Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017 14.08.2000 yildagi PF-2682-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.08.2000 yildagi PF-2682-son
Date of entry into force
14.08.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, ba’zilarini esa o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi hamda shtat birligining soni 1–3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2001-yilning 1-yanvaridan mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari negizida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tashkil qilinsin hamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 4–6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tashkil qilinsin xamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 7–8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari — sud raisi, rais o‘rinbosari, sudyalardan iborat bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari — sud raisi va sudyalardan iborat bo‘lib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli bo‘lgan fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari — sud raisi, rais o‘rinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari — sud raisi, sudyalar va xalq maslahatchilardan iborat bo‘lib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli bo‘lgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida ko‘zda tutilgan barcha ishlar taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksida ko‘zda tutilgan barcha ishlar hamda amaldagi qonun bo‘yicha sudlarning ish yurituviga o‘tkazilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning, shuningdek harbiy sudlarning faoliyati ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qo‘yilsinki, umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tayinlash (saylash) qonunda o‘rnatilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida sudlarni moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish haqida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O‘. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-2682-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 246-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2002-y., 3-4-son, 26-modda; 2010-y., 37-son, 318-modda)