Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 21.02.2002 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.02.2002 yildagi 63-son
Date of entry into force
21.02.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezkor tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, sogʻliqni saqlashni isloh qilish, respublikada kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam tizimini shakllantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, tezkor tibbiy yordam xizmatini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga ayniqsa Toshkent shahrida yetarlicha eʼtibor berilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri tezkor tibbiy yordam stansiyasi, uning tuman boʻlinmalari ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan yetarli miqdorda taʼminlanmagan, zamonaviy aloqa vositalariga ega emas. Tezkor tibbiy yordamning koʻplab ixtisoslashtirilgan brigadalari zamonaviy tibbiy uskunalar, zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanmagan. Bir qancha viloyatlarda keyingi yillarda ixtisoslashtirilgan avtotransport parki yangilanmadi. Bularning barchasi aholiga koʻrsatilayotgan birinchi shoshilinch tibbiy yordam tezkorligi va sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishning sifat darajasini va tezkorligini oshirish, tezkor tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chet el investitsiyalarini ushbu sohaga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F.Gʻ. Nazirovga tezkor tibbiy yordam xizmatlarini maxsus avtotransport va aloqa vositalari bilan jihozlash masalalarini hal etishda yetarlicha faollik koʻrsatmayotganligi koʻrsatib oʻtilsin. U tezkor tibbiy yordamning zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishi, jihozlanishi va rivojlantirilishining ahvoli uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga muvofiq Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam respublika markazidan hamda uning barcha viloyatlardagi va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi filiallaridan, markaziy tuman va shahar kasalxonalaridagi 167 tez tibbiy yordam boʻlimlaridan iborat zamonaviy tashxis uskunalari va tibbiy uskunalar bilan jihozlangan, sifat jihatidan yangi tez tibbiy yordam xizmati respublikada amalda tashkil etilganligi, oliy toifali tibbiyot hamshiralari tayyorlash tizimi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2002-yilda tezkor tibbiy yordam shahar stansiyasi 1-ilovaga* muvofiq ixtisoslashtirilgan avtotransport va radiotelefon aloqasi uchun texnik uskunalar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarining 2002-yilga tasdiqlangan doiralarida ixtisoslashtirilgan avtotransport hamda radiotelefon aloqasi uchun asbob-uskunalar sotib olish yuzasidan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlashga zarur miqdorda budjet mablagʻlari ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent shahridagi tezkor tibbiy yordam xizmatini 2-ilovaga* muvofiq xorijiy grantlar hisobiga zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2003 — 2005-yillar davrida shoshilinch tibbiy yordam xizmati bilan oʻzaro hamkorlikda tezkor tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish va jihozlashning oʻrta muddatli dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor tibbiy yordam stansiyalarini rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zarur ixtisoslashtirilgan avtotransport, aloqa vositalari, zamonaviy tibbiyot uskunalari va asboblari, dori-darmonlar bilan jihozlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor tibbiy yordam xizmatiga yuqori malakali vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarini jalb etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ bilan taʼminlashning zarur hajmlari va manbalarini, shu jumladan budjet mablagʻlarini, jalb etilayotgan imtiyozli xorijiy kreditlarni, homiylik mablagʻlarini aniq belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor tibbiy yordam xizmatini qayta jihozlash uchun xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahar, Markaz-4 mavzesi, 17-a uyda joylashgan “03” markaziy dispetcherlik xizmati qisman egallab turgan binoni Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyasi balansiga toʻliq oʻtkazish masalasini bir hafta muddatda koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda hal etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyasining kichik stansiyalari uchun alohida binolar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyasi huzurida Toshkent shahar hokimligiga qarashli avtobazalarni qayta tashkil etish yoʻli bilan sanitariya avtomashinalari uchun avtobaza tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyalari va kichik stansiyalari egallab turgan binolarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun 2003-yilga kapital qoʻyilmalar zarur limitlarini va budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 21-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-son