kutubxona,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Moliya vazirligi

VI. Axborot-kutubxona aloqalarini faollashtirish

12.

Xalqaro kutubxona kooperatsiyasini quyidagilar orqali faollashtirish:

Kompleks dastur

2011-yil II chorakda tasdiqlash doimiy amalga oshirish

Budjet mablagʻlari,

oʻz va homiylik mablagʻlari

Milliy kutubxona,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Moliya vazirligi

xalqaro va (respublika) konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazish:

xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish;

IFLA (Kutubxona uyushmalari va muassasalarining xalqaro konferensiyasi) kabi xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish;

Milliy kutubxonaning eIFL loyihasida ishtirok etishi (toʻliq matnli xorijiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011 — 2015-yillarda elektron kutubxonalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, axborot-kutubxona muassasalarini jihozlash, elektron axborot-kutubxona resurslari fondini shakllantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Chora-tadbirlar

Oʻlch.bir.

2011-yil

2012-yil

2013-yil

2014-yil

2015-yil

2011 — 2015-yillar uchun jami

I. Elektron kutubxonalar zallarini yaratish

1. Milliy kutubxona

dona

1

-

-

-

-

1

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

dona

2

3

3

3

3

14

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

dona

9

12

12

12

13

58

4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

dona

300

300

300

300

309

1509

5. Xalq taʼlimi vazirligi

dona

28

61

57

53

28

227

6. Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

dona

1

1

7. Davlat ilmiy-tibbiy kutubxonasi

dona

1

1

8. Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi

dona

1

1

9. Milliy universitet, TATU va ToshDMI axborot-resurs markazlari

dona

3

3

Jami yaratiladigan elektron kutubxonalar zallari

dona

346

376

372

368

353

1815-yil

II. Raqamli kutubxonalar zallarini jihozlash

shaxsiy kompyuter

dona

1020

1360

1320

1280

1058

6038

server

dona

384

452

444

436

398

2114

skaner

dona

44

83

75

71

47

320

kesish uskunasi

dona

14

10

6

6

6

42

muqovalash uskunasi

dona

14

10

6

6

6

42

nusxa koʻchirish uskunasi

dona

42

78

72

68

44

304

havoni konditsiyalash tizimi

dona

690

754

744

736

706

3630

tarmoq uskunasi

komplekt

346

376

372

368

353

1815-yil

stol va stullar

komplekt

346

376

372

368

353

1815-yil

imkoniyati cheklangan odamlar uchun kompyuter uskunasi

komplekt

13

2

2

2

2

21

III. Elektron formatda axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish

1. Milliy kutubxona

ming bir. saq.

7.0

9.0

11.0

11.0

12.0

50,0

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

ming bir. saq.

10.0

20.0

30.0

40,0

50,0

150,0

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

ming bir. saq.

7.0

9.0

11.0

12.0

11.0

50,0

4. Xalq taʼlimi vazirligi

ming bir. saq.

8.0

9.0

10.0

12.0

11.0

50,0

5. Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

ming bir. saq.

7.0

9.0

11.0

11.0

12.0

50,0

6. Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy-tibbiy kutubxonasi

ming bir. saq.

10.0

10.0

10.0

10.0

10.0

50,0

Jami yaratiladigan elektron resurslar

ming bir. saq.

49,0

66,0

83,0

96,0

106,0

400,0

IV. Axborot-kutubxona muassasalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

4.1. Oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash

Kutubxonachi-katalogizatorlar

odam

146

128

128

128

128

658

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar

odam

53

50

50

50

50

253

4.2. Kadrlarni qayta tayyorlash

Kutubxona xodimlari

odam

337

679

698

697

536

2947

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar

odam

337

679

698

697

536

2947

4.3. Malakasini oshirish

Kutubxona xodimlari

odam

117

671

597

596

519

2500

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar

odam

117

671

597

596

519

2500

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Axborot-kutubxona resurslarini elektron formatda shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil etishni muvofiqlashtirish va ularning takrorlanishini bartaraf etish Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash tomonidan amalga oshiriladi.